1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Faoliyatning baʼzi bir turlarini litsenziyalashning oʻziga xos jihatlari qonun bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilishni litsenziyalashda, intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda, shuningdek kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma) boʻyicha yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 959-son “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-bobi (Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi) hamda 1036-moddasi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga soʻzsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi;
litsenziyalash — litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani topshirish va koʻrib chiqish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish jarayoni bilan bogʻliq tadbirlar kompleksi;
litsenziya talablari va shartlari — faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirayotganda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan, qonun hujjatlarida belgilangan talablar va shartlarning majmui;
litsenziyalovchi organlar — qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar;
litsenziya daʼvogari — litsenziyalovchi organga faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish litsenziyasi boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
litsenziya shartnomasi — faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya daʼvogari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan va ular oʻrtasida tuziladigan shartnoma;
litsenziyalar reyestri — berilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan litsenziyalar, shuningdek amal qilishi tugatilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan litsenziyalovchi organlarning maʼlumotlar bazalari majmui.
4-modda. Litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda litsenziyalovchi organlar amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
litsenziyalovchi organlarni va faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibini belgilash, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini yuritish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash sohasidagi qonun hujjatlariga litsenziyalovchi organlarning rioya etishlarini nazorat qilish;
litsenziya talablari va shartlariga litsenziatlar rioya etishini nazorat qilish;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash;
litsenziyalarning amal qilishini tugatish;
litsenziyalarni bekor qilish;
litsenziyalar reyestrini yuritish.
Litsenziyalovchi organlar shu organlar litsenziyalaydigan faoliyat turlari bilan shugʻullanayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tuzishga yoki ular faoliyatida muassislar (qatnashchilar) sifatida ishtirok etishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
II. AMALGA OShIRISh UChUN LITSENZIYALAR TALAB QILINADIGAN FAOLIYAT TURLARI
7-modda. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini aniqlash
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari jumlasiga amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan hamda tartibga solib turilishi litsenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin boʻlmagan faoliyat turlari kiradi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari qonunlar bilan belgilanadi.
8-modda. Faoliyatning litsenziyalanadigan ayrim turlarini jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirishni taqiqlash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) faoliyatning litsenziyalanadigan ayrim turlarini amalga oshirishini taqiqlab qoʻyishi mumkin, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
9-modda. Davlat unitar korxonalari va muassasalari tomonidan faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari, basharti ularni tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlarda faoliyatning mazkur turini amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, faoliyatning litsenziyalanadigan turini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Mazkur qoida koʻrsatilgan korxonalar va muassasalarni litsenziya talablari va shartlarini, shuningdek faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish bilan bogʻliq, qonun hujjatlariga muvofiq qoʻyiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi.
Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibdagi boʻlishi mumkin.
Namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga cheklanmagan doiradagi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi, agar ushbu shaxslar tegishli faoliyat turini amalga oshirishga nisbatan qoʻyiladigan yagona shartlar va talablarga javob bersalar.
Yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga yuridik va jismoniy shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziatlarga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan litsenziyalar kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar amal qilish hududi, faoliyat obyekti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa asoslarga koʻra miqdoriy cheklanadi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish, qoida tariqasida, tanlov (tender) asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, shu jumladan tanlovlarni (tenderlarni) oʻtkazish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
11-modda. Litsenziyaning amal qilishi
Litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi. Litsenziya daʼvogarining arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Korxonani sotishda sotuvchining tegishli faoliyat bilan shugʻullanishi uchun berilgan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, korxonani sotib oluvchiga berilmaydi. Shartnoma boʻyicha topshiriladigan korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlarni kiritish sotuvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi kreditorlar oldida solidar javobgar boʻladilar. (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 489-moddasi).
Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat, agar litsenziya talablari va shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirilishi mumkin.
12-modda. Litsenziyaning amal qilish muddati
Litsenziyaning amal qilish muddati, qoida tariqasida, cheklanmaydi.
