|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
|
| T/r | Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan xizmat nomi | Harakat va (yoki) muayyan faoliyat | Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ | Joriy etish muddati |
| 2018-yil | ||||
| 3. | Bino va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalar�, qoidalari va gigiyena meʼyorlariga rioya etgan holda loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishni kelishish. | Bino va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena meʼyorlariga rioya etgan holda qurish, rekonstruksiya qilish loyihasini tasdiqlash. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2018-yil 1-iyul |
| 5. | Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma. | Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish. | Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 2018-yil 1-iyul |
| 10. | Yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari). | Yer uchastkasidan foydalanish. | Tuman (shahar) hokimliklari | 2018-yil 1-oktabr |
| 11. | Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun texnik shartlar. | Meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish. | Foydalanish tashkilotlari | 2018-yil 1-oktabr |
| 12. | “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosiga litsenziya. | “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi. | Adliya vazirligi | 2018-yil 1-oktabr |
| 13. | Telekommunitsatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. | Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish. | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 2018-yil 1-oktabr |
| 19. | Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma. | Yovvoyi hayvonlarni ovlash. | Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 2018-yil 1-dekabr |
| 20. | Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma. | Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqish. | ||
| 21. | Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma. | Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga. | ||
| 22. | Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik. | Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish. | Davlat raqobat qoʻmitasi | 2018-yil 1-dekabr |
| 23. | Qonunchilikda belgilangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik. | Qonunchilikda belgilangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushla�ni) olish yuzasidan shaxs yoki bir guruh shaxslar bilan oldi-sotdi, ayirboshlash shartnomalari, hadya, ishonchli boshqaruv va shu kabi bitimlarni tuzish. | ||
| 24. | Loyihaviy hujjatlarning meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi meʼmoriy-shaharsozlik kengashi bilan kelishish. | Loyiha hujjatlarini obyektning yongʻinga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini olish. | Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi | 2018-yil 1-dekabr |
| 2019-yil | ||||
| 26. | Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani kelishish. | Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma olish. | 2019-yil 1-iyul | |
| 27. | Maxsus qoʻshiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqa qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma. | Maxsus qoʻshiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqaviy qoʻshimchalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2019-yil 1-iyul |
| 31. | Ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma. | Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish. | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi | 2019yil 1-oktabr |
| 33. | Bojxona ombori taʼsis etishga litsenziya. | Bojxona ombori taʼsis etish. | Davlat bojxona qoʻmitasi | 2019yil 1-oktabr |
| 34. | Meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻi. | Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | Qurilish vazirligi | 2019yil 1-oktabr |
| 36. | Sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertiza xulosasi. | Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish yuzasidan faoliyatni olib borish. | Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari | 2019-yil 1-oktabr |
| 37. | Obyektning yongʻinga qarshi xavfsizligi va seysmik barqarorligi toʻgʻrisida davlat ekspertizasi xulosasi. | Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish. | Davlat ekspertiza organlari | 2019-yil 1-oktabr |
| 38. | Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziya. | Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish. | Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazi | 2019-yil 1-oktabr |
| 39. | Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etishga litsenziya. | Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish. | Davlat bojxona qoʻmitasi | 2019-yil 1-dekabr |
| 40. | “Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etishga litsenziya. | “Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish. | ||
| 41. | Dori vositasi va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma. | Dori vositasi va tibbiy buyumlardan tibbiy foydalanish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2019-yil 1-dekabr |
| 42. | Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. | Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati. | Moliya vazirligi | 2019-yil 1-dekabr |
| 43. | Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. | Auditorlik faoliyati. | ||
| 44. | Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. | Lotereyalar tashkil etish. | ||
| 45. | Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazishga litsenziya. | Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish. | Qurilish vazirligi | 2019-yil 1-dekabr |
| 46. | Bahola� faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. | Baholash faoliyati. | Davlat raqobat qoʻmitasi | 2019-yil 1-dekabr |
| 47. | Birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. (valyuta birjasi faoliyati bundan mustasno). | Birja faoliyati. (valyuta birjasi faoliyati bundan mustasno). | ||
| 48. | Rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. | Rieltorlik faoliyati. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| 49. | Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish. | Yer usti suvlaridan foydalanish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini tasdiqlash. | Suv xoʻjaligi vazirligi | 2019-yil 1-dekabr |
| 50. | Yoʻllar, yoʻl inshootlari, temir yoʻl oʻtkazgichlari, yoʻllar va koʻchalar boʻylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini kelishish. | Yoʻllar, yoʻl inshootlari, temir yoʻl oʻtkazgichlari, yoʻllar va koʻchalar boʻylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, Bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini tasdiqlash. | Ichki ishlar vazirligi | 2019-yil 1-dekabr |
| 51. | Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma. | Sugʻurtalovchini qayta tashkil etish. | Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi | 2019-yil 1-dekabr |
| 52. | Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini kelishish. | Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish. | ||
| 53. | Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish. | Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish. | ||
| 2020-yil | ||||
| 55. | Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya, Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari bundan mustasno. | Ulgurji savdo, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari bundan mustasno. | Tumanlar va shaharlar hokimliklari | 2020-yil 1-aprel |
| 56. | Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga litsenziya. | Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash. | Intellektual mulk agentligi | 2020-yil 1-aprel |
| 57. | Fonogrammalarni tayyorlashga litsenziya. | Fonogrammalarni tayyorlash. | ||
| 61. | Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarishga ruxsatnoma. | Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi nazorati ostidagi obyektlarda rele himoyasi uskunalarini, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni sozlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish. | 2020-yil 1-oktabr | |
| 62. | Uskunalar, quvurlar, tsisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarishga ruxsatnoma. | Uskunalar, quvurlar, tsisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish. | ||
| 63. | Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. | Turizm faoliyati. | 2020-yil 1-oktabr | |
| 64. | Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish uchun litsenziya. | Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish. | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi | 2020-yil 1-dekabr |
| 65. | Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratishni kelishish. | Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisidagi qarorni olish. | Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,Ichki ishlar vazirligi | 2020-yil 1-dekabr |
| 66. | Past va oʻrta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yoʻnalishi sxemalarini kelishish. | Past va oʻrta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish. | Ichki ishlar vazirligi | 2020-yil 1-dekabr |
| 68. | Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish. | Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, | 2020-yil 1-dekabr |