toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
SUDYALARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BO‘YIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASINI TUZISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PF-5007-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, sudyalik lavozimlariga yetuk, bilimdon va pok mutaxassislarni tavsiya etishda qonunchilik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka Komissiyasi tuzilsin.
Uning tarkibi va Nizomi 1*, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
2. Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan farmon va farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Komissiyaning asosiy vazifalari sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning demokratik asoslarini takomillashtirish, sudyalarni lavozimlarga tayinlash masalalarini hal etish chog‘ida qonunchilik va ijtimoiy adolat kafolatlarini, shuningdek sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashdan iborat deb belgilansin.
3. Ushbu Farmon qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 30-iyuldagi F-1038-sonli Farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Davlat maslahatchisi O‘. Komilov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 4-may,
PF-2599-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-martdagi PF-2817-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 62-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 163-modda; 2001-y., 4-son, 62-modda)