toggle_night_mode
Hujjat 13.02.2001 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TABIIY GAZ YETKAZIB BERISh VA UNING UChUN HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Kommunal xoʻjaligini isloh qilishni faollashtirish, aholi tomonidan gaz sarflanishini tartibga solish va yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining respublikada 1999-yil 1-oktabrdan boshlab tabiiy gaz yetkazib berish va tabiiy gazning ulgurji isteʼmolchilari boʻlgan korxonalar va tashkilotlar tomonidan gaz uchun hisob-kitob qilishning yangi tizimiga oʻtish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan gaz:
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan toʻgʻri ulanuvchi 1-ilovada koʻrsatilgan ulgurji isteʼmolchilarga — toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha;
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan toʻgʻri ulanmaydigan ulgurji isteʼmolchilarga — Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi “Boshkommungaz” korxonasining gaz tarmoqlari orqali, ulgurji isteʼmolchilar, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining gaz sotuvchi tashkilotlari va “Boshkommungaz” korxonasi oʻrtasidagi uch tomonlama shartnomalar asosida;
“Boshkommungaz” korxonasining shoʻba korxonalariga keyinchalik chakana isteʼmolchilar (aholi)ga sotish uchun — tasdiqlangan normativlar boʻyicha sotiladi.
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi gaz sarfini hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan ulgurji isteʼmolchilar bilan 1999-yil 1-oktabrdan boshlab tabiiy gaz yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzmasin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, olingan tabiiy gaz uchun:
ulgurji isteʼmolchilar tomonidan ulgurji isteʼmolchilar uchun belgilangan amaldagi tarif boʻyicha “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan;
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tabiiy gaz ulgurji isteʼmolchilarga yetkazib berganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tarif boʻyicha “Boshkommungaz” korxonasining shoʻba korxonalari bilan;
“Boshkommungaz” korxonasining shoʻba korxonalari tomonidan keyinchalik aholiga sotish uchun tabiiy gaz yetkazib berishga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflar boʻyicha “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan;
chakana isteʼmolchilar (aholi) tomonidan amaldagi chakana tariflar boʻyicha “Boshkommungaz” korxonasining shoʻba korxonalari bilan hisob-kitob qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi tabiiy gaz berish va uzatishga tariflar hisob-kitobini kelishish uchun oʻn kun muddatda Moliya vazirligiga taqdim etsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi gaz taqsimlash stansiyalari bilan isteʼmolchilar oraligʻidagi gaz tarmoqlarini belgilangan tartibda 1-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar balansiga bersin.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi koʻrsatib oʻtilgan korxonalar va tashkilotlar balansiga berilayotgan gaz tarmoqlaridan “Oʻzbekiston Respublikasi gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari”ga muvofiq ishonchli foydalanilishini taʼminlasinlar.
5. Gaz sarfini hisobga olish priborlari (gaz sarfi hisoblagichlari) mavjud boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga berilayotgan tabiiy gaz sarfi normalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari huzurida suv va gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi ixtisoslashtirilgan xizmatlar tashkil etsinlar.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 1-iyundagi 280-son qarorida belgilangan muddatgacha gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatmagan chakana isteʼmolchilar (aholi)ga nisbatan, keyinchalik gaz tarmogʻidan uzib qoʻygan holda, jarimalar qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilishning yangi tizimiga oʻtish munosabati bilan:
Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda viloyat va tuman gaz sotish tashkilotlari tuzilmasi va xodimlari sonini koʻrib chiqsin hamda ularni tartibga keltirsin;
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida belgilangan tartibda 3-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan “Oʻzgazsotish” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Texnologiya jarayonlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida gaz yetkazib berish toʻxtatilmaydigan tabiiy gaz isteʼmolchilari roʻyxati tasdiqlansin (4-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mavsumiyligi va texnologiya jarayonlari xususiyatlariga koʻra 5-ilovada koʻrsatilgan korxonalarga yetkazib berilgan gaz uchun istisno tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 19-iyuldagi PF-2340-son Farmonida koʻrsatilgan muddatlarga 30 kun qoʻshgan holda, yaʼni 120 kun ichida “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasiga haq toʻlash huquqi berilsin.
Etkazib beriladigan gaz uchun hisob-kitob qilishning belgilangan muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlari boʻlgan korxonalarga gaz yetkazib berishni toʻxtatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
4-ilovada koʻrsatilgan isteʼmolchilarning gaz yetkazib beruvchi oldidagi muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarini hisobga olish va toʻlash mexanizmini;
ulgurji isteʼmolchilar va aholi tomonidan gazning mavsumlar boʻyicha bir maromda isteʼmol qilinmasligi tufayli paydo boʻladigan qarzlarni tabaqalashtirilgan narxlar boʻyicha qoplash mexanizmini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi xoʻjalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasi gaz sotuvchi tashkilotlarining va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining ulgurji isteʼmolchilar boʻyicha 1999-yil 1-sentabrdagi holatiga koʻra debitorlik va kreditorlik qarzlarini bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 1999-yil 1-noyabrgacha qabul qilish-topshirishni amalga oshirsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Oʻzneftgazinspeksiya”) toʻgʻrisidagi Nizomni, bunda uning bevosita Vazirlar Mahkamasiga boʻysunishi nazarda tutilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi ulgurji isteʼmolchilari va aholiga gaz yetkazib berish qoidalarini tayyorlasinlar va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gaz sarfini hisobga olish asboblari (gaz sarfi hisoblagichlari) mavjud boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga sotiladigan tabiiy gaz sarfi normalari toʻgʻrisida” 1993-yil 25-maydagi 249-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritishga doir takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 21-sentabr,
439-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-sentabrdagi 439-son qaroriga
1- ILOVA
Xoʻjalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasi balansidan korxona va tashkilotlar balansiga beriladigan yuqori bosimli gaz tarmoqlari
ROʻYXATI

