Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining joriy faoliyatini boshqarishni yanada maqbullashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasidagi rais oʻrinbosari, Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori lavozimi tugatilsin.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining joriy faoliyatiga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ijrochi direktor tomonidan amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son
qarorining 2-ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.