1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Soʻnggi yillarda farmatsevtika sohasida mahalliy dori vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilganligini taʼkidlab oʻtish lozim. 2010 — 2016-yillarda ushbu sohada 501,9 mln dollar investitsiya, shu jumladan, 135,6 mln dollar miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri chet el investitsiyalari oʻzlashtirildi, 99 ta yangi sanoat obyektlari ishga tushirildi. Natijada mahalliy dori vositalarining ulushi ichki bozordagi umumiy hajmga nisbatan 55 foizdan oshdi. Mamlakatimizdagi korxonalar tomonidan 2000 turdan koʻproq dori vositalari ishlab chiqariladi, ularni mahalliylashtirishning oʻrtacha darajasi 62 foizni tashkil etadi.
Shu bilan birga, mahalliy xomashyodan keng foydalangan holda mamlakatimizda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlari importini qisqartirishning talaygina rezervlari mavjud.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ichki bozorni mahalliy xomashyo resurslari negizida ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan toʻldirish, farmatsevtika sanoatini har tomonlama va jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzfarmsanoat” DAK, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
import qilishda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-fevraldagi 49-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyoz joriy etilmaydigan dori vositalari Roʻyxatiga tibbiyot buyumlari kiritilsin;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustdagi PF-5794-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.12 (Кучини йукотган) Soddalashtirilgan soliq tizimi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.07.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
2. Hisobot davri yakunlari boʻyicha tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishdan olinadigan tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmining kamida 60 foizini tashkil etadigan shunday buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tashkilotlar 2021-yilning 1-yanvariga qadar foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi, mikrofirmalar hamda kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
3. 2021-yil 1-yanvarga qadar dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan xomashyoni import qilishda undiriladigan bojxona toʻlovi va aksiz soligʻiga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyoz tatbiq etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzfarmsanoat” DAK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-aprel,
PQ-2911-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 18-son, 315-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)