Litsenziya — litsenziya daʼvogarining arizasida koʻrsatilgan muddatga beriladi. Qonun hujjatlari bilan litsenziyaning cheklangan amal qilish muddati belgilanishi mumkin, lekin bu muddat besh yildan kam boʻlmasligi lozim. Litsenziya faqat litsenziya daʼvogarining arizasiga koʻra besh yildan kam muddatga berilishi mumkin.
Faoliyatning ayrim turini amalga oshirishga doir davlat monopoliyasi joriy etilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyaning amal qilish muddati besh yildan kamroq etib belgilanishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin berilishi lozim. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
IV. LITSENZIYALAShNI AMALGA OShIRISh
13-modda. Litsenziya talablari va shartlari
Faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishda rioya etiladigan litsenziya talablari va shartlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlar bilan belgilanib, ular quyidagi normalarni oʻz ichiga olishi lozim:
litsenziatning qonun hujjatlariga rioya etishi shartligi toʻgʻrisidagi;
faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishga daʼvogar shaxslarga qoʻyiladigan malaka talablari, jumladan maxsus bilimlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi;
faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishning maxsus shartlariga qoʻyiladigan talablar, jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarda litsenziyalanayotgan faoliyat turi xususida qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
14-modda. Litsenziya olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari tegishli litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza — unda: yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan eri (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisobvaragʻi raqami; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning maʼlumotlari; yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni moʻljallagan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi), hamda faoliyatning mazkur turi.
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxslar uchun — yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
faoliyatning ayrim turiga litsenziya olish uchun qoʻyiladigan talablar va shartlarni litsenziya daʼvogari bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi hamda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan boshqa hujjatlar.
Litsenziya daʼvogaridan ushbu Qonunda hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi oʻzga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatlar litsenziya daʼvogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali, ular olingani haqidagi tasdiqni olgan holda, yetkazib beriladi.
Litsenziya olish uchun tegishli litsenziyalovchi organga yuborilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinib, roʻyxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).
Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya daʼvogari qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Litsenziya daʼvogarining arizasini koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim miqdori har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bunda yigʻimning eng koʻp miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oshib ketishi mumkin emas.
Litsenziya daʼvogarlarining arizalarini koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summalari litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Litsenziya daʼvogari bergan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
16-modda. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Litsenziya daʼvogarining arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan oshmagan muddat ichida litsenziyalovchi organ namunaviy (oddiy) litsenziya berish haqida yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Namunaviy (oddiy) litsenziya berish haqida yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning eng kam muddatlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilab qoʻyilishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ, zarur holda, oʻz mablagʻlari hisobidan tegishli xulosalarni tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishga haqli.
Litsenziyalovchi organ litsenziya daʼvogarini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida mazkur organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin uch kun ichida xabardor qilishi shart.
Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma litsenziya daʼvogariga yozma shaklda bank hisobvaragʻi rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya daʼvogariga yozma shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya daʼvogari litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziya daʼvogarining arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga olgan kundan eʼtiboran oʻn kundan oshmagan muddat ichida litsenziyalovchi organ hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi. Litsenziya daʼvogarlarining arizalarini qayta koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgach, berilgan ariza — yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Litsenziya daʼvogari davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan taqdirda hamda u litsenziya shartnomasini imzolaganidan keyin litsenziya beriladi.
Agar litsenziat unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
17-modda. Litsenziya berishni rad etish
Litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
litsenziya daʼvogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
litsenziya daʼvogari taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tanlov (tender) shartlariga nomuvofiqligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya daʼvogari litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Litsenziyalar tegishli blanklarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalarning blanklari qatʼiy hisobot hujjatlari hisoblanadi, ular hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlishi lozim. Litsenziya blanklarining namunalari va ularni tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarori bilan tasdiqlangan “Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankasini hamda litsenziya blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
Litsenziya yoʻqolgan taqdirda, litsenziatning arizasiga binoan uning dublikati beriladi. Dublikat berishda ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan yigʻim summasining yarmi undiriladi.
19-modda. Litsenziya shartnomasi
Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjatdir.
