

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3227042" id="onLBC-3227042">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6349"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;</span></div><div id="LBC7462"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3227042" id="onLS-3227042">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;</span></div><div id="LS3791"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3227046" id="-3227046">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3227047" id="-3227047">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3227048" id="-3227048">Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3227049" id="-3227049"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227050" id="-3227050">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son <a href="/mact/-3211386">qarori</a> bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturining amalda bajarilishini samarali tashkil etish, yoshlarning ijtimoiy muhofaza qilinganligining ishonchli kafolatlari taʼminlanishini davom ettirish, davlat organlarining barcha sohalarini respublikaning ishonchli, gʻoyaviy yetuk va vatanparvar fuqarolari bilan toʻldirish, shuningdek muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227052" id="-3227052">1. Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tashkil etilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227053" id="-3227053">Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227054" id="-3227054">fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227055" id="-3227055">fuqarolarni ishga joylashtirishga taalluqli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni, shuningdek fuqarolarning bandligini taʼminlash boʻyicha vazifalarni oʻz vaqtida amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejalarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227056" id="-3227056">Respublika komissiyasining aʼzolari, hududiy komissiyalar, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahri, tuman va shaharlar rahbarlarining fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227057" id="-3227057">fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha hududiy komissiyalarning kelishilgan ishlarini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227058" id="-3227058">Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlarda fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha ishlarning holati va natijadorligi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish hamda, zarurat tugʻilganda, uni yaxshilashga doir aniq tadbirlar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227059" id="-3227059">fuqarolarni ishga joylashtirishning holati yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi hududiy komissiyalar, vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227060" id="-3227060">muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kredit olishiga keng imkoniyatlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227061" id="-3227061">joriy yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarning umumiy soni toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan axborot asosida ish oʻrinlarini band qilishni tashkillashtirish (har yili sentabr oyida — oliy maʼlumotga ega boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun, fevral oyida — qolgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227062" id="-3227062">fuqarolarni ishga joylashtirish uchun har chorakda seminarlar, davra suhbatlari va boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227064" id="-3227064">2. Belgilansinki, Respublika komissiyasi oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227065" id="-3227065">3. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227066" id="-3227066">muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi <a href="/mact/-3227042#-3227113">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227067" id="-3227067">muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha hududiy komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) namunaviy tarkibi <a href="/mact/-3227042#-3227121">2-ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227068" id="-3227068">4. Quyidagilar:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7842471" id="edi-7842471"><a href="/mact/-3227042?ONDATE=13.06.2017 00#-3227070">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7842471" id="-7842471"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7842473" id="-7842473">Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — Respublika komissiyasining;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7842475" id="-7842475">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli <a href="/mact/-7820191?ONDATE=10.11.2025 00#-7822480">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227071" id="-3227071">mehnat boʻyicha hududiy organlar — hududiy komissiyalarning ishchi organi etib belgilansin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3227072" id="-3227072"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7844274" id="edi-7844274"><a href="/mact/-3227042?ONDATE=13.06.2017 00#-7844273">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7844274" id="-7844274"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7844276" id="-7844276">5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — Respublika komissiyasining ishchi organi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7844278" id="-7844278">(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli <a href="/mact/-7820191?ONDATE=10.11.2025 00#-7822480">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227074" id="-3227074">ikki hafta muddatda komissiyalar majlislarini oʻtkazish jadvalini, ularning ish reglamentini tasdiqlasin, kelgusida komissiyalar protokol qarorlarining oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni belgilangan muddatlarda amalga oshirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227075" id="-3227075">fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha vazifalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlovchi amaliy chora-tadbirlar rejasi bajarilishi yuzasidan muntazam va sifatli monitoringni amalga oshirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227076" id="-3227076">muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni hududiy mehnat bozorini puxta tahlil qilish asosida, ishga joylashtirishni va qayta oʻqitishni tashkil etsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227077" id="-3227077">muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirishda mutaxassisligi boʻyicha maqsadli yoʻnaltirishni amalga oshirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227078" id="-3227078">har chorakda (hisobot choragi oxirgi oyining 25-kunidan kechikmasdan) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha bajarilgan tadbirlar toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227079" id="-3227079">6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227080" id="-3227080">ushbu qaror bilan tasdiqlangan hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibiga muvofiq ularning shaxsiy tarkibini va ular toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda tasdiqlasinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227081" id="-3227081">hududiy komissiyalar ishlarini samarali tashkil etsinlar va kelgusida ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227083" id="-3227083">muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtagan fuqarolarning ishga joylashtirilishi monitoringini tashkil etsinlar, keyinchalik ularga davlat tashkilotlarida ishga joylashtirishda koʻmaklashishni taʼminlash maqsadida unda zarur maʼlumotlarning (familiyalari boʻyicha roʻyxati, ish joyi, mehnat sharoitlari va ijtimoiy muhofazasi) toʻliq qamrab olinishiga alohida eʼtibor bersinlar;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7206702" id="-7206702"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-78717">Qonuni</a><em>.