Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5429-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3479-sonli qarori)”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tadbirkorlik subyektlarini noruda foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirishga yanada jalb etish jarayonlarini maqbullashtirish, uzoq hududlarda yangi ish joylarini yaratgan holda, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishni jadallashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 2-maydagi PQ–1524-sonli qarori bilan tashkil etilgan Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan Komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 2-maydagi PQ–1524-sonli qaroriga 2-ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.