Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Aholiga birlamchi yordam koʻrsatish tibbiy muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, ambulatoriya-poliklinika muassasalarining tez tibbiy yordam koʻrsatish xizmati, statsionarlar va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam markazlari bilan oʻzaro hamkorligining amaliy mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, Toshkent shahri aholisi uchun qulay va malakali birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatilishi yuzasidan ular rahbarlari va mutaxassislarining shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida:
1. Toshkent shahrining tuman markaziy koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinikalarining, shuningdek, ular rahbarlari va mutaxassislarining asosiy vazifalari etib, quyidagilar belgilansin:
aholiga eng koʻp uchraydigan kasalliklarni profilaktika qilish va davolash boʻyicha alohida bemorlar hamda butun oila darajasida tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
aholiga malakali birlamchi, birinchi navbatda kasalliklarni profilaktika qilish masalalarida tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, tugʻruq yoshidagi ayollar, oʻsmir qizlar, homilador ayollar, bolalar, shuningdek yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar hamda oʻzgalar koʻmagiga va ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar oʻrtasida doimiy patronaj ishlarini amalga oshirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
oilada tibbiy madaniyatni oshirish va har bir kishining oʻz salomatligi va bolalari salomatligi uchun masʼuliyatini oshirishga yoʻnaltirilgan dasturlarni amalga oshirish orqali aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi asoslarini shakllantirish va mustahkamlash;
aholi oʻrtasida barkamol sogʻlom avlodni tarbiyalashga, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga, tibbiy etika va deontologiya, sanitariya-gigiyena koʻnikmalari, oqilona ovqatlanish qoidalariga rioya etishga, tugʻma patologiya va irsiy kasalliklarni kamaytirishga yoʻnaltirilgan profilaktika tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish;
milliy kalendarga binoan profilaktika emlashlarini oʻtkazish yoʻli bilan boshqariladigan infeksiyalar va ularning asoratlarini profilaktika qilish;
yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalinish xavfi omillarini barvaqt aniqlash mexanizmlarini joriy etish yoʻli bilan aholi oʻrtasida kasallikka chalinish, nogironlikni va barvaqt oʻlimni profilaktika qilish;
malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, klinik, biokimyoviy laboratoriya va instrumental tadqiqotlar oʻtkazish orqali aholining bevosita yashash joylarida profilaktik tibbiy koʻriklar tashkil etish yoʻli bilan kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning surunkali kasalliklarga aylanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;
tunu-kun faoliyat koʻrsatadigan mobil, diagnostika va davolash standartlariga muvofiq yaxshi jihozlangan tez tibbiy yordam kichik stansiyasidan foydalangan holda, shifoxonaga yotqizishdan oldingi tez va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, shuningdek, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni muntazam kuzatib turishni, sogʻlomlashtirishni va reabilitatsiya qilishni taʼminlash;
yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida tegishli xizmatlarni oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni, biriktirilgan uchastkani va uy xoʻjaliklarini sanitariya jihatidan xotirjamligi yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshirish, yuqumli kasalliklar oʻchoqlarida observatsiya tadbirlarini oʻtkazish, aholini xavfli epidemik vaziyat toʻgʻrisida ogohlantirish;
rahbarlar va mutaxassislarning biriktirilgan aholi oldida kamchiliklarni va muammoli masalalarni bartaraf etish, ish shakllari va usullarini yanada takomillashtirish, shuningdek, manzilli birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining samaradorligini oshirish yuzasidan har chorakda hisobot berish tizimini joriy etish.
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
2. Quyidagilar:
Toshkent shahri oilaviy poliklinikasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom va namunaviy tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq;
Toshkent shahri tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom va namunaviy tuzilmasi 3- va 4-ilovalarga muvofiq;
Toshkent shahrining birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami, tez tibbiy yordam muassasalari hamda statsionar tibbiyot tashkilotlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Tez tibbiy yordam chaqiruvlariga xizmat koʻrsatish hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, statsionar tibbiyot tashkilotlari va tez tibbiy yordam xizmati oʻrtasida axborot ayirboshlash sxemasi 5a, 5b va 5v-ilovalariga muvofiq;
Toshkent shahri birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari hamda tez tibbiy yordam kichik stansiyalarining joylashuvi, shuningdek, ularni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga biriktirish 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
bir oy muddatda Toshkent shahri hokimligi bilan birgaliqda har bir tumanda ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, oilaviy va tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari rahbarlari va mutaxassislarining masʼuliyatini oshirish yuzasidan maxsus seminarlar oʻtkazsin;
bir oy muddatda oilaviy poliklinikalar rahbarlari va mutaxassislarining — biriktirilgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari aholisi oldida har chorakda hisobot berish tizimi Tartibini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Toshkent shahrining oilaviy va tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmlarini ushbu qarorning 1 — 4-ilovalaridan kelib chiqqan holda, bir oy muddatda qayta tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahrining tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari va oilaviy poliklinikalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning toʻliqligi va sifatini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi, tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash natijalari asosida ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini oʻz ichiga oladigan Nizom loyihasini ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda ushbu tizimning 2017-yilning 1-oktabridan boshlab amaliyotga kiritilishini nazarda tutsin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahrining oilaviy va tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari shtat normativlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
uch oy muddatda Toshkent shahrining oilaviy va tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarini oʻz kasbiga sodiq va aholiga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini sifatli darajada taʼminlashga qodir boʻlgan malakali tibbiyot kadrlari bilan toʻldirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish shtatdagi xodimlarning amaldagi umumiy soni hamda 2017-yilda Toshkent shahrining oilaviy va tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarini saqlab turishga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
5. Toshkent shahri hokimligi:
profilaktika va patronaj ishlarini hamda biriktirilgan aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatishni yaxshilash uchun har bir oilaviy poliklinikani va tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarini ikkita maxsus avtomobil bilan taʼminlasin;
har yili muassasaning rejadagi quvvatiga muvofiq har bir poliklinikaga biriktirilgan aholi sonini tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Toshkent shahri hokimligi oilaviy va tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari rahbarlari va mutaxassislarining aholi oldidagi hisobotlari yakunlari boʻyicha birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami xizmatini takomillashtirish yuzasidan har chorakda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
7. Boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish hamda Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarining muvofiqlashtirilishini va ularning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha 7-ilovaga muvofiq maxsus komissiya tashkil etilsin.
