Xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga amal qilgan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 22-bandiga muvofiq:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana]
1. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
2. Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish uchun murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha belgilangan tartibda taklifni kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-may,
PF-5060-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5060-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana]
1. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — shaxslar) Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini inobatga olgan holda, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari hamda ushbu Nizomga muvofiq beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana]
2. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana oʻzining fuqaroligi boʻyicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy eʼtiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun taʼqib qilinayotgan yoki taʼqib qilishning jabrlanuvchisi boʻlishiga real tahdiddan, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaxslarga va ularning oila aʼzolariga beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxs va uning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklardan foydalanadi hamda majburiyatlarga ega boʻladi.
4. Agar shaxs:
Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat deb tan olinadigan harakat (harakatsizlik) uchun taqib qilinayotgan boʻlsa yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsad va prinsiplariga zid harakatlar sodir etishda aybdor boʻlsa;
ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan yoki unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va Oʻzbekiston Respublikasida ijro etilishi lozim boʻlgan sudning ayblov hukmi mavjud boʻlsa;
taʼqib qilinish xavfi boʻlmagan uchinchi davlatdan kelgan boʻlsa;
u taʼqib qilinmayotgan uchinchi davlatning fuqaroligiga ega boʻlsa;
bila turib yolgʻon maʼlumotlar bergan boʻlsa;
iqtisodiy, ekologik yoki ijtimoiy sabablarga koʻra, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar munosabati bilan fuqaroligi boʻyicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatiga qaytish imkoniyatiga ega boʻlmasa yoki qaytishni xohlamasa Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilmaydi.
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibi
5. Siyosiy boshpana qidirayotgan shaxs turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yoxud ushbu shaxsga fuqaroligi boʻyicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatga qaytish imkoniyatini bermaydigan holatlar vujudga kelgan paytdan boshlab yetti kun ichida oʻzi turgan joy boʻyicha hududiy ichki ishlar organlariga Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan shaklda yozma iltimosnoma bilan shaxsan murojaat qilishi kerak.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma (keyingi oʻrinlarda — iltimosnoma) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi bilan birgalikda uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan beriladi. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari iltimosnomasiga ularning notarial tasdiqlangan yozma roziligi ham ilova qilinishi lozim.
6. Iltimosnomada ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan holatlar bayon etilishi lozim.
Iltimosnomaga:
anketa-ariza — 2 ta nusxada;
tarjimai hol — 2 ta nusxada;
3,5x4,5 oʻlchamli 4 ta fotosurat;
Oʻzbekiston Respublikasining tibbiy muassasalaridan olingan tibbiy maʼlumotnoma;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi ilova qilinadi.
Iltimosnomaga ushbu masalaga taalluqli boʻlgan boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
7. Iltimosnoma, anketa-ariza hamda tarjimai holning barcha nusxalari iltimosnoma beruvchi shaxs tomonidan ular tuzilgan sana koʻrsatilgan holda imzolangan boʻlishi lozim. Agar shaxs oʻzining jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli iltimosnomani imzolay olmasa, iltimosnoma boshqa shaxs tomonidan imzolanishi mumkin, bu haqda ichki ishlar organlari tomonidan iltimosnomada iltimosnoma beruvchi uni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari koʻrsatilgan tegishli belgi kiritiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
8. Iltimosnoma ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha hujjatlarning iltimosnoma beruvchi shaxs tomonidan taqdim qilingan paytdan boshlab ijroga qabul qilingan hisoblanadi.
Iltimosnomani koʻrib chiqish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlganda, hududiy ichki ishlar organlari tomonidan 2 nusxada ish jildi ochiladi, ular barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana]
9. Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
10. Iltimosnoma koʻrib chiqilishi davrida murojaat etgan shaxsga 1-ilovaga muvofiq shakldagi maʼlumotnoma beriladi. Iltimosnoma boʻyicha qaror qabul qilinganidan soʻng maʼlumotnoma uni bergan organ tomonidan olib qoʻyiladi.
Maʼlumotnomani rasmiylashtirishda hududiy ichki ishlar organlari tomonidan iltimosnoma beruvchining qoʻl barmoq izlari va raqamli surati chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar biometrik maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun olinadi.
