1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga aholining ortib borayotgan talabini yanada toʻliqroq qondirish, ularning xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, narx-navoning oshib ketishi, inflyatsiya va aholining real daromadlari tushib ketishiga olib keluvchi omillar shakllanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi rahbarlarining muhim vazifalari etib — birinchi navbatda, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish asosida oziq-ovqat va boshqa isteʼmol tovarlarga aholining oʻsib borayotgan talabini barqaror taʼminlash, shuningdek, isteʼmol bozorining balanslashganligi yuzasidan tizimli monitoring va nazorat olib borishni tashkillashtirish hamda tovarlar va xizmatlarga narx-navoning oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hisoblansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoki yetarli hajmlarda ishlab chiqarilmaydigan ichki isteʼmol bozorida talabgor boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
respublika ishlab chiqarish quvvatlarini yetarli darajada faoliyat yuritishini taʼminlashni hisobga olgan holda, qoramolchilik tarmoqlarining extiyojlarini toʻlaqonli va sifatli qondirish maqsadida yem-xashak ishlab chiqarish uchun gʻalla, urugʻlik materiallar va boshqa xom ashyo resurslarini import qilishda bojxona stavkalarini kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
8. Belgilansinki, 2017/2018 oʻquv yillarida toʻlov-shartnoma asosida oliy taʼlim muassasalarida oʻqish (bakalavriat, magistratura) bahosi 2016/2017 oʻquv yillari darajasida saqlanib qolinadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
2017-yilda oʻzining shaxsiy valyuta resurslari hisobidan budjetdan moliyalashtiriladigan sogʻliqni saqlash muassasalari, avvalo, oilaviy poliklinikalar, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalari uchun dori vositalari va tibbiyotga moʻljallangan buyumlarni xarid qilishga ekvivalenti 70 mln AQSH dollari miqdoridagi qoʻshimcha valyuta mablagʻlarini ajratsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
2018-yilgi va keyingi yillardagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetida mazkur maqsadlarga budjet mablagʻlarining oshirilgan hajmlari saqlanib qolinishi nazarda tutilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasining Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib, tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sanoat, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik subyektlari loyihalarini amalga oshirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali kredit shartlarini yumshatish, shuningdek, foizlarni toʻlashga boʻlgan xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish hamda tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafolatlarni taqdim etish koʻrinishidagi ijtimoiy yoʻnaltirilgan davlat dasturlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda foizlarni toʻlash xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish va tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafolatlarni taqdim etish mexanizmi ishlab chiqilishi va tasdiqlanilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
tijorat banklarining ustav kapitallarini 500 mln AQSH dollari summasida oshirishni hisobga olgan holda, tijorat banklarining likvidligi mavjudligi ustidan doimiy monitoringni taʼminlash, xoʻjalik subyektlarining, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni uzluksiz oʻz vaqtida toʻlanilishini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar qabul qilish;
pul-kredit siyosati instrumentlarini jadallashtirish va undan qayishqoqlik bilan foydalanish, shu jumladan, qisqa muddatli likvidlikni boshqarish va majburiy rezerv talablari stavkalari boʻyicha operatsiyalarni, shuningdek, tijorat banklari tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirish;
Oʻzbekiston banklari uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda zamonaviy toʻlov texnologiyalarini yanada keng joriy etish va bank plastik kartochkalaridan foydalanish jozibadorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.14.00 Pullar va boshqa qimmatliklarni inkasso qilish]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda pul vositalarining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, shu jumladan, xoʻjalik subyektlari tomonidan savdo tushumini toʻliq va oʻz vaqtida inkassatsiya qilish va muntazam nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish orqali uni yashirishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir hafta muddatda Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi vaqtincha nizomni tasdiqlasin;
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Prezidiumi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-2647-sonli qarori ijrosining amalga oshirilib borilishini tanqidiy koʻrib chiqsin hamda natijalar boʻyicha amaldagi tartibni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari (non, un, paxta yogʻi, shakar), shuningdek, paxta shroti va sheluxasiga boʻlgan ulgurji va chakana narxlarni boshqarishning amaldagi mexanizmlari samaradorligini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishda bozor mexanizmi asosida va uning tuzilmasini takomillashtirishni taʼminlaydigan sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari va yem-xashak-ozuqa mahsulotlarining asosiy turlariga barqaror narxlarni shakllantirish, shuningdek, aholining ijtimoiy hojadmand qatlamlarini tegishli choralar orqali manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid aniq takliflarni tanqidiy oʻrganishlar natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining (keyingi oʻrinlarda — departament) ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga narx-navoni oshirishga qarshi kurashish sohasidagi qoʻshimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga (yurtimizda ishlab chiqarilgan oʻsimlik yogʻi va un, goʻsht, shakar), shuningdek, sheluxa va shrotga boʻlgan narx-navoni sunʼiy oshirishga, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabning vujudga kelishiga yoʻnaltirilgan qonunga xilof harakatlarni aniqlash va chek qoʻyish;
markazlashtirilgan resurslar hisobidan oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasini xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiisteʼmol qilinishlar va korrupsiyaga qarshi kurashish;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga, shuningdek, sheluxa va shrotni sotishda narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini tizimli oʻrganish, aniqlangan qonunchilik buzilishlari boʻyicha materiallarni qonun hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun vakolatli organlarga yoʻnaltirishi;
nazorat qiluvchi organlar va bozorlar maʼmuriyati xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan korrupsiya, ular tomonidan bozorlar faoliyatini tashkil etishning belgilangan tartiblari va qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik, shu jumladan, narxlarni asossiz koʻtarish, ularning hududlarida oʻz faoliyatini norasmiy olib borayotgan shaxslarga nisbatan choralar koʻrmaslik holatlarini aniqlash.
Belgilansinki:
Departament, ularning mulkdorligi shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxslardan va fuqarolardan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, sheluxa va shrotga boʻlgan narxlarning oshirilishi, narx-navoni manipulyatsiya qilish, tanqislik va ularga ajiotaj talabni sunʼiy vujudga keltirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiisteʼmol qilinishlar va korrupsiyaga qarshi kurashish holatlarini oʻrganish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va tushuntirishlarni talab qilib olish huquqiga ega;
Departament tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga boʻlgan narxlarni oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiisteʼmol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini olib borish, moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi hamda bunda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashining maxsus ruxsati talab etilmaydi.
Departament tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijalari, xususan, tahliliy materiallar, tekshiruv xaridlari yoki nazorat xaridlari natijalari boʻyicha olingan tovar yoki kassa cheklari, shuningdek, qonun buzilishini tasdiqlovchi cheklarni bermaslik holatlarini aniqlash, keyinchalik qonunbuzarlikning keng miqyosini, narxlarni oshirish usullari va mexanizmlarini aniqlash uchun zarur hollarda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashining maxsus ruxsati talab etilmagan holda moliya- xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun asos hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining nizomi va tuzilmasiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
16. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi davlat soliq xizmati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan narx-navoni shakllantirish tartibi buzilishi holatlari aniqlanishi boʻyicha materiallarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish va choralar koʻrishni taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar]
17. Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro standartlarga muvofiq tovarlar va xizmatlarni tanlab olish usullarini nazarda tutgan holda inflyatsiya darajasini monitoring va hisob-kitob qilishning takomillashtirilgan usullarini 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amaliyotga joriy etsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-iyun,
PQ-3082-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 580-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)