Quyidagilar komissiyaning eng muhim vazifalari etib belgilansin:
Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning holatini puxta oʻrganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tezkor choralar koʻrish, tibbiyot muassasalari rahbarlari va mutaxassislarining aholiga tibbiy xizmatlarning oʻz vaqtida koʻrsatilishi, sifati va samaradorligi yuzasidan shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini kuchaytirish;
Toshkent shahri fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalariga tibbiy yordam koʻrsatish, eng avvalo, yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan sovuqqonlik, fuqarolarning asoslangan talablariga yuzaki munosabatda boʻlishning, tibbiyot xodimlari tomonidan oʻz kasbiy vazifalari vijdonan bajarilmasligi aniqlangan holatlari boʻyicha tushgan yozma va ogʻzaki murojaatlarini tizimli tahlil qilish hamda ular yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrish;
2017-2018-yillar yakunlari boʻyicha toʻplangan ijobiy tajribani respublikamizning boshqa shaharlarida joriy etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida aniq takliflar kiritish.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-iyun,
PQ-3039-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahridagi oilaviy poliklinika toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Toshkent shahridagi oilaviy poliklinika (keyingi oʻrinlarda poliklinika deb ataladi) biriktirilgan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan muassasa hisoblanadi.
2. Poliklinika Toshkent shahri tuman tibbiyot bilashmasi tuzilmasiga kiradi hamda davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, banklarda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
3. Poliklinikaga biriktirilgan aholi soni aholi zichligini va geografik joylashuvini hisobga olgan holda belgilanadi.
Bunda 25 ming kishi poliklinikaga biriktirilgan eng optimal aholi soni hisoblanadi.
4. Poliklinika oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
2-bob. Poliklinikaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar poliklinikaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholiga eng koʻp uchraydigan kasalliklarni profilaktika qilish va davolash boʻyicha ham alohida bemorlar, ham butun oila darajasida tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
aholiga malakali birlamchi, birinchi navbatda, kasalliklarni profilaktika qilish masalalarida tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, tugʻruq yoshidagi ayollar, oʻsmir qizlar, homilador ayollar, bolalar, shuningdek yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar hamda oʻzgalar yordamiga va ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar oʻrtasida muntazam patronaj ishlarini amalga oshirish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
oilada tibbiy madaniyatni oshirish va har bir kishining oʻz salomatligi va oʻzining bolalari salomatligi uchun masʼuliyatini oshirishga yoʻnaltirilgan dasturlarni amalga oshirish orqali aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi asoslarini shakllantirish va mustahkamlash;
aholi oʻrtasida barkamol sogʻlom avlodni tarbiyalashga, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga, tibbiy etika va deontologiya, sanitariya-gigiyena koʻnikmalari, oqilona ovqatlanish qoidalariga rioya etishga, tugʻma patologiya va irsiy kasalliklarni kamaytirishga yoʻnaltirilgan profilaktika tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish;
milliy kalendarga binoan profilaktika emlashlarini oʻtkazish yoʻli bilan boshqariladigan infeksiyalar va ularning asoratlarini profilaktika qilish;
yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalinish xavfi omillarini barvaqt aniqlash mexanizmlarini joriy etish yoʻli bilan aholi oʻrtasida kasallikka uchrashni, nogironlikni va barvaqt oʻlimni profilaktika qilish;
malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, klinik, biokimyoviy laboratoriya va instrumental tadqiqotlar oʻtkazib aholining bevosita yashash joylarida profilaktik tibbiy koʻriklar tashkil etish yoʻli bilan kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning surunkali kasalliklarga aylanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;
kecha-kunduz faoliyat koʻrsatadigan mobil, diagnostika va davolash standartlariga muvofiq yaxshi jihozlangan tez tibbiy yordam kichik stansiyasidan foydalangan holda shifoxonaga yotqizishdan oldingi tez va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, shuningdek surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning muntazam kuzatib turilishini, sogʻlomlashtirilishini va reabilitatsiya qilinishini taʼminlash;
yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida tegishli xizmatlarni oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni, biriktirilgan uchastkani va uy xoʻjaliklarini sanitariya jihatidan xotirjamligi yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshirish, yuqumli kasalliklar oʻchoqlarida observatsiya tadbirlarini oʻtkazish, aholini xavfli epidemik vaziyat toʻgʻrisida ogohlantirish.
6. Yuklangan vazifalarga muvofiq poliklinika quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida tugʻruq yoshidagi ayollar va homilador ayollar, bolalar, shuningdek yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar hamda oʻzgalar yordamiga va ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar oʻrtasida muntazam va tizimli patronaj ishlarini amalga oshirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, xavfsiz onalikni taʼminlash, kutilmagan homiladorlikning oldini olish, kontratsepsiya, etika, psixologiya, oilaviy hayotning ijtimoiy va boshqa jihatlari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish;
sogʻlom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, koʻkrak suti bilan emizish, bolalar salomatligidagi salbiy oʻzgarishlarning oldini olish, ularni taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorlash, kasbga yoʻnaltirish masalalari boʻyicha sanitariya-tushuntirish ishlarini olib borish;
sogʻlomlashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqish hamda poliklinikaga biriktirilgan aholi salomatligini tahlil qilish;
milliy kalendarga binoan belgilangan muddatlarda profilaktika emlashlarini oʻtkazish;
kasalliklarni barvaqt aniqlash, kasallanishni va uning asoratlarini kamaytirish, nogironlikka chalinishni va oʻlimni kamaytirishga doir kompleks profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;
aholini davolash va sogʻlomlashtirish tadbirlarini, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni dispanserizatsiyadan oʻtkazish;
belgilangan standartlarga binoan mavjud asbob-uskunalardan foydalangan holda laboratoriya va instrumental tekshirishlarni oʻtkazish;
bemorlarga tibbiy maslahatlar berish, kasallikning ogʻir kechishi va ayrim alohida holatlarida hamda kam uchraydigan kasallikka chalinish holatlarida kasallik koʻrsatkichlariga binoan statsionar va dispanser muassasalariga tekshirishdan oʻtish va davolanish uchun yoʻllanmalar berish;
xizmat koʻrsatiladigan aholiga shifoxonaga yotqizishdan oldingi tibbiy yordam koʻrsatish hamda zarur hollarda belgilangan tartibda tibbiy tashkilotlarga yotqizish;
aholi oʻrtasida kasallanish, travmatizm, nogironlik, oʻlimning oldini olish va ularni kamaytirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish;
bemorlarni tekshirish, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha boshqa davolash-profilaktika muassasalari bilan uzviylik tamoyiliga rioya etish;
bemorlarni hayot uchun xavfli va baxtsiz hodisalar (travmalar, zaharlanish, hayvonlar va kemiruvchilar, gazandalar tishlashi, chaqishi) holatlarida ularni shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish uchun boshqa davolash-profilaktika muassasalariga va ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborish;
mehnatga layoqati barqaror yoʻqotilgan bemorlarni vrachlik-maslahat komissiyasiga (VMKga) va vrachlik-mehnat ekspert komissiyasiga (VMEKga) belgilangan tartibda yuborish;
yuqumli kasalliklar, parazitar va kasb kasalliklari, zaharlanishlar va sanitariya-gigiyena talablarining aniqlangan buzilishlari toʻgʻrisida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarni belgilangan tartibda xabardor qilish.
