

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;28.09.2020
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3178109" id="-3178109">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3178110" id="-3178110">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3178112" id="-3178112">Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3178116" id="-3178116"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-5039164" id="-5039164">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-5019106?ONDATE=28.09.2020 00#-5021060">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178119" id="-3178119">Shu kunlarda xalqimiz Vatanimizning koʻp asrlik shonli tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish yoʻlini ochib bergan buyuk tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun har tomonlama qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178120" id="-3178120">Biz uchun haqiqatan ham eng ulugʻ, eng aziz ayyom boʻlgan bu qutlugʻ sana oʻtgan tarixan qisqa davrda bosib oʻtgan gʻoyat ogʻir va murakkab, shu bilan birga, sharafli yoʻlimizni, amalga oshirgan keng koʻlamli islohotlarimiz samarasini, qoʻlga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy koʻz bilan sarhisob qilish, oldimizga qoʻygan oliy maqsad — eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178121" id="-3178121">Biz bundan 25 yil oldin oʻz mustaqilligimizni qoʻlga kiritib, avvalo milliy davlatchiligimizni tiklaganimiz, jahondagi mustaqil va suveren davlatlar qatoridan munosib oʻrin egallaganimiz, oʻzini oqlamagan eski, mustabid tuzumdan butunlay voz kechib, chuqur oʻylangan, milliy manfaatlarimizga toʻla javob beradigan islohotlarga asoslangan, butun dunyoda “oʻzbek modeli” degan nom bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirganimiz bugungi kunda biz tanlagan, oʻzimizga xos va oʻzimizga mos rivojlanish yoʻlining naqadar toʻgʻri va hayotiy ekanini tasdiqlab bermoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178122" id="-3178122">Buning amaliy isbotini mamlakatimizning qudrati va iqtisodiy salohiyati tobora ortib, yalpi ichki mahsulotimizning oʻsish surʼatlari oxirgi 11 yil davomida jahondagi sanoqli davlatlar qatorida 8 foizdan kam boʻlmasdan kelayotganida, aholimizning hayot darajasi va sifati yuksalib borayotganida yaqqol koʻrish mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178123" id="-3178123">Koʻpni koʻrgan, mehnatkash va olijanob xalqimizning mardligi va matonati evaziga erishayotgan bunday marra va natijalar Vatanimizning obroʻsini yanada yuksaltirib, koʻpchilik mamlakatlarni qoyil qoldirayotgani va ularning havasini uygʻotayotganini kuzatish qiyin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178125" id="-3178125">Oldin tasavvur qilish ham qiyin boʻlgan bunday olamshumul natijalarning asosiy omilini avvalambor taraqqiyot yoʻlimizda toʻsiq boʻlgan turli qiyinchilik, yetishmovchilik, ogʻir va mashaqqatli sinovlarni yengib oʻtishda odamlarimiz, butun xalqimizning dunyoqarashi, mehnatga, hayotga munosabati oʻzgarib, ularning siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi, yon-atrofdagi voqealarga daxldorlik hissi tobora kuchayib borayotganida koʻrish darkor. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178127" id="-3178127">Eng muhimi, ertangi kunimizning tayanchi va suyanchi boʻlmish yosh avlodimizning yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, shu yurtning haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir insonlar boʻlib voyaga yetayotganini alohida taʼkidlash zarur. Ayni shunday yoshlarni, aytish mumkinki, hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlashni oʻzimizning ustuvor vazifamiz deb kun tartibiga qoʻyganimiz vaqt oʻtishi bilan naqadar uzoqni koʻzlagan tarixiy qadam boʻlgani tobora ayon boʻlmoqda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178128" id="-3178128">Mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan Oʻzbekistonimiz mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish, oʻtgan davr mobaynida ona yurtimiz, barcha viloyat, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tobora ochilib, goʻzal boʻlib borayotganini, shu zaminda yashayotgan insonlarning kayfiyati, bugungi hayotdan roziligini, ertangi kunga ishonchini, barcha sohalarda amalga oshirayotgan keng koʻlamli ishlarimizning mohiyati va ahamiyatini yurtimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish, vatandoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178129" id="-3178129">1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga<a href="/mact/-3178072#-3412391">*</a> muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3412391" id="-3412391">* Ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178133" id="-3178133">2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda “Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178135" id="-3178135">3. Mazkur dasturni tayyorlashda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178137" id="-3178137">mustaqillik hayotimizning maʼno-mazmunini tubdan oʻzgartirib, xalqimizni qaramlik kishanlaridan ozod qilgani, toptalgan qadriyatlarimiz, dinu diyonatimiz, oru nomusimizni tiklash, oʻzligimizni anglash, farovon hayot va yorugʻ kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan qurish yoʻlida beqiyos imkoniyatlar ochib berganini keng yoritish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178140" id="-3178140">mamlakatimiz