1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahalla institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 14-bandiga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari uchun dam olish maskani tashkil etish hamda davlat mulki obyektlaridan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “SHARQ” nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvining, “SHARQ” nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi foydalanishida boʻlgan Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Baytqoʻrgʻon” QFY hududida joylashgan “Navbahor” sanatoriysi dam olish maskanini tegishli hududi bilan birgalikda Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruviga tekin foydalanish huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. “SHARQ” nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan mulkiy majmuani tegishli hududi bilan birgalikda belgilangan tartibda topshirsin, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi qabul qilib olsin va qabul qilingan obyektdan samarali foydalanish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
3. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruviga berilgan mulkiy majmuani taʼmirlash ishlari Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga umumxalq xayriya hasharidan tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini samarali boshqarishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 17-maydagi 291-son qaroriga 1-ilovaning 81-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-avgust,
620-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 854-modda)