3-bob. Poliklinikaning huquqlari va majburiyatlari
7. Oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun poliklinika quyidagi huquqlarga ega:
sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olib, yuqori sogʻliqni saqlash organi bilan kelishgan holda oʻzining asosiy faoliyatini rejalashtirish;
poliklinikaga berilgan mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanish va uni tasarruf etish;
faoliyatning qonun hujjatlariga, poliklinika faoliyati maqsadlari va predmetiga zid boʻlmagan boshqa turlarini amalga oshirish.
Poliklinika qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
8. Poliklinika quyidagilarga majbur:
biriktirilgan hudud aholisini malakali tibbiy yordam bilan taʼminlash;
bemorlarni ambulatoriyada qabul qilish va ularni uyiga borib koʻrish;
bemorlar huquqlariga, shu jumladan ularning bemor toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotlarning maxfiyligi huquqiga rioya etish;
poliklinika binolarida zarur sanitariya-gigiyena rejimini, aseptika va antiseptika qoidalarini, asboblarni va materiallarning gemokontakt va boshqa infeksiyalardan profilaktikasini taʼminlovchi sterilizatsiya qilish shart-sharoitlarini saqlab turish;
qonun hujjatlari, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya qilish;
mavjud tibbiy asbob-uskunalar, apparatlar va mol-mulkning saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash;
poliklinika faoliyatiga oid hujjatlarning saqlanishini, shuningdek ularning davlat saqloviga belgilangan tartibda berilishini taʼminlash.
9. Poliklinika oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni uning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Poliklinika ishini tashkil etish va uni boshqarish
10. Poliklinikaga Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi bilan kelishilgan holda tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh shifokor rahbarlik qiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
11. Bosh vrach belgilangan tartibda:
poliklinika faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning ishlarini tashkil etadi, poliklinika nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, uning manfaatlarini barcha tashkilotlarda ifoda etadi, poliklinika xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, mol-mulkni tasarruf etadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, poliklinikaning moliyaviy mablagʻlarini tasarruf etadi, buyruqlar chiqaradi hamda poliklinika faoliyatining natijalari uchun shaxsan javob beradi;
tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasiga hisobotlar taqdim etadi;
mutaxassislar bilan birgalikda biriktirilgan fukarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari aholisi oldida hisobot beradi.
12. Poliklinikaning asosiy faoliyatini oilaviy shifokor diplomiga (sertifikatiga) ega boʻlgan maxsus tayyorlangan mutaxassislar va patronaj hamshiralari olib boradilar. Bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun poliklinika tor ixtisosli mutaxassislar bilan taʼminlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
5-bob. Poliklinikaning moliya-xoʻjalik faoliyati
13. Poliklinikaning moliya-xoʻjalik faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. Quyidagilar poliklinikani moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
poliklinikaning joriy faoliyatini saqlab turishga, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarini bajarish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek poliklinikaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
xayriya ehsonlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari;
pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15. Muayyan poliklinikani moliyalashtirishning yillik hajmi bir nafar yashovchiga xarajatlarning bazaviy normativi hisob-kitobidan hamda tuzatish koeffitsiyentlaridan (jinsi va yoshi tarkibi hamda aholi zichligiga koʻra) foydalanilgan holda biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
Hisobot yili oxirida muassasalarning hisob raqamlarida qolgan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi hamda ulardan moddiy-texnik bazani mustahkamlash va xodimlarni belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantirish uchun foydalaniladi.
16. Poliklinikaning bosh vrachi mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
6-bob. Hisob-kitob va poliklinikaning hisoboti
17. Poliklinika belgilangan tartibda davriy asosda statistika va buxgalteriya hisobi va hisobotini amalga oshiradi.
18. Poliklinika oʻz faoliyati toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda hisobotlar va boshqa axborotlar taqdim etadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
19. Poliklinikani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil b iyundagi PQ-3039-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikaning
NAMUNAVIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahridagi tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Toshkent shahridagi tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi (keyingi oʻrinlarda TMKTP deb ataladi) tuman aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya va ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika, konsultatsiya-diagnostika yordami koʻrsatish uchun moʻljallangan muassasa hisoblanadi.
2. TMKTP Toshkent shahri tuman tibbiyot birlashmasi tuzilmasiga kiradi hamda davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, banklarda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
3. TMKTP tuman aholisiga ambulatoriya-poliklinika yordami tashkil etish va koʻrsatish boʻyicha tibbiy-sanitariya muassasalari uchun tashkiliy-metodik markaz hisoblanadi.
4. TMKTPga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish uchun hududiy xususiyatlarni va aholi zichligini hisobga olgan holda aholi biriktirilishi mumkin.
Aholi biriktirilgan TMKTPga profilaktika va patronaj ishlari sifatini oshirish uchun maxsus avtotransport ajratiladi.
5. TMKTP oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
2-bob. TMKTPning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar TMKTPning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholiga eng koʻp uchraydigan kasalliklarni profilaktika qilish va davolash boʻyicha ham alohida bemorlar, ham butun oila darajasida tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
aholiga malakali birlamchi, birinchi navbatda, kasalliklarni profilaktika qilish masalalarida tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, tugʻruq yoshidagi ayollar, oʻsmir qizlar, homilador ayollar, bolalar, shuningdek yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar hamda oʻzgalar yordamiga va ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar oʻrtasida muntazam patronaj ishlarini amalga oshirish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
oilada tibbiy madaniyatni oshirish va har bir kishining oʻz salomatligi va oʻzining bolalari salomatligi uchun masʼuliyatini oshirishga yoʻnaltirilgan dasturlarni amalga oshirish orqali aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi asoslarini shakllantirish va mustahkamlash;
aholi oʻrtasida barkamol sogʻlom avlodni tarbiyalashga, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga, tibbiy etika va deontologiya, sanitariya-gigiyena koʻnikmalari, oqilona ovqatlanish qoidalariga rioya etishga, tugʻma patologiya va irsiy kasalliklarni kamaytirishga yoʻnaltirilgan profilaktika tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish;
milliy kalendarga binoan profilaktika emlashlarini oʻtkazish yoʻli bilan boshqariladigan infeyuxiyalar va ularning asoratlarini profilaktika qilish;
yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalinish xavfi omillarini barvaqt aniqlash mexanizmlarini joriy etish yoʻli bilan aholi oʻrtasida kasallikka uchrashni, nogironlikni va barvaqt oʻlimni profilaktika qilish;
malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, klinik, biokimyoviy laboratoriya va instrumental tadqiqotlar oʻtkazib aholining bevosita yashash joylarida profilaktik tibbiy koʻriklar tashkil etish yoʻli bilan kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning surunkali kasalliklarga aylanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;
kecha-kunduz faoliyat koʻrsatadigan mobil, diagnostika va davolash standartlariga muvofiq yaxshi jihozlangan tez tibbiy yordam kichik stansiyasidan foydalangan holda shifoxonaga yotqizishdan oldingi tez va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, shuningdek surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning muntazam kuzatib turilishini, sogʻlomlashtirilishini va reabilitatsiya qilinishini taʼminlash;
yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida tegishli xizmatlarni oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni, biriktirilgan uchastkani va uy xoʻjaliklarini sanitariya jihatidan xotirjamligi yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshirish, yuqumli kasalliklar oʻchoqlarida observatsiya tadbirlarini oʻtkazish, aholini xavfli epidemik vaziyat toʻgʻrisida ogohlantirish;
aholiga ambulatoriya-poliklinika yordami koʻrsatishni tashkil etishda oilaviy poliklinikalarga tashkiliy-metodik yordam koʻrsatish.