suverenitetining iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan eng muhim strategik dasturlar, jumladan, Oʻzbekistonning gʻalla mustaqilligi, yoqilgʻi-energetika, transport-kommunikatsiya sohasidagi mustaqilligini taʼminlash, iqtisodiyotimizda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, zamonaviy korxonalar barpo etish va ularni ilgʻor texnika va texnologiyalar bilan jihozlash borasidagi ulkan ishlarning maʼno-mazmunini aniq misollar orqali koʻrsatib berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178142" id="-3178142">yurtimizning ilgarigi qoloq, iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olgan agrar oʻlkadan bugungi kunda izchil taraqqiy etib borayotgan zamonaviy industrial mamlakatga aylanganini chuqur tahliliy asosda talqin qilish. Bu borada iqtisodiyotda sanoatning ulushi 34 foizga yetgani, eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etayotgani koʻp narsadan dalolat beradi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizda yetakchi oʻrinni egallab kelayotgan neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yoʻl mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlarning jadal rivojlanayotgani bilan bogʻliq fakt va raqamlarga alohida urgʻu berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178144" id="-3178144">mustaqillik yillarida iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real daromadlar 12 barobardan ziyod oshgani, oltin-valyuta zaxiralarimiz barqaror surʼatlar bilan koʻpayib borayotgani misolida keng koʻlamli iqtisodiy islohotlarimizning amaliy samarasini koʻrsatish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178147" id="-3178147">oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erishish yoʻlida mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiyotimizni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan taraqqiyotimizning lokomotivi boʻlgan yetakchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish, iqtisodiyotimizda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirib borish, Konstitutsiyamizda koʻzda tutilgan xususiy mulkning ustuvorligini taʼminlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining samarasini yanada kuchaytirish kabi oʻta muhim yoʻnalishlarning ahamiyatini jamoatchiligimizga, xalqimizga sodda va taʼsirchan usullarda yetkazish. Jumladan, 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod koʻpaytirish, iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga yetkazish boʻyicha belgilab olingan aniq reja va dasturlarni amalga oshirish uchun, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy taʼsirlariga qaramasdan, qatʼiyat bilan ilgarilab borishimizga asos boʻlayotgan mezon va omillarning mohiyatini ochib berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178149" id="-3178149">qishloq xoʻjaligi sohasida mutlaqo yangi iqtisodiy munosabatlar joriy etilib, fermerlik harakati uchun katta imkoniyatlar yaratilgani, hozirgi kunda fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 90 — 92 foizini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy harakatga va yetakchi kuchga aylanib borayotganini keng yoritish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178152" id="-3178152">yurtimiz aholisining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, goʻsht, sut va qandolat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji 1990-yilda import hisobidan qoplangan boʻlsa, hozirgi vaqtda ularning 96 foizi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotganini; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178154" id="-3178154">oʻtgan davr mobaynida aholi jon boshiga goʻsht isteʼmoli 1,4 barobar, sut va sut mahsulotlari — 1,5 karra, kartoshka — 1,9-marta, sabzavot — 2,6 barobardan ortiq, meva 6,3-marta koʻpaygani va boshqa hayotiy misollarni mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning mustahkam poydevori sifatida aks ettirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178157" id="-3178157">mustaqillikka qadar yurtimizda umuman mavjud boʻlmagan, bugungi kunda esa jamiyatimizning qudratli tayanchiga aylanib borayotgan oʻrta sinf — mulkdorlar sinfining jadal rivojlanib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizga yetgani, ayni shu tarmoqda ish bilan band aholining 77,9 foizi mehnat qilib, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotganini tahliliy asosda koʻrsatish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178159" id="-3178159">jamiyatimiz hayotini butunlay oʻzgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab taʼlimini rivojlantirish va boshqa umummilliy dasturlarimizni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda oʻn ikki yillik majburiy va bepul, umumiy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga, ikki bosqichli oliy taʼlim tizimiga asos solinib, zamonaviy yangi avlod kadrlarini tarbiyalash uchun mustahkam poydevor yaratilgani Oʻzbekistonimizning jahon maydonida raqobatdoshligini taʼminlashning ishonchli zamini boʻlib xizmat qilayotganini teran ifoda etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178163" id="-3178163">biz uchun oʻta muhim boʻlgan sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish, keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish uchun amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga alohida ahamiyat berish. Jumladan, davlat