|
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Summasi |
Moliyalashtirish manbalari |
Taqdim etiladigan hujjat shakli |
Bajaruvchilar | |
|
I. Aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirish | ||||||
|
1. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son va “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining markazlarning nomlarini o‘zgartirishni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tashkilotlarida tibbiy yordam ko‘rsatiladigan shaxslar imtiyozli toifasining yagona ro‘yxatini yuritishni nazarda tutuvchi tegishli qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
- |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Vazirlar Mahkamasining qarori |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi, G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namunaviy ustavini tasdiqlash. |
2017-yil 1-avgust, III chorak |
- |
- |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi |
|
3. |
Yuqori texnologik diagnostika va davolash xizmatlari ko‘rsatishda murakkablikdan, tig‘izlikdan, hajmdan kelib chiqib mehnatga haq to‘lash tizimiga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish yo‘li bilan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish va qabul qilish. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
- |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi, G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi, A. Abduxakimov Mehnat vazirligi, |
|
4. |
2017 — 2021-yillarda aholiga ko‘rsatilayotgan neyroxirurgik yordamni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
- |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi |
|
5. |
Oliy tibbiyot ta’lim muassasalari klinikalari to‘g‘risidagi nizomlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilangan namunalarini tasdiqlash. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov |
|
6. |
Davolash-diagnostika xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy ilmiy asoslangan usullari va texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda davolashning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning standartlarini zaruriyatga ko‘ra qayta ko‘rib chiqish va majburiy joriy etish. |
2017 — 2021-yillar |
- |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
II. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish | ||||||
|
7. |
Moddiy-texnika bazani doimiy yangilash, dori vositalari va zarur sarflash materiallari, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, shuningdek quyidagilar yo‘li bilan xodimlar mehnatiga haq to‘lash shartlari uchun zarur bo‘lgan pulli asosda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan mablag‘lar tushumi darajasini yanada oshirish: rentabellikning tegishli darajasi ta’minlanishi hisobga olingan holda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarga tariflarni shakllantirishning yangilangan umumiy qoidalari va metodikasini tasdiqlash; norezidentlarga erkin muomaladagi valyutada tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibini joriy etish. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
- |
Qo‘shma qaror |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, B.Xodjayev Moliya vazirligi, R. Gulyamov Davlat raqobat qo‘mitasi, G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qo‘llanilishi hisobga olingan holda zamonaviy talablarga va ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq tibbiyot tashkilotlarida hisob va hisobot hujjatlari yuritilishi tizimini takomillashtirish. |
2017-yil 1-noyabr, IV chorak |
- |
- |
Chora-tadbirlar kompleksi |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi |
|
III. Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||||
|
9. |
1-ilovaga muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan: |
Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari |
Investitsiya dasturi |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi | ||
|
yangi obyektlar qurish; |
2017-2018-yillar |
38 700,0 mln so‘m | ||||
|
obyektlarni rekonstruksiya qilish; |
2017-2018-yillar |
37 000,0 mln so‘m | ||||
|
mukammal ta’mirlash yo‘li bilan mustahkamlash. |
2018-2019-yillar |
15 000,0 mln so‘m | ||||
|
10. |
1a-ilovaga muvofiq hududiy ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan: |
Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari |
Investitsiya dasturi |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi | ||
|
yangi obyektlar qurish; |
2017 — 2019-yillar |
120 500,0 mln so‘m | ||||
|
obyektlarni rekonstruksiya qilish; |
2017 — 2020-yillar |
84 800,0 mln so‘m | ||||
|
mukammal ta’mirlash yo‘li bilan mustahkamlash. |
2018 — 2020-yillar |
52 500,0 mln so‘m | ||||
|
11. |
1-ilovaga muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, kadriologiya, dermatologiya va venerologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, endokrinologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, urologiya va travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini yuqori texnologik tibbiyot uskunasi bilan jihozlash. |
2017-2018-yillar |
24 883,5 ming AQSH dollari |
Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari |
Investitsiya dasturi |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
12. |
