1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PF-5139-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti (Asosiy qoidalar) 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Davlat boshqaruvi” magistratura mutaxassisligi boʻyicha davlat taʼlim standarti 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tinglovchilarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslarini 2015/2016 va 2016/2017 oʻquv yillarida yakunlagan bitiruvchilar uchun beriladigan davlat namunasidagi sertifikat 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Akademiya boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslarini 2015/2016 va 2016/2017 oʻquv yillarida muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga davlat namunasidagi sertifikatlar berilishini taʼminlasin.
3. Akademiyaning boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga 2017/2018 oʻquv yilida:
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan bir yillik kurslarga 60 nafar (shundan 40 foizi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga va 60 foizi toʻlov-kontrakt asosida);
ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan toʻrt oylik kurslarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga 100 nafar tinglovchi oʻqishga qabul qilinsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Akademiyada magistraturaga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan toʻrt oylik kurslarga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xodimlari qabul qilinadi hamda ushbu kurslarga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
5. Akademiya hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi boshqa taʼlim muassasalari oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarni Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti (Asosiy qoidalar)ga bir oy muddatda muvofiqlashtirsinlar.
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-sentabr,
745-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga 1-ILOVA
Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlimning
2. “Boshqaruv kadrlari tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti (Asosiy qoidalar)” (keyingi oʻrinlarda BKT OT DTS deb ataladi):
boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablarni;
boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura bitiruvchilarining tayyorgarligiga nisbatan qoʻyiladigan umumiy malakaviy talablarini;
oʻquv yuklamasi hajmini;
boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida kadrlar tayyorlash sifati va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini baholash tartibini belgilaydi.
3. BKT OT DTS oʻquv jarayonini, taʼlim muassasalari faoliyatini baholashni, boshqaruv kadrlarini tayyorlash sifatini, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari tayyorlashni tartibga soluvchi oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarni (oʻquv rejalari, oʻquv fanlari dasturlari va boshqalar) tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
4. BKT OT DTS oliy maʼlumotli boshqaruv kadrlarini tayyorlovchi barcha taʼlim muassasalari uchun majburiydir.
5. BKT OT DTSini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O`z DSt 1.0:1998. Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar;
OʻzRST 1.8-94. Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Amal qilinadigan hujjatlarni va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi;
O`z DSt 1.9-95. Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi.
2-bob. Asosiy tushunchalar
6. BKT OT DTSda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
oliy taʼlim — uzluksiz taʼlimning oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlovchi mustaqil turi. Oliy taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy taʼlim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura;
magistratura — bakalavriat negizida oʻqish muddati kamida ikki yil boʻlgan aniq mutaxassislik boʻyicha oliy taʼlim;
magistr — oliy taʼlimning magistratura bosqichiga muvofiq dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan shaxslarga beriladigan akademik daraja;
oliy maʼlumot haqida davlat hujjati (diplom) — akkreditatsiyadan oʻtgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy taʼlimning oʻquv rejalari va fanlar dasturini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Mazkur hujjat uzluksiz taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi;
oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti — boshqaruv kadrlari tayyorlash sohasiga qoʻyiladigan malaka talablari, taʼlim mazmuni, bitiruvchilar umumiy tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini, boshqaruv kadrlari tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon darajasi;
malaka talablari — uzluksiz taʼlim tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan talablar;
boshqaruv kadrlari buyurtmachisi — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
oʻqitish muddati — tinglovchilar tomonidan oʻquv rejalari va fanlar dasturi oʻzlashtirilishi uchun belgilangan muddat;
oʻquv fanlari bloki — oʻquv rejalari va fanlar dasturlarining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning oʻzlashtirilishini taʼminlaydigan oʻquv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi;
oʻquv rejasi — magistraturaning muayyan mutaxassisligi boʻyicha oʻquv faoliyati turlari, oʻquv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni oʻrganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
oʻquv fani — taʼlim muassasasida oʻrganish uchun fan, texnika, boshqaruv faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, oʻquv va koʻnikmalar tizimi;
oʻquv yili — oliy taʼlim muassasasida bir taʼlim kursini yakunlashga moʻljallangan oʻquv faoliyati davri. Oʻquv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi;
oʻquv semestri — oliy taʼlim muassasasida oʻquv yilining yarmini tashkil etuvchi oʻzaro bogʻlangan fanlarning maʼlum majmuini oʻzlashtirishga moʻljallangan va ular boʻyicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi;
oʻquv fani dasturi — taʼlim mazmuni, uning tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari koʻrsatilgan normativ hujjat;
malakaviy (boshqaruv) amaliyoti — oʻquv jarayonining bir qismi boʻlib, u nazariy bilimlarni mustahkamlash, boshqaruv faoliyatida amaliy koʻnikma va malaka hosil qilish, oʻquv rejalari va fanlar dasturlarining maʼlum (yakuniy) qismidagi mavzu hamda magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha materiallar toʻplash uchun xizmat qiladi;
stajirovka — ilgʻor tajriba (shu jumladan, xorijiy tajriba)ni oʻrganish asosida magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻquv reja va dasturlar talablarini maqsadli oʻzlashtirish, muayyan boshqaruv lavozimlarida boshqaruv faoliyati sohasidagi nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni sinovdan (aprobatsiyadan) oʻtkazish, magistratura tinglovchilarining tahliliy, tadqiqot olib borish va ijodiy mahoratini fan va ishlab chiqarishni taʼlim bilan bogʻlash orqali shakllantirish, tinglovchilarni ilmiy-texnikaviy jarayonning eng yangi yutuqlari, iqtisodiyot sohasidagi zamonaviy texnika va texnologiyalar hamda boshqaruv faoliyatidagi ilgʻor tajriba va metodologiya bilan tanishtirish;
yakuniy davlat attestatsiyasi — magistr darajasiga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiq holda, maʼlum talab va tartibotlar vositasida (fanlar boʻyicha davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy taʼlim oʻquv reja va dasturlarining bajarilishi sifatini baholash;
oʻqitish sifatini nazorat qilish — tinglovchining bilim saviyasini tekshirish va uning oʻquv dasturini oʻzlashtirish darajasini aniqlash;
taʼlim sifatini nazorat qilish — oʻqitish mazmuni va natijalarining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish;
oliy taʼlim muassasasi attestatsiyasi — oliy taʼlim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining BKT OT DTS talablariga muvofiqligini aniqlovchi tadbir;
oliy taʼlim muassasasi akkreditatsiyasi — oliy taʼlim muassasasi faoliyati darajasining BKT OT DTS mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan eʼtirof etilishi.
3-bob. Oliy taʼlimni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar turlari
7. Oliy taʼlimni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar quyidagilardan iborat:
oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi magistraturaning aniq yoʻnalishlari boʻyicha davlat taʼlim standarti;
oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisligining oʻquv rejalari va oʻquv fanlari dasturlari;
oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasasi faoliyatining aniq yoʻnalishlarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar.
8. Oliy taʼlimning boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasini standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarini ishlab chiqish mazkur BKT OT DTSga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Magistraturaning oʻquv rejalari mazmuni
9. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalari va fan dasturlari davlat va jamiyatning boshqaruv kadrlariga boʻlgan ehtiyojidan, fan, madaniyat, texnika, texnologiya yutuqlaridan, boshqaruv kadrlarini tayyorlash nazariyasi, uslubiyati va amaliyoti rivojlanishining jahon tendensiyalaridan, buyurtmachilar ehtiyojlaridan, boshqaruv fani va amaliyoti rivojlanishining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, bitiruvchining davlat, xoʻjalik va jamiyat boshqaruvi sohasidagi kelgusi faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi zarur.
10. Oʻquv rejalari tinglovchilar tomonidan quyidagi fan bloklarining oʻzlashtirilishini nazarda tutishi zarur:
umummetodologik fanlar;
mutaxassislik fanlari;
ilmiy faoliyat.
11. Oʻquv rejalari ushbu fan bloklari bilan birga, tinglovchilar fikrini inobatga olgan holda oliy taʼlim muassasasi huzuridagi kengash (keyingi oʻrinlarda OTM kengashi deb ataladi) qarori bilan har yili belgilanadigan tanlov fanlarini ham oʻz ichiga olishi zarur.
12. Oʻquv rejalari va dasturlarini oʻzlashtirishda ixtiyoriy fanlar sifatida rejalashtiriladigan hamda oʻquv fanlarining bir necha masalalari yoki muammolariga qaratilgan tinglovchilarning mustaqil taʼlim olishlari nazarda tutilishi lozim.
13. Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha boshqaruv kadrlarni tayyorlash jarayoni oʻquv rejalariga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi lozim.
14. Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish tartibi, qoidalari va jarayoni OTM kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi.
2-§. Oʻquv rejaning oʻquv fanlari bloklari mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar
15. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisligi oʻquv rejalari va fan dasturlarining mazmuni nazariy va amaliy bilimlar hamda ixtisoslik boʻyicha kasbiy malakalar, tanqidiy, tahliliy, ilmiy-tadqiqot hamda ijodiy fikrlash, strategik hissiyot va bashorat qobiliyatini oʻzlashtirish zarurati hisobga olingan holda shakllantiriladi.
16. Umummetodologik fanlar bloki quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha zamonaviy konsepsiyalar, Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning milliy strategiyasi va konsepsiyasi maqsadi, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tasavvurlarni shakllantirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarida boshqaruvni huquqiy taʼminlash (tanlangan mutaxassislik xususiyatlarini inobatga olgan holda), davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatining huquqiy asoslari, boshqaruv xodimlarining qarorlar qabul qilishidagi vakolatlari hamda javobgarligi sohasida nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish;
zamonaviy menejment, tashkilotlar va inson resurslarini boshqarish psixologiyasi va sotsiologiyasi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni berish, tanqidiy, tahliliy, tadqiqot olib borish hamda ijodiy fikrlash koʻnikmasini, zamonaviy liderlik sifatlari va qobiliyatini shakllantirish;
boshqaruvda ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, “Elektron hukumat” tizimi xususiyatlaridan foydalanish, maʼlumotlarni kompyuter texnologiyalari asosida tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish;
boshqaruv faoliyati sohasida xorijiy tilda ish yuritishni oʻzlashtirish, xorijiy tilda muzokaralar olib borish hamda amaliy va tadqiqot natijalarini ommaviy tarzda namoyon etish qobiliyatini shakllantirish.
