toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2015
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Konsert-tomosha faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qaroriga muvofiq hamda konsert-tomosha faoliyatiga soliq solishni, shuningdek gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklari, boshqa audio-video kassetalarni ishlab chiqarish, ko‘paytirish va sotish bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
1. Belgilansinki, 2001-yil 1-iyuldan boshlab:
konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan belgilanadigan reyting guruhiga ko‘ra tabaqalashtirilgan miqdorlarda davlat boji to‘laydilar hamda budjetga davlat soliqlari va mahalliy soliqlar to‘lashdan ozod etiladilar;
faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya olishda ular tomonidan boj davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab birinchi yilda boshlang‘ich stavka bo‘yicha to‘lanadi;
konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘imlar summasi to‘liq miqdorda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi mintaqaviy bo‘limlarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladi, litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘liq miqdorda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi ustavida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda berilgan litsenziyasiz konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
konsertlar va tomosha tadbirlarini tashkil etish yuridik shaxslar tomonidan, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi beradigan bir martalik konsert-tomosha guvohnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Bir martalik konsert-tomosha guvohnomasini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan belgilanadi.
Bir martalik konsert-tomosha guvohnomasi berganlik uchun:
Toshkent shahrida — eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida;
viloyat markazlarida — eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;
boshqa aholi punktlarida — eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Yig‘im mablag‘lari “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga tushadi va ulardan bir martalik konsert-tomosha guvohnomasini berish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashda foydalaniladi.
Faoliyatni litsenziyasiz va konsert-tomosha guvohnomasisiz amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jazo choralari qo‘llanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
konsert-tamosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun bojning tabaqalashtirilgan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga belgilangan tartibda, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi bilan kelishgan holda o‘n kun muddatda estrada ijrochilarini tegishli reyting guruhlariga kiritish bo‘yicha mezonlar va malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-4 bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining takliflarini hisobga olgan holda o‘n kun muddatda litsenziyalarning va ularni berish to‘g‘risidagi arizalarning namunaviy shakllarini, shuningdek:
gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini;
O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirishga litsenziya bitimlarining namunaviy shakllarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2001-yil 1-oktabrgacha;
gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini;
ilgari gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ko‘paytirish va sotish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxslarga belgilangan tartibda litsenziya berilishini ta’minlasinlar.
7. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xo‘jalik subyektlari tomonidan konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishning belgilangan tartibiga rioya etilishining qat’iy va hamma joyda nazorat qilinishini ta’minlasinlar, faoliyatning ko‘rsatib o‘tilgan turlari bilan tegishli litsenziya olmasdan shug‘ullanuvchi shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S.Azimov va H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-iyun,
285-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 29-iyundagi 285-son qaroriga
2-ILOVA
Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun davlat boji
STAVKALARI

T/r

Konsert-tomosha faoliyati, shu jumladan:

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun (bir jismoniy shaxs hisobiga)

yillik boj miqdori, eng kam oylik ish haqining quyidagicha

baravari miqdorida

reyting guruhlari bo‘yicha

I

II

III

IV

V

VI

1.

yakka ijrochi konserti (bitta ijrochining konsert dasturi);

bitta janrning ikki yoki undan ko‘p ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi;

turli janrlarning bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturi (solist, musiqachi, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar)

150

75

50

30

2.

restoranlar, qahvaxonalar, barlar va xususiy uylarda yubiley tantanalariga xizmat ko‘rsatish;

restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to‘ylarda (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh to‘yi, “kelin salom”, “charlar”), “sunnat to‘yi” tadbirlariga xizmat ko‘rsatish;

hordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat ko‘rsatish (solist, musiqachi, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalar)

20

10

Izohlar: faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya olishda boj ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab birinchi yilda boshlang‘ich stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Davlat boji miqdorlari (choraklar bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib to‘langanda — davlat bojining tegishli qismi) to‘lov kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan; — O‘R QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 12-son, 85-modda; 2002-y., 24-son, 200-modda; 2003-y., 21-son, 213-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda, 2014-y., 31-son, 380-modda)