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini, viloyat onkologiya markazlarini, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini yuqori texnologik uskuna — kompyuter tomograflari, magnitorezonans tomograflari, ko‘chma mammografik komplekslar, rentgen apparatlari, UTT apparatlari, LOR-kombaynlar, laparoskoplar va boshqalar bilan jihozlash. |
2017-2018-yillar |
72 367,7 ming AQSH dollari |
Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari |
Investitsiya dasturi |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
13. |
Har bir hisobga olinadigan birlikning texnik holatini pasportlashtirgan holda tibbiyot uskunasidan foydalanish samaradorligi bo‘yicha yagona axborot ma’lumotlar bazasini tashkil etish. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
IV. Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish | ||||||
|
14. |
Magistraturada, klinik ordinaturada tor mutaxassislar tayyorlash, shuningdek birlamchi ixtisoslashuvdan o‘tish yo‘li bilan respublika tibbiyot tashkilotlari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash. |
2017 — 2020-yillar |
- |
Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida |
Qo‘shma qaror |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, R. Qosimov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
15. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va oliy tibbiyot ta’lim muassasalari negizida tor ixtisosli mutaxassislarning malakasini uzluksiz oshirish tizimini takomillashtirish. |
2017 — 2020-yillar |
- |
Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
16. |
Markaziy tuman (shahar) tibbiyot muassasalari vrachlari-mutaxassislari malakasini uzluksiz oshirish tizimini yaxshilash. |
2017-yil 1-avgust, III chorak |
3 500,0 ming AQSH dollari |
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
17. |
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti negizida o‘quv-simulyatsiya laboratoriyalari tashkil etish. |
2017-2018-yillar |
- |
Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida |
Chora-tadbirlar kompleksi |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi |
|
V. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish | ||||||
|
18. |
Kasalliklarni oldini olish, o‘z vaqtida tashxislash va davolashga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni olib borish. |
2017 — 2021-yillar |
- |
Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
19. |
Imtiyozli toifalarni va bolalarni alohida hisobga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar, |
2017-yil |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari |
Chora-tadbirlar kompleksi |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
20. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari yetakchi mutaxassislarining aholining ijtimoiy nochor qatlamlari yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanilishini kengaytirish maqsadida mamlakatning barcha mintaqalariga muntazam ravishda chiqishlarini tashkil etish. |
Har yili kelishilgan ishlab chiqarilgan dasturlarga muvofiq (kitob shaklida) |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
21. |
“Sog‘liqni saqlash” axborot tizimi kompleksi doirasida barcha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida vrach qabuliga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi elektron dasturni ishlab chiqish va joriy etish. |
2017-2018-yillar, kompleks chora-tadbirlarga muvofiq |
Bajaruvchilar mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va xalqaro moliya institutlari hamda donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
|
22. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan joylarga chiqib, sog‘liqni saqlash tizimining viloyat, shahar va tuman darajalaridagi ixtisosli tibbiyot tashkilotlari (bo‘linmalari) faoliyatini tashkil etishga samarali metodik rahbarlik qilish tizimini shakllantirish. |
Har yili kelishilgan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A.Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
23. |
Oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda diagnostika va davolashning yangi usullarini joriy etish bo‘yicha viloyat, shahar va tuman darajalari tibbiyot tashkilotlari vrachlari uchun mahorat darslarini tashkil etish. |
Har yili tasdiqlangan jadvallarga muvofiq (kitob shaklida) |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov |
|
24. |
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga davolashning quyidagi yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, F. Nazirov Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
mitral klapanni (qopqani) kichik invaziyali usulda protezlash operatsiyalari; |
2018-yil | |||||
|
aortal klapanni (qopqani) kichik invaziyali usulda implantatsiyalash, qizilo‘ngach-me’da kollektorini batamom ajratish, yumshoq to‘qimalarning keng ko‘lamli nuqsonlarini plastika qilish, mitral yetishmovchiligida qayta tiklovchi aralashuvlar, distal spleno-renal (qora taloq va buyrak venalari) anastomozini qo‘yish bo‘yicha operatsiyalar. |
2019-yil | |||||
|
25. |
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sh. Muxtarov Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
yuqori va pastki peshob yo‘llarining faoliyat buzilishiga tashxis qo‘yishda urodinamik tekshiruvlarni, peshob yo‘lining (uretra) davomli torayishlarida rekonstruksiyalovchi-qayta tiklovchi operatsiyalarni, prostata bezi kasalliklarida endourologik transuretral operatsiyalarni; |
2017-yil | |||||
|
buyrak hosilalariga tashxis qo‘yishda ultratovush (doplerografik) tekshiruvlarni qo‘llash; |
2018-yil | |||||
