1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 11-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2416-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-son “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 27-dekabrdagi 14-n-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2416, 2013-yil 29-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-sentabr,
93-N-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 5-sentabrdagi 93-N-son buyrugʻiga ILOVA
Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Yoʻlovchi tomonidan HK ichida yurish-turish qoidalari buzilgan taqdirda, HK ekipaji aʼzolari tomonidan mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shaklda yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarini buzganligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
dalolatnomada tuzilgan sana;
dalolatnomani tuzgan HK ekipaji aʼzolarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
qoidabuzarlik sodir etilgan reys va uning yoʻnalishi;
qoidabuzarlikning qisqacha tafsiloti;
qoidabuzar yoʻlovchi shaxsiga oid maʼlumotlar;
qoidabuzar yoʻlovchining tushuntirishi;
Agar qoidabuzarlik oqibatida moddiy zarar yetkazilgan yoxud boshqa shaxslar jabrlangan boʻlsa, bu haqda ham dalolatnomada koʻrsatiladi.
Dalolatnoma uni tuzgan HK ekipaji aʼzolari va qoidabuzar yoʻlovchi tomonidan imzolanadi.
Qoidabuzarlik sodir etgan yoʻlovchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, dalolatnomaga bu haqda yozib qoʻyiladi. Qoidabuzarlik sodir etgan yoʻlovchi dalolatnomaning mazmuni yuzasidan dalolatnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.”.
2. Mazkur qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur qoʻshimchalar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori U. ROZUQULOV
2017-yil 5-sentabr
Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalarga ILOVA
“Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga ILOVA
Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarini buzganligi toʻgʻrisida DALOLATNOMA
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 27-dekabrdagi 14-n-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarining (roʻyxat raqami 2416, 2013-yil 29-yanvar) quyidagi talablari buzildi: