toggle_night_mode
Hujjat 26.09.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom va uning Kuzatuv kengashi tarkibi 2-3-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi Direksiyasi xodimlarining yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Jamgʻarma tuzilmasiga oʻzgartish kiritish, shu jumladan, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtatlar joriy etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻazna hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi;
Jamgʻarmani boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oliy sud raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari, moliya va adliya vazirlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori, shuningdek, boshqa masʼul shaxslar ham kiradi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga, shu jumladan, mablagʻlar toʻplanishi va sarflanishiga rahbarlik Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimdan ozod qilinadigan ijro etuvchi direktor boshqaradigan Jamgʻarma Direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Byuro xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama va qoʻshimcha toʻlovlardan tashqari, har chorak yakuni boʻyicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Quyidagilarning:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining prokuratura organlari xodimlariga oʻzlarining xizmat vazifalarini operativ va oʻz vaqtida bajarishida ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari (keyingi oʻrinlarda — avtotransport vositalari) sotib olish uchun kreditlar berish toʻgʻrisidagi taklifi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha prokuratura organlari xodimlariga avtotransport vositalari sotib olish uchun quyidagi shartlar bilan kreditlar berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
kreditni berish muddati — 10 yil;
dastlabki badal summasi — sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
foizli stavka miqdori — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasidagi amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida;
kredit boʻyicha taʼminlash — avtotransport vositasi chiqqungacha va u kafolat boʻyicha rasmiylashtirilgungacha, kreditni qaytarish yuzasidan majburiyatlarni qisqa muddatli sugʻurtalashni hisobga olgan holda kredit boʻyicha sotib olinayotgan avtotransport vositasi kafolati;
foizlarni hisoblab yozish, asosiy qarzni va kredit boʻyicha asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash, hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni toʻlash boʻyicha olti oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, bank hisob-kitob metodi boʻyicha amalga oshiriladi.
32. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etiladigan prokuratura organlari xodimlari roʻyxati asosida ular tomonidan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini taʼminlasin;
(31 va 32-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
4. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi (M.B. Azimov) bir oy muddatda Jamgʻarma Direksiyasining malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini, shuningdek, uning faoliyati bilan bogʻliq boshqa tashkiliy-texnik masalalar hal etilishini taʼminlasin.
5. Jamgʻarma Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 66-uyga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi PQ-3384-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 07/17/3384/0251-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
PQ-3060-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
1-ILOVA
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 11 ta
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
2-ILOVA
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Jamgʻarma kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻazna hisob raqamlariga,Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushadigan mablagʻlarning 5 foizi;
respublika isteʼmolchilariga suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlarning 10 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan ajratiladigan maqsadli mablagʻlarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan elektr energiya isteʼmoli uchun toʻlovlarga hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ korxonalaridan tushadigan mablagʻlarga tatbiq etilmaydi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PF-5761-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 06/19/5761/3398-son)
vakolatli organlar tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son)
davlat ijrochilari tomonidan undirilgan ijro yigʻimi mablagʻlarining 80 foizi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) xodimlari tomonidan qoʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro, shuningdek, prokuratura organlarining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablagʻlarning 50 foizi, qolgan 50 foizi davlat budjetiga oʻtkaziladi. Byuro va prokuratura organlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda, mablagʻlarni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamgʻarmaga uning daromadlari boʻyicha kelib tushayotgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi gʻazna hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jamgʻarmaga mablagʻlar kelib tushishining toʻliqligini nazorat qilish Byuro va Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro prokuratura organlari va Jamgʻarma direksiyasi xodimlariga ish haqi, ustama haqi, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni toʻlashga;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