17. Mutaxassislik fanlari bloki quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
aniq mutaxassislik boʻyicha boshqaruv fanining ilgʻor xorijiy tajribasi, nazariyasi, metodologiyasi va amaliyotining rivojlanish yoʻnalishlari toʻgʻrisida nazariy va amaliy bilimlarni, koʻnikma va malakalarni shakllantirish;
tanlangan mutaxassislik boʻyicha aqliy salohiyatni mustahkamlanishiga, rahbar kadrning doimiy ravishda oʻz ustida ishlash, oʻzini rivojlantirishiga boʻlgan tabiiy ehtiyojini shakllantirishga yordam berish;
boshqaruv faoliyati bilan bogʻliq aniq mutaxassislik boʻyicha bilimlarni shakllantirish, jamlash va ulardan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda kasbiy salohiyat va kompetensiyasini rivojlanishiga yordam berish;
magistratura mutaxassisligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishini bajarish boʻyicha nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarni, kasbiy faoliyatda maqsadli natijalarga erishish uchun mazkur jarayonni modellashtirish va tizimli yondashuvni shakllantirish.
18. Ilmiy faoliyat bloki ilmiy va amaliy tadqiqotlar metodologiyasi oʻzlashtirilishini, tinglovchilar tomonidan tanlangan mutaxassislikka muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy izlanishlarni olib borishni nazarda tutishi lozim.
Ushbu blok doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borish uslubiyati, asoslantirish va raddiya berish, ilmiy va tadqiqot maʼlumotlaridan maqsadli foydalanish, tadqiqot mavzusi boʻyicha mustaqil tahlil va xulosalarni tayyorlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirishni hisobga olish lozim.
19. Ilmiy-tadqiqot ishi:
mustaqil tadqiqot olib borish, boshqaruv faoliyati sohasida aniq amaliy muammolarni ifodalash, ular boʻyicha tadqiqot olib borish va natijalarga erishish koʻnikmalarini shakllantirishi;
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ilmiy tadqiqotlar olib borish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy va tahliliy maqolalar tayyorlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirishi;
tinglovchilarga axborot texnologiyalarining eng yangi va ilgʻor axborot bazalaridan foydalanish, ularni magistrlik dissertatsiyasini bajarishda qoʻllash boʻyicha koʻnikmalarni singdirishi lozim.
20. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash:
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi va oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan talab va tartiblarga muvofiq ilmiy rahbar boshchiligida tinglovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
21. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarori bilan, tinglovchilarning ixtiyoriga koʻra magistrlik dissertatsiyasi himoyasi qoʻshimcha ikkita mutaxassislik fani boʻyicha davlat attestatsiyasiga almashtirilishi mumkin.
22. Malakaviy (boshqaruv) amaliyot oʻquv rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Malakaviy (boshqaruv) amaliyotni tashkil etish tartibi va qoidalari boshqaruv kadrlarini tayyorlash xususiyatlaridan kelib chiqqan holda OTM kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi.
23. Stajirovka oʻquv jarayoni rejasiga muvofiq amalga oshirilib, boshqaruv ishini tashkil etishning ilgʻor, shu jumladan xorijiy tajribasini, boshqaruv qarorlarini tayyorlashda aniq muammoli vaziyatlarni oʻrganish va hal etishni, asoslantirish va qabul qilishni oʻrganishga qaratilgan.
Stajirovkani tashkil etish tartibi va qoidalari boshqaruv kadrlarini tayyorlash xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan tartibga solinadi.
5-bob. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura bitiruvchilarining tayyorgarligiga nisbatan qoʻyiladigan umumiy malakaviy talablar
24. Magistratura bitiruvchisi:
tanlangan mutaxassislik boʻyicha boshqaruv funksiyalarini bajarishga, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishga, shuningdek fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar, iqtisodiyot va boshqaruv sohasining zamonaviy yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlishi;
strategik maqsadlarni shakllantira olishi va maxsus yoʻnaltirilgan masalalarni hal qila olishi, mutaxassislikning ilmiy muammolari boʻyicha qarorlar qabul qila olishi, tayanch bilimlar yaratib, ulardan kasbiy faoliyatda foydalana olishi;
ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi va mehnatni tashkil qilishni bilishi; tahlil usullarini qoʻllashi va tadqiqot natijalarini qayta ishlashi, tegishli soha faoliyati bilan bogʻliq ilmiy tadqiqotlar natijalarini qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqishi va taqdim etishi;
tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarining mohiyatini xorijiy tillardan birida tushunishi, xorijiy tilda muzokaralar olib borish boʻyicha tayanch bilimga ega boʻlishi, amaliy va tadqiqot faoliyati natijalarini xorijiy tilda ommaviy bayon qila olishi;
boshqaruvda ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy “elektron hukumat” tizimi, axborotni tahlil qilish hamda boshqaruv qarorlarni qabul qilishning samarali usullari, kasbiy vazifalarni avtomatlashtirish va modellashtirish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi;
ilmiy asosda jamoani boshqarishni tashkil eta olishi, tashkilot oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishda ularni yoʻnaltira olishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishi va qabul qilishi;
Oʻzbekiston davlatchilik tarixini va milliy qadriyatlarini chuqur bilishi va tushuntirib bera olishi lozim.
6-bob. Oʻquv yuklamasining hajmi
25. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash — barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv ishlarini oʻz ichiga olgan oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi taʼlim) oʻqish shakli uchun auditoriya mashgʻulotlari va ilmiy faoliyatning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilanishi lozim.
Oʻqish muddati 2 yil davom etganda oʻquv jarayoni 100 haftani tashkil etishi kerak.
26. Oʻquv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanishi lozim:
nazariy va amaliy taʼlim — 30% dan koʻp emas;
attestatsiya — 14% dan kam emas;
taʼtil — 16% dan koʻp emas;
ilmiy faoliyat (tadqiqot va amaliyot) — 40% dan kam emas.
27. Ilmiy faoliyat magistratura tinglovchisining individual kalendar rejasi asosida tashkil etiladi va quyidagilarga boʻlinadi:
ilmiy-tadqiqot ishi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash — 50% dan koʻp emas;
malakaviy (boshqaruv) amaliyoti va stajirovka — 50% kam emas.
28. Nazariy taʼlim hajmi magistratura mutaxassisligidan kelib chiqqan holda fan bloklari boʻyicha quyidagi shaklda taqsimlanishi lozim:
umummetodologik fanlar — 40% dan yuqori emas;
ixtisoslik fanlari — 60% kam emas.
29. Har bir fan bloki boʻyicha tanlov fanlari umumiy oʻquv yuklamasining 30% miqdorida belgilanadi.
30. Ayrim oliy taʼlim muassasalarida taʼlim mutaxassisligi boʻyicha alohida oʻquv yuklamalari va ular taqsimotining boshqa hajmi belgilanishi mumkin.
7-bob. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida kadrlar tayyorlash sifati va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini baholash
31. Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha boshqaruv kadrlarini tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ichki nazorat — oliy taʼlim muassasasi tomonidan OTM kengashi tasdiqlaydigan Reyting nazorat tizimi haqidagi nizom asosida amalga oshiriladi;
yakuniy davlat nazorati — oʻquv fanlari boʻyicha davlat attestatsiyasi va oliy taʼlim muassasalari magistratura mutaxassisliklari oʻquv rejalariga muvofiq magistratura tinglovchilarining magistrlik dissertatsiya himoyasini oʻz ichiga oladi.
32. Boshqaruv kadrlarni tayyorlash xususiyatlarini inobatga olgan holda yakuniy davlat nazoratini tashkil etish tartibi va qoidalari oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda OTM kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi.
davlat-jamoatchilik nazorati — oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqaruv kadrlari buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
33. Oliy taʼlim muassasalarining faoliyatini baholash — oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisligi boʻyicha boshqaruv kadrlarini tayyorlash faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda davlat attestatsiyasi va akkredatitsiyasi boʻyicha vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Davlat boshqaruvi” magistratura mutaxassisligi boʻyicha davlat taʼlim standarti” (keyingi oʻrinlarda DB MM DTS deb ataladi) tahliliy fikrlash va strategik rejalashtirish, turli masalalarning maqbul yechimini topish, tashabbuskorlik va yetakchilik koʻnikmalariga ega boʻlgan davlat, xoʻjalik va nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samaradorligini oshirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirishga qodir kadrlar salohiyatini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) tomonidan ishlab chiqilgan.
3. DB MM DTS — boshqaruv kadrlarini tayyorlashning asosiy qoidalarini, taʼlimni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalari va turlarini, oʻquv rejasi, fanlar dasturlari, malakaviy amaliyot va stajirovka mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablarni, oʻquv reja tuzilmasini, shuningdek kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish tartibi va mexanizmini belgilaydi.
4. DB MM DTS oʻquv jarayonini tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar (magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, oʻquv rejasi, oʻquv fanlari dasturlari, amaliyot va stajirovka dasturlari, akademik qoidalar va boshqalar)ni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
5. Mamlakatni rivojlantirish strategiyasining ustuvor vazifalari, jamiyatdagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish, fan-texnika va texnologiya yutuqlari, boshqaruv kadrlarini tayyorlashda zamonaviy usul va vositalarni qoʻllash, xorijiy tajriba boshqaruv kadrlariga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirishga asos boʻlib xizmat qiladi.
6. DB MM DTSini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
Oʼz DSt 1.0:1998. Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar;
OʻzRST 1.8-94. Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Amal qilinadigan hujjatlarni va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi;
Oʼz DSt 1.9-1995. Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi.