Gaz tarmoqlari‎

Diametri (mm)‎

Uzunligi (km)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

Energetika va elektrlashtirish vazirligi

1.‎ GTSdan ToshGRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri — ToshGRES balansiga

1-tarmoq D-700
‎2- tarmoq D-500 ‎

5,2
‎ 3,0 ‎

2.‎ GTSdan Yangi Angren GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri Yangi Angren GRES balansiga‎

1- tarmoq D-1020
‎2- tarmoq D-720 ‎

3,6
‎3,6 ‎

3.‎ GTSdan Navoiy GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri— Navoiy GRES balansiga‎

1- tarmoq D-630
‎2- tarmoq D-700 ‎

6,3
‎ 22,5 ‎

4.‎ GTSdan Sirdaryo GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri — Sirdaryo GRES balansiga‎

1- tarmoq D-700
‎2- tarmoq D-500 ‎

2,6
‎9,2 ‎

5.‎ GTSdan Taxiatosh GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri — Taxiatosh GRES balansiga‎

1- tarmoq D-500‎

2,6‎

Jami

58,6‎

“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi

1.‎ Chirchiq-1 GTSdan Chirchiq “Elektrkimyosanoat” IBgacha yuqori bosimli gaz quvuri —Chirchiq “Elektrkimyosanoat” IB balansiga‎

1- tarmoq D-500‎ ‎

2.‎ Navoiy GTSdan “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasigacha yuqori bosimli gaz quvuri — “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi balansiga‎

1- tarmoq D-325
‎ 2- tarmoq D-219 ‎

13,0
‎1,0 ‎

3.‎ Janubi-Sharqiy GTSdan “Fargʻonaazot” ishlab chiqarish birlashmasigacha yuqori bosimli gaz quvuri “Fargʻonaazot” ishlab chiqarish birlashmasi balansiga‎

1- tarmoq D-500
‎2- tarmoq D-500 ‎

17,5
‎17,5 ‎

Jami‎

53,1‎

“Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi‎

1. ‎GTSdan “Ohangaronsement” AJgacha yuqori bosimli gaz quvuri “Ohangaronsement” AJ balansiga

‎1- tarmoq D-325
‎2- tarmoq D-400

6,1
‎ 6,1 ‎

2.‎ GTSdan “Quvasoysement” AJgacha yuqori bosimli gaz quvuri “Quvasoysement” AJ balansiga‎

1- tarmoq D-219‎

3,5‎

3.‎ GTSdan “Navoiysement” AJgacha yuqori bosimli gaz quvuri “Navoiysement” AJ balansiga‎

1- tarmoq D-325‎

14,0‎

Jami ‎

29,7‎

Hammasi ‎

141,4‎

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-sentabrdagi 439-son qaroriga
2-ILOVA
Gaz sarfini hisobga olish priborlari (gaz hisoblagichlar) boʻlmaganda kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga beriladigan tabiiy gazning oylik sarfi
NORMALARI

Gaz priborlarining turlari va gaz sarfining maqsadi

Oʻlchov birligi

Oylik gaz sarfi normasi, kub. m

1‎

2‎

3‎

4‎

1.‎ Markaziy issiq suv taʼminotiga ega boʻl�an uylarda ovqat pishirish uchun maishiy gaz plitasi

1 kishi hisobiga

9,0

2.‎ Markaziy issiq suv taʼminotiga ega boʻlmagan uylarda ovqat pishirish uchun maishiy gaz plitasi

1 kishi hisobiga

12,56 ‎

3.‎ Markaziy issiq suv taʼminotiga ega boʻlmagan yoki issiq suv vaqti-vaqti bilan taʼminlanadigan uylarda issiq suv bilan taʼminlash uchun gazli suv isitgich

1 kishi hisobiga

10,5

4.‎

Isituvchi gaz priborining turidan qatʼi nazar, uylar yakka tartibda isitiladigan sharoitda, besh oydan iborat isitish mavsumidan kelib chiqqan holda, gazdan kalendar yil mobaynida bir maromda foydalanish:‎

