toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TABIIY GAZ YETKAZIB BERISh VA UNING UChUN HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Kommunal xoʻjaligini isloh qilishni faollashtirish, aholi tomonidan gaz sarflanishini tartibga solish va yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilab qoʻyilsinki, isteʼmolchilarning barcha toifalariga gaz sotish “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan topshiriq shartnomasiga koʻra “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari gaz sarfini hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan ulgurji isteʼmolchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzmasinlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, olingan tabiiy gaz uchun “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari bilan hisob-kitoblar:
ulgurji isteʼmolchilar tomonidan ulgurji isteʼmolchilar uchun belgilangan amaldagi tarif boʻyicha;
chakana isteʼmolchilar (aholi) tomonidan amaldagi chakana tarif boʻyicha amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi tabiiy gaz berish va uzatishga tariflar hisob-kitobini kelishish uchun oʻn kun muddatda Moliya vazirligiga taqdim etsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi gaz taqsimlash stansiyalari bilan isteʼmolchilar oraligʻidagi gaz tarmoqlarini belgilangan tartibda 1-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar balansiga bersin.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi koʻrsatib oʻtilgan korxonalar va tashkilotlar balansiga berilayotgan gaz tarmoqlaridan “Oʻzbekiston Respublikasi gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari”ga muvofiq ishonchli foydalanilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 5-6-son, 45-modda)
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari huzurida suv va gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi ixtisoslashtirilgan xizmatlar tashkil etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28martdagi 99-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 5-6-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 5-6-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
4-ilovada koʻrsatilgan isteʼmolchilarning gaz yetkazib beruvchi oldidagi muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarini hisobga olish va toʻlash mexanizmini;
ulgurji isteʼmolchilar va aholi tomonidan gazning mavsumlar boʻyicha bir maromda isteʼmol qilinmasligi tufayli paydo boʻladigan qarzlarni tabaqalashtirilgan narxlar boʻyicha qoplash mexanizmini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi xoʻjalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasi gaz sotuvchi tashkilotlarining va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining ulgurji isteʼmolchilar boʻyicha 1999-yil 1-sentabrdagi holatiga koʻra debitorlik va kreditorlik qarzlarini bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 1999-yil 1-noyabrgacha qabul qilish-topshirishni amalga oshirsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Oʻzneftgazinspeksiya”) toʻgʻrisidagi Nizomni, bunda uning bevosita Vazirlar Mahkamasiga boʻysunishi nazarda tutilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi ulgurji isteʼmolchilari va aholiga gaz yetkazib berish qoidalarini tayyorlasinlar va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gaz sarfini hisobga olish asboblari (gaz sarfi hisoblagichlari) mavjud boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga sotiladigan tabiiy gaz sarfi normalari toʻgʻrisida” 1993-yil 25-maydagi 249-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritishga doir takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 21-sentabr,
439-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-sentabrdagi 439-son qaroriga
1- ILOVA
Xoʻjalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasi balansidan korxona va tashkilotlar balansiga beriladigan yuqori bosimli gaz tarmoqlari
ROʻYXATI

Gaz tarmoqlari‎

Diametri (mm)‎

Uzunligi (km)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

Energetika va elektrlashtirish vazirligi

1.‎ GTSdan ToshGRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri — ToshGRES balansiga

1-tarmoq D-700
‎2- tarmoq D-500 ‎

5,2
‎ 3,0 ‎

2.‎ GTSdan Yangi Angren GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri Yangi Angren GRES balansiga‎

1- tarmoq D-1020
‎2- tarmoq D-720 ‎

3,6
‎3,6 ‎

3.‎ GTSdan Navoiy GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri— Navoiy GRES balansiga‎

1- tarmoq D-630
‎2- tarmoq D-700 ‎

6,3
‎ 22,5 ‎

4.‎ GTSdan Sirdaryo GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri — Sirdaryo GRES balansiga‎

1- tarmoq D-700
‎2- tarmoq D-500 ‎

2,6
‎9,2 ‎

5.‎ GTSdan Taxiatosh GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri — Taxiatosh GRES balansiga‎

1- tarmoq D-500‎

2,6‎

Jami

58,6‎

“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi

1.‎ Chirchiq-1 GTSdan Chirchiq “Elektrkimyosanoat” IBgacha yuqori bosimli gaz quvuri —Chirchiq “Elektrkimyosanoat” IB balansiga‎

1- tarmoq D-500‎ ‎

2.‎ Navoiy GTSdan “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasigacha yuqori bosimli gaz quvuri — “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi balansiga‎

1- tarmoq D-325
‎ 2- tarmoq D-219 ‎

13,0
‎1,0 ‎

3.‎ Janubi-Sharqiy GTSdan “Fargʻonaazot” ishlab chiqarish birlashmasigacha yuqori bosimli gaz quvuri “Fargʻonaazot” ishlab chiqarish birlashmasi balansiga‎

1- tarmoq D-500
‎2- tarmoq D-500 ‎

17,5
‎17,5 ‎

Jami‎

53,1‎

“Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi‎

1. ‎GTSdan “Ohangaronsement” AJgacha yuqori bosimli gaz quvuri “Ohangaronsement” AJ balansiga

‎1- tarmoq D-325
‎2- tarmoq D-400

6,1
‎ 6,1 ‎

2.‎ GTSdan “Quvasoysement” AJgacha yuqori bosimli gaz quvuri “Quvasoysement” AJ balansiga‎

1- tarmoq D-219‎

3,5‎

3.‎ GTSdan “Navoiysement” AJgacha yuqori bosimli gaz quvuri “Navoiysement” AJ balansiga‎

1- tarmoq D-325‎

14,0‎

Jami ‎

29,7‎

Hammasi ‎

141,4‎

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 5-6-son, 45-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-sentabrdagi 439-son qaroriga
3-ILOVA
“Oʻzgazsotish” shuʼba (unitar) korxonasining
TAShKILIY TUZILMASI
“Oʻzgazsotish” korxonalari xodimlarining umumiy soni – 2400 kishi
Izoh: “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzgazsotish” shuʼba korxonasi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2002-y., 5-6-son, 42-modda; 2002-y., 5-6-son, 45-modda; 2003-y., 19-son, 179-modda; 2004-y., 1-2-son, 15-modda; 37-son, 411-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda)