1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrining markaziy qismining meʼmoriy koʻrinishini yaxshilash va obodonlashtirish, shuningdek, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent shahrining meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash va markaziy qismini obodonlashtirish, uning xalqaro, xorijiy va mahalliy moliya tuzilmalari va investorlar uchun jozibadorligini oshirish, Toshkent shahrining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy biznes, moliyaviy va turizm infratuzilmasining jadal rivojlanishini taʼminlash, shuningdek, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “ToshkentboshplanLITI” DUKning:
Toshkent shahrida yangi zamonaviy majmua — A. Navoiy, Olmazor, I. Karimov va Furqat koʻchalari bilan chegaradosh hududdagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi (keyingi oʻrinlarda — “Tashkent city” XIM);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” XIM hududida davlat unitar korxonasi shaklidagi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
“Tashkent city” XIM hududida obyektlar qurilishi, shu jumladan hududni muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlash, koʻchalar, kirish yoʻllari, avtoturargohlar qurish, favvoralar, sugʻorish va tashqi yoritish tizimlarini oʻrnatish, shuningdek, umumiy foydalaniladigan joylarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
yetakchi mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb etgan holda “Tashkent city” XIMni batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etish;
salohiyatli, shu jumladan xorijiy investorlarni qurilishga jalb etish maqsadida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda veb-saytlarda “Tashkent city” XIM qurilishi va faoliyati boʻyicha taqdimot tadbirlari va keng reklama kampaniyasini oʻtkazish ishlarini tashkil etish;
loyihalarni amalga oshirish boʻyicha investorlar bilan muzokaralar olib borish, salohiyatli investorlarni tanlash, ular bilan “Tashkent city” XIM hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar tuzish;
“Tashkent city” XIM hududida investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring olib borish;
“Tashkent city” XIM hududida obyektlar qurilishini loyihalashtirishda loyiha tashkilotlari tomonidan zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini, shuningdek, yuqori texnologiyali materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishini taʼminlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
“Tashkent city” XIM hududida umumiy foydalaniladigan joylar, muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanishni va ularga xizmat koʻrsatishni, shu jumladan boshqaruv kompaniyasini tashkil etish va tadbirkorlik subyektlarini jalb etish yoʻli bilan tashkil etish.
3. Direksiyaga quyidagi huquqlar berilsin:
“Tashkent city” XIM hududida obyektlar qurish, investorlarga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar berish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari loyihalarini tayyorlash va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
tender savdolari oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish shartlarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish usullarini mustaqil tanlash, ishlarni bajaruvchilarni, shuningdek loyiha tashkilotlarini belgilash;
investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar lozim darajada bajarilishini nazorat qilish, investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda “Tashkent city” XIM hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarni muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda va obyektlardan foydalanishda investorlar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilar, binolar, inshootlar va xonalarning mulkdorlari va foydalanuvchilari tomonidan belgilangan yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish;
turar joy va noturar joy binolarini buzish, hududlarni tozalash, yer qazish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda jalb etish.
4. “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazining Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy kengash) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Quyidagilar Maʼmuriy kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
“Tashkent city” XIM faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish;
“Tashkent city” XIM hududini investorlar tomonidan qurilish ishlarini olib borishga tayyorlash uchun masʼul boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining harakatlarini tashkil etish va vakolatli tashkilotlarning muhandislik kommunikatsiyalarining tashqi tarmoqlarini oʻtkazish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
“Tashkent city” XIM hududida investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishini tizimli asosda nazorat qilish;
“Tashkent city” XIMning samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va uning faoliyatini nazorat qilish.
