Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi
Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 10-martdagi 2008-16-son, 300-V-son qarori (roʻyxat raqami 1788, 2008-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 14-15-son, 112-modda) bilan tasdiqlangan “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom
19-bandidagi “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish boʻyicha boʻlimiga (shuʼbasiga)” degan soʻzlar “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.