1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ICTWEEK Uzbekistan” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, Oʻzbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida erishilayotgan yutuqlar, imkoniyatlar va imtiyozlarni namoyish etish, axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning erishilgan amaliy natijalari, tendensiyalarini muhokama qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining har yili “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi koʻrgazmasini (keyingi oʻrinlarda — AKT haftaligi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, AKT haftaligini oʻtkazish davri, joyi va dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi.
3. AKT haftaligi doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga istisno tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mahalliy kompaniyalar — AKT haftaligi ishtirokchilari bilan tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish boʻyicha xizmatlarni sotib olish, ishlab chiqish va koʻrsatish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
4. “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kompaniyalarning homiylik mablagʻlari AKT haftaligini moliyalashtirish manbalari sifatida belgilansin.
6. ““Oʻzekspomarkaz” MKK” AJ AKT haftaligini oʻtkazish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga koʻrgazma maydonlari va uskunasi uchun imtiyozli narxlarni taqdim etadi.
7. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida respublika hududlarida yashovchi iqtidorli va isteʼdodli yoshlar uchun AKT haftaligi tadbirlarida ishtirok etishni tashkillashtirish tavciya etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
bir oy muddatda AKT haftaligi doirasida tuzilgan shartnomalarni roʻyxatga olish va reyestrini yuritish tartibini nazarda tutuvchi Nizomni tasdiqlasin;
shartnomalar bajarilishining jarayoni ustidan doimiy monitoringini olib borish;
monitoring natijalariga koʻra har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Toshkent shahar hokimligi AKT haftaligi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, xorijlik foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin boʻlgan axborot resurslari orqali keng yoritilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi AKT haftaligi oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibiga rioya etilishini va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-iyul,
466-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 466-son qaroriga ILOVA
“ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
TARKIBI
Sh.X. Shermatov
—
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v. b., tashkiliy qoʻmita raisi
I.D. Jurayev
—
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
X.B. Nuritdinov
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari
Sh.B. Abrarov
—
Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari
K.K. Quranboyev
—
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Kengashi raisi
Sh.M. Qodirov
—
“Oʻzbektelekom” AK bosh direktori
A.X. Muxitdinov
—
Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator direktori v.b.
X.X. Xasanov
—
“UNICON.UZ” DUK direktori
M.M. Sangilov
—
Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi direktori
lavozimi boʻyicha
—
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori.
Izoh: tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.