|
buyrak hosilalarida a’zo saqlovchi endoskopik operatsiyalarni, radiologik tekshiruvlarni (MSKT, MRT) qo‘llash. |
2019-yil | |||||
|
26. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning zamonaviy yuqori texnologik usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, Z. Siddiqov Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
eksimerlazerli xirurgiya, korneotopografiya, kontaktsiz tonometriya-paximetriya; |
2017-yil | |||||
|
to‘r pardani elektrofiziologik tekshirish, to‘r pardaning vitrektomiyasi, lazerli dakriotsistorinostomiya, shoh parda kross-linkingi, to‘r pardaning lazerkoagulyatsiyasi; |
2018-yil | |||||
|
ultratovushli biomikroskopiya, ko‘zning optik kogerent tomografiyasi, shoh pardaning konfokal mikroskopiyasi. |
2019-yil | |||||
|
27. |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, R. Qurbonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
75 yoshdan oshgan bemorlarda aortal qopqani kateter orqali implantatsiyalash; |
2017-yil | |||||
|
chap bo‘lmacha quloqchasini kateter orqali berkitish, yurak tug‘ma nuqsonlarini endovaskulyar davolash, qizilo‘ngach orqali exokardiografiya qilish; |
2018-yil | |||||
|
mitral qopqani kateter orqali plastika qilish, aorta ko‘tariluvchi qismini suprakonoral protezlash, aorta ko‘tariluvchi qismini protezlash. |
2019-yil | |||||
|
28. |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, D. Najmutdinova Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
laparoskopik gisterektomiya (bachadonni olib tashlash), bachadonni ballonli tamponada qilish, operatsiyadan oldingi va keyingi davrda multimodal og‘riqsizlantirish, katta miqdorda qon yo‘qotishda “Damadge control” — “Jarohat nazorati” usulini tatbiq qilish; |
2017-yil | |||||
|
stressli peshob ushlamaslikni kichik invaziyali usulda takomillashtirilgan operatsiyali izga solish, tug‘ruq yoshidagi ayollarda konservativ mioektomiya; |
2018-yil | |||||
|
bachadon bo‘yni saraton oldi holatlarini skrininglash; homila rivojlanishining anomaliyalarida bachadon ikkinchi fetal xirurgiyasi. |
2019-yil | |||||
|
29. |
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, U. Kamilova Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
aniq ko‘rinib turgan nafas yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni yuqori chastotali o‘pka sun’iy ventilyatsiyasi yordamida respirator qo‘llab-quvvatlash; |
2017-yil | |||||
|
surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyraklar faoliyatining buzilishini prognozlashtirish mezonlarini aniqlash; |
2018-yil | |||||
|
antibiotiklarga chidamli shtammlarni molekulyar-genetik usullar bilan aniqlash. |
2019-yil | |||||
|
30. |
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, U. Sabirov Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
allopetsiyani davolashda sochlarni ekish usulini; |
2017-yil | |||||
|
ozonoterapiyadan foydalangan holda dermatozlarni davolash; |
2018-yil | |||||
|
eksimer nurdan foydalangan holda moxov va vitiligoning har xil shakllarini davolash, dermatologik kasalliklar terapiyasida lazer texnologiyalarini joriy etish. |
2019-yil | |||||
|
31. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, N. Parpiyeva Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
o‘pka va o‘pkadan tashqari silni davolashda videotorakoskopik operatsiyalar; |
2017-yil | |||||
|
torakomioplastika, beta-laktamaza faolligini aniqlash usullari, yirik bo‘g‘imlarni batamom endoprotezlash; |
2018-yil | |||||
|
infravezikulyar (pufak ichi) torayishlarda kichik invaziyali operatsiyalarni qo‘llash, traxeya va bronxlarning plastik operatsiyalari, o‘pka va plevrada video-yordamchi va videotorakoskopik operatsiyalarni qo‘llash; |
2019-yil | |||||
|
bosh bronxni to‘sh orqali (transsternal) berkitish (okklyuziyasi), nefropeksiya, sigmotsistoplastika, umurtqa pog‘onasi patologiyalarida radikal-qayta tiklovchi operatsiyalar. |
2020-yil | |||||
|
32. |
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, D. Axmedova Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
chaqaloqlarda audioskrining o‘tkazishni ham o‘z ichiga oluvchi og‘ir shakldagi qulog‘i og‘ir va kar bolalarni reabilitatsiya qilish, bolalarni tanlab olish va operatsiyagacha reabilitatsiya qilish, koxlear implantatsiya operatsiyasi, operatsiyadan keyingi tibbiy- ijtimoiy va pedagogik reabilitatsiya; |
2018-yil | |||||
|
bolalardagi safro yo‘llari va peshob chiqaruvchi yo‘llarning tug‘ma nuqsonlari hamda orttirilgan usullarda tashxis qo‘yish va izga solish. |
2019-yil | |||||
|
33. |
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, A. Alimov Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
markaziy asab tizimi va orqa miya hosilalarida kontrastli magnit-rezonans tomografiyani qo‘llash; |
2017-yil | |||||
|
glukoza miqdori va insulin pompasini kecha-kunduzi monitorlash, bosh miya o‘smasiga tashxis qo‘yishda stereotoksik biopsiya usulini qo‘llash, markaziy asab tizimi o‘smalarida operatsiya ichi fluoressent spektroskopiyani qo‘llash; |
2019-yil | |||||
|
bosh miya qutisi asosining o‘smalarida kengaytirilgan transnazal (burun orqali) yo‘llarni qo‘llash, qalqonsimon oldi bezlarining endoskopik xirurgiya usullari, optik kogerent tomografiya, autoflyuoressent a’zosi kasalliklarini lazer yordamida davolash usullari. |
2020-yil | |||||
|
34. |
Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga stenozlar i anevrizmalarda yurak tomirlari va bosh miyani stentlash bo‘yicha davolashning zamonaviy usullarini joriy etish. |
2017-yil |
9 772,0 mln so‘m |
Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari, Yaponiya Hukumati grantlari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, R. Qurbonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, F. Nazirov Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, G. Kariyev Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
35. |
Andijon va Samarqand davlat tibbiyot institutlari klinikalari, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga katta yoshdagilarga yurakning og‘ir kasalliklariga nisbatan ochiq yurakda operatsiyalarni joriy etish. |
2018-yil |
9 158,0 mln so‘m |
Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlan-tirish Jamg‘armasi mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A.Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, R. Qurbonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, F. Nazirov Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
36. |
Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga bolalarda og‘ir yurak kasalliklariga nisbatan ochiq yurakda operatsiyalarni joriy etish. |
2018-yil |
6 114,9 mln so‘m |
Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, R. Qurbonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, F. Nazirov Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
37. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining jarrohlik amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, F. Nazirov Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
distal spleno-renal (qora taloq va buyrak venalari o‘rtasida) anastomozlarni laparoskopiya usulda qo‘llash; |
2017-yil | |||||
|
qizilo‘ngach orqali (operatsiya vaqtida) exokardiografiya qilish, qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalaridan faol qon ketayotgan bir paytda stentlash; multifokal (ko‘p o‘choqli) arterioskleroz bilan og‘rigan bemorlarda toj hamda uyqu arteriyalarining qo‘shilib shikastlanishida bir vaqtning o‘zida angioplastika va stentlash usulini ishlab chiqish va tatbiq etish; |
2018-yil | |||||
|
protez oldi churralari bo‘lgan bemorlarda sanografik mezonlarni aniqlash. |
2019-yil | |||||
|
38. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining urologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sh. Muxtarov Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
quyi siydik yo‘llari funksiyalari buzilishini baholashning zamonaviy diagnostika kompleksini (urofloumetriya), yuqori va pastki siydik yo‘llarini kam jarohatli drenirlash maqsadida endoskopik operatsiyalarning zamonaviy kompleksi; |
2018-yil | |||||
|
buyrak va yuqori siydik yo‘llaridagi toshlarni masofadan turib maydalashning zamonaviy usuli (EUVL); |
2019-yil | |||||
|
urologik kasalliklar diagnostikasi uchun radiologik tadqiqotlarning zamonaviy kompleksi, buyrakning yakka-yolg‘iz, asoratsiz toshlarini olib tashlashning zamonaviy endoskopik usuli (MSKT, MRT). |
2020-yil | |||||
|
39. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining oftalmologik amaliyotiga: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, Z. Siddiqov Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
katarakta fakoemulsifikatsiyasini; |
2017-yil | |||||
|
to‘r parda lazerkoagulyatsiyasini joriy etish. |
2018-yil | |||||
|
40. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining kardiologiya amaliyotiga: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, R. Qurbonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
toj tomirlari angiografiyasi, toj tomirlarida angioplastika bilan kechuvchi teri orqali aralashuvlar (operatsiyalar), ko‘p o‘choqli (multifokal) arterioskleroz bilan og‘rigan bemorlarda toj va uyqu tomirlarining qo‘shilgan torayishi kuzatilganda bir vaqtning o‘zida angioplastika va stentlash, ishemik insultda ichki uyqu arteriyasini stentlash, aorto-koronar shuntlash; |
2018-yil | |||||
|
yurak ishemik kasalligining turli shakllarida Absorb bioeruvchi karkaslarni o‘rnatish, yurak-qon tomir kasalliklariga tashxis qo‘yishda zamonaviy radiologik tekshiruvlar majmuasini (MSKT) qo‘llash. |
2019-yil | |||||
|
41. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining akusherlik va ginekologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, D. Najmutdinova Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari skriningini o‘tkazish; |
2018-yil | |||||
|
tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarida bachadonni ballonli tamponada qilish; |
2019-yil | |||||
|
operatsiyadan oldingi va keyingi davrda multimodal og‘riqsizlantirish, katta miqdorda qon yo‘qotishni davolashda “Damadge control” usulini qo‘llash. |
2020-yil | |||||
|
42. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining terapiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, U. Kamilova Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiyot reabilitatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida pankreatik yetishmovchilikka tashxis qo‘yish uchun fekal elastazmani aniqlashda IFA metodika bo‘yicha tashxis qo‘yish; |
2017-yil | |||||
|
bronxomotor test o‘tkazish metodikasi, buyrak funksiyalarini hisobga olgan holda surunkali yurak yetishmovchiligiga chalingan bemorlarda terapiyani tanlashni optimallashtirish, qon tomirlari kasalliklariga chalingan bemorlarda UTD va magnit maydonlarining kompleks ta’siri. |