7. TMKTP oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida tugʻruq yoshidagi ayollar va homilador ayollar, bolalar, shuningdek yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar hamda oʻzgalar yordamiga va ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar oʻrtasida muntazam va tizimli patronaj ishlarini amalga oshirish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, xavfsiz onalikni taʼminlash, kutilmagan homiladorlikning oldini olish, kontratsepsiya, etika, psixologiya, oilaviy hayotning ijtimoiy va boshqa jihatlari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish;
sogʻlom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, koʻkrak suti bilan emizish, bolalar salomatligidagi salbiy oʻzgarishlarning oldini olish, ularni taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorlash, kasbga yoʻnaltirish masalalari boʻyicha sanitariya-tushuntirish ishlarini olib borish;
sogʻlomlashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqish hamda poliklinikaga biriktirilgan aholi salomatligini tahlil qilish;
milliy kalendarga binoan belgilangan muddatlarda profilaktika emlashlarini oʻtkazish;
kasalliklarni barvaqt aniqlash, kasallanishni va uning asoratlarini kamaytirish, nogironlikka chalinishni va oʻlimni kamaytirishga doir kompleks profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;
tibbiy (profilaktika, birlamchi, davriy, chuqurlashtirilgan) koʻriklarning barcha turlarini oʻtkazish;
surunkali kasalliklari bor shaxslarning, shu jumladan ijtimoiy xizmatlar toʻplamini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning ayrim toifalari sogʻligʻi holatini dispanserda kuzatib borish, bemorlarga, shu jumladan onkologiya kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordamni tashkil etish va koʻrsatish;
belgilangan standartlarga muvofiq, mavjud asbob-uskunalardan foydalangan holda laboratoriya va instrumental tekshirishlar oʻtkazish;
bemorlarga tibbiy konsultatsiyalar berish, ogʻir va notipik oʻtadigan va kam uchraydigan kasalliklar holatlarida statsionar va dispanser muassasalarida davolanishga yuborish;
xizmat koʻrsatiladigan aholiga shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan shifoxonadan oldingi tibbiy yordam koʻrsatish va zarur holatlarda, belgilangan tartibda tibbiyot muassasalariga davolanish uchun joylashtirish;
aholi oʻrtasida kasallanish, travmatizm, nogironlik, oʻlimning oldini olish va ularni kamaytirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish;
bemorlarni tekshirish, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha boshqa davolash-profilaktika muassasalari bilan vorislik tamoyiliga rioya etish;
bemorlarni hayot uchun xavfli va baxtsiz hodisalar (travmalar, zaharlanish, hayvonlar va kemiruvchilar, gazandalar tishlashi, chaqishi) holatlarida ularni shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish uchun boshqa davolash-profilaktika muassasalariga va ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborish;
mehnatga layoqati barqaror yoʻqotilgan bemorlarni vrachlik-maslahat komissiyasiga (VMKga) va vrachlik-mehnat ekspert komissiyasiga (VMEKga) belgilangan tartibda yuborish;
yuqumli kasalliklar, parazitar va kasb kasalliklari, zaharlanishlar va sanitariya-gigiyena talablarining aniqlangan buzilishlari toʻgʻrisida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarni belgilangan tartibda xabardor qilish;
birlamchi tibbiy-sanitariya va palliativ tibbiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha tibbiyot tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
davolash-profilaktika, sanitariya-maʼrifiy reabilitatsiya tibbiy tadbirlarni va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda oilaviy poliklinikalarga metodologik yordamni tashkil etish;
Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikalardan yuborilgan bemorlarga yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan jalb etilgan professorlar, dotsentlar, assistentlar va oliy tibbiyot taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan markazlar va ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari tomonidan konsultatsiyalar berish;
oilaviy poliklinikalarda nazarda tutilmagan, shu jumladan (biokimyoviy, serologik, immunologik, sitologik va boshqa), laboratoriyalarda shuningdek instrumental (funksional diagnostika, rentgen va boshqa) tadqiqotlar metodlarini amalga oshirish yoki diagnoz qoʻyish.
3-bob. TMKTPning huquqlari va majburiyatlari
8. TMKTP oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olib, yuqori sogʻliqni saqlash organi bilan kelishgan holda oʻzining asosiy faoliyatini rejalashtirish;
TMKTPga berilgan mol-mulkdan foydalanish va ularni tasarruf etish;
TMKTP xodimlarining malakasini oshirish;
faoliyatning qonun hujjatlariga, TMKTPning maqsadlari va faoliyati predmetiga zid boʻlmagan boshqa turlarini amalga oshirish.
TMKTP qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. TMKTP quyidagilarga majbur:
aholini yuqori malakali konsultatsiya va tibbiy davolash-profilaktika yordami bilan taʼminlash;
poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam xizmati va statsionar muassasalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
bemorlarni ambulatoriyada qabul qilish va ularni uyiga borib koʻrish;
bemorlar huquqlariga, shu jumladan ularning bemor toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotlarning maxfiyligi huquqiga rioya etish;
TMKTP binolarida zarur sanitariya-gigiyena rejimini, aseptika va antiseptika qoidalarini, asboblarni va materiallarning gemokontakt va boshqa infeksiyalardan profilaktikasini taʼminlovchi sterilizatsiya qilish shart- sharoitlarini saqlab turish;
qonun hujjatlari, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya qilish;
mavjud tibbiy asbob-uskunalar, apparatlar va mol-mulkning saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash;
TMKTPning faoliyatiga oid hujjatlarning saqlanishini, shuningdek ularning davlat saqloviga belgilangan tartibda berilishini taʼminlash.
10. TMKTP quyidagilar uchun javob beradi:
tuman oilaviy poliklinikalari tomonidan aholiga ambulatoriya-poliklinika yordamini tashkil etish;
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish.
11. TMKTP vrachining majburiyatlari:
taqdim etilgan hujjatlarni, konsultatsiya olishga va tekshirishga yuborilgan bemorni puxta oʻrganish;
zarurat boʻlganda, boshqa mutaxassislarni jalb etgan holda, qoʻshimcha tekshiruv metodlarini, konsiliumni oʻtkazish;
diagnoz qoʻyish va bemorni kelgusida davolash tartibini belgilash, diagnoz qoʻyishda qiyinchilik boʻlgan taqdirda bemorni keyinchalik diagnoz qoʻyish va davolashni aniqlashtirish uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga yuborish;
bemorlarni koʻrsatmalar boʻyicha statsionarda davolanishga yuborish.
4-bob. TMKTP ishlarini tashkil etish va uni boshqarish
12. TMKTPga ayni vaqtda Toshkent shahri tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻining ambulatoriya-poliklinika yordami boʻyicha oʻrinbosari hisoblanadigan mudir rahbarlik qiladi.
TMKTP mudiri Toshkent shahri sogʻliqni saqlash Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda tuman tibbiyot boshqarmasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
13. TMKTP mudiri belgilangan tartibda:
TMKTP faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning ishlarini tashkil etadi va oilaviy poliklinikalar faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi;
Toshkent shahri sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga hisobotlar taqdim etadi.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
14. Aholi biriktirilgan TMKTPda asosiy faoliyatni tegishli ixtisoslik boʻyicha diplomga (sertifikatga) ega boʻlgan mutaxassislar va patronaj hamshiralari olib boradilar.
5-bob. TMKTPning moliya-xoʻjalik faoliyati
15. TMKTPning moliya-xoʻjalik faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Quyidagilar TMKTPni moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
poliklinikaning joriy faoliyatini saqlab turishga, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek poliklinikaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
xayriya ehsonlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari;
pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
17. Hisobot yili oxirida TMKTP hisob raqamlarida qolgan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi hamda ulardan TMKTPning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantirish uchun foydalaniladi.
6-bob. TMKTPning hisob-kitobi va xisoboti
18. TMKTP belgilangan tartibda, davriy asosda statistika va buxgalteriya hisobi va hisobotini amalga oshiradi.
19. TMKTP oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida qonunchilikda boʻlgan muddatlarda hisobot va boshqa axborotlar taqdim etadi.
20. TMKTPning mudiri tuman boʻyicha tibbiy hisob-kitob va hisobotlarning yuritilishi uchun javob beradi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
21. TMKTPni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qaroriga 4-ILOVA
Toshkent shahridagi tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qaroriga 5-ILOVA
Toshkent shahrining birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami, tez tibbiy yordam muassasalari hamda statsionar tibbiyot tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish mexanizmini va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish muassasalarining Toshkent shahrida joylashgan tez tibbiy yordam xizmati hamda statsionar tibbiyot tashkilotlari bilan oʻzaro aloqasini belgilaydi.
2-bob. Oilaviy poliklinikalar huzuridagi tez tibbiy yordam punktlari faoliyatini tashkil etish
2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va aholi biriktirilgan oilaviy poliklinikalar hamda markaziy tuman koʻp tarmoqli poliklinikalari (keyingi oʻrinlarda poliklinikalar deb ataladi) va boshqa tibbiyot tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda integratsiyalashtirilgan tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida ish kunlarida soat 8-00dan 20-00gacha boʻlgan davrda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish va poliklinikalar huzurida tez tibbiy yordam berish punktlari tashkil etish yoʻli bilan kecha-kunduz rejimida birlamchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun ikkita maxsus avtotransport vositasi ajratiladi.
3. Oilaviy poliklinikalarda chaqiruvga boruvchi brigadalar va biriktirilgan maxsus avtotransport vositasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
4. Maxsus avtotransport vositasi “Toshkent shahri sogʻliqni saqlash Bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi korxonasi” davlat korxonasi tomonidan ajratiladi, korxona avtotransportni saqlab turishni, unga texnik va servis xizmati koʻrsatishni taʼminlaydi.
Poliklinikaga biriktirilgan maxsus avtotransport vositalariga ular xizmat koʻrsatadigan poliklinikalarning nomi, telefon rakamlari yozib qoʻyiladi.
Poliklinikalar huzurida tez tibbiy yordam berish punktlarida xizmat koʻrsatish uchun tez tibbiy yordamning chaqiruvga boruvchi brigadalari tibbiy xodimlarini ajratish Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasi tomonidan taʼminlanadi.
5. Tez tibbiy yordam brigadalarining maxsus avtotransport vositasi harakatini nazorat qilish Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam koʻrsatish stansiyasi va tuman kichik stansiyalari dispetcherlari tomonidan taʼminlanadi.
Poliklinika huzuridagi tez tibbiy yordam punktida chaqiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun maxsus xonalar ajratiladi, ular chaqiruvlarni qabul qilish uchun sharoitlar bilan taʼminlanadi.
6. Poliklinika xizmat koʻrsatadigan hudud, tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun brigadalar soni, biriktirilgan aholi soniga bogʻliq holda, Toshkent shahri sogʻliqni saqlash Bosh boshqarmasi qarori bilan belgilanadi.
7. Poliklinikalar huzuridagi tez tibbiy yordamning chaqiruvga boruvchi brigadalarini dori vositalari va sarflash materiallari bilan taʼminlash belgilangan tartibda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xuzuridagi Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, tez tibbiy yordam va Toshkent shahri tibbiyot tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi
8. Zarur tibbiy yordam koʻrsatish va tibbiyot tashkilotlar oʻrtasida axborot almashishni taʼminlash birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish muassasalari va tez tibbiy yordam xizmati muassasalari oʻrtasida tez tibbiy yordam chaqiruvlariga xizmat koʻrsatish axborotlari bilan almashish sxemasiga muvofiq taʼminlanadi.
9. Tez tibbiy yordam chaqiruvlarini qabul qilish Toshkent shahri tez tibbiy yordam dispetcherlik stansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Shifoxonaga joylashtirishni rad etgan yoki tibbiyot tashkilotlariga joylashtirilgan ogʻir bemorlar toʻgʻrisidagi axborot oilaviy shifokorga biriktirilgan bemorning ahvolini keyinchalik nazorat qilib borishni taʼminlash uchun oilaviy poliklinikaga beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
11. Bemorning ahvolidan kelib chiqqan holda, statsionarda davolash zarur boʻlganda tez tibbiy yordam xizmati uni joylashishi boʻyicha tegishli tibbiyot tashkilotiga olib boradi.
12. Chaqiruvga boruvchi brigadalar ishlarini tashkil etish, chaqiruvlarni bajarish natijalari, shuningdek tibbiy hisobga olish-hisobot hujjatlarini yuritish, bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi ishonchli hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan masʼuliyat Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasining bosh vrachi zimmasiga yuklanadi.
