toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2017/2018 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining moliya, bank va soliq tizimlari hamda iqtisodiyotning real sektori ayrim tarmoqlari va korxonalarida investitsiya faoliyati uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi boʻyicha 2017/2018 oʻquv yiliga qabul kvotalari 1-ilovaga muvofiq;
“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektorining ayrim tarmoqlari va korxonalari boʻyicha taqsimlanishi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi qabul komissiyasiga Akademiyaga kirish jarayonida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha abituriyentlar toʻplagan ballarining reyting baholanishini hisobga olgan holda Akademiyaning qabul koʻrsatkichlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
381-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 381-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi boʻyicha 2017/2018 oʻquv yiliga qabul kvotalari

T/r

Mutaxassislik shifri

Mutaxassisliklar nomi

Jami

Shu jumladan:

davlat granti

toʻlov-kontrakt

1.

5A 230701

Bank ishi (faoliyat turlari boʻyicha)

55

18

37

2.

5A 230702

Bank hisobi va audit

12

5

7

3.

5A 230603

Investitsiyalarni boshqarish (bank sektori uchun)

27

7

20

4.

5A 230603

Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)

13

3

10

5.

5A 230601

Davlat moliyasini boshqarish

33

17

16

6.

5A 230602

Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar bozori

10

2

8

7.

5A 230902

Audit (moliya sohasida)

5

3

2

8.

5A 231201

Sugʻurta ishi

10

-

10

9.

5A 231301

Pensiya ishi

15

10

5

10.

5A 230801

Soliqlar va soliqqa tortish

20

10

10

Jami:

200

75

125

Izoh: “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha davlat granti asosida: 2 (ikkita) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun, 1 (bitta) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun, 1 (bitta) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi uchun va 1 (bitta) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi uchun maqsadli ravishda ajratilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 381-son qaroriga
2-ILOVA
“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektorining ayrim tarmoqlari va korxonalari boʻyicha taqsimlanishi

T/r

Vazirlik, idora va korxonalarning nomlari

jami

Shu jumladan:

davlat granti

toʻlov-kontrakt

1.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

1

1

-

2.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

1

1

-

3.

Xususiylashtirilgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

1

1

-

4.

“Oʻzbekneftgaz” MXK

3

-

3

5.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

2

-

2

6.

“Oʻzyengilsanoat” AJ

1

-

1

7.

“Oʻzavtosanoat” AK

2

-

2

8.

“Navoiy KMK” DK

2

-

2

JAMI:

13

3

10

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 505-modda)