toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 18.09.2017 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-iyuldagi PQ-3162-son qarori)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-iyuldagi PQ-3162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.J. Qurbonov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-sentabr,
720-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 88-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “markaziy ijro etuvchi apparati” soʻzlari “ijro etuvchi apparati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“Jamgʻarmaning markaziy ijro etuvchi apparati” bloki “Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati” bloki bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi”, “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari” va “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” bloklari chiqarib tashlansin;
v) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi
Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining
shtatdagi xodimlari
SONI

Rahbariyat

Ijro etuvchi direktor

1

Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori oʻrinbosari — Bolalar sport inshootlarini loyihalashtirish, joylashtirishni tashkil etish va qurishni nazorat qilish, ulardan foydalanish boʻlimi boshligʻi

1

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Moliyaviy mablagʻlarni shakllantirish va xorijiy

investitsiyalarni jalb etish boʻlimi

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh mutaxassis

1

Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini

moliyaviy nazorat qilish boʻlimi

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh mutaxassis

1

Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va bolalarning

xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlash boʻlimi

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh mutaxassis

1

Bolalar sport inshootlarini loyihalashtirish, joylashtirishni

tashkil etish va qurishni nazorat qilish, ulardan foydalanish

boʻlimi

Bosh mutaxassis

1

Yetakchi mutaxassis

1

Bolalar sport inshootlarini uskunalar va sport anjomlari bilan

jihozlash boʻlimi

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh mutaxassis

1

Yetakchi mutaxassis

1

Bosh yuriskonsult

Bosh yuriskonsult

1

Buxgalteriya

Bosh buxgalter

1

Buxgalter-kassir

1

Jami:

17”;

g) 4a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari soni — 17 kishi.”;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Jamgʻarma joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 17-uy, 100060.”;
birinchi xatboshidagi “markaziy ijro etuvchi apparati” soʻzlari “ijro etuvchi apparati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarma joriy faoliyatiga rahbarlikni ijro etuvchi direktor amalga oshiradi, u Jamgʻarma nomidan ish koʻradi, oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, shtatlar jadvalini, ijro etuvchi apparat va mintaqaviy filiallarning joriy taʼminotiga xarajatlar smetasini tasdiqlaydi, Jamgʻarma mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf etadi, yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.”;
birinchi xatboshidagi “markaziy ijro etuvchi apparatiga” soʻzlari “ijro etuvchi apparatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “markaziy ijro etuvchi apparat” soʻzlari “ijro etuvchi apparat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “markaziy apparatining” soʻzlari “ijro etuvchi apparatining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshidagi “markaziy ijro etuvchi apparatining” soʻzlari “ijro etuvchi apparatining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 27-son, 315-modda) 2 va 3-ilovalardagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari —” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.”;
b) 14-bandning uchinchi xatboshidagi “oʻrinbosarlarining” soʻzi “oʻrinbosarining” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 16-bandning ikkinchi xatboshidan “Qoʻmita raisining oʻrinbosari —” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1002-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 25.10.2018-y., 09/18/864/2101-son)