toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Belgilansinki, “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi”, “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishlarini barpo etish” va “Navoiyazot” AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihalarining (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) tender hujjatlarini va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda jahon bozori konyunkturasini chuqur oʻrganish qismida va ularni moliyalashtirishda aniq manbalarni puxta ishlab chiqishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Mazkur loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash hamda ularni moliyalashtirishda xorijiy banklarning kreditlarini jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Asaka” ATB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bankining:
“Bank of Tokyo Mitsubishi” boshchiligidagi Yaponiya banklari konsorsiumi (keyingi oʻrinlarda — Yaponiya banklari konsorsiumi) krediti hisobiga “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid ishlab chiqaruvchi korxonani qurish, mazkur kredit Yaponiya eksport-kredit agentligi (NEXI) sugʻurta mukofotini toʻlash uchun 2,5 mlrd. Yapon yenasi (21,74 mln. AQSH dollari) miqdorida 7 yillik muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 6 oylik LIBOR (yena) bukiluvchi stavkasi boʻyicha qoʻshimcha ravishda yillik 1,45 foiz, shu jumladan, qayta moliyalashtiruvchi “Asaka” ATBning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasi boʻyicha taqdim etish;
“Commerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklari konsorsiumining 115,62 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti hisobiga “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etishga moʻljallangan mazkur kredit 11 yillik muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davrga, 6 oylik LIBOR (dollar) bukiluvchan stavkasi boʻyicha qoʻshimcha ravishda yillik 1,55 foiz, shu jumladan, qayta moliyalashtiruvchi “Asaka” ATBning yillik 0,35 foiz miqdoridagi marjasi boʻyicha taqdim etgan holda loyihalarni moliyalashtirishga xorijiy banklarni jalb etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagi rahbarlar zimmasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi (Gʻ. Ibragimov) — loyihani amalga oshirishda ularni belgilangan muddatlarda ishga tushirish bilan birga tegishli vazirlik va idoralarning ishlarini samarali muvofiqlashtirish;
“Oʻzkimyosanoat” AJ (A. Abdullayev), “Navoiyazot” AJ (B. Sharipov), “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ (S. Xolmoʻminov) — texnik hujjatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish va muvofiqlashtirish, texnologiya va uskunalarni tanlash, qurilish ishlari olib borilishini nazorat qilish, shuningdek, loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini soʻzsiz taʼminlovchi shartnomalar shartlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qoʻmitasi (B. Zokirov) — loyiha hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishni va davlat arxitektura-qurilish nazoratini doimiy asosda amalga oshirish yoʻli orqali qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev) — loyihani amalga oshirish doirasida import qilinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalar, materiallar va butlovchi buyumlarga va ularning narxlari oshirilishiga yoʻl qoʻymaslikka alohida ahamiyat berib, baholash parametrlari qismini puxta ekspertizadan oʻtkazish;
“Asaka” ATB (K. Mullajonov), “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (A. Mirsoatov) va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafoyev) — loyihani amalga oshirishda xorijiy va mahalliy banklar kreditlarini jalb etish va samarali foydalanish, jalb qilingan qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida soʻndirish ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
“OʻzInjiniring” respublika loyiha instituti (T. Urazayev) — loyihalarga sifatli texnik hamrohlik qilish, shu jumladan loyiha yechimlarining muvofiqligi, obyektlardan foydalanishda taklif etilayotgan texnologiyalar va uskunalarning ishonchliligi va xavfsizligi talablari, shuningdek, ishlab chiqarish, energiya va resurslarni tejaydigan, ekologik standartlarni taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Quyidagilar:
