1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli qarorigailovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-iyun,
PQ-3076-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ–3076-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Nomidagi “Davlat-tijorat” soʻzlari “Aksiyadorlik tijorat” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining (keyinchalik — Xalq banki)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 1-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining” soʻzlari “Xalq bankining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 3-banddagi “Davlat-tijorat Xalq bankining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 534-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)