1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi tadbirlarini tobora amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018-yillarda aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hududiy manzilli dasturlarini ishlab chiqish taklifi maʼqullansin, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
a) muayyan mehnat turlari bilan shugʻullanish istagi boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga ularning oilalarini yetarli darajada taʼminlash imkonini beradigan, tijorat banklarining imtiyozli foiz stavkasi boʻyicha quyidagi maqsadlarga mikrokreditlar taqdim etish:
(2-bandining “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
hunarmandchilik faoliyati uchun tikuv mashinalari, gazlamalar va sarflanadigan materiallar, anjomlar, mustaqil shugʻullanishni taʼminlash uchun maishiy texnika, kompyuter va boshqa texnikani, shuningdek turli asboblarni sotib olish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (kichik issiqxonalarni tashkil etish, chorva mollari, parrandalarni sotib olish, qoʻralar va parrandaxonalarni qurish, bogʻdorchilik anjomlari va asbob-uskunalarini sotib olish), turar joylarni taʼmirlash;
b) ogʻir uy-joy maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yoʻqotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga quyidagi maqsadlar uchun:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish boʻyicha bitimlar. Uy-joyni berish.]
uy-joyi boʻlmagan yoki avariya holatidagi va juda eski uylarda yashovchi respublikaning har bir tumani va shahridagi oʻrta hisobda 2 va 5 ta oilaga 2017 va 2018-yillarda arzon uy-joylarni 10 yil mobaynida davlat ixtiyoriga oʻtkazish huquqisiz olish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
respublikaning har bir tumani va shahridan oʻrta hisobda tegishincha 10 va 25 ta kam taʼminlangan oilaning uy-joylarini 2017 va 2018-yillarda taʼmirlash (tomlarni taʼmirlash, pol qoqish, derazalarni almashtirish va hokazo);
LexUZ sharhi
1-band “b” kichik bandning uchinchi xatboshisi norasmiy tarjima.
respublikaning har bir tumani va shahridan oʻrta hisobda 70 tagacha oilalarga har yili maishiy texnika (gaz va elektr pechlar, xolodilniklar, tikuv mashinalari va h. k.) yoki bir boshdan qoramol xarid qilish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
ogʻir kasalliklar mavjud boʻlgan taqdirda tibbiy xizmatlar haqini toʻlash va ularning haqini toʻlashga mablagʻ boʻlmagan taqdirda respublikaning har bir tumani va shahridan oʻrta hisobda 6 tagacha kam taʼminlangan oilalarga begʻaraz yordam koʻrsatish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
2. Belgilansinki, 2017-2018-yillarda aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning hududiy manzilli dasturlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
ushbu qaror 1-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan mablagʻlarni jamlash uchun ochiladigan maxsus bank hisobvaraqlari orqali teng ulushlarda amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hududiy manzilli dasturlarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining sarf-xarajatlari 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga teng ulushlarda qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018-yilgi hududiy manzilli dasturlarini moliyalashtirish sarf-xarajatlarini qoplash manbalarini nazarda tutsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.07 Voyaga etmagan bolalari boʻlgan oilalarga beriladigan nafaqalar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi 2017-2018-yillarda 14 yoshgacha boʻlgan bolalari bor oilalarga nafaqalar toʻlash va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish tarzida kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga budjet mablagʻlari koʻpaytirilishini taʼminlasin, ularni oluvchilar kontingentini tegishli ravishda 1,5 va 2 barobar kengaytirsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.07 Voyaga etmagan bolalari boʻlgan oilalarga beriladigan nafaqalar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 14 yoshgacha boʻlgan bolalari bor oilalarga nafaqalar toʻlash va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam berishni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha budjet mablagʻlari ajratsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi ushbu qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-sentabr,
PQ-3268-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 988-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)