2-bob. Asosiy tushunchalar
7. Mazkur davlat taʼlim standartida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat boshqaruvi — ommaviy ehtiyoj va manfaatlarni qondirish maqsadida jamiyatning turli sohalarida tashkillashtirish, tartibga solish, rahbarlik, nazorat va ijrochilikka qaratilgan qonunosti faoliyat;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) — mamlakatda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini izchil rivojlantirish, iqtisodiyotni boshqarish tizimini liberallashtirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy islohotlarni amalga oshirish vazifalarini zamonaviy talablar darajasida hal etishga layoqatli boʻlgan davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida tashkil etilgan oliy taʼlim muassasasi;
malakaviy amaliyot — oʻquv rejasidagi fanlar boʻyicha egallangan nazariy bilimlarni amaliy oʻzlashtirish hamda rahbarlik koʻnikma va malakalarini rivojlantirish maqsadida tinglovchilarning boshqaruv faoliyati bilan uygʻunlashgan turli darajadagi tashkilotlarda faoliyat yuritishi, shuningdek magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha zarur maʼlumotlarni yigʻishi uchun oʻtkaziladigan oʻquv jarayonining tarkibiy qismi;
stajirovka — oʻquv rejasidagi fanlar boʻyicha egallangan nazariy bilimlarni amaliy oʻzlashtirish hamda rahbarlik koʻnikma va malakalarini rivojlantirish maqsadida Akademiya magistrining asosiy ish joyida yoki taklif etilayotgan lavozim boʻyicha faoliyat yuritishi, shuningdek magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha yakuniy ilmiy-amaliy tadqiqot olib borish uchun oʻtkaziladigan oʻquv jarayonining tarkibiy qismi;
kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish — oʻqitish mazmuni va natijalarining DB MM DTS talablariga muvofiqligini tekshirish;
oʻqitish muddati — tinglovchi tomonidan oʻquv rejasi va fanlar dasturi oʻzlashtirilishi uchun belgilangan muddat;
oʻqitish sifatini nazorat qilish — tinglovchining bilim saviyasini tekshirish va uning oʻquv dasturini oʻzlashtirish darajasini aniqlash;
oʻquv yili — bir taʼlim kursini yakunlashga moʻljallangan oʻquv faoliyati davri;
oʻquv rejasi — magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻquv faoliyati turlari, oʻquv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni oʻrganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
oʻquv semestri — oʻquv yilining yarmini tashkil etuvchi oʻzaro bogʻlangan fanlarning yoki amaliyotning maʼlum majmuini oʻzlashtirishga moʻljallangan va ular boʻyicha yakuniy nazorat yoki hisobotlar himoyasi bilan tugallanadigan qismi;
oʻquv fani — fan, madaniyat, texnika, ishlab chiqarish, shuningdek, davlat, xoʻjalik va jamiyat boshqaruvining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, oʻquv va koʻnikmalar tizimi;
oʻquv fanlari bloki — oʻquv rejasining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi bilim, koʻnikma va malakalarning oʻzlashtirilishini taʼminlaydigan oʻquv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi;
oʻquv fani dasturi — taʼlim mazmuni, uning magistrlar tomonidan oʻzlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari koʻrsatilgan normativ hujjat;
yakuniy davlat attestatsiyasi — magistr darajasiga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiq holda, maʼlum talab va tartibotlar vositasida (fanlar boʻyicha davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) magistr tomonidan oliy taʼlim oʻquv rejasi va dasturlarining bajarilishi sifatini baholash.
3-bob. Taʼlimni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifasi va turlari
8. DB MM DTS quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
zarvaraq (titul);
mundarija;
boshqaruv kadrlarini tayyorlashning normativ havolalari va asosiy tushunchalari;
taʼlimni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalari va turlari;
oʻquv rejasi va fanlar dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar;
malakaviy amaliyot va stajirovka mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar;
oʻquv reja tuzilmasi;
kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish.
9. Magistratura mutaxassisligining davlat taʼlim standarti, oʻquv reja va fanlar dasturlari taʼlim jarayonini tashkil etuvchi normativ hujjatlar hisoblanadi.
4-bob. Oʻquv reja va fanlar dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar
10. Akademiyada magistratura mutaxassisligining oʻquv rejasi va fanlar dasturlari mazmuni tahliliy fikrlash va strategik rejalashtirish, turli masalalarning maqbul yechimini topish, tashabbuskorlik va yetakchilik koʻnikmalariga ega boʻlgan boshqaruv kadrlarini tayyorlashning samaradorligini oshirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirishga qodir salohiyatli kadrlarni tayyorlashga qaratilgan chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishni nazarda tutgan holda shakllantiriladi.
11. Magistratura mutaxassisligi oʻquv rejasi tinglovchi tomonidan quyidagi majburiy bloklar (umummetodologik va mutaxassislik fanlari) oʻzlashtirilishini nazarda tutadi:
davlat boshqaruvining tayanch fanlari;
boshqaruvda mutaxassislik fanlar;
ixtisoslik fanlari (har bir ixtisoslik boʻyicha alohida);
fakultativ kurslar.
Oʻquv fanlari bloki doirasida joylardagi amaliy mashgʻulotlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Oʻquv rejasi majburiy oʻquv fanlari bilan bir qatorda, tanlov fanlarini ham oʻz ichiga oladi.
Oʻquv rejasida magistrlarning asosiy ish joyidagi boshqaruv faoliyati bilan uygʻunlashgan tashkilotlarda malakaviy amaliyotni oʻtashi, asosiy ish joyida yoki taklif etilayotgan lavozim boʻyicha stajirovka oʻtashi belgilanadi.
Oʻquv rejasidagi fanlar dasturlarida oʻquv fanlarining dolzarb masalalari va muammolari boʻyicha magistrning mustaqil taʼlim olishi nazarda tutiladi.
Oʻquv reja va fanlar dasturlari respublika va hududlarning iqtisodiyoti, ijtimoiy tarmoqlari hamda boshqa sohalarida davlat va jamiyat boshqaruvi uchun muhim boʻlgan nazariy va amaliy bilimlarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari boʻyicha chuqur bilim, amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirishga qaratilishi lozim.
Oʻquv reja va fanlar dasturlari fan, texnika, iqtisodiy va ijtimoiy soha, davlat va xoʻjalik boshqaruvi sohasidagi islohotlarni hisobga olgan holda muntazam ravishda yangilab turilishi lozim.
Oʻquv reja va fanlar dasturlari boshqaruv kadrlarini tayyorlashda zarur boʻlgan tizimli yondashuvni amalga oshirish, oʻquv jarayoni mashgʻulotlarini tashkil etishda faol va interfaol (aniqlik va noaniqlik sharoitida boshqaruv qarorlarini qabul qilish, oʻyinlar nazariyasi, turli vaziyatli masalalarni koʻrib chiqish va h.k.) usullarni qoʻllash, tinglovchilarda boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida auditoriyadan tashqari sayyor darslarni tashkil etish, fan dasturida koʻzda tutilgan mavzularni chuqur oʻrganish maqsadida joylarda mashgʻulotlar olib borishni nazarda tutishi lozim.
Magistrlarda bilim, koʻnikma va malakalarni toʻliq shakllantirish uchun oʻquv reja va fanlar dasturlaridagi oʻquv fanlari maʼruza, seminar, amaliy mashgʻulot, suhbat va ilmiy munozaralar shaklida tashkil etilishi nazarda tutiladi.
12. Oʻquv rejadagi fanlar bloklari mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar:
a) Davlat boshqaruvining tayanch fanlari:
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha bilimlar berilishi;
mamlakatda makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish zaruriyati, iqtisodiyotni tartibga solishning zamonaviy mexanizmlari, makroiqtisodiy darajada monetar, fiskal va boshqa usullardan tashabbuskorlik hamda yetakchilikda foydalanish toʻgʻrisidagi tasavvurlarni shakllantirishi;
davlat, xoʻjalik va jamiyat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy asoslari boʻyicha bilimlarni shakllantirishi;
xorijiy mamlakatlar davlat boshqaruvining xususiyatlari va ijobiy tajribasi boʻyicha bilimlarni shakllantirish;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ijrosini taʼminlashda adolat, qonuniylik va intizomni qaror toptirish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirishi;
boshqaruvning zamonaviy usullariga, strategik rejalashtirish, tahliliy fikrlash va hududlarni rivojlantirish boʻyicha menejment hamda iqtisodiyotga doir bilimlarni taʼminlashi;
davlat boshqaruvida axborot texnologiyalardan foydalanish va “elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida davlat, jamiyat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbar kadrlarida zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish boʻyicha bilimlarni shakllantirishi;
boshqaruv kadrlarida etika, liderlik va nutq madaniyati asoslari boʻyicha bilimlarni egallash orqali notiqlik sanʼati rivojlantirilishini taʼminlashi;
boshqaruv kadrlarining xalqaro muzokaralar va rahbarlik muloqotlarida xorijiy tilni qoʻllash boʻyicha kerakli bilimlarni taʼminlashi lozim.
tegishli soha davlat boshqaruvi mutaxassisligi uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish;
boshqaruv faoliyatida tahliliy fikrlash va strategik rejalashtirish, tashabbuskorlik va yetakchilik koʻnikmalariga ega boʻlishni taʼminlashi;
mamlakatda bandlik siyosatini amalga oshirishda ijtimoiy loyihalarni boshqarish va moliyalashtirish yoʻnalishlarida maqbul yechimlarni topish yuzasidan koʻnikmalarni shakllantirish;
boshqaruv faoliyatida foydalaniladigan bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ularni rahbarlik lavozimlarida qoʻllash boʻyicha koʻnikmalarni rivojlantirishi;
davlat moliyasini boshqarish va budjet hisobini yuritish jarayonlarini aks ettiruvchi dasturiy mahsulotlarni egallash boʻyicha zarur koʻnikmalarni shakllantirishi;
jamoat tashkilotlarini boshqarish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan bilim va koʻnikmalarni rivojlantirishi;
boshqaruv sohasida tadqiqot ishlarini bajarish, rahbarlik faoliyatida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tizimli yondashish borasidagi bilimlar, amaliy mahoratlarni oshirishni nazarda tutishi lozim.
v) Ixtisoslik fanlari:
ixtisoslik fanlarining tarkibi va ularning mazmuniga qoʻyiladigan talablar davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi islohotlar, fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari hisoblangan davlat, jamiyat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
g) Fakultativ kurslar:
mamlakatda turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyati boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan fakultativ kurslar va ularning mazmuniga qoʻyiladigan talablar Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Malakaviy amaliyot va stajirovka mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar
13. Akademiya tinglovchilarining malakaviy amaliyoti va stajirovkasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilarining malakaviy amaliyot va stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida tashkil etiladi.
14. Malakaviy amaliyot:
boshqaruv sohasidagi nazariy bilimlar asosida boshqaruv koʻnikma va malakalarini shakllantirishni;
individual izlanish va tahliliy xulosalar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishga, mustaqil ishlashga oʻrganishni;
oʻquv reja va fan dasturlarini amaliy oʻzlashtirish hamda rahbarlik koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida magistrning boshqaruv faoliyati bilan uygʻunlashgan turli darajadagi tashkilot va korxonalarda rahbarga yordamchi sifatida faoliyat yuritishni;
magistrlik dissertatsiyasi mavzusi boʻyicha zarur maʼlumotlar yigʻishni taʼminlashi lozim.
15. Stajirovka:
magistrlik dissertatsiyasini yakunlash uchun ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishni;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida boshqaruv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirishni;
stajirovka obyektida mutaxassisligi doirasida tizimli izlanish va nostandart vaziyatlarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish malakasini, amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishni;
oʻquv reja va fan dasturlarini amaliy oʻzlashtirish hamda rahbarlik koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida tinglovchining asosiy ish joyida yoki taklif etilayotgan lavozim boʻyicha rahbarga referent-maslahatchi sifatida faoliyat yuritishni taʼminlashi lozim.
6-bob. Oʻquv yuklamasining tuzilmasi
16. Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv ishlarini oʻz ichiga olgan oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) oʻqish shakli auditoriya mashgʻulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga — 36 soat qilib belgilanishi mumkin. Qolgan soatlar hajmi mustaqil taʼlim uchun ajratiladi.
17. Joriy, oraliq va yakuniy attestatsiyalarni hisobga olgan holda oʻquv reja va fan dasturining umumiy hajmi 2 yillik oʻquv davri uchun haftalik oʻquv yuklamalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Faol va interfaol shakllarda oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarning ulushi dasturning asosiy maqsadi, tinglovchilar kontingenti xususiyatlari va muayyan fan mazmuni bilan aniqlanadi. Tinglovchilarning akademik guruhlari (potok) uchun maʼruza soatlari auditoriy vaqtining 40 foizidan oshmasligi zarur. Fan mavzularining kamida 25 foizi (umumiy yuklama hajmiga nisbatan) mustaqil taʼlim tarzida oʻzlashtirilishi lozim.
Oʻqish muddati 2 yil boʻlganda oʻquv jarayoni 92 haftani tashkil etadi.
Taʼlim dasturini oʻzlashtirish jarayonida kurslarning ayrim muammo va masalalari boʻyicha tinglovchilarning mustaqil ishlari koʻzda tutilishi lozim.
Taʼlim dasturini oʻzlashtirishda ayrim mustaqil taʼlim usullari ham koʻzda tutiladi.
18. Nazariy taʼlim hajmi magistratura mutaxassisligi yoʻnalishlariga qarab quyidagi tarzda fanlar bloklari boʻyicha taqsimlanadi:
Davlat boshqaruvining tayanch fanlari — 33 — 38 % gacha;
Boshqaruvda mutaxassislik fanlar — 33 — 38 % gacha;
Ixtisoslik fanlar — 18 — 23 % gacha;
Fakultativ kurslar — 8 — 12 % gacha.
1 kurs
2 kurs
Jami
Oʻquv jarayoni
Nazariy taʼlim
32
8
40
Amaliyot va ilmiy faoliyat
Magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorlash
-
2
2
Malakaviy amaliyot va stajirovka
14
22
36
Attestatsiya
3
8
11
Jami
49
40
89
Taʼtil
3
-
3
Jami
52
40
92
19. Akademiya magistratura mutaxassisliklari tinglovchilarining ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash tartibi tegishli qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
7-bob. Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish
20. Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
bosqichli nazorat — oʻquv rejasiga muvofiq ravishda oʻquv fanlari doirasida tinglovchilar oʻrtasida test-sinovlarini hamda tashqaridan jalb etilgan mutaxassislar yordamida suhbatlarni tashkil qilish;
sirtqi nazorat — magistratura tinglovchilarini uzoq muddatli (bir yilgacha) ishlab chiqarish amaliyoti va stajirovkalarini samarasi va sifatini taʼminlash maqsadida uzluksiz ustoz-rahbar muloqotini oʻrnatish;
masofaviy nazorat — oʻquv rejasiga muvofiq oʻquv fanlari doirasida masofaviy tahsil oladigan tinglovchilarni kafedralar va boʻlimlar tomonidan nazorat qilish;
davlat-jamoatchilik nazorati — vakolatli davlat organi, jamoat tashkilotlari, kadrlar buyurtmachilari tomonidan olib boriladigan nazorat;
yakuniy davlat nazorati — davlat boshqaruvi mutaxassisliklari boʻyicha ularning oʻquv rejasiga muvofiq ravishda oʻquv fanlari boʻyicha davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiya himoyasi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan
2. Davlat talablari Akademiyada boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda oʻquv rejalari va dasturlarini, shuningdek oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
3. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
zamonaviy bilim, koʻnikma, malaka va kompetentligini shakllantirishi va tinglovchilarning kasb va lavozimlarga muvofiqligi;
zamonaviy boshqaruv texnologiyalariga tayanishi;
taʼlim dasturlari mazmunining boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish turlari va shakllariga mosligi.
4. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning oʻquv yuklamasida maʼruzalar hajmi umumiy auditoriya soatining 40 foizidan oshmasligi kerak.
5. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish kasbiy faoliyatdan ajralgan yoki ajralmagan holda, shuningdek masofaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.
2-bob. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash
6. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash — mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari asosida davlat va jamiyat boshqaruvi boʻyicha yangi zaruriy hamda yetarli bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirishdan, yangi kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishdan iborat.
7. Qayta tayyorlash tinglovchining asosiy ishidan ajralgan va ajralmagan holda tashkil etiladi.
8. Qayta tayyorlashning oʻquv yuklamasi Akademiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan oʻquv reja asosida belgilanadi. Bunda tinglovchilarning mustaqil taʼlimiga asosiy eʼtibor qaratiladi.
9. Qayta tayyorlash muddati kasbiy faoliyatdan ajralgan holda 16 hafta, kasbiy faoliyatdan ajralgan va ajralmagan holda 40 hafta (tajriba orttirishni hisobga olgan holda, oʻquv yuklamasining jami 576 soatdan kam boʻlmagan hajmi)ni tashkil etadi. Auditoriya mashgʻulotlari haftasiga 36 soatdan, oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soatdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
10. Qayta tayyorlash kursini toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi.
11. Qayta tayyorlash kursini oʻzlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga mazkur davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan namunadagi diplom beriladi.
3-bob. Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish
12. Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish — tegishli taʼlim turlari boʻyicha Davlat talablaridan kelib chiqqan holda, boshqaruv kadrlarining malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy mahoratini oʻsishini taʼminlashdan iborat.
13. Malaka oshirish asosiy ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda tashkil etiladi.
14. Malaka oshirishning oʻquv yuklamasi hajmi Akademiya tomonidan buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan oʻquv reja asosida belgilanadi.
15. Malaka oshirish muddatlari Akademiya tomonidan buyurtmachi bilan kelishgan holda 1 oygacha belgilanishi mumkin.
16. Malaka oshirish muddati 18 soatdan kam boʻlmasligi lozim.
Malaka oshirish muddatlari, oʻquv reja va fan dasturlari Akademiya va buyurtmachi bilan kelishiladi va u Akademiya Kengashida tasdiqlanadi.
17. Malaka oshirish kursidan muvaffaqiyatli oʻtgan boshqaruv kadrlariga mazkur davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
4-bob. Boshqaruv kadrlarining tajriba orttirishi
18. Tajriba orttirish — taʼlimning ilm-fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, boshqaruvchilik malakasi va koʻnikmasini amaliy jihatdan uzluksiz takomillashtirib borishni taʼminlash, boshqaruv kadrlarini davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi yangi yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida aniq yoʻnalishlar boʻyicha kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishdan iborat.
19. Tajriba orttirish — davlat va nodavlat tashkilotlarida qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining nazariy va amaliy bilimlari, malaka hamda koʻnikmalarini chuqurlashtirishga qaratilgan.
20. Qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining tajriba orttirish tartibi Akademiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda belgilanadi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan dasturlar asosida tinglovchilarning xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida va davlat organlarida tajriba orttirishlari tashkil etilishi mumkin.
