1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
5.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
“Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2121-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son “Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2010-yil 9-iyuldagi 30 va 18-son “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2121, 2010-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 239-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
9-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
112-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 10/17/2121-1/0026-son)