1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 4-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2436-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 5-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-son qarori (roʻyxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatining 82-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8704 10 102 0***, 8704 21 100 0, 8704 23 910 1, 8704 23 910 2, 8704 31 100 0 Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan,
8705 (yuk koʻtarish qobiliyati 50 tn gacha boʻlgan avtokranlardan tashqari TIF TN kodi 8705 10 009 0) Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan
Yuk tashish va maxsus maqsadlarga moʻljallangan motorli transport vositalari
”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 28-avgust,
143-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-avgust,
127-son
Tashqi savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-avgust,
2017/04-13-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 28-avgust,
01-02/8-34-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 970-modda)