4-bob. Aholi oʻrtasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish muassasalari tomonidan profilaktika tadbirlarini va patronaj ishlarini amalga oshirish
13. Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish uchun oilaviy poliklinikaga biriktirilgan maxsus avtotransport vositasidan ish vaqtida quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarga, yolgʻiz keksalarga, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyiga borib yordam koʻrsatish, shuningdek tibbiy yordam koʻrsatish, mutaxassislar konsiliumini oʻtkazish, laboratoriya tadqiqotlari uchun materiallarni bemor xonadoniga olib borish va instrumental tekshiruvlar oʻtkazish;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
bolalarga, homilador ayollarga faol patronaj xizmati koʻrsatish, uyida statsionar tashkil etish;
bemorlarni, shu jumladan homilador ayollarni tegishli tibbiyot tashkilotlariga olib borish.
14. Patronaj va profilaktika tadbirlarining tashkil etilishi poliklinika bosh vrachining davolash masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan nazorat qilinadi.
15. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun xonadonga chaqiruvlarga xizmat koʻrsatishda dori vositalari, sarflash materiallari, tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, standart formulyarlardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Bosh tibbiy hamshira dori vositalari, tibbiy sarflash materiallari bilan taʼminlash uchun masʼul hisoblanadi.
16. Bajarilgan tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tibbiy hisobga olish hujjatlarida, belgilangan tartibda qayd etiladi.
17. Tibbiyot tashkilotida davolangan bemorning kasallik tarixidan koʻchirma keyinchalik uni biriktirilgan oilaviy poliklinikaga berish uchun uch kun muddatda tegishli tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasiga topshiriladi.
18. Kasallik tarixidan koʻchirma olingach, u bemorning umumiy holatini dinamik kuzatib borish, standartlarga muvofiq sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, zarurat boʻlganda, bemorning xonadoniga vaqti-vaqti bilan borish uchun oilaviy shifokorga beriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
20. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qaroriga 5a-ILOVA
Tez tibbiy yordam chaqiruvlariga xizmat koʻrsatish hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, statsionar tibbiyot tashkilotlari va tez tibbiy yordam xizmati oʻrtasida axborot ayirboshlash
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qaroriga 5b-ILOVA
Tez tibbiy yordam chaqiruvlariga xizmat koʻrsatish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qaroriga 5v-ILOVA
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, statsionar tibbiyot tashkilotlari va tez tibbiy yordam xizmati oʻrtasida axborot ayirboshlash
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qaroriga 6-ILOVA
Toshkent shahri birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, shuningdek ularni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga biriktirish
Poliklinika
Yuridik manzili
Oʻzini oʻzi boshqarish organining nomi
Mirobod tumani
7-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
1-son oilaviy poliklinika
Chexov koʻchasi, 6-uy
Movarounnahr
Mingoʻrik
Afrosiyob
Avloniy
Mirobod
Yangi Mirobod
Salar
Farovon (Oʻzbekiston)
Lolazor (Bogʻishamol)
At-Termiziy
Sharof Rashidov
Oybek
Baynalminal
2-son oilaviy poliklinika
Qoʻyliq 3-mavzesi, 29a-uy
Oltinkoʻl
Qorasuv
Yangi Qoʻyliq
Tolariq
Ziyonur (Olmazor)
Yuksalish (Mustaqillik)
Oq uy
Fayziobod
Bilimdon
Chinor
Parvona
Qoʻyliqota
Baratxoʻja
Bayot (Matonat)
3-son oilaviy poliklinika
8-mart koʻchasi, 58-uy
Tong yulduzi (Sharq Yulduzi)
Yangi zamon
Istiqlolobod
Inoqobod
Temiryoʻlchilar
Furqat
Fitrat
Banokotiy
Birodarlik
Navroʻz
Zaminobod (Doʻstlik)
Sarakoʻl
Mirzo Ulugʻbek tumani
5-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
4-son oilaviy poliklinika
Qalandar koʻchasi, 2-uy
Guliston
Olmachi
BIY
Sayram
Alpomish
Boʻz-2
Elobod
Oliy himmat
5-son oilaviy poliklinika
Pushkin koʻchasi, 42-uy
Shahrisabz
Nur
Oqibat
Lashkarbegi
Mustaqillik
Salar
6-son oilaviy poliklinika
M. Terez koʻchasi, 10-uy
Kamolot
Munavvarqori
Ahillik
Uygʻonish
Azamat
Shalola
Beshkapa
Traktorsozlar
Yuzrabot
Ahmad Yugnakiy
Al-Farobiy
Humoyun
7-son oilaviy poliklinika
Raxmatullin koʻchasi, 218-uy
Shahriobod
H. Abdullayev
Bahor
Umid
Olimlar
Katta Yalangʻoch ota
Feruza
Navnihol
8-son oilaviy poliklinika
Matqobulov koʻchasi, 40-uy
Shukur Burxon
Alisher Navoiy
Katta Qorasuv
Katta Oltintepa
Navroʻz
Avayxon
Yangi avayxon
Gulsanam
Sultoniya
Chimyon
Shoʻrtepa
Oltin tepa-10
Nodirabegim
Yalangʻoch
9-son oilaviy poliklinika
Pushkin koʻchasi, 79-uy
Turon
Oqqoʻrgʻon
Darxon
M. Ismoiliy
H. Olimjon
Ulugʻbek qoʻrgʻonchasi
Sirgʻali tumani
8-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika
Sputnik-5, 24-uy
Al-Fargʻoniy