2018-yil | |||||
|
43. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining dermatologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, U. Sobirov Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
gipergidrozga chalingan bemorlarda Minor namunasini moxovga va vitiligoga chalingan bemorlarga PUVA-terapiyasini, virusli kasalliklarni davolashda elektrokoagulyatsiya va krioterapiyani joriy etish (VPCH). |
2018-yil | |||||
|
2019-yil | ||||||
|
2020-yil | ||||||
|
44. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining ftiziatriya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, N. Parpiyeva Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
1 va 2-qator silga qarshi vositalarga nisbatan chidamlilikni aniqlashning tezlashtirilgan tashxisi test usullari; |
2018-yil | |||||
|
davolashning yangi qisqartirilgan usullari va statsionarning o‘rnini bosuvchi texnologiyalar, o‘pka va plevrada radikal-rezeksion operatsiya usullari (atipik va segmentar rezeksiyalar, lobektomiyalar, pulmonektomiyalar, plevrektomiya va dekortikatsiyalar), torakoplastik operatsiyalar; |
2019-yil | |||||
|
infravezikulyar torayishlarda kichik invaziyali operatsiyalar (siydik nayini stentlash, teri orqali nefrostoma va sistostoma quyish), umurtqa pog‘onasi patologiyalarida orqa miya tuzilmalarini tiklash bilan bajariluvchi radikal-qayta tiklash operatsiyalari, umurtqa pog‘ona ustunida turli xil metall tuzilmalarni qo‘llash bilan bajariluvchi qayta tiklash operatsiyalari, umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar kasalliklarida kichik invaziyali operatsiyalar (abssessonekrektomiya, churralarni olib tashlash, bo‘g‘imlar faoliyatini qayta tiklash). |
2020-yil | |||||
|
45. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining pediatriya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, D. Axmedova Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
barcha perinatal markazlarda va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida chaqaloqlarning neyroaudiskriningi; |
2017-yil | |||||
|
siydik chiqarish tizimi organlarining tug‘ma va orttirilgan kasalliklari diagnostikasi va davolashda endoskopik usullar; |
2018-yil | |||||
|
koxlear implantatsiyasi operatsiyasidan keyin kar va 4-darajali qulog‘i og‘ir bolalarni operatsiyadan keyin kompleks tibbiy-ijtimoiy va pedagogik reabilitatsiya qilish. |
2019-yil | |||||
|
46. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining endokrinologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi, A. Alimov Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
buqoqning tugunli shakllarida IFA-diagnostika, nozik igna aspiratsion biopsiya usuli va jarrohlik operatsiyalari; |
2017-yil | |||||
|
yod tanqisligi holatining og‘irlik darajasini baholash maqsadida yod tanqisligi holatlari monitoringini olib borish (buqoqning tarqalganligi, yoduriya, tuzdagi yod miqdoriga qarab); |
2018-yil | |||||
|
glukoza va insulin pompasini kecha-kunduz davomida monitoring qilish. |
2019-yil | |||||
|
47. |
Mavjud umumiy jarrohlik o‘rin fondini qayta ixtisoslashtirish yo‘li bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida jarrohlik yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan bo‘limlarini (travmatologiya, otolaringologiya, oftalmologiya va boshqalar) tashkil etish. |
2017 — 2021-yillar |
- |
Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
48. |
Mavjud umumterapevtik o‘rin fondini qayta ixtisoslashtirish yo‘li bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida terapiya yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan bo‘limlarini (kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya va boshqalar) tashkil etish. |
2017 — 2021-yillar |
- |
Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
A. Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
Chora-tadbirlar dasturi tadbirlarini amalga oshirishga xarajatlarning jami: 373,5 mlrd so‘m va 100,75 mln AQSH dollari |
|||
|
undan: |
mlrd so‘m |
mln AQSH dollari | |
|
Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari |
– |
373,5 |
|
|
Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlarining mablag‘lari va grantlari |
– |
100,75 |
|
T/r |
Obyektning nomi |
Quvvati |
Qiymati |
Ishga tushirish muddati |
Mas’ul bajaruvchilar |
|
I. Yangi qurilish obyektlari | |||||
|
1. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qabul qilish-diagnostika bo‘limi bilan birgalikda statsionarining yangi binosini qurish. |
45 o‘rin |
Umumiy qiymati |
2017-2018-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
2. |
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasining yangi binosini qurish. |
bir smenada 250 tashrif |
Umumiy qiymati |
2017-2018-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
3. |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 40 o‘rinli yangi binosi va ma’muriy binosini qurish. |
40 o‘rin |
6,0 |
2017-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
4. |
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasining yangi binosini qurish. |
bir smenada 250 tashrif |
7,2 |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
Jami qurilish: |
Umumiy qiymati |
||||
|
II. Rekonstruksiya qilish obyektlari | |||||
|
5. |
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar bo‘limi binosining texnik qavatini rekonstruksiya qilish, bolalar oshxonasining 80 o‘rinli oshxonasini rekonstruksiya qilish. |
