1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlariga reklama toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish funksiyasi yuklansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda “maxsus tranzit hisob raqami” deb ataladi) undirilishi kerak.
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablagʻlar va jarimalar oyiga ikki marta (oyning 17-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablagʻlarning 80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga;
mablagʻlarning 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qaroriga asosan ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
2. “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari ijro etilishini taʼminlash 2-ilovaga muvofiq davlat boshqaruv organlariga va joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklansin.
Davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyatining koʻrsatib oʻtilgan organlari bir oy muddatda oʻzlarining amaldagi nizomlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
4. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda reklamani joylashtirish tartibini bir oy muddatda 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda amalga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga 2-ILOVA
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilishini taʼminlash yuklangan davlat boshqaruvi organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari
Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatining talablari
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni moddasi
Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi
1.
Telekoʻrsatuvlarda va radioeshittirishlarda; Ommaviy axborot vositalarida; Pochta joʻnatmalari, elektron aloqa vositalarida reklamalarning bir xil boʻlishini taʼminlash
Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
2.
Homiylar toʻgʻrisidagi axborotlar boʻyicha koʻrsatmalar Homiylar xizmatlaridan telekoʻrsatuvlarda va radioeshittirishlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik
Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Madaniyatvasportishlarivazirligi Oʻzbekiston MTRK
3.
Yashirin reklamalardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalarini nashr etuvchi vazirliklar va idoralar, mustaqil ommaviy axborot vositalari
6.
Tashqi reklamalarni joylashtirish tartibini belgilash, tashqi joylashtirishni nazorat qilish Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamalarini tashqi joylashtirishni nazorat qilish
Ichki ishlar vazirligi (DAN); joylardagi davlat hokimiyati organlari
9.
Quyidagilarni reklama qilish uchun ruxsatnomalar berish: Voyaga yetmaganlar uchun dori-darmon vositalari; Gipnoz qilish va taʼsir koʻrsatishning ruhiy yoki bioenergiya usullaridan foydalangan holda davolash seanslari, shunga oʻxshash boshqa tadbirlar; Tibbiyot buyumlari, tibbiy texnikani, gigiyena, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya vositalari; Davolab boʻlmaydigan va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga nisbatan terapevtik natija. Tibbiyot muassasalari uchun moʻljallangan dori-darmonlarni reklama qilish tartibini belgilash, uning bajarilishini nazorat qilish
Quyidagilarni qoʻllash va sotish uchun tegishli ruxsatnomalar berish: Kosmetika vositalari, vitaminli va biologik faol oziq-ovqat qoʻshimchalari; Maishiy kimyo vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari
Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzstandart” agentligi
(2-ilovaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 6-son, 32-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 125-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 27-son, 191-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda, 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 44-45-son, 380-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 33-son, 863-modda)