toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 17.04.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida” 2017-yil 6-apreldagi OʻRQ-427-sonli Qonuniga muvofiq:
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasini tuzish toʻgʻrisida” 2000-yil 4-maydagi PF-2599-sonli Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 29-dekabrdagi F-3949-sonli farmoyishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-aprel,
PF-5007-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 245-modda)