1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 4-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2509-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 27-avgustdagi 284-son “Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2509, 2013-yil 17-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 499-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-avgust,
105-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-son buyrugʻiga ILOVA
“Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini (bundan buyon matnda bemorlar deb yuritiladi) imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibini belgilaydi.”;
“13. Retseptni yozishda Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisida nizomning (roʻyxat raqami 2118, 2010-yil 29-iyun) 3-ilovasida nazarda tutilgan asosiy retseptura qisqartmalaridan foydalanilishi mumkin.”;
g) 21-banddagi “dorixona muassasasida” degan soʻzlar “dorixonada” degan soʻz bilan almashtirilsin;
d) 24-banddagi “Dorixona muassasalaridan” degan soʻzlar “Dorixonalardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
e) 25-banddagi “dorixona muassasalarida” va “dorixona muassasasi” degan soʻzlar tegishincha “dorixonalarda” va “dorixona” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“29. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 36-bandiga asosan shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalarini imtiyozli berish uchun retseptlar dorixonalarda 3 yil davomida, maxsus pushti rangdagi blankalar boʻyicha berilgan giyohvand vositalar retseptlari 5 yil davomida saqlanadi.”;
ilova belgisidagi “dorixona muassasalari” degan soʻzlar “dorixonalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
nomidagi “Dorixona muassasalari” degan soʻzlar “Dorixonalar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2017-yil 3-avgust
“Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 967-modda)