

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3270589" id="onLBC-3270589">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6077"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC6099"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3270589" id="onLS-3270589">[<b>TSZ:</b><div id="LS3679"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;</span></div><div id="LS3683"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3270622" id="-3270622">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3270623" id="-3270623">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3270624" id="-3270624">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3270625" id="-3270625"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270630" id="-3270630">Mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimizni, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida masʼuliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalarni munosib taqdirlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4906-sonli <a href="/mact/-3089694">Farmoniga</a> asosan:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3270634" id="onLBC-3270634">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6099"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;</span></div><div id="LBC6100"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270634" id="-3270634">1. “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270635" id="-3270635">2. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270637" id="-3270637">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi Nizom <a href="/mact/-3270589#-3270662">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270638" id="-3270638">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari <a href="/mact/-3270589#-3270713">2</a>, <a href="/mact/-3270589#-3270768">3-ilovalarga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270639" id="-3270639">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga oʻrnatiladigan belgi (keyingi oʻrinlarda — “Mehnat faxriysi” belgisi)ning tavsifi <a href="/mact/-3270589#-3270801">4-ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270640" id="-3270640">3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlari, ularning guvohnomalari va “Mehnat faxriysi” belgilarining tayyorlanishini taʼminlasin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3270641" id="onLBC-3270641">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6546"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270641" id="-3270641">4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlari, ularning guvohnomalari va “Mehnat faxriysi” belgilarini tayyorlash uchun zarur pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan ajratsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270645" id="-3270645">5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270646" id="-3270646">6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3276785" id="-3276785">Ushbu qaror “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 15-iyuldagi 139 (6833)-sonida eʼlon qilingan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3270647" id="-3270647">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3270649" id="-3270649">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3270651" id="-3270651">2017-yil 14-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3270653" id="-3270653">PQ-3133-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3270657" id="-3270657"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3270662" id="-3270662">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3133-sonli <a href="/mact/-3270589">qaroriga</a> <br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3270669" id="-3270669">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3270671" id="-3270671">nizom</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3270673" id="-3270673"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270675" id="-3270675">1. “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida masʼuliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270677" id="-3270677">2. Ushbu Nizomning <a href="/mact/-3270589#-3270675">1-bandiga</a> muvofiq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270680" id="-3270680">I darajali koʻkrak nishoni bilan kamida 35 yillik mehnat stajiga ega shaxslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270682" id="-3270682">II darajali koʻkrak nishoni bilan kamida 30 yillik mehnat stajiga ega shaxslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270683" id="-3270683">III darajali koʻkrak nishoni bilan kamida 25 yillik mehnat stajiga ega shaxslar, shuningdek, jamiyatda hurmat qozongan ishlamaydigan onalar taqdirlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270687" id="-3270687">3. I darajali koʻkrak nishoni yuqori darajali hisoblanadi. II yoki III darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar keyinchalik uning yuqori darajalari bilan bosqichma-bosqich mukofotlanishi mumkin. Bir darajadagi koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3270688" id="onLBC-3270688">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6094"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270688" id="-3270688">4. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Nuroniy” jamgʻarmasi)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlariga beriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3270690" id="onLBC-3270690">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6094"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270690" id="-3270690">5. “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlarining takliflari har yili 25-dekabrgacha “Nuroniy” jamgʻarmasining Vasiylik kengashiga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270692" id="-3270692">6. Taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqish va koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlab olish tartibi “Nuroniy” jamgʻarmasining Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270694" id="-3270694">7. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining qarori bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270696" id="-3270696">Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qaror “Nuroniy” jamgʻarmasining axborot vositalarida eʼlon qilinadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3270699" id="-3270699"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4683974" id="edi-4683974"><a href="/mact/-3270589?ONDATE=15.07.2017 00#-4683972">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4683974" id="-4683974"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4683980" id="onLBC-4683980">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6100"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4683980" id="-4683980">8. I darajali koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida, II darajali koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4683991" id="-4683991">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli <a href="/mact/-4647177?ONDATE=14.12.2019 00#-4647641">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270701" id="-3270701">Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270702" id="-3270702">9. Koʻkrak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti “Navroʻz” bayrami arafasida “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining raisi (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270705" id="-3270705">10. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tibbiy xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270708" id="-3270708">11. