1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2843-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 9-noyabrdagi 6-mb-sonli “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2956, 19.12.2017-y.) asosan 2018-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2016-yil 1-noyabrdagi 3-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2843, 2016-yil 1-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 48-son, 553-modda)bilan tasdiqlangan 2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-avgust,
4-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 10-avgustdagi 4-mb-son qaroriga ILOVA
2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-son ilova ushbu oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq yangi tahrirda bayon etilsin.