5-bob. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy talablar
22. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy talablarga quyidagilar kiradi:
davlat va jamiyat boshqaruvining konstitutsiyaviy-huquqiy va tashkiliy asoslarini;
davlat xizmatini oʻtashning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini, davlat xizmatini tashkil etish va amalga oshirishni;
fuqarolik jamiyati asoslarini, fuqarolik jamiyati institutlarini va ijtimoiy sherikchilikning huquqiy asoslari;
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyatini;
hududlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanishni;
yoshlarga oid davlat siyosatini;
davlat moliyasi, uning boʻgʻinlarini va uni boshqarishni, budjet hisobi va hisobotini;
nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni shakl va tamoyillarini;
strategik moliyaviy menejmentni;
inson resurslarini boshqarish va korporativ boshqaruv sohasidagi qonunchilikni;
menejment va korporativ boshqaruv sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni;
axborot va uning tarkibiy qismlarini;
davlat interaktiv xizmatlarini;
boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholay olishni;
aniq vaziyatlar tahlilida muammolarni aniqlash, ularni hal qilishning usullarini belgilay olish va kutilayotgan natijalarni baholay olishni;
rahbar shaxsi va rahbarlik uslublarini;
jamoadagi psixologik jarayonlarni;
chet-tillaridan birida muloqotga kirisha olish (zarur boʻlganda muloqotni boshqara olish)ni bilishi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi va faoliyat yoʻnalishlarini;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda zamonaviy usul va shakllaridan foydalanishni;
nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasidagi siyosatining muhim jihatlarini;
tizimli tahlil va boshqaruv qarorlarini qabul qilish, menejmentning zamonaviy tamoyillari va usullari, korporativ boshqaruv tamoyillari va mexanizmlari toʻgʻrisida nazariy bilimlarni;
ish samaradorligini oshirish boʻyicha zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllay olishni;
boshqaruv jarayonidagi muammolar, vaziyatlar tahlili va bosqichlari hamda boshqaruv qarorlari qabul qilish va amalga oshirish usullarini;
nizolarni hal etish texnologiyalarini;
xodimlarni baholash va shaxsning oʻz oʻzini boshqarish uslublarini;
jamoaga taʼsir etish uslublarini;
chet-tillaridan biri boʻyicha oʻz mutaxassislik sohalariga oid yoki oid boʻlmagan keng koʻlamli birmuncha uzun va murakkab matnlarning uslubiy jihatlarini, ochiq oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni aniqlagan holda tushuna olishni;
2) boshqaruvni tashkil qilish va uni samarali amalga oshirish;
3) tashkilotda zamonaviy tashkiliy va korporativ madaniyatni shakllantirish va mehnat munosabatlarini samarali tashkil etish usullarini amalda qoʻllash;
4) oʻz ish faoliyati samaradorligini oshirish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari hamda “Elektron hukumat” tizimidan samarali foydalanish;
5) vaziyatlar boʻyicha tahliliy fikrlash hamda strategik rejalashtirish;
6) axborot xavfsizligini taʼminlash;
7) muammoli vaziyatlarni aniqlay olish;
8) tashkilotda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tizimlashtirish;
9) strategik va oraliq maqsadlarni aniqlash;
10) vazifalarni taqsimlash;
11) tashkilotda maqbul madaniyatni yaratish va joriy etish malakalariga ega boʻlish;
12) masʼuliyatni his qilish, tashabbuskorlik va qatʼiyatlilik;
13) vaziyatni obyektiv baholash va nazorat qilish;
14) oʻz maqsad va vazifalarini aniq ifodalay olish;
15) jamoada uygʻun muhitni shakllantira olish;
16) tashkilot faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi sharoit oʻzgarishlarini oldindan anglash va baholash;
17) tashkilotning ichki imkoniyatlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni yechishning samarali yoʻllarini topish;
18) tashkilotning innovatsion faoliyatini tahlil qilish va baholash;
19) eng ilgʻor tajribalar, yangiliklarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishni tashkil etish;
20) tashkilotchilik, shaxsiy tashabbuskorlik, qarorlar qabul qilish, muzokaralar olib bora olish;
21) oʻz fikrlarini ham yozma, ham ogʻzaki bayon etish kompetensiyalariga ega boʻlish.
23. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Akademiyada tasdiqlangan tegishli ichki-tartib qoidalar asosida oʻquv jarayoni davrida amalga oshiriladigan ichki nazorat;
qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining fanlar boʻyicha attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasiga qaratilgan yakuniy davlat nazorati;
vakolatli davlat organi, nodavlat notijorat tashkilotlari, kadrlar buyurtmachilari tomonidan olib boriladigan davlat-jamoatchilik nazorati;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi va kadrlar buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat.
7-bob. Yakuniy qoida
24. Mazkur Davlat talablariga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining maqsad va vazifalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari ehtiyojlarini oʻrganishdan, boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etishdan kelib chiqqan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga 1-ILOVA
qayta tayyorlsh kursida taʼlim olib, ______________________________________________________________________
_______________________________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya
komissiyasida ___________________________________________________________________ bahoga himoya qildi va qayta tayyorlash oʼquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi
Muhr oʼrni
Rektor
_____________
Sana
_____________
Qayd raqami __________
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomning TAVSIFI
Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Diplom:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga 2-ILOVA
Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat TAVSIFI
Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) magistraturasi tinglovchilari tomonidan ularning doimiy yashash joyidan tashqarida boʻlgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarda malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
qabul qiluvchi tashkilot — tinglovchilarning malakaviy amaliyoti va stajirovkasi oʻtkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar;
malakaviy amaliyot (keyingi oʻrinlarda amaliyot deb ataladi) — oʻquv jarayonining bir qismi boʻlib, u nazariy bilimlarni mustahkamlash, boshqaruv faoliyatida malaka va mahoratga ega boʻlish, oʻquv rejalari, fan dasturlari hamda magistrlik dissertatsiyasi mavzusining muayyan (yakuniy) qismi doirasida materiallar yigʻish imkonini yaratadi;
stajirovka — ilgʻor tajriba, shu jumladan, xorijiy tajribani oʻrganish asosida magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻquv reja va dasturlar talablarini maqsadli oʻzlashtirish, muayyan boshqaruv lavozimlarida dublyor (referent) vazifasini bajarish orqali boshqaruv faoliyati sohasidagi nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni sinovdan (aprobatsiyadan) oʻtkazish, magistratura tinglovchilarining tahliliy, tadqiqot olib borish va ijodiy mahoratini fan va ishlab chiqarishni taʼlim bilan bogʻlash orqali shakllantirish, tinglovchilarni ilmiy-texnikaviy jarayonning eng yangi yutuqlari bilan, iqtisodiyot sohasidagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan hamda boshqaruv faoliyatidagi ilgʻor tajriba va metodologiya bilan tanishtirish;
Akademiyadan biriktirilgan amaliyot va stajirovka rahbari — Akademiya rektori tomonidan tayinlangan, tinglovchining amaliyot va stajirovka oʻtashini tashkillashtirish uchun masʼul shaxs;
qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot va stajirovka rahbari — Akademiya tinglovchisining amaliyot va stajirovkasiga rahbarlik qilish uchun qabul qiluvchi tashkilot rahbari tomonidan tayinlanadigan masʼul shaxs;
Amaliyot va stajirovka oʻtash dasturi — oʻquv rejalari asosida Akademiya tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tegishli dastur.
3. Amaliyot va stajirovka oʻtash muddati, joyi tegishli dastur hamda nazariy tayyorgarlik, tanlangan magistrlik dissertatsiyasi mavzusi hisobga olingan holda oʻquv reja asosida aniqlanadi.
4. Barcha amaliyot va stajirovkalar oʻquv rejada belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahri va viloyat hokimlari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari Akademiya tinglovchilarining malakaviy amaliyot va stajirovkasi (dublyor sifatida) sifatli va maqsadli oʻtishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
2-bob. Malakaviy amaliyotning tuzilishi va mazmuni
6. Akademiyaning magistratura taʼlimi boʻyicha oʻquv dasturida quyidagi amaliyot turlari nazarda tutiladi:
6 hafta davomida davlat, jamiyat va xoʻjalik boshqaruvi tizimida mikro darajada amaliyot oʻtash;
6 hafta davomida davlat, jamiyat va xoʻjalik boshqaruvi tizimida mezo darajada amaliyot oʻtash;
4 hafta davomida davlat, jamiyat va xoʻjalik boshqaruvi tizimida makro darajada amaliyot oʻtash;
7. 16 haftaga moʻljallangan amaliyotning umumiy dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
amaliy mahorat va koʻnikma;
magistrlik dissertatsiyasi mavzusi boʻyicha maʼlumotlar yigʻish;
amaliyot natijalari boʻyicha hisobot yozish;
malakaviy hisobot mazmuni (konsepsiyasi) boʻyicha himoya;
tashkilot rahbarining dublyori sifatida ishlash;
“ustoz — shogird” modeli asosidagi taʼlim.
8. Davlat, jamiyat va xoʻjalik boshqaruvi tizimida mikro darajadagi amaliyot qabul qiluvchi tashkilotlarning amaliy faoliyati haqidagi tasavvurni shakllantiradi hamda birlamchi kasbiy mahorat va koʻnikmalarni egallashni nazarda tutadi. Amaliyotning mazkur shakli auditoriyalardagi taʼlim yakunlangandan soʻng oʻtkaziladi.
Mazkur amaliyotning maqsadi oʻquv dasturidagi fanlarni oʻzlashtirish jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
9. Mikro darajadagi amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat:
individual topshiriqqa muvofiq tashkilot faoliyati bilan bogʻliq vazifalarga doir maʼlumotlar (materiallar)ni yigʻish, tahlil qilish va umumlashtirish boʻyicha dastlabki malakaga ega boʻlish;
tashkilotning sohaviy faoliyati xususiyatlarini aniqlash;
individual topshiriqqa koʻra kasbga oid tushunchalarni muayyan tashkilotga bogʻlagan holda ishlata olish;
davlat, jamiyat va xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan oʻzaro aloqalarini tahlil qilish;
tashkilotning tizim sifatidagi tavsifi yuzasidan tasavvurga ega boʻlish;
individual topshiriqqa muvofiq tashkilot boshqaruvi tizimi haqida tushunchaga ega boʻlish.
10. Davlat, jamiyat va xoʻjalik boshqaruvi tizimida mezo darajadagi amaliyot mikro darajadagi amaliyotdan keyin oʻtkaziladi va tinglovchilarga soha boʻyicha mahoratni oshirish va boshqaruv prinsiplarini amaliyotda qoʻllab koʻrish imkonini beradi.