Obyekt |
4,0 |
2017-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
6. |
Respublika ixtisoslashtirilgan travmotologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 90 o‘rinli davolash korpusini va diagnostika bo‘limini rekonstruksiya qilish. |
90 o‘rin |
Umumiy qiymati |
2016-2017-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
7. |
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasi binosini rekonstruksiya qilish. |
bir smenada 100 tashrif |
3,0 |
2017-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
8. |
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasini rekonstruksiya qilish. |
bir smenada 250 tashrif |
12,0 |
2017-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
Jami rekonstruksiya qilish: |
Umumiy qiymati shu jumladan, 2017-yil — 29,0 |
||||
|
III. Mukammal ta’mirlash obyektlari | |||||
|
9. |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining oziq-ovqat bloki binosini mukammal ta’mirlash. |
Obyekt |
1,5 |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
10. |
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-davolash korpusi binosini mukammal ta’mirlash. |
40 o‘rin |
3,5 |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
11. |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining davolash korpusi poliklinikasi binosini mukammal ta’mirlash. |
100 o‘rin, |
10,0 |
2018-2019-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
Jami mukammal ta’mirlash: |
15,0 |
||||
|
T/r |
Obyektning nomi |
Quvvati |
Qiymati (mlrd so‘m) |
Ishga tushirish muddati |
Mas’ul bajaruvchilar |
|
I. Yangi qurilish obyektlari | |||||
|
1. |
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nukus filialining yangi binosini qurish. |
50 ta o‘rin |
6,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. |
Jizzax viloyat endokrinologiya dispanserining yangi binosini qurish. |
100 ta o‘rin, bir smenada 100 tashrif |
5,0 |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
|
3. |
Navoiy viloyat endokrinologiya dispanserining yangi binosini qurish. |
85 ta o‘rin |
12,0 |
2017-2018-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
|
4. |
Toshkent shahar endokrinologiya dispanserining yangi binosini qurish. |
bir smenada 200 tashrif |
2,5 |
2017-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri hokimligi |
|
5. |
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali klinikasini qurish. |
120 ta o‘rin |
Umumiy qiymati 45,0; |
2017-2018-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
6. |
Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasini qurish. |
200 ta o‘rin |
Umumiy qiymati 50,0; |
2018-2019-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
|
Jami qurilish: |
Umumiy qiymati |
||||
|
II. Rekonstruksiya qilish obyektlari | |||||
|
7. |
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat filialini rekonstruksiya qilish. |
120 ta o‘rin, bir smenada 200 tashrif |
10,0 |
2017-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
|
8. |
Navoiy viloyat perinatal markazini rekonstruksiya qilish. |
120 ta o‘rin |
7,0 |
2017-2018-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
|
9. |
Surxondaryo viloyat perinatal markazini rekonstruksiya qilish. |
160 ta o‘rin |
5,5 |
2017-2018-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
|
10. |
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Termiz filialini rekonstruksiya qilish. |
40 ta o‘rin |
4,5 |
2017-2018-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
|
11. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Termiz filialini rekonstruksiya qilish. |
70 ta o‘rin |
4,5 |
2017-2018-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
|
12. |
Urganch shahrida Xorazm viloyat kardiologiya dispanseri hududida bolalar kardioxirurgiya korpusini qurish. |
15 ta o‘rin |
3,5 |
2017-2018-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
13. |
Toshkent viloyat teri-tanosil dispanserini rekonstruksiya qilish. |
50 ta o‘rin |
5,0 |
2020-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
14. |
Surxondaryo viloyat teri-tanosil dispanserini rekonstruksiya qilish. |
80 ta o‘rin |
3,0 |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
|
15. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
100 ta o‘rin, bir smenada 100 tashrif |
5,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
16. |
Andijon viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
120 ta o‘rin, bir smenada 150 tashrif |
6,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Andijon viloyati hokimligi |
|
17. |
Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
120 ta o‘rin, smenada 100 tashrif |
7,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
|
18. |
Namangan viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
160 ta o‘rin, bir smenada 150 tashrif |
5,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Namangan viloyati hokimligi |
|
19. |
Samarqand viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
90 ta o‘rin, bir smenada 100 tashrif |
4,0 |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi |
|
20. |
Sirdaryo viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
60 ta o‘rin, bir smenada 100 tashrif |
5,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi |
|
21. |
Toshkent viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
70 ta o‘rin, bir smenada 150 tashrif |
