toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2018-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tarkibini maqbullashtirish va yangilash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmonining ilovasi matni ilovadagi tahrirda bayon qilinsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-iyul,
PF-5102-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-iyuldagi PF-5102-son Farmoniga
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasining Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi
TARKIBI

Aripov A.N.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi

Qoʻchkorov J.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

Parpiyev B.R.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Kengash raisi oʻrinbosari

Abdukadirov R.V.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi

Kasimov R.S.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

Samadov S.I.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili

Kurmanov A.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi

Shadmanov A.X.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi

Abdullayev I.B.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

Ikramov M.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

Xodjayev B.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

Saidova G.K.

—

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

lavozimi boʻyicha

��

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining mudiri

Nazarmuxamedov D.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Gulyamov R.X.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

Saidaliyev S.S.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, bosh Davlat sanitariya vrachi

Ikramov A.I.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

Joʻrayev E.N.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, Kengash kotibi.

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalar zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 606-modda)