Viqor
Yoʻldosh
Yerqin hayot
Chorbogʻ
Charogʻon
Doʻstlik
Navqiron
Olchazor
Daryo boʻyi
Xonobod
Quruvchilar
Nilufar
Sofdil
Olchazor
Ittifoq
10-son oilaviy poliklinika
Shokir ariq koʻchasi, 18-uy
Habibiy
Mehrigiyo
Madadkor
Ziynat
Ezgulik
Yangi Sergeli
Sohibqiron
Nurhayot
Oʻzgarish
Sahovat
Qipchoq
11-son oilaviy poliklinika
Choshtepa koʻchasi, 147-uy
Choshtepa
Navoiy
Noʻgʻayqoʻrgʻon
12-son oilaviy poliklinika
Qoʻyliq mavzesi, 5-daha, 28-uy
Shukrona
Ziyokor
Xalqobod
Madaniyat
Asrobod
Qoʻshqoʻrgʻon
13-son oilaviy poliklinika
Aviasozlar shaharchasi, 130-uy
Uchuvchilar
Oltin vodiy
Qumariq
Olmazor tumani
2-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
14-son oilaviy poliklinika
Sagʻbon koʻchasi, 1-uy
Eski shaxar
Qoʻshtut
Chustiy
Chigʻatoy Darboza
Hofiz Kuxakiy
Guzarboshi
Xastimom
Ismoil Shoshiy
15-son oilaviy poliklinika
Kalanov koʻchasi, 1-uy
Istiqbol
Boʻston
Shodiyona (Shodlik)
Tepaguzar (Obod)
Tabassum
Gʻalaba
Umid
Gʻ. Gʻofurov
Paxta
Olimpiya
16-son oilaviy poliklinika
M. Karimov koʻchasi, 6-uy
Jiydali
Xislat
Beruniy
Shifokor
Olimpiya
Mirzo Gʻolib
Chigʻatoy oqtepa
17-son oilaviy poliklinika
Sagʻbon koʻchasi, 225-uy
Ziyo
Chimboy
Guzarboshi
Gʻaʼni Aʼzamov
Achaobod
Guruchariq
Boʻston
Istiqlol
Universitet
18-son oilaviy poliklinika
Beruniy koʻchasi, 371-uy
Quyosh (A. Navoiy)
Chigʻatoy Oqtepa
Orzu (Beruniy)
Universitet
Mirzo Gʻolib
Aplon
Chustiy
Ziyo
19-son oilaviy poliklinika
Gʻ. Gʻulom koʻchasi, 271-uy
Chiltugʻon
Xonchorbogʻ
Miskin
Namuna
Guruchariq
Xazrati Imom (Istiqlol)
Qorasaroy
Sebzor
Yuqori Sebzor
Yangi Sebzor
20-son oilaviy poliklinika
Qoraqamish 1/2, 2-uy
Qichqiriq
Islomota
Taraqqiyot
Oltinsoy (Navbahor)
Chuqursoy
Gulsaroy (Doʻstlik)
Ibrohimota
Gulzor
Miskin
21-son oilaviy poliklinika
General Gʻofurov koʻchasi, 159-uy
Paxta
Moyariq
Yangi Toshkent
Gulzor
Nihol
Ahil
Beshqoʻrgʻon
Shon-shuhrat
Mustaqil
Yoshlik
Chamanbogʻ
Uchtepa tumani
4-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika
Chilanzor, 25-mavze, 47-uy
Katta Qaʼni
Qoziguzar
Vatan
Nayman
Choʻlponota
Vatanparvar
Nurobod
Hamdoʻst
Shirin
A. Sogʻuniy
Diydor
Al-Xorazmiy
Diyorobod
Foziltepa
Oʻrikzor
Zarafshon
Koʻksaroy
22-son oilaviy poliklinika
Z. Said koʻchasi, 237-uy
Sharq guli
Bogʻichinor
Taqachi
Uchtepa
Oqmachit
Quyi Darxon
Xurshid
Shaftolizor
Hojiobod
Bekobod
Istirohat
Xondamir
Zulfizar
Jarbuloq
Oʻtkir
Ibrat
Besh qayragʻoch
Qor yogʻdi
Koʻrkamobod
23-son oilaviy poliklinika
Sakkokiy koʻchasi, 4a-uy
Koʻkcha oqtepa
Abdulla Qodiriy
Davlatobod
Latif Guzar
Xayratiy
24-son oilaviy poliklinika
Chilonzor, 11-mavze, 1v-uy
Koʻrgʻontepa
Xuroson
Tinchlikobod
Farhod
Zargarlik
Tepaqoʻrgʻon
25-son oilaviy poliklinika
Chilonzor, 14-mavze, 17-uy
Koʻxna chopon
Bogʻiston
Bogʻobod
Birlik
Guzar
26-son oilaviy poliklinika
U. Zufarov koʻchasi, 14a-uy
Paxtakor
Nishob ariq
Shofayzbogʻ
Degrez
Sharq yulduzi
Bogʻichinor
Koʻkcha Oqtepa
Yashnobod tumani
3-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika
Maxtumquli koʻchasi, 2-uy
Boyqoʻrgʻon
Toʻytepa
Choʻlpon
Semurgʻ
Istiqlol
Doʻstobod
Fidoiylar
Mashinasozlar
27-son oilaviy poliklinika
Jarqoʻrgʻon koʻchasi, 7-berk koʻcha, 3-uy
Yangi davr
Asalobod
Jarqoʻrgʻon
Beshbola
Koʻksaroy
M. Ashrafiy
Alimkent
Maxmur
28-son oilaviy poliklinika
Shohsanam koʻchasi, 2-tor koʻcha, 2-uy
Dilbogʻ
Xosiyatli
Yangiqoʻrgʻon
Donishmand
Oydinkoʻl
Iltifot
Shohimardon
Shohsanam
Katta Yangiobod
Behizor
Tarnovboshi
Yanginur
Nodira
29-son oilaviy poliklinika
Fargʻona yoʻli koʻchasi, 543-uy
Katta Qoʻyliq
Iqbol
Uysozlar
Qoʻyliqobod
Mumtoz
Oʻrta masjid
Bunyodkor
30-son oilaviy poliklinika
Birlashgan koʻchasi, 8-uy
Fazogir
Barkamol
Dilbogʻ
Parvoz
Navroʻzobod
Birlashgan
Beshariq
Yashnobod
Aviasozlar
31-son oilaviy poliklinika
Lisunov koʻchasi, 4-mavze, 29-uy
Olmos
Vatandosh
Amir Temur
Goʻzal
Tong
Tuzel
Mohinur
Al-Buxoriy
32-son oilaviy poliklinika
Musaxonov koʻchasi, 8-uy
Shirinobod
Asalobod
Joʻrabek
A. Yassaviy
Maʼrifat
Boysun
Chilanzor tumani
9-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
33-son oilaviy poliklinika
Farhod koʻchasi, 7-uy
Katta Qozirobod
Uybirobod
Gavhar
Navbahor
Beshqoʻrgʻon
Tirsakobod
34-son oilaviy poliklinika
Chilonzor, 2-mavze, “B” uy
1-Charx kamolon
Katta Chilonzor-1
Katta Chilonzor-2
Katta Chilonzor-3
Novza
Chilonzor
Katta Qozirobod
35-son oilaviy poliklinika
Chilonzor, 20-mavze, 4a-uy
Botirma
Mehr�on
Kichik xirmontepa
Xirmontepa
Shuxrat
Katta xirmontepa
Yakkatup
Boʻrijar
Xayrobod
Xontoʻpi
Sharq tongi
36-son oilaviy poliklinika
Muqimiy koʻchasi, 142-144-uy
2-Charx kamolon
3-Charx kamolon
Beshchinor
Katta olmazor
Beshyogʻoch
37-son oilaviy poliklinika
Tursunqulov koʻchasi, 1-uy
Bogʻzor
Oqtepa
Lutfiy
Qatortol
Nafosat
Qatortol-1
Koʻtarma
Choʻponota
Xalqlar doʻstligi
Dilobod
38-son oilaviy poliklinika
Algoritm mavzesi, 18-uy
Sharof
Sharq
Guliston
Bektoʻpi
Bahoriston
Al-Xorazmiy
Sharq tongi
39-son oilaviy poliklinika