“Tashkent city” XIM Maʼmuriy kengashining ishchi organi funksiyasini bajarish Direksiya zimmasiga yuklanadi.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
“Tashkent city” XIMning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish homiylik xayriyalaridan tushadigan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Direksiyaning oilalarni koʻchirish, turar joylarni, yashash uchun moʻljallanmagan binolar va inshootlarni buzish, hududlarni tozalash, yer qazish ishlarini amalga oshirish, maydon ichidagi muhandislik va transport kommunikatsiyalari tarmoqlarini qurish, umumiy foydalanishdagi hududlarni obodonlashtirish, reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha xarajatlari investorlardan ularga beriladigan yer uchastkalari oʻlchamlariga mutanosib ravishda tushadigan mablagʻlar, shuningdek, homiylik xayriyalari, kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
“Tashkent city” XIM hududida obyektlar qurilishi belgilangan tartibda investorlar mablagʻlari, shu jumladan xorijiy, xalqaro grantlar, texnik koʻmaklashish mablagʻlari, homiylik xayriyalari, kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Direksiyani saqlash Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq investorlardan shartnoma asosida tushadigan mablagʻlar, investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga koʻrsatiladigan injiniring xizmatlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK va Toshkent shahar hokimligi “Tashkent city” XIMni tashkil etish doirasida “Tashkent city” XIMning bosh rejasiga muvofiq muhandislik kommunikatsiyalarining uzluksiz ishlashini hisobga olgan holda oʻz mablagʻlari hisobiga muhandislik kommunikatsiyalari keltirish tarmoqlari qurilishini taʼminlasinlar.
7. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan birgalikda — A. Navoiy, Olmazor, I. Karimov va Furqat koʻchalari bilan chegaradosh hududda “Tashkent city” XIMni tashkil etish uchun yer uchastkalari chegaralarini belgilash, keyinchalik Direksiyaning iltimosnomasiga koʻra investorlarga taqdim etish;
daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda — bir oy muddatda “Tashkent city” XIM hududida haqiqatda yashayotgan oilalar roʻyxatini aniqlagan holda, 2017 myil 1-avgust holatiga koʻra buzilayotgan uy-joylar, noturar binolar va inshootlarni xatlovdan oʻtkazsin;
“Tashkent city” XIM hududida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslarga kompensatsiya sifatida olib qoʻyilayotgan yer uchastkalarini yakka tartibdagi uy-joylar va noturar binolar qurish uchun berish uchun yer uchastkalari ajratish;
“Tashkent city” XIM hududida turar joylar, noturar binolar va inshootlarni buzish, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalarini oʻtkazgan holda obyektlar qurish bilan bogʻliq tashkiliy va texnik masalalarni hal etish.
8. Direksiya Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda — “Tashkent city” XIM hududida obyektlar qurish uchun ularga yer uchastkalari ajratish boʻyicha iltimosnoma kiritishni davom ettirish uchun eng yaxshi investitsiya takliflarini aniqlash va investorlarni tanlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
ikki oy muddatda qurilishning qisqa va oʻrta muddatli istiqbollarini rejalashtirishni hamda obyektlarni maqbul joylashtirishni hisobga olgan holda “Tashkent city” XIMni batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov bir oy muddatda yetakchi xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda Direksiyaning tuzilmasi va Ustavi ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B.I. Zakirov va Toshkent shahar hokimi R.D. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-iyul,
559-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyuldagi 559-son qaroriga ILOVA
“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi Maʼmuriy kengashi — ishchi guruhi
TARKIBI
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Maʼmuriy kengash raisi
A.J. Ramatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Maʼmuriy kengash raisining oʻrinbosari
R.D. Usmonov
—
Toshkent shahar hokimi
B.A. Xodjayev
—
Moliya vaziri
G.K. Saidova
—
Iqtisodiyot vaziri
M.M. Ikramov
—
Adliya vaziri
A.X. Kamilov
—
Tashqi ishlar vaziri
E.M. Gʻaniyev
—
Tashqi savdo vaziri
A.A. Azizov
—
Ichki ishlar vaziri
B.I. Zakirov
—
Davarxitektqurilish raisi
A.X. Abdullayev
—
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi
A.A. Axmedxadjayev
—
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi
R.A. Gʻulomov
—
Davlat raqobat qoʻmitasi raisi
A.Sh. Qurbonov
—
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi
B.R. Parpiyev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisi
M.V. Toxiriy
—
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi
M.B. Nurmuratov
—
Markaziy bank raisi
U.J. Sunnatov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari
R.R. Sharipov
—
“ToshkentboshplanLITI” DUK direktori
B.U. Abdullayev
—
“OʻzshaharsozlikLITI” DUK direktori
Lavozimi boʻyicha
—
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” XIM hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” DUK direktori
I.R. Mahkamov
—
Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, Maʼmuriy kengash kotibi.
Izohlar.
Maʼmuriy kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Maʼmuriy kengash, zarurat boʻlganda, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.