5,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
22. |
Farg‘ona viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
120 ta o‘rin, bir smenada 100 tashrif |
4,8 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi |
|
Jami rekonstruksiya qilish: |
84,8 |
||||
|
III. Mukammal ta’mirlash obyektlari | |||||
|
23. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash. |
125 ta o‘rin |
3,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
24. |
Andijon viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash. |
70 ta o‘rin |
3,0 |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Andijon viloyati hokimligi |
|
25. |
Buxoro viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash. |
110 ta o‘rin |
3,0 |
2020-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
|
26. |
Sirdaryo viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash. |
65 ta o‘rin |
3,0 |
2020-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi |
|
27. |
Toshkent viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash. |
90 ta o‘rin |
3,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
28. |
Farg‘ona viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash. |
75 ta o‘rin |
3,0 |
2020-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi |
|
29. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash. |
80 ta o‘rin |
3,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
30. |
Buxoro viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash. |
50 ta o‘rin |
3,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
|
31. |
Jizzax viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash. |
70 ta o‘rin |
3,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
|
32. |
Samarqand viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash. |
130 ta o‘rin |
3,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi |
|
33. |
Farg‘ona viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash. |
100 ta o‘rin |
3,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi |
|
34. |
Toshkent viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash. |
40 ta o‘rin |
3,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
35. |
Qashqadaryo viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash. |
75 ta o‘rin |
3,0 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi |
|
36. |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialini mukammal ta’mirlash. |
210 ta o‘rin |
4,5 |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
37. |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filialini mukammal ta’mirlash. |
165 ta o‘rin |
4,5 |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
|
38. |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialini mukammal ta’mirlash. |
200 ta o‘rin |
4,5 |
2020-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi |
|
Jami mukammal ta’mirlash: |
52,5 |
||||
|
T/r |
Muassasaning nomi |
Amalga oshirish davri |
Moliyalashtirish hajmi, ming AQSH dollari |
Moliyalashtirish manbalari |
|
1. |
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-yil |
2 948,5 |
KfW-bank |
|
2. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-yil |
2 200,0 |
KfW-bank |
|
3. |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-yil |
3 300,0 |
KfW-bank |
|
4. |
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
980,70 |
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi |
|
5. |
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
2 880,0 |
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi |
|
6. |
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
3 192,0 |
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi |
|
7. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
2 713,0 |
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi |
|
8. |
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
3 315,0 |
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi |
|
9. |
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
3 354,3 |
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi |
|
Hammasi |
24 883,5 |
|||
“Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishning asosiy tamoyillari, aynan: sog‘liqni muhofaza qilish sohasida inson huquqlariga rioya qilish; aholi barcha qatlamlarining tibbiy yordamdan foydalanishi; profilaktika choralarining ustuvorligi; sog‘lig‘ini yo‘qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligi; tibbiyot fani va amaliyotining birligi belgilangan.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shu yil 5-yanvar va 7-fevralda sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlarda aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etishning holatiga tanqidiy baho berildi, bu esa to‘planib qolgan muammolarni hal etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Mamlakatimizda bugungi kunda yuqori malakali va yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning yaxlit tizimi shakllantirilgan. Ushbu xizmatlar aniq tashxis qo‘yish va davolashning samarali usullarini, shu jumladan, yuqori texnologik diagnostik va tezkor aralashish usullarini qo‘llash imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli choralar tufayli faqat oxirgi 5 yilda ixtisoslashtirilgan markazlarda 150 mingdan ortiq tezkor aralashuvlar, shu jumladan, 80 mingdan ortiq yuqori texnologik operatsiyalar amalga oshirildi, davolashning 80 dan ortiq yangi murakkab va noyob usullari amaliyotga joriy etildi.
