1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2913]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PQ-2705-son “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-iyul,
101-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-iyul,
113-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017-yil 26-iyuldagi 101 va 113-son qaroriga ILOVA
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PQ-2705-son “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga (bundan buyon matnda urush qatnashchilari deb yuritiladi) har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Urush qatnashchilariga ularning murojaatiga asosan har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda beriladigan yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng miqdorida kompensatsiya (bundan buyon matnda kompensatsiya deb yuritiladi) beriladi.
2. Kompensatsiyaning qiymati Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 28-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan xarajatlarning cheklangan miqdorini belgilashda yoʻllanmalarning oʻrtacha qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
pasportining nusxasi;
urush qatnashchisi hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi.
Bunda, urush qatnashchilari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda beriladigan yoʻllanmani olish uchun ariza bilan murojaat etmagan boʻlishlari lozim.
4. Urush qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha yuritiladigan Arizalarni roʻyxatga olish daftarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
5. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari urush qatnashchilari tomonidan berilgan arizalarni roʻyxatdan oʻtkazadi va har oyning 25 sanasiga qadar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda kompensatsiya olish uchun murojaat etgan urush qatnashchilarining roʻyxatini shakllantirib, uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etadi.
Kompensatsiya olish uchun murojaat etgan urush qatnashchilarining roʻyxati tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi bosh shifokori tomonidan imzolanadi va tibbiyot birlashmasining muhri bilan tasdiqlanadi.
6. Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari kompensatsiya olish uchun murojaat etgan urush qatnashchilari roʻyxatini olgandan keyin bir kun ichida ushbu roʻyxatni pensiya oluvchilarning pensiya yigʻmajildi bilan solishtirib chiqib, kompensatsiya tayinlaydi hamda mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda kompensatsiya toʻlanadigan urush qatnashchilarining roʻyxatini shakllantiradi.
Shakllantirilgan roʻyxat Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan holda tegishlicha Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi.
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan shakllantirilgan roʻyxatlarni umumlashtiradi va umumlashtirilgan roʻyxatni Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi.
Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati taqdim etilgan umumlashtirilgan roʻyxatlar asosida keyingi oy uchun kompensatsiya toʻlanadigan urush qatnashchilari jamlanma maʼlumotini shakllantiradi.
7. Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati kompensatsiya toʻlanadigan urush qatnashchilari boʻyicha jamlanma maʼlumotlarga asosan kompensatsiya xarajatlarni moliyalashtirish uchun talabnomani har oyning 27 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan talabnomaga asosan keyingi oy uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash uchun mablagʻlarni har oyning oxirgi kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan Pensiya jamgʻarmasiga moliyalashtirib beradi.
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari ushbu mablagʻlarni toʻlash uchun qaydnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik-tijorat Xalq bankining (bundan buyon matnda Xalq banki deb yuritiladi) joylardagi boʻlinmalariga taqdim etadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki urush qatnashchilariga kompensatsiya toʻlash uchun Xalq bankining buyurtmanomalariga muvofiq naqd pul bilan taʼminlash choralarini koʻradi.
10. Kompensatsiya urush qatnashchilari murojaat etgan oydan keyingi oyda ularning pensiya olish joyidan naqd pulda toʻlanadi.
11. Kalendar yili davomida kompensatsiya olish uchun murojaat etmagan, shuningdek joriy yil uchun Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda yoʻllanma olgan urush qatnashchilariga joriy yil uchun kompensatsiya berilmaydi.
12. Xalq bankining boʻlinmalari urush qatnashchilariga kompensatsiya toʻlangandan soʻng, amalga oshirilgan toʻlovlar haqida Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlariga hisobot beradi.
13. Kompensatsiya olish uchun ariza bilan murojaat qilgan urush qatnashchisi kompensatsiya toʻlovi toʻlanadigan kunga qadar vafot etganda yoki chet elga doimiy yashash maqsadida chiqib ketganda kompensatsiya toʻlanmaydi va mazkur hollarda kompensatsiya mablagʻlari Xalq bankining boʻlinmalari tomonidan taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazish uchun Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi hisobvaragʻiga qaytariladi.
3-bob. Kompensatsiya toʻlash uchun xarajatlarni moliyalashtirish
14. Kompensatsiya toʻlovlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun har yili nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi hisobida turuvchi urush qatnashchilariga kompensatsiya toʻlovlari urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun ularning xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida ularning pensiya tayinlash joyidan toʻlanadi.
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
2017-yil 26-iyul
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2017-yil 26-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri R. DJURAYEV
2017-yil 26-iyul
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2017-yil 26-iyul
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
2017-yil 26-iyul
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2017-yil 26-iyul
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
___________________ tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi bosh shifokoriga
_________________________________________________________________ da yashovchi
__________________________________ dan
(ariza beruvchining F.I.O.)
ARIZA
Menga 20_____ yil uchun sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga kompensatsiya berishingizni soʻrayman.
Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:
pasport nusxasi;
urush qatnashchisi hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi.
____________________________
20__ yil
“____”
________.
(murojaat qiluvchining imzosi)
(kun)
(oy)
Arizani qabul qilib oldim:
__________________________________________
(arizani qabul qilib olgan shaxsning F.I.O. va lavozimi)
20__ yil
“____”
________.
(kun)
(oy)
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Arizalarni roʻyxatga olish DAFTARI
T/r
Urush qatnashchisining F.I.O.
Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil)
Pasport seriyasi va raqami
Doimiy yashash manzili
Toifasi
(urush qatnashchisi / urush nogironi)
Kompensatsiya uchun murojaat etgan sana
Arizani qabul qilgan va roʻyxatga olgan shaxsning F.I.O. va lavozimi
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
20 ___ yilning _____________ oyida kompensatsiya olish uchun murojaat etgan urush qatnashchilarining ROʻYXATI
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
20 ___ yilning _____________ oyida kompensatsiya toʻlanadigan urush qatnashchilarining ROʻYXATI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 868-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/2913-1/1571-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)