Naqqoshlik koʻchasi, 7a-uy
Katta Uyrabod
Naqqoshlik
Mevazor
2-Qatortol
Yakkabogʻ
Zarqoʻrgʻon
Navbahor
Shayxontohur tumani
1-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika
Uygʻur koʻchasi, 305-uy
Katta hovuz
Oq ilon
Koʻkcha darvoza
Shofoyiz
Sarxumdon
Yangi shahar
Mannon Uygʻur
Koʻkcha
Suzuk ota
40-son oilaviy poliklinika
Ibn Sino mavzesi, 1-uy
Ibn Sino
Shodlik
Yangi Jarariq
Katta Jarariq
Beltepa
Yangi Beltepa
41-son oilaviy poliklinika
Ipakchi koʻchasi, 75-uy
Ipakchi
Eski Jarariq
Oʻzbekiston
Zafarobod
Koʻkcha
42-son oilaviy poliklinika
Z. Qobilov koʻchasi, 14a-uy
Taxtapul
Jangoh
Labzak
Miskin
Koʻxota
43-son oilaviy poliklinika
Gulxaniy koʻchasi, 12-uy
Katta oq tepa
Mannon Uygʻur
Kattabogʻ
Samarqand Darvoza
Beshyogʻoch koʻchasi, 1-uy
Olimxoʻjayev
Kamolon
Kamolon darvoza
Yangi kamolon
Eshonguzar
Yangiobod
44-son oilaviy poliklinika
Bogʻ koʻchasi, 35-uy
Koʻkcha mahallasi
Obinazir mahallasi
Bogʻkoʻcha mahallasi
Gulobod mahallasi
Sarxumdon mahallasi
Yangi shahar mahallasi
45-son oilaviy poliklinika
Xuvaydo koʻchasi, 45-uy
Xuvaydo
Boʻston
Oʻzbekiston
Zafarobod
Tinchlik
Ilgʻor
Jarariq
46-son oilaviy poliklinika
Samarqand Darvoza koʻchasi, 1-uy
Samarkand darvoza
Novza
Olim Xoʻjayev
Zangiota
Yangiobod
47-son oilaviy poliklinika
S-14-mavze, 17a-uy
Chaqar mahallasi
Chorsu mahallasi
Qoratosh mahallasi
Gulbozor
48-son oilaviy poliklinika
Abay koʻchasi, 5-uy
Shayxontohur
Xadra
Oʻrda
Jangoh
Oʻqchi
Olmazor
Yunusobod tumani
6-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika
Yunusota koʻchasi, 2-uy
Muruvvat
Ahmad Donish
Begʻubor
Oʻzbekiston mustaqilligi
Yangihayot
Shoshtepa
Uvaysiy
Yurtobod
Xalqobod
Bobodehqon
49-son oilaviy poliklinika
K. Zaripov koʻchasi, 14-uy
Otchopar 1
Otchopar 2
Oqtepa
50-son oilaviy poliklinika
Markaz 6-mavzesi, 120-uy
Minor
M. Ulugʻbek
Sh. Shivli
Xiyobontepa
Firdavsiy
Turkqoʻrgʻon
Bodomzor
Usta Shirin
51-son oilaviy poliklinika
A. Temur koʻchasi, 117-uy
Anorzor
Shahriston
Gʻayratiy
Usta Shirin
Yangi Ariq
Iftixor
Billur
Husniobod
Jomiy
Adolat
52-son oilaviy poliklinika
Yunusobod 7-mavze, 28a-uy
Billur
Adolat
Qoʻshchinor
Mingchinor
Yoʻl ayriq
Turkiston
Astrobod
Tiklanish
Islombod
Sobirobod
Uch qahramon
Hasanboy
Sharq haqiqati
Hamkorobod
Nurmakon
Kattahasanboy
53-son oilaviy poliklinika
Markaz 4-mavzesi, 24a-uy
Qashqar
Matonat
Buyuk Turon
Minor
54-son oilaviy poliklinika
Markaz 3-mavzesi, 17-uy
Bogʻishamol
Akbarobod
Yangiobod
Yunusobod
Kulol Qoʻrgʻon
Ahilobod
Bogʻieram
55-son oilaviy poliklinika
S-17 mavzesi, 3-uy
Qadrdon
Sevinch
Yunusota
Begʻubor
Mehnatobod
56-son oilaviy poliklinika
Oqqoʻrgʻon koʻchasi, 42-uy
Obod
Firdavsiy
Boʻz suv
Posira
Yangi Tarnov
Bogʻiboʻston
Bodomzor
Bektemir tumani
12-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika
Vodnik mavzesi, 75-uy
Abay
Bektemir
Binokor
Majnuntol
Mirishkor
Zilola
Rohat
H. Boyqaro
Oltin Topgan
Nurafshon
Chashma
Iqbol
Yakkasaroy tumani
10-son tez tibbiy yordam kichik stansiyasi
57-son oilaviy poliklinika
Bobur koʻchasi, 6-uy
A. Avloniy
Tepa
Oʻrikzor
Rakat
Y. Rajabiy
Turkiston
58-son oilaviy poliklinika
A. Qahhor koʻchasi, 44-uy
Bobur
Abdulla Qahhor
Armugʻon
Damariq
Muhandislar
59-son oilaviy poliklinika
U. Nosir koʻchasi, 75a-uy
Yakkasaroy
Meros
Toʻqimachi
Muqimiy
Muhandislar
Qushbegi
Dilbuloq
Boshliq
Armugʻon
Rakat
Shohjahon
60-son oilaviy poliklinika
Shota Rustaveli koʻchasi, 32-uy
Konstitutsiya
X. Sulaymonova
Y. Rajabiy
Bogʻisaroy
U. Nosir
Izoh: Toshkent shahri hokimligi, zaruratga koʻra, ushbu biriktirishga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga haqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qaroriga 7-ILOVA
Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasb masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarining muvofiqlashtirilishini va ularning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha maxsus komissiya
TARKIBI
1.
Yusupaliyev B.K.
—
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, maxsus komissiya raisi
2.
Usmanov R.J.
—
Toshkent shahri hokimi, maxsus komissiya raisining oʻrinbosari
3.
Xadjibayev A.M.
—
Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bosh direktori
4.
Lavozimiga koʻra
—
Toshkent shahri sogʻliqni saqlash Bosh boshqarmasi boshligʻi
5.
Lavozimiga koʻra
—
Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika yordamini tashkil etish Bosh boshqarmasi boshligʻi
6.
Sodiqov M.F.
—
Sogʻliqni saqlash vazirligining onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi
7.
Lavozimiga koʻra
—
Sogʻliqni saqlash vazirligining kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi
8.
Sultanov D.T.
—
Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasi bosh vrachi
9.
Azimov P.P.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi, maxsus komissiyaning masʼul kotibi.
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 459-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)