Ushbu amaliyotning maqsadi vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalarida ishlash uchun zarur boʻladigan mutaxassis ish usuli va uslublarini oʻrganish, kasbiy malaka va bilimlarga ega boʻlishdan iborat.
11. Mezo darajadagi amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat, jamiyat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatiga oid talablar bilan tanishish;
tashkilotning boshqaruv va ish yuritish tizimini oʻrganish;
boʻlinmalar (boʻlimlar) funksiya (vazifa)larini belgilash va ularning ishlarini muvofiqlashtirish tizimini oʻrganish;
mutaxassislar orasida vazifalar hamda ish hajmi taqsimotini tahlil qilish;
tashkilotda ilgʻor boshqaruv usullari va qarorlarni qoʻllash tajribasini oʻrganish va tahlil qilish;
boshqaruv va nazorat tizimini tahlil qilish;
davlat, jamiyat va xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan oʻzaro aloqalarini tahlil qilish;
barcha turdagi hujjatlar mazmuni va hisobini yuritishni oʻrganish;
oʻquv jarayonida oʻzlashtirilgan (egallangan) malakani amaliyotda qoʻllay olish.
12. Davlat, jamiyat va xoʻjalik boshqaruvi tizimida makro darajadagi amaliyot mezo darajadagi amaliyotdan keyin oʻtkaziladi va tinglovchilarga magistrlik dissertatsiyalarini yozishda zarur boʻladigan materiallarni yigʻishlari uchun kasbiy faoliyatni oʻzlashtirishning uzluksiz va tadrijiy jarayonini taʼminlab berishni nazarda tutadi.
Mazkur amaliyotning maqsadi boshqaruv va innovatsion faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish hamda bajarish, shuningdek, natijalar yuzasidan hisobot tayyorlash boʻyicha malaka, mahorat va bilimlarga ega boʻlishdan iborat.
13 Makro darajadagi amaliyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
amaliyot boʻyicha hisobot tayyorlash va uni himoya qilish uchun materiallar yigʻish va ularni qayta ishlash;
mutaxassislikka oid nazariy va amaliy bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash va kengaytirish hamda ularni muayyan masalalar va muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qoʻllash;
ishni mustaqil ravishda olib borishni rivojlantirish va oʻrganilayotgan muammo hamda masalalarni yechishda tadqiqot va tajriba oʻtkazish usullari (metodlari)ni oʻzlashtirish;
tinglovchilarning zamonaviy talablarga muvofiq ravishda mustaqil ishlay olishlariga boʻlgan tayyorgarliklarini aniqlash.
14. Malakaviy hisobot mazmuni (konsepsiyasi) boʻyicha himoya yakuniy bosqich boʻlib, unda tinglovchilarning amaliyot davrida bajargan ishlari natijalari tahlil etiladi va baholanadi. Amaliyot hisoboti himoyasi Akademiya professor-oʻqituvchilari tarkibidan hamda qabul qiluvchi tashkilotning mutaxassis-amaliyotchilaridan iborat ekspert guruh oldida keys-stadi usulida taqdimot shaklida oʻtkaziladi. Ekspert guruhining tarkibi Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
15. Amaliyot hisoboti himoyasi har yili sentyabr oyida 2 hafta davomida quyidagi mezonlarga muvofiq oʻtkaziladi:
amaliyotda nazariy bilimlarni qoʻllash darajasi;
amaliyot oʻtash davrida tinglovchilar tomonidan yigʻilgan materiallar, oʻrganilgan va yechilgan masalalarning mazmuni, darajasi va sifati.
16. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining amaliyoti alohida maxsus dastur hamda 12 kunga moʻljallangan oʻquv reja asosida tashkil etiladi. Mazkur malakaviy amaliyotning maqsadi bitiruv malakaviy ishini tayyorlash uchun materiallar yigʻish hisoblanadi.
3-bob. Stajirovkaning tuzilishi va mazmuni
17. Akademiyaning taʼlim dasturi boʻyicha 2-kursda oʻqiyotgan tinglovchilar uchun stajirovka, shu jumladan xorijiy stajirovka tashkil etish nazarda tutiladi.
18. Stajirovka oʻquv jarayonida tinglovchilar tomonidan egallangan boshqaruv faoliyatiga bogʻliq nazariy bilimlar va kasbiy malaka hamda mahoratni mustahkamlash, muayyan ish joyida boshqaruv faoliyatiga tayyorlanish va magistrlik dissertatsiyasining amaliy qismiga materiallar yigʻish uchun yoʻnaltirilgan.
19. Stajirovka 16 hafta davomida tinglovchilarning doimiy yashash joyidan tashqarida boʻlgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarda boʻlib oʻtadi.
20. Stajirovkaning maqsadi:
tinglovchilarning malakaviy amaliyot dasturlarini oʻzlashtirishda olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash;
oʻzlarining xizmat vazifalarini ijro etishda amaliy malaka va mahoratdan samarali foydalana olish koʻnikmasini oshirish hisoblanadi.
21. Stajirovkaning asosiy vazifalari:
ish joyida amaliy malaka va mahoratni qoʻllash;
magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash.
22. Stajirovka dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
rahbarning dublyori yoki referent-maslahatchisi sifatidagi vazifani bajarish;
lavozimga kelish, ish joyiga muvofiq ravishda lavozim funksiyalari va vazifalarini dublyor sifatida ijro etish;
mazkur ish oʻrniga oid tartib va faoliyat yoʻnalishlarini oʻzlashtirish, ushbu lavozimga layoqati bor yoki yoʻqligini, bor boʻlsa uning darajasini tekshirish;
bajarilgan ishlar, ularning natijalari yuzasidan berilgan topshiriqlarni tushunish;
bajarilgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan berilgan topshiriqlar tushunilganligini rasmiylashtirish, stajirovka hisobotida ushbu bajarilgan vazifalarga tayyorgarlikni baholash;
taqdimot va stajirovka hisoboti himoyasi.
23. Himoya yakuniy bosqich sifatida 1 hafta davomida stajirovka davrida tinglovchilar tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini baholash asosida oʻtkaziladi.
Stajirovka hisoboti himoyasi Akademiya professor-oʻqituvchilari tarkibidan hamda qabul qiluvchi tashkilotning mutaxassis-amaliyotchilaridan iborat ekspert guruh oldida taqdimot shaklida oʻtkaziladi. Ekspert guruhining tarkibi Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
24. Akademiya tinglovchilarining xorijdagi stajirovkalari chet eldagi hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar (bitimlar) asosida tashkil etiladi. Ilgʻor xorijiy tajribalarni sohaviy tashkilotlar va markazlarda oʻrgatish maqsadida Akademiya xodimlari rahbarligida tinglovchilarni 1 oylik muddat bilan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xorijga yuboriladi.
25. Xorijdagi stajirovka dasturi quyidagi talablarni oʻzi ichiga oladi:
taʼlim ixtisosligiga muvofiq keluvchi bir xil yoki aynan oʻxshash (identiv yoki analog) idoralarning faoliyatini tashkil etish va yuritish tartibi, shakllari hamda muammolari tahlili;
kasbiy layoqat, tatbiq etish va implementatsiya qilish maqsadida xorijiy tashkilotda qoʻllaniladigan metod va metodologiyalar tahlili;
asosiy ish joyi boʻyicha stajirovka oʻtayotgan tashkilot (muassasa) yoki uning tarkibiy boʻlinmalarida amalga oshirish mumkin boʻlgan oʻzgarishlar hamda ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
26. Xorijdagi stajirovka hisoboti himoyasi 1 hafta davomida taqdimot shaklida oʻtkaziladi. Xorijdagi stajirovka hisoboti himoyasi boʻyicha Komissiya tarkibi Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Amaliyot va stajirovka oʻtash davrida tinglovchiga qoʻyiladigan talablar
27. Tinglovchi:
metodik va instruktiv materiallar bilan tanishishi, Akademiya tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbaridan yoʻl-yoʻriq olishi;
amaliyot va stajirovka oʻtash choralarini koʻrish va nazorat qilish boʻyicha tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi;
amaliyot va stajirovka oʻtash dasturlarida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda toʻliq hamda sifatli bajarishi;
Akademiya platformasidagi onlayn va offlayn tizimi vositasida professor-oʻqituvchilar va ilmiy rahbarlardan olingan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi;
har kuni tartibli ravishda kundalik yuritishi;
talabga koʻra yuritayotgan kundaligini Akademiya tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbariga koʻrib chiqish uchun taqdim etishi;
kelgusi oʻquv va amaliy faoliyatda foydalanishi mumkin boʻlgan materiallarni yigʻib borishi;
qabul qiluvchi tashkilotning ichki mehnat qoidalari va talablariga rioya etishi shart.
28. Tinglovchi Akademiya tomonidan tayinlangan rahbariga amaliyot va stajirovka yakuni boʻyicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
amaliyot va stajirovka kundaligi;
kelajakda oʻquv va amaliy faoliyatda foydalanish uchun tinglovchiga yakuniy xulosalardan soʻng qaytarib beriladigan amaliyot va stajirovka oʻtash davrida yigʻilgan materiallar jildi (ularning roʻyxati kundalikda oʻz ifodasini topishi zarur).
29. Uzrli sabablarsiz amaliyot va stajirovkani oʻtashdan ozod etilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-bob. Amaliyot va stajirovkani tashkil etish talablari
30. Amaliyot va stajirovka oʻtashni tashkil etish jarayoniga qoʻyiladigan talablar maxsus dasturlar asosida aniqlanadi. Barcha bosqichlarda tinglovchilarning uzluksiz va tizimli ravishda kasbiy boshqaruv faoliyatini oʻzlashtirishlari taʼminlanishi tashkil etilishi talab etiladi.
Xorijdagi stajirovka mavzusi va mazmuni Akademiyaning taʼlim va ilmiy tadqiqot faoliyatidagi bugungi va istiqboldagi ravnaqi masalalariga muvofiq kelishi va stajirovka dasturlari talablariga javob berishi zarur.