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227084" id="-3227084">muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarning samarali ishga joylashtirilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227085" id="-3227085">har chorakda kamida bir marta tuman va shaharlarda fuqarolarni ishga joylashtirish masalalarida olib borilayotgan ishlar boʻyicha va koʻrsatilayotgan amaliy yordamlarning haqiqiy natijadorligini oʻrnatsinlar va tahlil qilsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227086" id="-3227086">mehnat bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarni kasb tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227087" id="-3227087">istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik vakillari bilan tajriba almashish boʻyicha muntazam uchrashuvlar tashkil etsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227088" id="-3227088">har oyda kamida bir marta muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari boʻyicha fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida targʻibot-tushuntirish ishlarini tashkil qilsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227090" id="-3227090">har chorakda kamida bir marta vakant ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazishni tashkil etsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227091" id="-3227091">7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tuman va shaharlar mudofaa ishlari boʻlimlari orqali har yili hududiy komissiyalarga quyidagilarning taqdim etilishini taʼminlasin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227092" id="-3227092">mart oyida — muddatli harbiy xizmatni belgilangan muddatlarda oʻtagan rezervga boʻshatilgan fuqarolarning, shuningdek har oyda — safarbarlik chaqiruv rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarning familiyalar boʻyicha roʻyxatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227093" id="-3227093">1-maygacha — keyingi yilga ish oʻrinlarini rezerv qilib qoʻyish uchun joriy yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarning umumiy soni toʻgʻrisidagi axborot. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3227094" id="-3227094"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3355140" id="-3355140">8. “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi va Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Markaziy kengashi bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227095" id="-3227095">yoshlarni buzgʻunchi kuchlar, giyohvandlik, alkogolizm va boshqa salbiy hodisalar taʼsiridan muhofaza qilish maqsadida ular bilan faol tarbiyaviy-maʼrifiy, tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borsin, ularni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgartirishlarda ishtirok etishga keng jalb etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227096" id="-3227096">muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun “Yosh tadbirkor — mamlakatimiz tayanchi”, “Mening biznesim — mening gʻoyam”, “Yosh tadbirkor — mamlakat kelajagi zamini” va shu kabi biznes-loyihalarda ularning faol ishtirokini taʼminlash ishlarini oʻtkazsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227097" id="-3227097">ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda doimiy asosda xizmat boʻyicha koʻtarilishning ishonchli zamini sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilishning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227099" id="-3227099">yoshlar oʻrtasida mehnatga joylashtirishning, shuningdek muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan, ijtimoiy-foydali mehnat bilan band boʻlmagan fuqarolarni oʻz vaqtida aniqlash boʻyicha faol targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirsin, kelgusida ularni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227100" id="-3227100">muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda, yoshlarni ishga joylashtirishni tashkil etish faoliyati yuzasidan taʼsirchan monitoringni amalga oshirishda faol ishtirok etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227101" id="-3227101">yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga va oʻz xalqiga xizmat qilish, mehnatsevarlik, mamlakatni gullab-yashnatishda, uning iqtisodiyotini izchil rivojlantirishda, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdan astoydil manfaatdorlik, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun shaxsiy masʼuliyat ruhida tarbiyalash ishlarini amalga oshirsin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3227102" id="-3227102"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7844281" id="edi-7844281"><a href="/mact/-3227042?ONDATE=13.06.2017 00#-7844280">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7844281" id="-7844281"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7844283" id="-7844283">9. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7844287" id="-7844287">(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli <a href="/mact/-7820191?ONDATE=10.11.2025 00#-7822480">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227103" id="-3227103">muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni mamlakat iqtisodiyotining ishonchli zamini hisoblanadigan kichik va xususiy tadbirkorlik bilan shugʻullanishga keng jalb etishga koʻmaklashsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227104" id="-3227104">muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlash va ularni oʻqitishni tashkil etish masalalari boʻyicha axborot va konsultatsiya yordami berishni tashkil etsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4655955" id="edi-4655955"><a href="/mact/-3227042?ONDATE=13.06.2017 00#-3227105">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4655955" id="-4655955">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli <a href="/mact/-4643195#-4647110">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227106" id="-3227106">11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3227107" id="-3227107">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3227108" id="-3227108">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3227109" id="-3227109">2017-yil 2-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3227111" id="-3227111">339-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3227112" id="-3227112"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3227113" id="-3227113">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 339-son <a href="/mact/-3227042">qaroriga</a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3227115" id="-3227115">Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini ishga joylashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3227116" id="-3227116">TARKIBI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3227117" id="-3227117"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7844289" id="edi-7844289"><a href="/mact/-3227042?ONDATE=18.09.2017 06#-3355202">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7844289" id="-7844289"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7844291" id="-7844291"><table border="0" cellpadding="0" cellspacing="0" style="BACKGROUND: white; BORDER-COLLAPSE: collapse" width="100%"><tbody><tr><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="16%"><p>Aripov A.N.