“Bank of Tokyo Mitsubishi” boshchiligida Yaponiya banklari konsorsiumi krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlarni va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq;
“Commerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklari konsorsiumining krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlarni va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
loyihani oʻz vaqtida amalga oshirishda va kreditlardan maqsadli hamda samarali foydalanishda masʼul ijro etuvchi organ etib “Oʻzkimyosanoat” AJ va shaxsan uning raisi A. Abdullayev hisoblanadi;
loyiha doirasida jalb etilayotgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni oʻz mablagʻlari hisobiga soʻndirish, foizlar, vositachilik haqi va kreditlarga xizmat koʻrsatuvchi boshqa xarajatlar boʻyicha qarzdor “Navoiyazot” AJ (B. Sharipov) hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B. Xodjayevni qarz kelishuvlarida nazarda tutilgan shaklda:
“Bank of Tokyo Mitsubishi” (Yaponiya) — “Asaka” ATB toʻlov majburiyatlari boʻyicha;
“Commerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklarining konsorsiumi — “Oʻzsanoatqurlishbank” ATB toʻlov majburiyatlari boʻyicha;
“Asaka” ATB — “Bank of Tokyo Mitsubishi” (Yaponiya) kreditining “Navoiyazot” AJning majburiyatlari boʻyicha;
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB — “Commerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklari konsorsiumi kreditlarining “Navoiyazot” AJning majburiyatlariga oid Davlat kafolatlarini berish boʻyicha vakil etib tayinlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (M. Ikramov) “Asaka” ATB va “Bank of Tokyo Mitsubishi” (Yaponiya), shuningdek, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB — “Commerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklarining konsorsiumi oʻrtasidagi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (M. Nurmuratov), “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (A. Mirsoatov) va “Oʻzkimyosanoat” AJ (A. Abdullayev)ning “Navoiyazot” AJ mahsulotlarini sotishdan kelib tushadigan oʻz mablagʻlarini milliy va xorijiy valyutada jamgʻarish uchun keyinchalik ularni moliyalashtirishga sarflashni maqsadli yoʻnaltirish, jalb qilinayotgan kreditlarga xizmat koʻrsatishni hisobga olib, maxsus bank hisobraqamini ochish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
8. “Asaka” ATB (K. Mullajonov) va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (A. Mirsoatov) “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatiga milliy valyutada 35,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan, tanlab olingan kundan boshlab 10 yillik muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda va loyihalarni amalga oshirish doirasida “Navoiyazot” AJ aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkalariga teng boʻlgan foiz stavkasi boʻyicha beriladigan kredit liniyalari ochilishini taʼminlasin.
9. “Navoiyazot” AJga istisno tariqasida “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi”, “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarish” va “Navoiyazot” AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida 2018-yilning 1-iyuligacha qurilish ishlari bilan loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat berilsin.
10. Belgilansinki, mazkur loyihalarni amalga oshirishda import qilinadigan “erkin muomalaga chiqarish” uskunalari, texnika va texnologiyalar, materiallar va butlovchi buyumlarga boʻlgan bojxona rasmiylashtiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining shartnomalar boʻyicha ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmedxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-iyul,
PQ-3146-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi PQ-3146-son qaroriga
1-ILOVA
“Vank of Tokyo Mitsubishi” boshchiligidagi Yaponiya banklari konsorsiumi kreditlari boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI

Kredit summasi

21,739 mln AQSH dollari (2,5 mlrd yapon yeni ekv. 115 JRY = 1 USD kursi boʻyicha);

Kredit valyutasi

Yaponiya yenasi;

Kredit muddati

7 yilgacha, shu jumladan 3 yil imtiyozli davr;

Foiz stavkasi

6 oylik LIBOR (yenada) + yillik 1,45 foiz (shu jumladan bank marjasi 0,25 foiz);

Agentlik xarajatlari

15000 AQSH dollari (har yili 15-yanvar kuni);

Yuridik xarajatlar

100000 AQSH dollarov;

NEXI sugʻurta mukofoti boʻyicha xarajatlar

Kredit summasining 6,697 foizi, bir vaqtning oʻzida*;

Majburiyat uchun vositachilik haqi

yillik 0,20 foiz (shu jumladan bank marjasi 0,0 foiz);

Tashkil etish uchun vositachilik haqi

bir vaqtning oʻzida 0,80% (shu jumladan bank marjasi 0,0 foiz).

Toʻlov davri

Kredit summasi

Tanlab olish**

Toʻlovlar summasi

Vositachilik haqi

Toʻlanishi lozim boʻlgan asosiy summa

jami

shu jumladan

NEXI sugʻurta mukofoti boʻyicha xarajatlar

Asosiy qarz**

foizlar***

Tashkil etish uchun***

Agentlik va yuridik xarajatlar****

2017 y. I yarim yillik

21,739

21,739

1,456

0,000

0,174

0,115

0,289

2017 y. II yarim yillik

21,739

0,029

0,029

2018y. I yarim yillik

21,739

0,164

0,015

0,179

2018y. II yarim yillik

21,739

0,161

0,161

2019y. I yarim yillik

21,739

0,161

0,015

0,179

2019y. II yarim yillik

21,739

0,161

0,161

2020y. I yarim yillik

21,739

0,164

0,015

0,179

2020y. II yarim yillik

21,739

2,415

0,162

2,578

2021y. I yarim yillik

19,324

2,415

0,146

0,015

2,576

2021y. II yarim yillik

16,908

2,415

0,125

2,541

2022y. I yarim yillik

14,493

2,415

0,109

0,015

2,540

2022y. II yarim yillik

12,077

2,415

0,090

2,505

2023y. I yarim yillik

9,662

2,415

0,073

0,015

2,503

2023y. II yarim yillik

7,246

2,415

0,054

2,469

2024y. I yarim yillik

4,831

2,415

0,036

0,015

2,467

2024y. II yarim yillik

2,415

2,415

0,018

2,433

Jami

21,739

1,456

21,739

1,656

0,174

0,220

23,789

* Stavka 2016-yil 9-dekabr holati boʻyicha koʻrsatilgan, qarz bitimini tuzish kunidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
** Asosiy qarzni soʻndirish kredit bitimi kuchga kirishi va birinchi tanlov sanasiga bogʻliq.
*** Vositachilik va foizlar haqi kreditni tanlab olish amaldagi summasiga, 6 oylik LIBOR stavkasi (yena) va JPY/USD valyutalari kursiga bogʻliq holda aniqlanadi.
**** Bozor standarti qoʻllanishi hamda tashqi yuridik konsultantning ishtiroki zaruratini hisobga olgan holda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi PQ-3146-son qaroriga
2-ILOVA
“Sommerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklari konsorsiumi krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlarni va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI

Kredit summasi

115,62 mln AQSH dollari;

Kredit valyutasi

AQSH dollari;

Kredit muddati

11 yil, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr;

Foiz stavkasi

6 oylik LIBOR (dollar) + yillik 1,5 foiz (shu jumladan 0,35 foiz bank marjasi);

Majburiyat uchun vositachilik haqi

yillik 0,75 foiz (shu jumladan 0,2 foiz bank marjasi);

Tashkil etish uchun vositachilik haqi

0,75 foiz (shu jumladan 0,2 foiz bank marjasi) bir vaqtning oʻzida;

Akkreditiv ochish uchun vositachilik haqi (bir marotaba)

5,0 ming AQSH dollari.

(mln AQSH dollari)

Toʻlash davri

Tanlab olish*

Toʻlovlar summasi

Vositachilik haqi

Toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy summa

Asosiy qarz*

foizlar**

Tashkil etish uchun

Akkreditiv ochish uchun

Majburiyatuchun**

2017 y. I yarim yillik

63,448

0,904

0,867

0,005

0,438

2,214

2017 y. II yarim yillik

52,175

1,656

0,199

1,855

2018 y. I yarim yillik

1,647

1,647

2018 y. II yarim yillik

1,656

1,656

2019 y. I yarim yillik

1,647

1,647

2019 y. II yarim yillik

1,656

1,656

2020 y. I yarim yillik

7,226

1,656

8,883

2020 y. II yarim yillik

7,226

1,553

8,779

2021 y. I yarim yillik

7,226

1,441

8,668

2021 y. II yarim yillik

7,226

1,346

8,572

2022 y. I yarim yillik

7,226

1,235

8,462

2022 y. II yarim yillik

7,226

1,139

8,365

2023 y. I yarim yillik

7,226

1,029

8,256

2023 y. II yarim yillik

7,226

0,932

8,158

2024 y. I yarim yillik

7,226

0,828

8,055

2024 y. II yarim yillik

7,226

0,725

7,951

2025 y. I yarim yillik

7,226

0,618

7,844

2025 y. II yarim yillik

7,226

0,518

7,744

2026 y. I yarim yillik

7,226

0,412

7,368

2026 y. II yarim yillik

7,226

0,311

7,537

2027 y. I yarim yillik

7,226

0,206

7,432

2027 y. II yarim yillik

7,226

0,104

7,330

Jami

115,62

115,62

23,22

0,87

0,005

0,64

140,35

* Asosiy qarzni soʻndirish sanasi qarz bitimi kuchga kirishi va birinchi tanlov sanasiga bogʻliq.
** Vositachilik haqi va foizlar kreditni tanlab olish haqiqiy summasiga va 6 oylik LIBOR stavkasiga bogʻliq holda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi PQ-3146-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan
QOʻSHIMCHALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 16-dekabrdagi ““Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2272-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshidagi “olib keladigan” soʻzlaridan oldin “Navoiyazot AJ,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-iyuldagi ““Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishlarini barpo etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2372-son qarorining rus tilidagi matni 10-bandi ikkinchi xatboshidagi “vvozimie” soʻzidan keyin “Navoiyazot AJ,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.