UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATINING NAMUNAVIY USTAVINI VA UY-JOYLARNI xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati BOSHQARUVIGA BERISH VA UY-JOY FONDINI SAQLASH VA TUZATISH MASALALARIDA DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIK QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
“Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 196-modda)
— Uy-joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
2. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tegishli normativ hujjatlar bilan taʼminlashda hamda ularning huquqiy hujjatlari toʻgʻri rasmiylashtirilishida zarur yordam koʻrsatsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
3. Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili budjetni shakllantirishda uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal tuzatish uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 196-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 4-oktabrdagi 454-son qaroriga 2-ILOVA
Uy-joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
Mazkur Nizom uy-joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishning namunaviy tartibini belgilaydi. Joylardagi davlat hokimiyati organlari amaldagi qonunchilik normalariga va mazkur Nizomga muvofiq uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishni tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlarni qabul qiladilar.
(muqqadima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1. UY-JOYLARNI XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATI BOSHQARUVIGA BERISH TARTIBI
(1-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
1.1. Xususiy uy-joy mulkdorlarini birlashtiruvchi hamda ularning manfaatlarini ifodalash huquqini olgan shirkatlar tashkil etilganda shirkat xususiy uy-joy mulkdorlarining roziligi va ularning topshirigʻiga koʻra koʻp kvartirali uy (uylar)dagi binolarni boshqarishni oʻz zimmasiga oladi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
1.2. Uy (uylar)ni shirkat boshqaruviga berish shirkat boshqaruvi rahbariyatining arizasi olingandan keyin:
— shirkatning yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
(1.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
(1.2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
1.3. Shirkat balans saqlovchi funksiyasini bajargan holda uyning texnik hujjatlarini yuritadi, uni balansda hisobga oladi. Bunda turar joy va turar joyga moʻljallanmagan maydonlar hisobi alohida yuritiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
1.4. Uy (uylar) shirkat boshqaruviga berilishi bilan bir vaqtda shahar (tuman) hokimining tegishli qarori bilan uy (uylar) va uy atrofidagi hududlar egallab turgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi rasmiylashtiriladi.
(1.4–1.5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
2.2. Birgalikdagi mulk boʻlgan binodagi turar joylar mulkdorlarining munosabatlari bitim asosida quriladi.
(2.2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
(2.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
2.4. Mulkdorlardan biri davlat hokimiyati organlari hisoblangan uylarda davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondi mulkdori bilan boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot yoxud xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati oʻrtasida tuziladigan shartnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
2.5. Quyidagilar uy-joy fondini boshqarish yuzasidan shartnomaning majburiy shartlari hisoblanadi:
boshqarish amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uydagi binolar mulkdorlari umumiy mol-mulkining tarkibi hamda uyning manzili;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilotning koʻp kvartirali uydagi binolar mulkdorlari umumiy mol-mulkini, unga yondosh yer uchastkasini obodonlashtirish elementlari bilan birga saqlashni taʼminlash boʻyicha majburiyatlari;
boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot xizmatlariga haq toʻlash tartibi va miqdori;
koʻp kvartirali uyning texnik hujjatlarini berish tartibi;
boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish tartibi”;
(2.4–2.5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
2.6. Xususiylashtirilgan koʻp kvartirali uylarda uy-joy mulkdorlari bilan shartnoma-kontraktlar boʻyicha uy-joylarga xizmat koʻrsatuvchi uy-joylardan foydalanish tashkilotlari ularni shirkatga texnik jihatdan soz holda topshirishi shart.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
2.7. Shirkat aʼzolari boʻlmagan uy-joy mulkdorlari umumiy mulk boʻlgan mol-mulkni saqlash boʻyicha majburiyatlardan ozod etilmaydilar va uy boshqaruvchisi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha uyning umumiy maydonida ularning mulki boʻlgan binolar maydoniga mutanosib miqdorda xarajatlarni shirkatning yoki boshqa tashkilotning hisob-kitob hisobvaragʻiga toʻlaydilar.
(2.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
2.8. Lift xoʻjaligidan foydalanish va uni tuzatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar shirkatlarning uylarini tegishli davrda amal qiluvchi narxlar va tariflar boʻyicha texnik xizmat koʻrsatishga qabul qilishni rad etishga haqli emaslar.
2.9. Resurslarni tejovchi tashkilotlar issiqlik, elektr energiyasi, suv, gazni aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha berishga majburdir.
2.10. Uy-joy mulkdorlari mazkur uy-joylardan uning vazifasiga muvofiq foydalanishlari shart.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
2.11. Shirkat ustavida nazarda tutilgan barcha tugatish tadbirlari oʻtkazilgandan keyin va tugatishdan oldingi davr uchun uyni va uy atrofidagi hududni saqlash boʻyicha moliyaviy majburiyatlar qoplangandan soʻng shirkat tugatilgan taqdirda uy-joy mulkdorlari boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor), boshqaruvchi tashkilot yoki tegishli xizmat koʻrsatuvchi va tuzatish tashkilotlari bilan shartnoma tuzish huquqiga ega boʻladilar.
(2.11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 10-son, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2006-y., 22-son, 196-modda; 2007-y., 9-10-son, 85-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)