1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bo‘linmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4974-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-iyun,
PF–5086-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF–5086-son Farmoniga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-2142-son qarorining:
b) 2-ilovaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Davlat oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari (rektorlari) (MXX, Ichki ishlar, Mudofaa, Adliya vazirliklarining ta’lim muassasalari bundan mustasno)”;
“Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning RO‘YXATI
Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori o‘rinbosari;
2. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalari;
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi sudyalari;
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Yong‘in xavfsizligi instituti, Harbiy-texnika instituti rahbarlari;
Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari xizmati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagoglar va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasining Ijrochi direktori;
Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining rahbari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosarlari;
2. Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari, MXX, MXX DCHX.QQ, Adliya, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qo‘mitasining, shu jumladan ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarining mas’ul xodimlari — xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning (BMT, SHHT, MDH va boshqalar) rasmiy tadbirlarida qatnashish uchun;
3. Mudofaa vazirligining oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek ularning o‘rinbosarlari.
Izoh:
1. Mazkur Ro‘yxatda ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar o‘rindoshlik asosida boshqa lavozimlarni egallagan taqdirda, o‘rindoshlik asosida egallagan lavozimi yo‘nalishi bo‘yicha chet elga xizmat safariga chiqishi ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab etadi.
2. Mansabdor shaxslarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning rasmiy tadbirlarida qatnashishini kelishish Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
b) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur band birinchi xatboshisining attestatsiya qismi bo‘yicha amal qilishi:
O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni boshqaruv xodimlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmatlari xodimlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga hamda uning apparati yetakchi mutaxassisiga tatbiq etilmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini berish tartibi ularning egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi”;
a) 2-darajali martaba darajasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yuridik xizmati rahbariga;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga beriladi;
b) 3-darajali martaba darajasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri va Senati Raisi bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devoni rahbari tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati yuridik xizmatlari rahbarlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘iga beriladi”;
g) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. 3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 3, 2 va 1-darajali yurist martaba darajalari “O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining boshqaruv xodimlariga;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devoni rahbarining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining tavsiyanomalariga ko‘ra, shuningdek o‘z tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati rahbarlari va xodimlariga;
v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga va uning apparati yetakchi mutaxassisiga beriladi”;
d) 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi martabalarida bo‘lish muddati belgilanmaydi”;
“11. Martaba darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish martaba darajasi berish huquqiga ega bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 521-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)