1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2773-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qarori (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 3-iyun,
01-02/15-22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 3-iyundagi 01-02/15-22-son qaroriga ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“, shuningdek “Navoiy” erkin iqtisodiy industrial zonasi hududidan olib kirilayotgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Farmatsevtika mahsulotlarini (TIF TNning 30 guruhi) va tibbiy maqsadlar uchun moʻljallangan mahsulotlarni (TIF TNning 9018 tovar pozitsiyasi) kelgusida realizatsiya qilish uchun “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida olib kiruvchi tashkilotlar ularni BYuDda deklaratsiyalashda majburiy tartibda savdo nomlarini, xalqaro patentlanmagan nomlarini, modellarini, texnik tavsiflarini, dori-darmonlarni chiqarish shakllarini, dozasini, ishlab chiqaruvchisini va ishlab chiqarilgan davlatni koʻrsatadilar. Bunda, agar bitta BYuDda yuqorida koʻrsatilgan parametrlardan, hattoki bittasi boʻyicha farq qiluvchi tovarlar rasmiylashtirilayotgan boʻlsa, u holda ular turli xil tovarlar sifatida alohida deklaratsiyalanadi.”.
3. Oʻzbek tilidagi matnning 25-bandi 45-kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “yukni joʻnatuvchi” degan soʻzlar “yukni qabul qiluvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbek tilidagi matnning 32-bandi “42,” raqamidan keyin “43,” raqami bilan toʻldirilsin.
a) 22, 23 va 24-satrlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
22.
Sanitariya-epidemiologiya xulosasi
406
SEZ
”;
23.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining yovvoyi oʻsimliklar va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnomasi (CITES ruxsatnomasi bundan mustasno)
407
GKE_RST
24.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologik kolleksiyalar, oʻljalar va tulumlarni olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnomasi (CITES ruxsatnomasi bundan mustasno)
408
GKE_JVT
b) quyidagi mazmundagi 611-satr bilan toʻldirilsin:
“
611.
Joʻnatishdan oldin nazoratdan oʻtkazish dalolatnomasi
820
API
”;
v) quyidagi mazmundagi 75-satr bilan toʻldirilsin:
“
75.
Bojxona qiymatini aniqlash usuli
904
METOD
”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 596-modda)