Isitiladigan binoning 1 kub metri hisobiga‎

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ‎

2,5‎

b) Toshkent shahrida va boshqa viloyatlarda‎

2,4‎

5.‎

Dagʻal xashaklarni va ildiz-mevalarni bugʻlashni hisobga olgan holda mollar uchun ozuqa tayyorlash, shuningdek, ichish va sanitariya maqsadlari uchun suvni isitish:

1 bosh mol hisobiga‎

yilqilar uchun

5,6‎

qoramollar, shu jumladan, sigirlar uchun

23,7

choʻchqalar uchun

12,5

qoʻy va echkilar uchun

2,2

Izoh:
1. Bir kishi hisobiga isitiladigan bino normasi 43 kub metr miqdorida belgilanadi.
Isitiladigan binoning 43 kub metrgachasini isitish uchun foydalaniladigan gaz miqdorida bir kishi hisobiga belgilangan tarif boʻyicha, isitiladigan binoning 43 kub metrdan ortiq hajmiga esa bir yarim baravar miqdorida haq toʻlanadi.
2. Isteʼmolchida (abonentda) ikkita va undan koʻp gaz plitasi yoki issiq suv bilan taʼminlash uchun suv isitgichlar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu priborlar uchun gaz sarfi normasi tegishli ravishda ikki va undan koʻp baravar oshiriladi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan isitish mavsumi besh oydan kam yoki koʻp etib belgilangan taqdirda isteʼmolchilar (abonentlar) bilan qayta hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-sentabrdagi 439-son qaroriga
3-ILOVA
“Oʻzgazsotish” shuʼba (unitar) korxonasining
TAShKILIY TUZILMASI
“Oʻzgazsotish” korxonalari xodimlarining umumiy soni – 2400 kishi
Izoh: “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzgazsotish” shuʼba korxonasi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishga haqlidir.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-sentabrdagi 439-son qaroriga
4-ILOVA
Texnologiya jarayonlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida, gaz uchun hisob-kitoblarning holatidan qatʼi nazar, gaz yetkazib berish toʻxtatilmaydigan tabiiy gaz isteʼmolchilari
ROʻYXATI

Energetika va elektrlashtirish vazirligi ‎

1.‎ “Buxoroenergomarkaz”‎
2.‎ Navoiy GRES‎
3.‎ Kattaqoʻrgʻon issiqlik energiyasi markazi‎
4.‎ Sirdaryo GRES‎
5.‎ Toshkent GRES‎
6.‎ Yangi Angren GRES‎
7.‎ Toshkent issiqlik energiyasi markazi‎
8.‎ “Toshissiqlikmarkaz” IB‎
9.‎ Fargʻona issiqlik energiyasi markazi‎
10.‎ Qoʻqon issiqlik energiyasi markazi‎
11.‎ Talimarjon GRES‎
12.‎ Muborak issiqlik energiyasi markazi‎
13.‎ Taxiatosh GRES‎
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-sentabrdagi 439-son qaroriga
5-ILOVA
Texnologiya jarayonlarining xususiyatiga qarab yetkazib berilgan gaz uchun 120 kun mobaynida hisob-kitob qilish huquqi berilgan tabiiy gaz isteʼmolchilari
ROʻYXATI
I. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi‎
1.‎ Navoiy “Elektrkimyozavodi”
2.‎ “Navoiyazot” IB
3.‎ Samarqand kimyo zavodi
4.‎ Chirchiq “Elektrkimyosanoat” IB
5.‎ Olmaliq “Ammofos” IB
6.‎ Olmaliq maishiy kimyo zavodi
7.‎ “Omadrezina” AJ
8.‎ Yangiyoʻl “Biokimyozavodi”
9.‎ “Rangli-LOK” AJ
10.‎ Fargʻona “Azot” IB
11.‎ Fargʻona kimyoviy tola zavodi
12.‎ Fargʻona furan birikmalari zavodi
13.‎ Qoʻqon superfosfat zavodi‎
14.‎

Qoʻqondagi “Qoʻqon” IB

15.‎ Andijon “Biokimyozavodi”‎
16.‎ Namangan kimyo zavodi‎
17.‎ Soda zavodi, Qoʻngʻirot shahri ‎
II. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi‎
1.‎ “Qizilqumsement” QK‎
2.‎ “Ohangaronsement” AJ‎
3.‎ “Bekobodsement” AJ‎
4.‎ “Quvasoysement” AJ‎
5.‎ Quvasoydagi “Kvars” AJ‎
6.‎ “Gʻazalkentoyna” AJ‎
III. “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti‎
1.‎ Oʻzbekiston oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinati, Chirchiq shahri‎
IV. Olmali� kon-metallurgiya kombinati‎
V. “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AIB, Bekobod shahri‎
VI. Navoiy kon-metallurgiya kombinati‎
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2002-y., 5-6-son, 42-modda; 2002-y., 5-6-son, 45-modda; 2003-y., 19-son, 179-modda; 2004-y., 1-2-son, 15-modda; 37-son, 411-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda)