1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBIL TRANSPORTI SOHASIDA BOSHQARUVNING TASHKILIY TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 4-iyundagi PF-2871-son Farmoniga muvofiq, shuningdek respublika va hududiy darajalarda avtomobil transportini boshqarishning samarali tashkiliy tuzilmasini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston avtomobil transporti (“Oʻzavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tugatish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
Tugatish komissiyasi belgilangan tartibda ikki oy muddatda “Oʻzavtotrans” korporatsiyasini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin, korporatsiya, shuningdek uning tarkibiga kiruvchi boʻlinmalar balansidagi davlat mulkini xatlovdan oʻtkazsin va undan bundan buyon samarali foydalanish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
2. Tugatilayotgan “Oʻzavtotrans” korporatsiyasiga kirgan birlashmalar va kompaniyalar muassislarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining:
“Oʻztransxizmati” davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “Oʻztranstaraqqiyot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzavtoxodim” davlat-aksiyadorlik birlashmasini tugatish, ular tarkibiga kirgan korxonalar va tashkilotlarni avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish hududiy uyushmalariga berish;
“Toshviloyatyoʻlovchitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Toshviloyatyuktrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini “Toshviltrans” avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish hududiy uyushmasiga aylantirish;
“Oʻzviloyatlararoavtotrans” respublika davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “Oʻztranssanoat” respublika uyushmasi, “Yoʻlovchi” sugʻurta kompaniyasi, “BK INTRANS” ochiq aksiyadorlik jamiyatining Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektlar sifatida faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
3. “Xorazmdaryoflot” boshqarmasi tugatilsin, unga qarashli tashkilotlar Xorazm viloyati avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish hududiy uyushmasi tarkibiga berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Xorazmdaryoflot” boshqarmasini tugatish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda ikki oy muddatda amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi daryo yoʻllarining Xoʻjayli va Chalish texnik uchastkalarini mablagʻ bilan taʼminlashni respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mahalliy budjetlaridan mablagʻ bilan taʼminlashga oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.04.00 Suv transporti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
4. Quyidagilar:
avtomobil va daryo transportini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
respublika birlashmalari va uyushmalari, avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish hududiy uyushmalari tarkibiga berilayotgan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
* 3-ilova berilmaydi.
avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish hududiy uyushmasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
5. Tugatish komissiyasi belgilangan tartibda:
“Avtotransport Uzbekistana” jurnali, “Oʻzbekiston avtomobilchisi” gazetasi tahririyatlarini va avtomobil transportida xizmatlarni sertifikatlash respublika markazini Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi ixtiyoriga;
tugatilayotgan “Oʻzavtotrans” korporatsiyasining 5-ilovaga muvofiq oʻquv muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ixtiyoriga bersin.
6. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tarkibi, uning markaziy apparati tuzilmasi va Agentlik hududiy boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 6, 7 va 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 21 nafar etib va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining cheklangan soni 144 nafar etib belgilansin (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga boshliqning ikki nafar oʻrinbosariga va 5 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 2001-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda ilgari “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi tizimiga kirgan avtomobil transporti aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalar paketlarining davlat ulushini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarni tanlov asosida tayinlasin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 2001-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda hududiy davlat-aksiyadorlik konsernlari va birlashmalarini avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish hududiy uyushmalariga aylantirish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
10. “Oʻzavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tugatish boʻyicha maxsus komissiya bozor normalari va maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib, litsenziyalanadigan faoliyat turlari roʻyxati va litsenziyalash tartibini, avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashishga qoʻyiladigan litsenziya shartlari va talablarini, ularni yanada erkinlashtirishni nazarda tutgan holda, qayta koʻrib chiqishga doir takliflarni bir oy muddatda koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda:
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashuvchilar tomonidan belgilangan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish mexanizmini nazarda tutuvchi Avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashishni nazorat qilish tartibini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bojxona postlarida nazorat qilishning samarali tizimini tashkil etish va respublikaga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holatini, yoʻl qoʻyiladigan ogʻirlik va gabarit parametrlari, xalqaro yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshirishda Yevropa bitimi (YESTR) talablariga muvofiq ularda nazorat priborlari (taxograflar) mavjudligini inspeksiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Ilgari “Oʻzavtotrans” korporatsiyasiga kirgan hamda “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi kafilligi ostida “Asaka” bankidan olingan kreditlar boʻyicha qarzdor boʻlgan avtotransport korxonalari va tashkilotlari kafillik shartnomalarini kreditlarni taʼminlashning boshqa turlariga — garov, kafolat va uchinchi shaxslarning kafilligiga bir oy muddatda belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda Xalqaro tiklash va taraqqiyot bankining № UZ 4547 qarz bitimi boʻyicha “Oʻztranssanoat” respublika uyushmasini tugatilayotgan “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi oʻrniga subqarz oluvchi etib belgilash masalasini Xalqaro tiklash va taraqqiyot banki bilan ishlab chiqsin.