Shu bilan birga, mazkur sohada aniq va tezkor chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan qator tizimli masalalar mavjud.
Xususan, sog‘liqni saqlash tizimining viloyat va tuman darajalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirishda sezilarli darajada qoloqlik kuzatilmoqda. Mintaqalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga tashkiliy-metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirishda respublika ixtisoslashtirilgan muassasalarining roli pastligicha qolmoqda. Diagnostika va davolashning respublika muassasalarida sinovdan o‘tgan ilg‘or yuqori texnologik usullar viloyat va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatiga sust joriy etilmoqda. Tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan mahalliy va xorijiy ilmiy yutuqlarni viloyat va tuman tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish darajasi past.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida respublikaning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman (shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining mas’uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Qaror bilan barcha darajalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada isloh qilish, respublika miqyosida ixtisoslashgan yo‘nalishlar bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, viloyat darajasida ixtisoslashgan yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, tuman (shahar) darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan bo‘limlar negizida ko‘rsatish nazarda tutilgan. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tashkilotlariga esa maxsus tasdiqlangan jadval bo‘yicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning tor ixtisoslashgan mutaxassislari tomonidan maslahatlar berilishi, shuningdek, davolash va maslahat-diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlarini ko‘rsatishi nazarda tutilgan.
Qarorda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida respublika bo‘yicha va har bir mintaqada kasalliklar tendensiyalarini o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlaydigan zamonaviy tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini keng qo‘llash nazarda tutilgan.
Yetakchi respublika ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika tashkilotlari respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga aylantirilib, ularning asosiy vazifalari belgilandi.
O‘z ixtisosligi bo‘yicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirish, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalariga, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, klinik protokollarni, shu jumladan, tegishli tibbiyot hujjatlarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarini nashr etish, sayyor maslahat berishlarni, mahorat darslarini, shuningdek, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlarida operatsiyalarni muntazam ravishda o‘tkazish orqali mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga ko‘maklashish markazlarning asosiy vazifalari etib belgilangan. Bundan tashqari, markazlar Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiyot xodimlarining, ixtisoslashgan hududiy tibbiyot tashkilotlari xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshiradi, shuningdek, klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada tor mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlaydi, yetakchi xalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan, maslahatlashuvlar va mahorat darslari o‘tkazish uchun ularni respublikaga taklif etadi, sog‘liqni saqlash tizimi mahalliy mutaxassislarining chet elda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishini ta’minlaydi.
Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sxemasi va aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga, Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirishga, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirishga yo‘naltirilgan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.
Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-yanvargacha imtiyozli toifa alohida hisobga olingan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan, shu jumladan, yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha ixtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan yozilish imkonini beradigan elektron dastur joriy etiladi.
2022-yil 1-yanvargacha aholiga pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) sog‘liqni saqlash tizimi davlat tibbiyot tashkilotlarini soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan, shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kelinadigan yangi tibbiyot uskunasi, butlovchi buyumlar, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etish nazarda tutilgan. Bo‘shagan mablag‘lar tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnika uskunasi bilan jihozlashga hamda unga servis va texnik xizmat ko‘rsatishga, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari, inventar va boshqa tibbiy buyumlarni xarid qilishga, yangi binolar va inshootlar qurishga, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Qarorda davolanish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, mahalliy mutaxassislarning amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida xorijiy yetakchi olimlar, vrachlar va mutaxassislarni shartnoma asosida respublikaga jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Dastur doirasida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 373,5 milliard so‘m va 100 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 60 milliard so‘m mablag‘ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga va 97 million AQSH dollari respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‘naltiriladi.
Qaror va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar respublikada, ayniqsa, viloyat va tumanlar darajasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, aholining keng qatlamlarini yuqori texnologik tibbiy yordamdan bahramand qilishga, yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sohasidagi ilm-fan yutuqlari va ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga faol joriy etishga xizmat qiladi.