tegishli mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Byuroga ishga jalb qilishga;
bino va inshootlarni saqlash, foydalanish, qurish va taʼmirlashga, ularni zarur inventarlar, shu jumladan, mebel, aloqa, kompyuter va Byuroga tegishli boshqa vositalar bilan taʼminlashga;
belgilangan tartibda Byuro xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun toʻlovlarni kompensatsiya qilishga;
xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek, boshqa texnika vositalarini sotib olishga, ularga servis xizmati koʻrsatish, ehtiyot qismlari va yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro va Jamgʻarma direksiyasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga, shu jumladan, xizmat turar joylari qurishga, tibbiy xizmat koʻrsatishga;
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
prokuratura organlari xodimlariga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish boʻyicha kreditlarning dastlabki badalini kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foizsiz qarz berish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
tasdiqlangan milliy standartlarga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning yagona integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga;
Byuroning axborot-kompyuter tarmogʻiga xizmat koʻrsatish va uni rivojlantirishga, axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro va Jamgʻarma direksiyasi xodimlarini, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida oʻqitish, malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashiga;
(7-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro va Jamgʻarma direksiyasi xodimlarining mamlakat ichkarasidagi va uning tashqarisidagi xizmat safari xarajatlarini toʻlashga;
(7-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Byuroning seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalari, amaliy mashgʻulotlari, treninglari, profilaktika va boshqa tadbirlarini oʻtkazishga;
Byuro faoliyati uchun zarur boʻlgan bosma va boshqa materiallar bilan taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro va Jamgʻarma direksiyasi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga.
(7-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnoma qarorlari va topshiriqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlarga, shuningdek, boshqa prokuratura organlari, shu jumladan prokuratura organlari kadrlar zaxirasiga kiritilgan va hisobda turgan xodimlarning lavozim maoshiga har oylik ustama haqi toʻlashga va Jamgʻarma Kuzatuv kengashi qaroriga asosan ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi PF-5499-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozi tushumlar va kelgusi yildagi xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha Byuro va prokuratura organlari tomonidan hisobot yilining 1-noyabr holatiga taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida Jamgʻarma Direksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi. Bunda rejalashtirilayotgan yil boshidagi qoldiq mablagʻlar va, qoida tariqasida, soʻnggi 2 yildagi tushumlarning dinamikasi inobatga olinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Byuro va prokuratura organlari rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yigʻma daromadlar va xarajatlar smetasi Jamgʻarma kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Jamgʻarmadan pul mablagʻlarini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi hamda Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xarajatlarni moliyalashtirish Byuro va prokuratura organlari tomonidan Jamgʻarma Direksiyasiga taqdim etiladigan talabnomalar, toʻlovlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Jamgʻarma, Byuro va prokuratura organlari mablagʻlarini sarflash Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning gʻazna hisob raqamlaridan amalga oshiriladi, xato va ortiqcha oʻtkazilganligi uchun qaytarilayotgan mablagʻlar bundan mustasno.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumot Byuro va prokuratura organlari tomonidan Jamgʻarma Direksiyasiga har chorak yakuniga koʻra, hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Jamgʻarma Direksiyasi Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
171. Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan, shuningdek, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar boʻyicha Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻlar respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan, shuningdek, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatishdan kelgusida tushadigan mablagʻlar hisobidan qayta hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet el valyutasida toʻlangan toʻlovlar boʻyicha ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarish Byuroning asoslantiruvchi hujjatlar bilan Jamgʻarmaga taqdim etiladigan xulosasiga koʻra Byuroning valyuta hisob raqamlariga oʻtkazib berish orqali amalga oshiriladi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish
18. Jamgʻarmani boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boshqaradigan uning Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oliy sud raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari, moliya vaziri, adliya vaziri, Byuro direktori, Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori, shuningdek, boshqa masʼul shaxslar ham kiradi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Jamgʻarma Kuzatuv kengashining aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
20. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi zaruratga qarab, har chorakda kamida bir marta majlis oʻtkazadi. Zarur hollarda, Jamgʻarma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarori uning majlislarida aʼzolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Zarur hollarda yuzaga kelgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida, kengash aʼzolarining kamida 2/3 qismining rezolyutsiyasi boʻlganda, ularning roziliklari va imzolarini yigʻish orqali Kuzatuv kengashi qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Ovozlar teng boʻlganda, Jamgʻarma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
22. Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga, shu jumladan, mablagʻlarning toʻplanishi va sarflanishiga rahbarlik Jamgʻarma Direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Jamgʻarma Direksiyasiga Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Jamgʻarmaning Direksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
mablagʻlar ajratishga kelib tushgan buyurtmalar boʻyicha maʼlumotlar olish;
Oldingi tahrirga qarang.
undirilgan va Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan pul mablagʻlarining amalda kelib tushgan summasi boʻyicha Byuro, tijorat banklari va tegishli tashkilotlardan axborotlar hamda statistika maʼlumotlarini soʻrab olish;
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishini monitoring qilish, zarur hollarda tegishli hujjatlarni soʻrab olish;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
mablagʻlardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda, mehnatga haq toʻlash boʻyicha toʻlovlardan tashqari, moliyalashtirishni toʻxtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
xorijiy valyutada hisob raqamlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular boʻyicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi roziligi bilan boʻsh mablagʻlarni milliy va chet el valyutasida Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, shuningdek, chet el valyutasidagi pul mablagʻlari boʻyicha ayirboshlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
(24-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi ruxsati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq elektr va gaz taʼminoti suv taʼminoti va suv chiqarish sohasidagi investitsiya loyihalari boʻyicha moliyalashtiruvchi taraf, shuningdek, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi tushumlar yuzasidan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etish.
(24-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
25. Jamgʻarmaning Direksiyasi quyidagilarga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish, shuningdek, ular boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish;
Jamgʻarmadan tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qoʻshimcha mablagʻlarni ajratish boʻyicha kelib tushgan buyurtmalarni toʻplash, ularni umumlashtirish va Jamgʻarma Kuzatuv kengashi koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;
Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish;
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi qarorlarini oʻz vaqtida ijro etish;
Kuzatuv kengashi qarorlarini Byuro va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yetkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlarning foydalanilishini monitoring qilish;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlarni uning Kuzatuv kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori:
Jamgʻarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalar bajarilishi, shu jumladan, uning mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi;
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish haqida Jamgʻarma Kuzatuv kengashi raisiga taklif kiritadi;
davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy davlatlarning davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik hamda jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar oldida Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamgʻarma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;
shtatlar jadvalini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma taʼminotining xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Jamgʻarmaning lavozim yoʻriqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma nomidan daʼvolar taqdim etadi;
Jamgʻarma xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Jamgʻarma mablagʻlarining jamlanishi va sarflanishi masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
ushbu Nizom va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Jamgʻarma Direksiyasi har hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, Byuroga daromadlari va xarajatlari boʻyicha maʼlumotlar, shuningdek, Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga yillik hisobot taqdim etadi. Direksiya har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
29. Direksiyaning taʼminoti budjet tashkilotlari uchun oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Jamgʻarma Direksiyasi xodimlariga Byuroning boshqa xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari ikki baravar miqdorda qoʻllaniladi.
Jamgʻarma boshqaruv xodimlariga Byuroning darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlariga belgilangan moddiy-ijtimoiy taʼminot va imtiyozlar beriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakunlovchi qoida
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
3-ILOVA
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Azimov M.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi

2.

Kamilov K.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

3.

Rustambekov N.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

4.

Mirzamaxmudov J.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

5.

Xodjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

6.

Ikramov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

7.

Kudratxodjayev B.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori

8.

Yuldashev K.O.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishlar boshqaruvchisi

9.

lavozimga koʻra

Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi)xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
2. Byuro xodimlarining mehnatga haq toʻlash fondi quyidagilardan iborat:
a) lavozim maoshidan;
Keyingi tahrirga qarang.
b) quyidagi miqdordagi oylik ustama haqlaridan:
alohida mehnat sharoitlari uchun darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlarga lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 foizi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari Byuroning boshqa xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi miqdorida. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda Byuro xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;
lavozim maoshiga 40 foiz miqdorda (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti);
darajali unvon uchun lavozim maoshiga 20 foizdan 50 foizgacha miqdorda;
darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlarga — koʻp yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5 foizdan 40 foizgacha miqdorda.
Shuningdek, har oylik ustamalarga:
Byuroning boshqa boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga koʻp yillik mehnati uchun ustama haq;
oʻrnatilgan tartibda maxsus toifalar uchun lavozim maoshiga 10, 20 va 30 foiz miqdordagi ustama haq ham kiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) quyidagilarni oʻz ichiga oladigan ragʻbatlantiruvchi va boshqa toʻlovlardan:
xodimlar faoliyatini individual baholash asosida xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun ularni yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofotlash;
bayramlar, muhim va yubiley sanalari, uzoq yillik hamda bekamu koʻst xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqqanda va boshqa shu kabi holatlar munosabati bilan mukofotlash, shuningdek mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi hisobidan shakllantiriladigan Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustamalar;
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdordagi oylik toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Byuro tuman va shahar boʻlimlari xodimlariga — yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdordagi oylik toʻlovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
yilda bir marta oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatish;
baxtsiz hodisaga uchragan, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda halok boʻlgan Byuro xodimlarining oilasiga moddiy yordam koʻrsatish.
Ovqatlanish va yoʻlkira xarajatlari uchun oylik toʻlovlarning eng kam oylik ish haqi bir baravaridan yuqori miqdorini belgilash, shuningdek, moddiy ragʻbatlantirish fondi miqdorini koʻpaytirish Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
mukofotlash;
lavozim maoshiga shaxsiy ustamalar toʻlash;
moddiy yordam koʻrsatish.
Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
2-bob. Byuro xodimlarini mukofotlash tartibi
4. Xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun shaxsiy bir martalik toʻlov shaklida mukofotlash Byuroning rahbarlar tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Byuroning boshqa xodimlarini — uning direktori tomonidan amalga oshiriladi.
5. Byuro va uning hududiy tuzilmalari xodimlariga mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan quyidagi miqdorlardagi toʻlovlar beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
70 balldan 80 ballgacha toʻplagan xodimlarga — lavozim maoshiga 50 foiz;
80 balldan 90 ballgacha toʻplagan xodimlarga — lavozim maoshiga 100 foiz;
90 balldan 100 ballgacha toʻplagan xodimlarga — lavozim maoshiga 200 foiz.
3-bob. Lavozim maoshlariga oylik shaxsiy ustamalar toʻlash tartibi
6. Lavozim maoshlariga oylik shaxsiy ustamalar:
Byuro direktori va uning oʻrinbosarlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan;
Byuro markaziy apparat xodimlari va hududiy boshqarmalar boshliqlariga — Byuro direktori tomonidan;
Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlariga — Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy tuzilmalar xodimlariga nisbatan tegishli hududiy boshqarma (boʻlim) boshliqlari tomonidan belgilanadi.
7. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda lavozim maoshiga belgilangan ustamalar bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin.
4-bob. Moddiy yordam koʻrsatish tartibi
8. Mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirishda yil hisobiga oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatish uchun mablagʻlar nazarda tutiladi.
9. Xodim vafot etgan hollarda, moddiy yordam (agar xodim vafot etgan yilda bevosita unga moddiy yordam koʻrsatilmagan boʻlsa) uning turmush oʻrtogʻiga, turmush oʻrtogʻi yoʻqligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironlarni — yoshidan qatʼi nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar xodimlar nikohda turmagan va farzandlari boʻlmagan hollarda, xodimning qaramogʻidagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda toʻlab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Istisno tariqasida, xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq toʻlash fondiga ajratilgan mablagʻlar doirasida, quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:
yaqin qarindoshlari vafot etganda — oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasiga asosan;
alohida ehtiyoj tugʻilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sogʻliqni qayta tiklashga, shuningdek, oiladagi ogʻir moddiy ahvol va boshqa holatlar).
11. Xodimlar xarajatlarini qoplash, moddiy yordam miqdori va uning toʻlanishi xodimda intizomiy jazo chorasi mavjudligiga bogʻliq boʻlmaydi.
5-bob. Byuro xodimlarining ish haqi va ularni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va hajmlari
12. Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlar:
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan mablagʻlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Byuro xodimlariga respublika budjetidan quyidagi mablagʻlar nazarda tutiladi:
yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi;
40 foiz miqdorida mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti;
yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofot;
yilda oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam;
15 foizlik Moddiy ragʻbatlantirish fondi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Byuro xodimlariga boshqa toʻlovlar Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
5-ILOVA
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi Direksiyasi xodimlarining yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Razryadlar

Ijro etuvchi direktor

18

Direktor oʻrinbosari — monitoring va tahlil boʻlimi boshligʻi

17

Bosh buxgalter

17

Katta buxgalter

14

Iqtisodchi-taftishchi

14

Buxgalter

12

Yuriskonsult

14

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 496-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 07/17/3384/0251-son; 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son, 10.07.2019-y., 06/19/5761/3398-son; 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son; 25.06.2025-y., 07/25/202/0541-son)