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3270711" id="-3270711"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3270713" id="-3270713">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3133-sonli <a href="/mact/-3270589">qaroriga</a> <br />2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3270715" id="-3270715">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3270717" id="-3270717">tavsifi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3270719" id="-3270719"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270729" id="-3270729">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270732" id="-3270732">I darajali koʻkrak nishoni tilla rangda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270737" id="-3270737">II darajali koʻkrak nishoni kumush rangda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270740" id="-3270740">III darajali koʻkrak nishoni bronza rangda boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270743" id="-3270743">Koʻkrak nishonining old tomonida qanotlarini yozgan Humo qushi tasviri aks ettirilgan. Uning tepa qismida koʻkrak nishoni darajasini ifodalaydigan boʻyi 4 millimetrli “I”, “II” yoki “III” — rim raqamidagi son va diametri 1,8 millimetrli sakkiz qirrali yulduz joylashgan. Ushbu tasvirning umumiy balandligi 22 millimetrni, eni 23 millimetrni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270744" id="-3270744">Koʻkrak nishonining old yuqori qismida sakkiz qirrali yulduzlar oraligʻida ikki qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “MEHNAT”, “FAXRIYSI” yozuvi joylashgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270745" id="-3270745">Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida toʻrt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “KOʻP YILLIK”, “HALOL”, “MEHNATI”, “UCHUN” yozuvi joylashgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3276618" id="-3276618">Uning atrofi diametri 30,7 millimetr boʻlgan naqsh bilan hoshiyalangan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270748" id="-3270748">Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270750" id="-3270750">Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270751" id="-3270751">Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270753" id="-3270753">Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270754" id="-3270754">Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 8 millimetrli oq yoʻl, ikki chetidan esa har birining eni 7 millimetr boʻlgan koʻk rangli yoʻl oʻtgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270757" id="-3270757">Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-3276731" id="-3276731">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3276610" id="-3276610"><img src="/files/3276604" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3270764" id="-3270764"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3270768" id="-3270768">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3133-sonli <a href="/mact/-3270589">qaroriga</a> <br />3-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3270770" id="-3270770">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni guvohnomasining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3270773" id="-3270773">tavsifi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3270775" id="-3270775"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270777" id="-3270777">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270778" id="-3270778">Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270780" id="-3270780">Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan oq rangli hoshiya bilan oʻralgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270782" id="-3270782">Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Mehnat faxriysi”, ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270783" id="-3270783">Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270785" id="-3270785">Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270787" id="-3270787">Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270788" id="-3270788">“GUVOHNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270791" id="-3270791">Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, markazda oraligʻi 1,5 millimetrli toʻrt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy”, ikkinchi satrda “faoliyatini qoʻllab-quvvatlash”, uchinchi satrda “Nuroniy” jamgʻarmasi”, toʻrtinchi satrda “Vasiylik kengashining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 4 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli Qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270793" id="-3270793">Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi catrda “Mehnat faxriysi” soʻzi hamda koʻkrak nishonining darajasi haqidagi yozuv (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270796" id="-3270796">Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Vasiylik kengashi”, ikkinchi satrda “raisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-3276732" id="-3276732">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni<br />GUVOHNOMASI</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3276592" id="-3276592"><img src="/files/3276587" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3270798" id="-3270798"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3270801" id="-3270801">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3133-sonli <a href="/mact/-3270589">qaroriga <br /></a>4-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3270805" id="-3270805">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga oʻrnatiladigan belgi </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3270807" id="-3270807">tavsifi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3270808" id="-3270808"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270809" id="-3270809">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga oʻrnatiladigan belgi 210x80 millimetr oʻlchamli toʻrtburchak shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270810" id="-3270810">Belgining chap tomonida qanotlarini yozgan Humo qushi va uning tepasida koʻkrak nishoni darajasini belgilovchi “I”, “II” yoki “III” — rim raqamidagi son hamda sakkiz qirrali yulduz tasviri aks etgan. Ushbu tasvirning umumiy balandligi 55 millimetrni, eni 51 millimetrni, rim raqamidagi sonning boʻyi esa 9 millimetrni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270813" id="-3270813">Belgining oʻng tomonida harflarning balandligi 5,6 millimetr, satrlar oraligʻi 3,8 millimetr boʻlgan olti satrli matn joylashgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3276630" id="-3276630">Birinchi catrda “Bu yerda” soʻzi hamda koʻkrak nishonining darajasi haqidagi yozuv, ikkinchi satrda “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni”, uchinchi satrda “bilan taqdirlangan fuqaro”, toʻrtinchi va beshinchi satrlarda katta harflarda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, oltinchi satrda “istiqomat qiladi” soʻzlari yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270814" id="-3270814">Belgining qalinligi 1,5 millimetr.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3270815" id="-3270815">Tasvirlar va yozuvlar botiq shaklda boʻlib, belgining chetlari toʻgʻri chiziqlar bilan oʻralgan.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-3276733" id="-3276733">“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga oʻrnatiladigan belgilar</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3276591" id="-3276591"><img src="/files/3276589" /></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3276644" id="-3276644">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 686-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