Maʼlumotnoma olgan shaxs maqomi boʻyicha tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tenglashtiriladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
11. Iltimosnoma beruvchi shaxs Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi masala hal qilingunga qadar bir oyda kamida ikki marta (har ikki haftada 1-martalik davriylikda) hududiy ichki ishlar organlarida qayd qilinib boriladi. Mazkur tartibga rioya etilmagan taqdirda hududiy ichki ishlar organlari holatlarga aniqlik kiritilguniga qadar materiallar rasmiylashtirilishini toʻxtatib turadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kelib tushgan iltimosnomani koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xulosalarini oladi, shundan soʻng barcha materiallarni shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish masalasi boʻyicha oʻzining xulosasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatida iltimosnomani koʻrib chiqishning umumiy muddati bir yildan oshmasligi lozim.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Iltimosnomani qoʻrib chiqish jarayonida ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan asoslar mavjudligi aniqlanganda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi iltimosnomani koʻrib chiqish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi va bu haqda iltimosnoma bergan shaxsga qaror qabul qilinganidan keyin yetti kun ichida xabar beradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
14. Iltimosnoma koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiya materiallarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
16. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana]
17. Iltimosnoma rad etilgan taqdirda shaxsga qabul qilingan qaror haqida xabar beriladi va uni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi rad qilingan shaxs iltimosnoma rad qilingan paytdan boshlab bir yildan keyin takroran murojaat etish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi farmonlarini ijro etish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi farmoni imzolangan kundan kuchga kiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy ichki ishlar organlari orqali iltimosnoma beruvchi shaxsni qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
20. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxsga, shuningdek uning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan shaxsning iltimosnoma bilan murojaat qilgan hududiy ichki ishlar organlari orqali 2-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma beriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana]
21. Hududiy ichki ishlar organi Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan shaxsga 5 yilgacha boʻlgan muddatga identifikatsiyalovchi ID-kartani rasmiylashtiradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyani yiliga 2-marta yarim yillik yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi farmonlarining ijrosi yuzasidan xabardor qilib boradi.
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpanani yoʻqotish asoslari va rasmiylashtirish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.02.00 Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish]
23. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxs quyidagi hollarda berilgan siyosiy boshpanani yoʻqotadi:
fuqaroligi boʻyicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatga oʻz ixtiyori bilan qaytganda;
boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqishda;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida siyosiy boshpanadan oʻz ixtiyori bilan voz kechganda;
Oʻzbekiston Respublikasining yoki boshqa davlatning fuqaroligini olganda.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.06.00 Siyosiy boshpana;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
24. Shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida berilgan siyosiy boshpana milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan, shuningdek agar, shaxs Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsad va tamoyillariga zid keluvchi faoliyat bilan shugʻullanayotgan boʻlsa yoxud u jinoyat sodir etgan va unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi shart boʻlgan ayblov hukmi mavjud boʻlsa, yoʻqotilishi mumkin.
Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida berilgan siyosiy boshpanasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyasi taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolangan kundan boshlab yoʻqotiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpanani yoʻqotgan shaxs eʼtiboriga yetkaziladi.
5-bob. Yakuniy qoida
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.04.00 Maʼmuriy javobgarlikning umumiy shartlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
25. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 230-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(OʻzR IIV M va FRBB ning hududiy organining shtampi)
Foto-surat 3,5 x 4,5
M.Oʻ.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisida GUVOHNOMA № ___________
Familiyasi:
Ismi:
Otasining ismi:
Tugʻilgan yili:
Tugʻilgan joyi:
Fuqaroligi:
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat: kim tomonidan berilgan / raqami /berilgan sanasi / amal qilish muddati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil _________dagi PF-____-sonli Farmoniga muvofiq unga Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berildi.
Siyosiy boshpana uning farzandlariga (vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslarga) ham berildi:
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Tugʻilgan sanasi
Qarindoshlik darajasi
Shaxsini tasdiqlovchi hujjati Kim tomonidan berilgan / raqami / berilgan sanasi / amal qilish muddati
Mazkur guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiyalovchi ID-kartani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
OʻzR IIV M va FRBB ning hududiy organi rahbari lavozimi, maxsus unvoni)
(imzo)
(F.I.Sh.)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 414-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)