1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.03.00 Banklar jamgʻarmalari va zaxiralari. Kapitallashtirish]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Tijorat banklarining kapitallashuvi darajasini yanada qoʻllab-quvvatlash, bank tizimining moliyaviy barqarorligini oshirish hamda investitsiya loyihalari va tadbirkorlikni moliyalashtirishda ularning ishtirokini kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 2017-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ekvivalenti 500 mln. AQSH dollari miqdorida tijorat banklarining ustav kapitallarida davlat ulushini oshirish toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Belgilansinki, mazkur qarorning ilovasiga muvofiq tijorat banklarining ustav kapitallariga yoʻnaltirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari, ularning ustav kapitallariga mablagʻlar tushgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
2. Mazkur qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushini shakllantirish va oshirish hisobiga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar, birinchi navbatda, 2017-2018-yillarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning tasdiqlangan manzilli dasturlarini moliyalashtirishga (birgalikda moliyalashtirishga) sarflanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Markaziy bank bir hafta muddatda ilovaga muvofiq tijorat banklarining ustav kapitallariga mablagʻlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Bunda, tijorat banklarining aksiyalarini qoʻshimcha chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishiga qadar mablagʻlar, ularni keyinchalik aksiyalarni xarid qilishga yoʻnaltirgan holda “Aksiyalarga yozilish depoziti” tijorat banklarining maxsus hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki likvidlikning chuqur yetishmovchiligi yuzaga kelgan holda tijorat banklariga 3 oy muddatgacha taʼminotsiz kreditlarni berish mexanizmini joriy etsin. Belgilansinki, ushbu kreditlar faqat banklarning likvidligini taʼminlab turish, toʻlovlarning uzilmasligini taʼminlash maqsadida beriladi, ushbu resurslardan kreditlar berish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining taʼminotsiz kreditlarini olgandan soʻng mijozlarning toʻlovlarini uzluksiz amalga oshirishni taʼminlaolmagan tijorat banki ustidan Markaziy bank vasiylikka olish rejimini joriy etish huquqiga ega.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi belgilangan tartibda, mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan tijorat banklarining qoʻshimcha va yangi chiqarilgan aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan tijorat banklari, ushbu qarordan kelib chiqadigan, ularning ustaviga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Vazirlik va idoralar ushbu qarorga oʻzining normativ-huquqiy hujjatlarini muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-iyun,
PQ-3066-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PQ-3066-son qaroriga
ILOVA
2017-yilda ayrim tijorat banklarining ustav kapitallarini oshirish
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
mln AQSH dollari ekv.
T/r
Banklarning nomi
01.06.2017-yilgi ustav kapitali miqdori
Ustav kapitalini qoʻshimcha koʻpaytirish
1.
Oʻzbekiston Respublikasi
TIF milliy banki
452
51
2.
“Asaka” ATB
264
70
3.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB
266
71
4.
Xalq banki
134
65
5.
“Qishloq qurilish bank” ATB
158
46
6.
“Ipoteka-bank” ATIB
120
60
7.
“Mikrokreditbank” ATB
91
30
8.
“Agrobank” ATB
152
100
9.
“Turonbank” ATB
26
7
Jami
1661
500
LexUZ sharhi
Ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 577-modda)