31. Oʻqituvchilarning amaliyot va stajirovkadagi yuklamalari oʻquv rejasi hamda amaliyot va stajirovka turlarida belgilangan oʻquv pedagogik soatlar (haftalar) miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
32. Amaliyot va stajirovka Akademiya rektorining buyrugʻi asosida tashkil etiladi. Unda amaliyot yoki stajirovka turlari, muddati va joylari, moddiy taʼminot, yashash joyini taqdim etish, javobgar shaxslar va yuboriladigan tinglovchilar roʻyxati tarkibi, amaliyot va stajirovka rahbari belgilab beriladi.
33. Qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbarlari amaliyot va stajirovka oʻtash joylarida mehnat muhofazasi talablari hamda tinglovchilar hayotining xavfsizligi boʻyicha tegishli choralarni koʻradi.
34. Akademiya tinglovchilarining chet eldagi stajirovkalari xorijiy hamkorlik boʻyicha tuzilgan shartnomalar (bitimlar) asosida tashkil etiladi.
35. Amaliyot va stajirovkani tashkil etish va oʻtkazishni muvofiqlashtirish Akademiyaning tegishli tarkibiy boʻlimida amalga oshiriladi.
36. Amaliyot va stajirovkani tashkil etishga oid savollar yuzasidan tinglovchilarni xabardor qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobotlar himoyasi bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish) Akademiyaning tegishli tarkibiy boʻlimi tomonidan korporativ pochta manzillariga yuborish orqali amalga oshiriladi. Tinglovchilar elektron shakldagi xabarlarni muntazam ravishda kuzatib borishlari zarur.
37. Akademiya tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbari:
amaliyot va stajirovkaga ketayotgan tinglovchilarga Akademiyaning tegishli tarkibiy boʻlimlari bilan birgalikda yoʻriqnoma oʻtkazadi;
tinglovchilarning amaliyot va stajirovka oʻtash joyiga yetib kelishini nazorat qiladi;
qabul qiluvchi tashkilot rahbari hamda u erdan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbari bilan aloqa oʻrnatadi;
amaliyot va stajirovka oʻtash dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarishda tinglovchilarga metodik yordam koʻrsatadi;
amaliyot va stajirovkaning barcha davri uchun shaxsiy reja tuzadi, qabul qiluvchi tashkilot tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbari bilan hamkorlikda ish hajmi hamda mazmunini aniqlaydi;
tinglovchilarni amaliyot va stajirovka oʻtash obyektlari boʻyicha taqsimlashda ishtirok etadi;
amaliyot va stajirovka muddatlari, mazmuni maxsus dasturlarning ijrosi yuzasidan nazoratni tashkil etadi, shuningdek, amaliyot va stajirovka oʻtash joylariga borib tinglovchilarning yoʻqlamalarini yuritadi;
malakaviy amaliyot va stajirovka hisoboti himoyasida ishtirok etadi;
amaliyot va stajirovka oʻtash hamda ushbu yoʻnalishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritilgan hisobotni tayyorlaydi, uni Akademiyaga taqdim etadi.
38. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari:
amaliyot va stajirovka oʻtash boʻyicha Akademiya bilan shartnoma tuzadi;
tinglovchilarni amaliyot va stajirovka oʻtashga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi;
qabul qiluvchi tashkilotning malakali va tajribali mutaxassislari orasidan tinglovchining amaliyot va stajirovkasini oʻtashi boʻyicha masʼullarni tayinlaydi, shuningdek, nazorat yurituvchi ishchi guruhni tuzadi;
malakaviy amaliyot va stajirovkaning sifati hamda uning maqsadli oʻtishiga shaxsan masʼul hisoblanadi;
amaliyot va stajirovkaning qoniqarsiz tashkil etilishiga shaxsan javobgar boʻladi;
dasturga muvofiq amaliyot va stajirovkani tashkil etish uchun tegishli sharoitlar yaratadi.
39. Amaliyot va stajirovka qabul qiluvchi tashkilot hamda Akademiya oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil etiladi. Mazkur shartnomada ushbu tashkilot zimmasiga amaliyotchi (stajor) uchun joy taqdim qilish majburiyati yuklatiladi.
Amaliyot va stajirovka oʻtkazish boʻyicha tuzilgan shartnomada Akademiya va qabul qiluvchi tashkilot hujjatning predmeti, tomonlar huquq va majburiyatlari, amaliyot va stajirovkani tashkil etish tartibi, shartnomaning amal qilish muddati, uni bekor qilish asoslari, shuningdek, tomonlarning javobgarligi kabi masalalarni kelishib oladilar.
40. Amaliyot va stajirovka boshlanishi bilan tinglovchilarga Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki tartib qoidalari va ular tanishishi zarur boʻlgan hujjatlar tanishish uchun taqdim qilinadi.
41. Amaliyot va stajirovka boʻyicha qoʻyiladigan baholar taʼlim jarayonidagi baholarga tenglashtiriladi va tinglovchilarning oʻzlashtirish darajasi boʻyicha umumiy reytingining yakuniy natijalarida hisobga olinadi.
42. Akademiya ustavi va mazkur Nizomga muvofiq amaliyot va stajirovka natijalari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra dasturlarda belgilangan vazifalarning bajarilmasligi tinglovchini akademik qarzdor sifatida belgilangan tartibda oʻqishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi.
6-bob. Moddiy taʼminot
43. Amaliyot va stajirovka oʻtash davrida tinglovchining asosiy ish joyida oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi.
44. Amaliyot va stajirovka oʻtash davri uchun xizmat safari, yoʻl haqi va yashash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Akademiya tinglovchilariga amaliyot yoki stajirovka oʻtash joyiga yetib olish va nazarda tutilgan oʻquv dasturiga muvofiq qaytib kelish uchun bir martalik yoʻl haqi toʻlab beriladi.
45. Amaliyot va stajirovka oʻtash davrida tinglovchilarga yashash joyini ijaraga olish uchun quyidagi miqdorlarda oylik kompensatsiya toʻlanadi:
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida yashash uchun eng kam ish haqining 4 baravari miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tuman markazlari va aholi punktlarida yashash uchun eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida.
46. Akademiya magistraturasi tinglovchilarini xorijdagi boshqaruv kadrlarni tayyorlash boʻyicha yetakchi ilmiy-maʼrifiy muassasalar va markazlarga, shuningdek chet mamlakatlarning davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, jamoat tashkilotlariga majburiy tartibda bir oylik muddatga yuborish Akademiyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Isteʼdod” jamgʻarmasining budjet mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tashkil etiladi.
47. Amaliyot va stajirovka oʻtashni tashkil etish bilan bogʻliq barcha hujjatlarni yuritish (hujjatlar aylanishini tashkil etish) Akademiyaning tegishli tarkibiy boʻlimi tomonidan zarur boʻlimlar va qabul qiluvchi tashkilotlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Masofadan oʻqitish usullari orqali qayta tayyorlash va malakani oshirish kurslari (keyingi oʻrinlarda masofaviy kurslar deb ataladi) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda oʻquv dasturlarini mustaqil oʻzlashtirishi asosida amalga oshiriladi.
3. Masofaviy kurslar onlayn (masofadan turib real vaqt rejimida videomaʼruzalarni, maslahatlarni, nazorat turlarini olib borish) va offlayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimlarda tashkil etiladi. Mazkur kurslarning sifati va samaradorligining doimiy nazorati Akademiya Oʻquv-uslubiy boʻlimi elektron monitoring tizimida qayd etiladi hamda belgilangan talablarga muvofiqligi taʼminlanadi.
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarining masofaviy kurslarda oʻqishi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Masofaviy kurslarning asosiy maqsad va vazifalari
5. Masofaviy kurslarni tashkil etishning asosiy maqsadi tinglovchilarning oʻqituvchi rahbarligidagi mustaqil oʻqishi va izlanishini zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida ragʻbatlantirishdir.
6. Masofaviy oʻqitish shaklining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlariga zamonaviy taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlariga asosiy ish joyidan ajralmagan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha qayta tayyorlash va malakani oshirish oʻquv dasturlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali oʻzlashtirish imkoniyatini yaratish, mustaqil taʼlimni ragʻbatlantirish.
3-bob. Masofaviy kurslarga tinglovchilarni qabul qilish va taʼlim jarayonini tashkil etish
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini masofaviy kurslarga qabul qilish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Masofaviy kurslar boshlanishidan oldin tinglovchilarga Akademiya Oʻquv-uslubiy boʻlimi tomonidan elektron portfolio logini va paroli beriladi. Tinglovchilar mazkur login va parol yordamida “Masofaviy kurslar” boʻlimiga kiradi va tizimda oʻzining shaxsiy kabinetiga ega boʻladi.
9. Masofaviy kurs davomida tinglovchi kurslarni tashkil etish va oʻtkazish rejasiga, oʻqish davomiyligi (kelishuv asosida)ga amal qilishi, shuningdek onlayn va offlayn rejimidagi taʼlim jarayonida shaxsan oʻzi ishtirok etishi talab etiladi.
10. Masofaviy kurslarda tinglovchining faoliyati tasdiqlangan grafik asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
onlayn kirish test sinovi — kurs boshida tinglovchilarning tegishli qayta tayyorlash va malakani oshirish yoʻnalishi boʻyicha dastlabki bilim, koʻnikma va malakalarining shakllanganlik darajasini aniqlash uchun tashkil etiladi;
onlayn kirish test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga “Masofaviy kurslar” tizimidagi resurslar (mustaqil taʼlim uchun taqdimotlar, oʻquv, audio va video materiallar)dan foydalanishga ruxsat beriladi.
11. Yoʻnalish oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirish ketma-ketligi tinglovchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi. Bunda tinglovchi oʻquv fanlari mazmunini elektron taʼlim resurslaridan foydalangan holda mustaqil oʻzlashtiradi.
13. Onlayn maʼruzalar Akademiyaning tajribali professor-oʻqituvchilari, malakali amaliyotchilar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion taʼlim texnologiyalarini qoʻllab amalga oshiriladi.
Har bir onlayn maʼruzalar oʻtkazilishidan oldin tizimda maxsus eʼlon (kuni, soati va mavzusi toʻgʻrisida xabar) berib boriladi.
14. Kurs davomida tinglovchi oʻquv rejasidagi har bir fan boʻyicha assesment (joriy nazorat) topshiriqlarini bajaradi.
Assesment topshiriqlari har bir fan mavzulari toʻliq oʻzlashtirilgandan keyin elektron tizimda bajariladi va ularni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga navbatdagi fanlarni oʻzlashtirishga ruxsat beriladi.
Oʻquv rejasidagi barcha fanlar boʻyicha tinglovchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari ularning elektron reyting daftarchasida qayd etilib boriladi.
15. Kurs davomida tinglovchilarga buyurtmachilar ehtiyojlardan kelib chiqqan holda oʻquv rejalaridagi fanlar boʻyicha maʼruzalar, maslahatlar onlayn yoki offlayn shaklda, maxsus reja asosida tashkil etiladi.
16. Bitiruv ishi mavzusi tinglovchi tomonidan tizimdagi mavjud mavzular doirasida ixtiyoriy tanlanadi va Akademiyaning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Bitiruv ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Masofaviy kurslarda tinglovchilarning amaliyoti (stajirovka) tinglovchi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotning tegishli yoʻnalish tuzilmalari bazasida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Rahbar kadrlarning malakaviy amaliyoti Akademiyaning amaliyot, stajirovka va joylardagi mashgʻulotlarni tashkil etish boʻlimi orqali shakllantiriladi va nazorat qilinadi.
Amaliyot yakunlari boʻyicha tinglovchining hisoboti va natijalari qayd etilgan bayonnoma koʻchirmasi tasdiqlangan holda tizimning tegishli qismiga ilova qilinadi.
18. Oraliq (chiqish) onlayn test sinovlari masofaviy kurs dasturi doirasida tayyorlangan savollar asosida, belgilangan reja boʻyicha tashkil etiladi.
Bunda tinglovchilarga oraliq (chiqish) onlayn test sinovlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda tegishli markazlarda, joriy vaqtda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yakunida oʻtkaziladigan test sinovlarida qatnashayotgan boshqa tinglovchilar bilan birgalikda topshirishga ruxsat beriladi.
19. Masofaviy kurs davomida tinglovchining joriy (assesment ballari, elektron portfolio koʻrsatkichlari va amaliyot natijalari) va oraliq nazorat (chiqish testi) turlari boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichlari Akademiya boshqaruv kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish fakulteti tizimida qayd etib boriladi.
20. Masofaviy kurslarda oʻqish davomiyligi belgilangan reja asosida amalga oshiriladi. Bunda kurslarning oʻquv dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan, joriy va oraliq nazorat topshiriqlariga ajratilgan maksimal ballning 56 foizidan yuqori ball toʻplagan tinglovchilarga yakuniy attestatsiyaga kirishga ruxsat beriladi.
21. Agar tinglovchi uzrli sabablarga koʻra yakuniy attestatsiyaga kela olmasa, unga takroriy attestatsiyadan oʻtish muddatidan kelib chiqqan holda keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida yakuniy nazoratga kirishga ruxsat beriladi.
Belgilangan muddat davomida kurslarning oʻquv dasturlarini oʻzlashtirmagan tinglovchilar masofaviy kurslardan oʻtmagan hisoblanadi.
4-bob. Masofaviy kurslar tinglovchilari bilimini yakuniy baholash
22. Masofaviy kurslar tinglovchilarini yakuniy baholash tegishli yoʻnalishlar boʻyicha Akademiyada tashkil etiladigan imtihon komissiyalari tomonidan oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakuniy qoida
23. Masofaviy oʻqitish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Akademiya Kengashi tomonidan hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tinglovchilarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim xizmatlari (keyingi oʻrinlarda taʼlim xizmatlari deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar:
buyurtmachi — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslar;
taʼlim oluvchi — oʻrnatilgan tartibda Akademiyada taʼlim dasturlari asosida bilim oluvchi jismoniy shaxs;
taʼlim xizmati — Akademiya va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan pullik xizmat koʻrsatish shartnomasiga binoan buyurtmachining hisobidan va talabi asosida taʼlim berish faoliyati;
asosiy taʼlim dasturi — buyurtmachi talabi asosida Akademiya tomonidan shakllantirilgan taʼlim dasturi;
qoʻshimcha taʼlim dasturi — Akademiya tomonidan ishlab chiqilgan hamda buyurtmachiga taklif etilgan taʼlim dasturi.
3. Taʼlim xizmatlarini koʻrsatish Akademiya ustaviga muvofiq amalga oshiriladi, undan kelib tushadigan mablagʻlar Akademiya ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
4. Taʼlim xizmatlarini koʻrsatish narxi oʻquv dasturlaridan kelib chiqqan holda har yili Akademiya kengashi tomonidan belgilanadi. Tegishli oʻquv dasturlari boʻyicha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumotlar Akademiya rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
5. Akademiya oʻquv dasturi va shartnoma shartlarida belgilangan taʼlim xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlashi lozim.
6. Akademiya va buyurtmachi oʻrtasida shartnoma tuzilganidan soʻng taʼlim xizmatlari koʻrsatish narxini oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ikki tomonning roziligi bilan shartnoma predmeti kengaytirilgan hollar bundan mustasno.
7. Akademiya tomonidan quyidagi taʼlim xizmatlari koʻrsatilishi mumkin:
Akademiya oʻquv jarayoni dasturlari asosida taʼlim oluvchilarning malakasini oshirish;
buyurtmachi talabiga asosan taʼlim oluvchilarning malakasini oshirish;
Akademiyaning magistratura mutaxassisligiga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni tayyorlash.
2-bob. Taʼlim xizmatlari koʻrsatish va shartnoma tuzish tartibi
8. Akademiya buyurtmachi bilan shartnoma tuzishga qadar taʼlim xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni buyurtmachiga taqdim etishi lozim.
9. Buyurtmachiga taqdim etiladigan maʼlumotlarda quyidagilar oʻz ifodasini topgan boʻlishi kerak:
Akademiyaning joylashgan manzili;
asosiy va qoʻshimcha taʼlim dasturlarini amalga oshirish yoʻnalishlari;
taʼlim xizmatlari roʻyxati va ularni koʻrsatish tartibi;
taʼlim xizmatlari narxi;
taʼlimni tugatgandan keyin beriladigan hujjat shakli;
Akademiyaning ichki tartib-qoidalari.
10. Buyurtmachining soʻroviga binoan Akademiya quyidagi hujjatlar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi kerak:
Akademiya ustavi hamda oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq hujjatlar;
shartnoma namunalari;
asosiy va qoʻshimcha taʼlim dasturlari;
taʼlim xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar.
11. Maʼlumotlar buyurtmachiga quyidagi usullarda yetkaziladi:
Akademiya rasmiy veb-sayti;
bukletlar;
prospektlar.
12. Maʼlumotlar oʻzbek tilida yoki buyurtmachining soʻroviga koʻra rus tilida taqdim etiladi.
13. Taʼlim xizmatlari koʻrsatish uchun tomonlar oʻrtasida tuzilgan taʼlim xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) asos boʻlib hisoblanadi.
14. Shartnoma tuzishda bir buyurtmachiga boshqasiga nisbatan ustuvorlik berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Shartnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Akademiya toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot;
buyurtmachi — yuridik shaxsning toʻliq nomi, pochta manzili, uning nomidan harakat qiluvchi mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili;
taʼlim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami;
ijrochi, buyurtmachi va taʼlim oluvchining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
taʼlim xizmati narxi va uni toʻlash tartibi;
taʼlim dasturining turi va yoʻnalishi;
taʼlim muddati;
taʼlim dasturini egallagan taʼlim oluvchiga beriladigan hujjat shakli;
shartnomani talablarini oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish va bekor qilish asoslari;
taʼlim xizmati xususiyatlaridan kelib chiqadigan boshqa maʼlumotlar.
16. Shartnomaga taʼlim oluvchining huquqlarini cheklashga qaratilgan shartlarning kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Shartnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi Akademiyada saqlanadi, ikkinchi nusxasi buyurtmachiga, uchinchi nusxasi taʼlim oluvchiga taqdim etiladi.
18. Shartnoma Akademiya nomidan Rektor tomonidan imzolanadi.
19. Buyurtmachi shartnomada koʻrsatilgan tartibda va muddatda taʼlim xizmati uchun toʻlovlarni amalga oshiradi.
20. Tomonlar shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomada va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi.
21. Oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan taʼlim xizmatlarini koʻrsatishda aniqlangan kamchiliklar uchun buyurtmachi quyidagilarni talab qilishga haqli:
pul toʻlash shartisiz taʼlim xizmatini koʻrsatish;
taʼlim xizmati koʻrsatish narxini mos ravishda pasaytirishni;
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan xarajatlarni qoplashni.
Agar buyurtmachini yuqorida qayd etilgan holatlar qanoatlantirmasa, u holda buyurtmachi shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishi mumkin.
22. Quyidagi hollarda shartnoma Akademiya tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin:
taʼlim oluvchining oʻquv dasturida belgilangan majburiyatlarni bajarmaganligi;
taʼlim xizmati koʻrsatish uchun toʻlovning shartnomada belgilangan muddatda toʻlanmaganligi;
Akademiya ichki tartib-qoidalariga rioya qilinmaganligi.
4-bob. Yakuniy qoida
23. Tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga 7-ILOVA
qayta tayyorlash kursida taʼlim olib, ________________________________________________
___________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya
komissiyasida ______________________________________________ bahoga himoya qildi va qayta tayyorlash oʼquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi
Muhr oʼrni
Rektor ___________
Sana ____________
Qayd raqami __________
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi sertifikatning TAVSIFI
Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Qayta tayyorlash haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1054-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/857/2094-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)