14. Tugatish komissiyasi Toshkent shahar, akademik Ya.Gʻulomov koʻchasidagi 39a uydagi binoni va boshqa mol-mulkni belgilangan tartibda “Oʻzavtotrans” balansidan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi balansiga bersin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil transporti (“Oʻzavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” toʻgʻrisidagi 1993-yil 12-yanvardagi 21-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-iyun,
245-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga 2-ILOVA
Avtomobil va daryo transportini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga 4-ILOVA
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish hududiy uyushma boshqaruvi ijro etuvchi apparatining
namunaviy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga 5-ILOVA
“Oʻzavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufiga oʻtkaziladigan oʻquv muassasalari
roʻyxati
T/r
Oʻquv muassasalarni nomi
1.
Toshkent avtomobil yoʻllari texnikumi
2.
Buxoro avtomobil yoʻllari texnikumi
3.
Nukus avtomobil yoʻllari texnikumi
4.
Urganch avtomobil yoʻllari texnikumi
5.
Qoʻqon avtomobil yoʻllari texnikumi
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tuzilmasiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar, shuningdek oʻz faoliyatini amalga oshirishda Agentlik bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi mustaqil birlashmalar va uyushmalar
tarkibi
T/r
Korxonalar va tashkilotlar nomi
1.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining markaziy apparati
Bevosita Agentlikka hisob beruvchi tashkilotlar
2.
Agentlik hududiy boʻlimlari
3.
Avtomobil transportida xizmatlarni sertifikatlash respublika markazi
4.
“Avtotransport Uzbekistana” jurnali tahririyati
5.
“Oʻzbekiston avtomobilchisi” gazetasi tahririyati
Agentlik bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi respublika birlashmalari va uyushmalari
1.
“Oʻztranssanoat” respublika uyushmasi
2.
“Oʻzviloyatlararoavtotrans” respublika birlashmasi
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
I. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaga hamda Davlat bojxona qoʻmitasiga nazorat-oʻtkazish punktlarida xorijiy avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashuvchilarni;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga — xorijiy avtotransportning respublika hududi boʻylab harakat qilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga respublikaga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holatini, yoʻl qoʻyiladigan ogʻirlik va gabarit parametrlarini, xalqaro yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshirishda Yevropa bitimi (YESTR) talablariga muvofiq ularda nazorat priborlari (taxograflar) mavjudligini hisobga olish va nazorat qilish yuklansin”.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qarorining:
“suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olganlik va tekshiruv koʻrigidan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflar boʻyicha tushadigan mablagʻlar va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa mablagʻlar”;
“foydalanishda boʻlgan kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olish, tasniflash, roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikatlash, shuningdek Registr qoidalari hamda kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni taʼmirlashga doir boshqa normativ hujjatlar talablari bajarilishi ustidan nazorat qilish, Daryo kemachiligi registri bilan kemalar va suzib yuruvchi vositalarga kema guvohnomasi, malaka guvohnomasi, suzishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi guvohnomani, neft, oqova suvlar va axlat bilan iflos qilishning oldini olish toʻgʻrisidagi guvohnomani hamda Registr qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni berish”.