byudjyetimizning sotsial sohalarga yoʻnaltirilgan yillik xarajatlari izchil oshib borayotganini, birgina 2015-yilda ushbu raqam 60 foizdan ortganini bu boradagi keng koʻlamli islohotlarning mantiqiy natijasi sifatida koʻrsatish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178167" id="-3178167">yosh avlodimizni sogʻlom va barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining mohiyatini, xususan, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan barcha viloyat, shahar va tumanlarimizda 300 ga yaqin musiqa va sanʼat maktablari, 1 ming 900 dan ziyod sport inshootlari bunyod etilgani, soʻnggi oʻn yilda bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida sport bilan muntazam shugʻullanish darajasi 30 foizdan 57 foizga, qizlar oʻrtasida 24 foizdan 47 foizga yetgani va boshqa misollar asosida ana shunday amaliy ishlarimizning ahamiyatini atroflicha yoritib berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178170" id="-3178170">yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati boʻlgan Qurolli Kuchlarni isloh qilish va milliy armiyamizning salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan, koʻlami va miqyosiga koʻra ulkan oʻzgarishlar boʻyicha keng tushuntirish ishlarini olib borish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178174" id="-3178174">bugun biz boshimizdan kechirayotgan oʻta tahlikali zamonda, yon-atrofimizda turli tahdid va xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz boʻlgan tinchlik va osoyishtalikni koʻz qorachigʻidek asrash, millatlar va fuqarolararo doʻstlik va hamjihatlik, oʻzaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh boʻlib, tinchlik uchun kurashib yashash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini chuqur ochib berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178177" id="-3178177">Oʻzbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan, yaqin va uzoq qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstona aloqalar, oʻzaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatini, dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan qarama-qarshilik va toʻqnashuvlarni faqatgina siyosiy muzokaralar, tinchlik yoʻli bilan hal etish haqidagi yondashuv va qarashlarining mazmun-mohiyatini atroflicha yoritish. Xususan, mamlakatimizning hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qoʻshilmasligi, yurtimiz hududida chet davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga, harbiylarimizning xorijiy mamlakatlardagi jangovar operatsiyalarda qatnashishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qonuniy asosda belgilab olingan qatʼiy pozitsiyasini keng jamoatchilikka yetkazish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178179" id="-3178179">4. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagʻishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida uchrashuv va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va sanʼatkorlardan iborat maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi taʼminlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178182" id="-3178182">5. Bayram tantanalari arafasida foydalanishga topshiriladigan ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy obyektlarni oʻz vaqtida ishga tushirish choralari koʻrilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178186" id="-3178186">6. Respublika komissiyasi oʻz yigʻilishlarida belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178188" id="-3178188">7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Tasviriy oyina”, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari, Badiiy akademiya va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda “Istiqlol farzandlari” va “Kelajak bizniki, marra bizniki!” deb nomlangan yoshlar festivallarini, “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” respublika doʻstlik va madaniyat festivalini, “Milliy gʻoya — bizning gʻoya” ilmiy-amaliy anjumanini, shuningdek, yurtimiz mustaqilligini tarannum etadigan eng yaxshi qoʻshiq va musiqa asarlari uchun “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining yakuniy bosqichini hamda “Eng ulugʻ, eng aziz”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Ranglar jilosida — ona diyor madhi”, “Seni kuylaymiz, zamondosh!”, “Istiqlol solnomasi”, “Bu — mening Vatanim” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlarning yuqori darajada oʻtkazilishini taʼminlasin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178191" id="-3178191">8. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178194" id="-3178194">Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda xayriya mablagʻlari hisobidan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178197" id="-3178197">Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178200" id="-3178200">9. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3178203" id="-3178203">10. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3178208" id="-3178208">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3178211" id="-3178211">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3178214" id="-3178214">2016-yil 2-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3178217" id="-3178217">PQ-2540-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3178114" id="-3178114">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 6-son, 155-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
