1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.01 Umumiy masalalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
INTEGRAL MIKROSXEMALAR TOPOLOGIYALARINI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDA
1-modda. Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
integral mikrosxema — elektron vazifalarni bajarishga moʻljallangan tugal yoki oraliq shakldagi mikroelektron buyum boʻlib, undagi elementlarning hech boʻlmaganda biri faol hisoblanadi, buyumdagi bogʻlanishlarning ayrimlari yoki barchasi bu buyum tayyorlangan jismlar tarkibida va (yoki) sirtida uzviy shakl topgan boʻladi;
integral mikrosxema topologiyasi — integral mikrosxema elementlarining va ular oʻrtasidagi bogʻlanishlar majmuining moddiy jismda qayd etilgan fazoviy-geometrik joylashuvi;
huquq egasi — integral mikrosxema topologiyasining muallifi, uning merosxoʻri, shuningdek integral mikrosxema topologiyasidan foydalanish mulkiy huquqlarini qonunga yoki shartnomaga asosan olgan va ularga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
3-modda. Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti va shartlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Integral mikrosxemaning ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻziga xos topologiyasi (bundan buyon matnda topologiya deb yuritiladi) integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga maʼlum boʻlmagan topologiya boshqacha holat isbotlangunga qadar oʻziga xos deb eʼtirof etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga boʻlgan huquq]
Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga maʼlum boʻlgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yigʻindisi ushbu modda ikkinchi qismining talablariga toʻla muvofiq boʻlsagina huquqiy muhofaza beriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.06.00 Ochilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish]
Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy muhofaza topologiyaga singdirilgan gʻoyalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4-modda. Topologiya muallifi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
Ijodiy mehnati bilan topologiyani yaratgan jismoniy shaxs shu topologiya muallifi deb eʼtirof etiladi. Agar topologiya ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ular birgalikda mualliflar (hammualliflar) deb eʼtirof etiladi.
Topologiyani yaratishga shaxsan ijodiy xissa qoʻshmagan, biroq muallifga texnik, tashkiliy yoki moddiy yordam koʻrsatgan yoxud topologiyadan foydalanish huquqini rasmiylashtirishga koʻmaklashgan jismoniy shaxslar mualliflar deb eʼtirof etilmaydi.
Muallifning topologiyaga boʻlgan huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va qonun bilan muhofaza qilinadi.
5-modda. Topologiyadan foydalanish huquqi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
Huquq egasiga topologiyadan oʻz ixtiyoriga binoan foydalanish, shu jumladan uni tayyorlash, qoʻllash va tarqatish mutlaq huquqi tegishlidir.
Huquq egasi topologiyada, shuningdek shunday topologiyani oʻz ichiga olgan buyumlarda “T” harfi yoki aylanadagi “T” harfi yoxud boshqacha tarzda ifodalangan “T” harfini joylashtiradi va bu uning Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinishini koʻrsatadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Bir necha huquq egalariga tegishli huquqlardan foydalanish tartibi ular oʻrtasidagi shartnomaga binoan belgilanadi.
6-modda. Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.03 Foydali modelga boʻlgan huquq]
Muhofaza qilinadigan topologiyani, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani oʻz ichiga olgan buyumni huquq egasining ruxsatisiz qoʻllash, olib kirish, sotuvga qoʻyish, sotish, takrorlash (oʻziga xos boʻlmagan qismini takrorlash bundan mustasno) va fuqarolik muomalasiga boshqacha tarzda kiritish topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi deb eʼtirof etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.01 Umumiy masalalar]
Quyidagilar topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi deb eʼtirof etilmaydi:
topologiyadan foyda olmagan tarzda shaxsiy maqsadlarda, shuningdek uni baholash, tahlil kilish, tadqiq etish yoki oʻqitish uchun foydalanish;
qonunga xilof ravishda takrorlangan topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemali buyumni sotib olgan shaxsning harakatlari, agar bu shaxs ularga qonunga xilof ravishda takrorlangan topologiya kiritilganini bilmagan va bilishi mumkin ham boʻlmagan boʻlsa;
aynan bir xildagi topologiyani mustaqil ravishda yaratgan shaxsga nisbatan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlar.
7-modda. Xizmat topologiyasi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.02.00 Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar]
Xodim oʻz xizmat vazifalarini yoki ish beruvchining topshirigʻini bajarish vaqtida yaratgan (xizmat topologiyasi) topologiyaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma olish huquqi, basharti bu ular oʻrtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ish beruvchiga tegishli boʻladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Xizmat topologiyasi uchun muallifga toʻlanadigan mukofot pulining miqdori, shartlari va tartibi u bilan ish beruvchi oʻrtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
8-modda.Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita yoki ishonchli vakil orqali Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) beriladi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish, agar topologiyadan foydalanilgan boʻlsa, undan birinchi marta foydalanilgan sanadan etiboran ikki yildan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin.
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma bitta topologiyaga taalluqli boʻlishi kerak.
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlarga doir talablar Agentlik tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qarori bilan tasdiqlangan Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
9-modda. Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasi
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasi talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran ikki oylik muddat ichida Agentlik tomonidan oʻtkaziladi. Davlat ekspertizasi natijalariga binoan topologiyani roʻyxatga olish yoki uni roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqarilib, bu haqda talabnoma beruvchi xabardor qilinadi.
Talabnoma beruvchi Agentlikning soʻroviga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan topologiyani roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma materiallarini toʻldirish, aniqlashtirish va tuzatishga haqlidir.
Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasining xulosasi ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch oy ichida Agentlikning Apellyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) shikoyat qilishga haqlidir.
Davlat ekspertizasining xulosasi asosida Agentlik patent boji toʻlangani toʻgʻrisidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran bir oy ichida topologiyani Integral mikrosxemalar topologiyalarining davlat reyestrida roʻyxatga oladi. Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
13-modda. Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.03 Foydali modelga boʻlgan huquq]
Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma huquq egasining topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Guvohnomani berish Agentlik tomonidan topologiya roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtgandan keyin amalga oshiriladi. Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma shakli hamda unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
14-modda. Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning amal qilish muddati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquq oʻn yil davomida amal qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.06 Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi]
Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquq amal qilish muddatining boshlanishi quyidagi sanalardan eng oldingisi boʻyicha aniqlanadi:
topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi boʻyicha, bunda bu topologiya jahonning biron-bir yerida fuqaro muomalasiga oldinroq kiritilganligi hujjatlar bilan qayd etilgan sana nazarda tutiladi;
topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy eʼlon qilingan sana boʻyicha.
Boshqa shaxs tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan aynan bir xil topologiya paydo boʻlgan hollarda, topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning amal kilish umumiy muddati oʻn yildan oshib ketishi mumkin emas.
15-modda. Topologiyaga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish
Topologiyaga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va shartlari Agentlik tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik maqsadlarida huquq egasiga qonun hujjatlarida belgilangan kompensatsiya toʻlagan holda topologiyadan uning roziligisiz foydalanishga ruxsat berishi mumkin.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
16-modda. Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning bekor boʻlishi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bekor boʻladi.
Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma:
(16-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatli harakatlarni sodir etganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Agentlikka toʻlanadi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Patent bojlarining miqdori va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
18-modda. Topologiyani boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari topologiyani boshqa davlatlarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga egadirlar.
19-modda. Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki oʻzaro kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar.
20-modda. Nizolarni hal qilish
Topologiyalarni huquqiy muhofaza qilish bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
21-modda. Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-may,
218-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 87-modda; 2002-y.,9-son, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 555-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)