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda avtotransport xizmatlariga doir tarif siyosatini shakllantirish;
yuk va yoʻlovchilar tashuvchilar faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalash hamda avtomobil va daryo transporti sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yoʻlovchilar va yuklarni tashish borasida respublikaning davlat va aholi ehtiyojlari prognozlarini ishlab chiqish hamda jamoat avtomobil transporti va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;
tarmoqni xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, yuk va yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini tender asosida joylashtirish mexanizmlarini joriy etish va takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi yuk va yoʻlovchilar tashuvchilar faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratish, avtotransport xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish asosida avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirishga va rivojlantirishga koʻmaklashish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda xalqaro va viloyatlararo avtomobilda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini tasdiqlash;
avtomobil transporti sohasida xizmatlarni sertifikatlashni tashkil etish va amalga oshirish;
favqulodda holatlarda va safarbarlik vaziyatida joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga avtomobil transportining maxsus boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda koʻmaklashish;
avtomobil va daryo transporti sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash masalalarida yagona siyosatni amalga oshirish”.
“litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali va rejadan tashqari tekshirish, tekshirishlar natijalari boʻyicha aniq qoida buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar qabul qilish, bunday qoida buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“kemalar va suzib yuruvchi vositalardan toʻgʻri foydalanilishini, ularning tabel boʻyicha taʼminot va ashyolar bilan taʼminlanganligini, ular tomonidan suzish va foydalanish xavfsizligini taʼminlash qoidalari va talablari bajarilishini, kemalar qatnaydigan yoʻllar va kemalar qatnovi sharoitlarini nazorat qilish, ekipaj aʼzolarining bilimlarini tekshirish;
kema hujjatlarining amal qilish muddati tugagan, malakali ekipaj bilan taʼminlanmagan, kema bortida halokat-qutqaruv va yongʻinga qarshi ashyolar boʻlmagan hollarda, suzib yuruvchi qurilmada odamlar xavfsizligiga tahdid soluvchi nuqsonlar paydo boʻlganda, kemalardan foydalanish, yongʻinga qarshi va sanitariya xavfsizligi qoidalari talablari, ekologiya normalari buzilganda kemalar va suzib yuruvchi vositalardan foydalanishni taqiqlash;
texnik holati suzish va foydalanish xavfsizligini yoki suzib yuruvchi vositalarning xavfsiz turishini taʼminlamagan hollarda suzib yuruvchi vositalardan foydalanishni taqiqlash;
suzib yuruvchi vositalarga nisbatan xavfsiz suzish sharoitlarini, inson hayotining muhofaza qilinishini, yuklarning ichki suv yoʻllari orqali ishonchli tashilishini, kemalar qatnovi orqali iflos qilishning oldi olinishini taʼminlovchi texnik talablarni belgilash, ushbu talablarga rioya etilishi ustidan texnik nazorat oʻrnatish, suzib yuruvchi vositalar Registr tomonidan chiqariladigan qoidalar asosida taʼmirlanayotgan vaqtda ularni tasniflash, texnik koʻrikdan oʻtkazish va nazorat qilish;
xorijiy hamda milliy yuk va yoʻlovchilar tashuvchilar tomonidan avtomobil va daryo transporti sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchisi boʻlgan xalqaro bitimlar va konvensiyalarning asosiy shartlari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish”;
10 va 11-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Agentlik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
11. Agentlikda tarkibiga Agentlik boshligʻi (hayʼat raisi), lavozimlari boʻyicha boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek Agentlik tizimining boshqa rahbar xodimlari kiruvchi 5 kishidan iborat hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
15-bandi “ajratmalar” soʻzidan keyin “shuningdek suzib yuruvchi vositalarni hisobga olganlik va tekshiruv koʻrigidan oʻtkazganlik uchun mablagʻlar va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa mablagʻlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
III. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 2-oktabrdagi 422-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
IV. Vazirlar Mahkamasining “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 1999-yil 29-iyuldagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 44-modda)da:
qarorning 1 va 6-bandlaridan, qarorga 3-ilovaning 4-bandidan “hamda “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi”, “hamda “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi”, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
qarorning 4-bandida “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
qarorga 2-ilovaning 20-bandi uchinchi xatboshidagi “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 11-son, 65-modda; 2004-y., 10-son, 120-modda; 2005-y., 7-son, 57-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)