1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlariga reklama to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish funksiyasi yuklansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda “maxsus tranzit hisob raqami” deb ataladi) undirilishi kerak.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablag‘lar va jarimalar oyiga ikki marta (oyning 17-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablag‘larning 80 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga;
mablag‘larning 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
2. “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari ijro etilishini ta’minlash 2-ilovaga muvofiq davlat boshqaruv organlariga va joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklansin.
Davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyatining ko‘rsatib o‘tilgan organlari bir oy muddatda o‘zlarining amaldagi nizomlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
4. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda reklamani joylashtirish tartibini bir oy muddatda 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda amalga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga 2-ILOVA
“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilishini ta’minlash yuklangan davlat boshqaruvi organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari
RO‘YXATI
T/r
Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatining talablari
“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni moddasi
Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi
1.
Teleko‘rsatuvlarda va radioeshittirishlarda; Ommaviy axborot vositalarida; Pochta jo‘natmalari, elektron aloqa vositalarida reklamalarning bir xil bo‘lishini ta’minlash
O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
2.
Homiylar to‘g‘risidagi axborotlar bo‘yicha ko‘rsatmalar Homiylar xizmatlaridan teleko‘rsatuvlarda va radioeshittirishlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalarini nashr etuvchi vazirliklar va idoralar, mustaqil ommaviy axborot vositalari, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari
6.
Tashqi reklamalarni joylashtirish tartibini belgilash, tashqi joylashtirishni nazorat qilish
Yer usti transport vositalarida: metropolitenda, vokzallarda, portlarda va aeroportlarda reklamalarni joylashtirish hamda tarqatishni nazorat qilish
Ichki ishlar vazirligi (DAN); joylardagi davlat hokimiyati organlari
9.
Quyidagilarni reklama qilish uchun ruxsatnomalar berish: voyaga yetmaganlar uchun dori-darmon vositalari; tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan dori-darmonlarni reklama qilish tartibini belgilash, uning bajarilishini nazorat qilish
Quyidagilarni qo‘llash va sotish uchun tegishli ruxsatnomalar berish: kosmetika vositalari, vitaminli va biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari; maishiy kimyo vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 6-son, 32-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 15-16-son, 125-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 27-son, 191-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda, 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 44-45-son, 380-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 33-son, 863-modda)