toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2436-6]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 5-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-son qarori (roʻyxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 29-iyun,
138-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-iyun,
86-son
Tashqi savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-iyun,
2017/04-11-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 29-iyun,
01-02/8-28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 29-iyundagi 138, 86, 2017/04-11 va 01-02/8-28-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
1. 27-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

27.

8429

(quvvati 200 ot kuchidan kam boʻlgan boshqa gusenitsali buldozerlar — 8429 11 009 0;

kovshining hajmi 5 metr kubdan kam boʻlgan boshqa frontal bir kovshli yuk ortuvchilar — 8429 51 990 0,

kovshi hajmi 2 metr kubdan kam boʻlgan boshqa gusenitsali ekskavatorlar — 8429 52 100 9,

kovshi hajmi 5 metr kubdan kam boʻlgan boshqa toʻliq aylanma mashinalar — 8429 52 900 0 dan tashqari)

Burilmaydigan va buriladigan agʻdargichli buldozerlar, greyderlar, rejalashtiruvchi oʻziyurar yoʻl katoklari

”.

2. 82-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

82.

8704 10 102 0***,

8704 21 100 0,

8704 23 910 1,

8704 23 910 2,

8704 31 100 0

Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan 8705 (yuk koʻtarish qobiliyati 25 tn gacha boʻlgan avtokranlardan tashqari TIF TN kodi 8705 10 009 0) Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan

Yuk tashish va maxsus maqsadlarga moʻljallangan motorli transport vositalari

”.

3. Quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“*** Ekologik klass standartlari qoʻllanilmaydi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 634-modda)