Litsenziya shartnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim:
shartnomani imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi;
taraflarning rekvizitlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya shartnomasining talablari va shartlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi;
litsenziya shartnomasining talablari va shartlarini litsenziat qanday bajarayotganligining litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilinishi tartibi;
faoliyatning ayrim turini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq boshqa maʼlumot.
Litsenziya shartnomasi ikki nusxada — litsenziat hamda litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
20-modda. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish
Yuridik shaxs boʻlmish litsenziat qayta tuzilgan, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin bir haftalik muddatda litsenziyalovchi organga, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs boʻlmish litsenziat familiyasi, ismi va otasining ismi yoki turar joyi oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin bir haftalik muddatda litsenziyalovchi organga, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali, ular olingani haqidagi tasdiqni olgan holda, yetkazib beriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartishlarni kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani olgan kundan eʼtiboran besh kun ichida amalga oshiriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziya daʼvogarining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
21-modda. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda litsenziyalovchi organlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadirlar:
litsenziatlar litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiruvlar oʻtkazish;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan guvohlik beruvchi faktlar mavjud boʻlgan hollarda, litsenziat litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiruvlar oʻtkazish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur maʼlumotlarni talab qilish va olish;
tekshiruv natijalari asosida litsenziat yoʻl qoʻygan litsenziya talablari va shartlarining aniq qoidabuzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish.
Litsenziyalovchi organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilishlariga yoʻl qoʻyilganligini aniqlaganlari taqdirda oʻz vakolatlari doirasida litsenziyani bergan litsenziyalovchi organga aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabar qiladilar.
22-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
Litsenziyalovchi organlar litsenziyaning amal qilishini quyidagi hollarda toʻxtatib turishlari mumkin:
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organlarning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda;
ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror mazkur qarorni qabul qilgan litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay asoslangan dalillar bilan yetkaziladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish uchun muddat belgilashi shart. Koʻrsatilgan muddat olti oydan oshishi mumkin emas.
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziat bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turgan litsenziyalovchi organ koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishni toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisidagi qarorlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
yakka tartibdagi tadbirkorning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-bobi (“Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish”)ga qarang.
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishiga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror mazkur qarorni qabul qilgan litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay asoslangan dalillar bilan yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini tugatishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
litsenziat litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Litsenziya sudning qaroriga binoan ham bekor qilinishi mumkin.
Litsenziyaning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi qaror mazkur qarorni qabul qilgan litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay asoslangan dalillar bilan yetkaziladi. Litsenziat litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyaning bekor qilinishini asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Litsenziyalovchi organlar oʻzlari litsenziyalashni amalga oshirayotgan faoliyatning har bir turi uchun alohida litsenziyalar reyestrlarini yuritadilar.
Litsenziyalar reyestrining har birida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
litsenziyalar berilgan sana va litsenziyalarning tartib raqamlari;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash asoslari hamda sanalari;
litsenziyalarning amal qilishini tugatish asoslari va sanalari;
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanalari;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Litsenziyalar reyestrlarida mavjud boʻlgan axborot yuridik va jismoniy shaxslar tanishishi uchun ochiq boʻlib, ular haq evaziga litsenziyalovchi organlardan litsenziyalar reyestrlaridan muayyan litsenziatlar toʻgʻrisida koʻchirmalar tariqasida axborot olishga haqlidirlar. Mazkur axborotni taqdim etganlik uchun haq olish tartibi va uning miqdori faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilanadi.
Litsenziyalovchi organlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalarning reyestrlaridan axborotni bepul berishlari shart.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
26-modda. Litsenziya berganlik uchun davlat boji
Litsenziya berganlik va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji undiriladi.
Litsenziya berganlik va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji miqdorlari va uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turining bir qismi uchun litsenziya berganlik va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji stavkalarining kamaytirilgan miqdorlari belgilanishi mumkin. Davlat boji stavkalarining kamaytirilgan miqdorlari litsenziya qonun hujjatlarida belgilanganidan kamroq muddatga berilganda va litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilganda ham belgilanishi mumkin.