</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="2%"><p align="center">—</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="80%"><p>Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, <i>Respublika komissiyasi raisi</i></p></td></tr><tr><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="16%"><p>Azimov R.S.</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="2%"><p align="center">—</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="80%"><p>Bosh vazir oʻrinbosari, <i>Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari</i></p></td></tr><tr><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="16%"><p>B.E. Zaxidov</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="2%"><p align="center">—</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="80%"><p>kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, <i>Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari — ishchi organ rahbari</i></p></td></tr><tr><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="16%"><p>Saliyev M.X.</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="2%"><p align="center">—</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="80%"><p>Mudofaa vazirining oʻrinbosari</p></td></tr><tr><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="16%"><p>Mirzayev A.Sh.</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="2%"><p align="center">—</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="80%"><p>Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari</p></td></tr><tr><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="16%"><p>Jalilov Sh.I.</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="2%"><p align="center">—</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="80%"><p>Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Markaziy kengashi raisi</p></td></tr><tr><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="16%"><p>Javlonov Sh.S.</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="2%"><p align="center">—</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="80%"><p>“Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi</p></td></tr><tr><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="16%"><p>Quranbayev Q.Q.</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="2%"><p align="center">—</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="80%"><p>Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi</p></td></tr><tr><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="16%"><p>Shayxov A.E.</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="2%"><p align="center">—</p></td><td style="BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #ece9d8" valign="top" width="80%"><p>Savdo-sanoat palatasi raisi</p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-7844293" id="-7844293">Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7844295" id="-7844295">(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli <a href="/mact/-7820191?ONDATE=10.11.2025 00#-7827562">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3227120" id="-3227120"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3227121" id="-3227121">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 339-son <a href="/mact/-3227042">qaroriga</a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3227122" id="-3227122">Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini ishga joylashtirish boʻyicha hududiy komissiyalarning</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3227222" id="-3227222">namunaviy tarkibi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3227123" id="-3227123"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227124" id="-3227124">1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari, Toshkent shahri hokimi, tuman va shaharlar hokimlari, hududiy komissiyalar raislari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227125" id="-3227125">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining, Toshkent shahri hokimining, tuman va shaharlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari, hududiy komissiyalar raislarining oʻrinbosarlari. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7844296" id="edi-7844296"><a href="/mact/-3227042?ONDATE=13.06.2017 00#-3227126">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7844296" id="-7844296"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7844299" id="-7844299">3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududiy organlari rahbarlari, ishchi organ rahbari.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7844302" id="-7844302">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli <a href="/mact/-7820191?ONDATE=10.11.2025 00#-7827563">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227127" id="-3227127">4. Mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227128" id="-3227128">5. Ichki ishlar boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlari.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3355244" id="edi-3355244"><a href="/mact/-3227042?ONDATE=13.06.2017 00#-3227129">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3355244" id="-3355244"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3355248" id="-3355248">6. Yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3355252" id="-3355252">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli <a href="/mact/-3344106?ONDATE=18.09.2017 06#-3344336">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227130" id="-3227130">7. Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi hududiy kengashlari raislari. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3227131" id="-3227131">8. “Mahalla” xayriya jamoat fondi hududiy kengashlari raislari.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3227132" id="-3227132">Izoh: hududiy komissiyalar aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi. </div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3233978" id="-3233978">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 466-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
