toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 19.06.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-iyun,
PQ-3043-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-718-sonli qarori:
a) nomlanishidagi, 3- va 4-bandlardagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “moliya vaziriga” soʻzi “Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi rahbariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bajarilgan ishlarning nazorat oʻlchovlarini olib borishni tizimli asosda amalga oshirish”;
g) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashi
TARKIBI

Z.T.Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Kengash raisi

B.A.Xodjayev

Moliya vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari

J.A.Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari

G.K.Saidova

Iqtisodiyot vaziri

A.X.Abdullayev

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi

B.T.Qoʻchqorov

Davlat ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi

I.B.Toʻramuratov

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi

Sh.Sh.Abdurazakov

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

A.A.Yuldashev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

M.M.Mirzayev

Moliya vazirining oʻrinbosari

Sh.R.Xamrayev

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

Sh.R.Xashimov

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

A.A.Usmanov

Adliya vazirining oʻrinbosari

V.E.Chub

“Oʻzgidromet” markazining bosh direktori

M.F.Najimov

“Oʻzsuvloyiha” AJning ijro etuvchi direktori

B.K.Roʻziboyev

“UZGIP” MCHJ direktori

I.E.Maxmudov

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori vazifasini bajaruvchi

Lavozimiga koʻra

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori, Kengash kotibi

Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki mazkur vazifalarni bajarilishi yuklatilgan shaxslar kiritiladi.”;
nomlanishidagi va 1-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarmaning ajratib berilgan moliyaviy mablagʻlaridan maqsadli, manzilli va samarali foydalanilishi ustidan doimiy asosda monitoringni amalga oshirish”;
yigirmanchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi masalalari boʻyicha muntazam ravishda nazorat oʻlchovlarini amalga oshiradi”;
yigirma birinchi xatboshidan “tekshirishlarda” soʻzi chiqarib tashlansin;
9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bajarilgan meliorativ ishlar va boshqa holatlarni nazorat tartibida oʻlchashda vazirlik va idoralarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish”;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Departamentga Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi rahbarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hamda moddiy taʼminoti, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladigan direktor boshchilik qiladi”;
16-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarmaning mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi masalalari boʻyicha nazorat tartibidagi oʻlchashlarni oʻtkazish asosida qaror qabul qiladi, ularning natijalarini koʻrib chiqadi, ular asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qiladi va zarur choralar koʻradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi “2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1958-sonli qarorining:
a) 1-bandi uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 30 nafardan iborat boʻlgan yangilangan tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, uning tarkibida melioratsiya ishlarining sifati ustidan joylarda texnik nazorat oʻrnatish, ularning belgilangan normativlar va loyiha parametrlariga muvofiqligi, shuningdek, bajarilgan ishlarning hajmlarini nazorat tartibida oʻlchashni taʼminlaydigan melioratsiya ishlarini texnik kuzatib borish mintaqaviy guruhlarini tashkil etish nazarda tutilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
v) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashi (Z.T. Mirzayev) quyidagilarni taʼminlasin”;
g) 2-ilovaning nomlanishida va izohning 2-bandidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
d) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 492-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)