1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PAXTA TOZALASh SANOATI KORXONALARIDA HISOB VA HISOBOT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2002 YIL 13 NOYABRDAGI PF-3161-SON FARMONINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining xodimlarning cheklangan soni uning hududiy boʻlinmalari xodimlari sonini tegishli ravishda qisqartirish hisobiga koʻrsatilgan xodimlar sonini 4 nafarga koʻpaytirishni nazarda tutgan holda 73 nafardan iborat boʻlgan yangi tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning toʻgʻriligini nazorat qilish boshqarmasi xodimlarining cheklangan soni 16 nafar etib belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning toʻgʻriligini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
yangi tashkil etilgan Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning toʻgʻriligini nazorat qilish boshqarmasini moliyalashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlarni nazarda tutsin;
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan Boshqarmaning yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanishini taʼminlasin.
5. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasida tugatilgan Nazorat-taftish bosh boshqarmasi negizida shtatdagi xodimlari soni 10 kishidan iborat boʻlgan paxta tozalash korxonalari tomonidan normativ-texnologiya talablariga rioya etilishi monitoringi boʻlimi tashkil etilsin.
Monitoring boʻlimiga paxta tozalash korxonalari tomonidan tayyorlanayotgan paxta xomashyosi miqdori va sifatini, paxta xomashyosi konditsion massasi toʻgʻri hisoblab chiqilishini, paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash texnologiya tartibiga, paxta tolasi va paxta mahsuloti boshqa turlari chiqishining belgilangan normativlariga,paxta mahsulotini sertifikatlash va sotish tartibiga, shuningdek gʻoʻza navlarini yangilashning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish yuklansin.
6. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va uning tarkibiy boʻlinmalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan, saqlanayotgan paxta xomashyosi miqdori, paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlari sotilishi toʻgʻrisida har oyda, zarur hollarda esa tezkorlik bilan axborot taqdim etsinlar;
Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlariga taftish va tekshirish oʻtkazish davrida koʻmaklashsinlar, shuningdek tekshirishlar oʻtkazishga tarmoq mutaxassislarini jalb etsinlar.
7. Vazirlar Mahkamasining “Budjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 11-fevraldagi 66-son qarorining 3-bandi va qarorga ilova, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 25-iyundagi 315-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 34-modda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarorining 2-bandi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 15-noyabr,
393-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining
tashkiliy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 73 kishi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)