“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 28-martda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi 924–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1–2,18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2,244-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari;
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;
jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari;
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;
tuman (shahar) maʼmuriy sudlari faoliyat koʻrsatadi”;
“Sudlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi prinsiplariga qatʼiy muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi, ushbu departament toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti:
sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
sud binolarini qurish va taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarning samarali sarflanishini taʼminlaydi, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
sudyalarning va sudlar apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashning joriy ahvolini tizimli tahlil qiladi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashni rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlaydi;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etadi”;
“12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qonunchilik tashabbusi
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega”;
4) II boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat qilish huquqiga ega”;
6) 14-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi oʻrinbosari — jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining raisi hamda rais oʻrinbosarlari — fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatlarining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iborat boʻladi hamda quyidagi tarkibda ish olib boradi:
9) 21-moddaning birinchi qismidagi “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi toʻgʻrisida, sudlov hayʼatlari hamda Sudyalarning oliy malaka hayʼati tarkiblari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi”;
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi”;
14) 2-bobning nomidagi “QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI” degan soʻzlar “QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI SUDI” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining tarkibi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari rais va sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari rais va sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi”;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlari raisining oʻrinbosari yoʻqligida uning vakolatlari Sudyalarning oliy malaka hayʼati qaroriga koʻra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin”;
22) 3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-BOB. FUQAROLIK IShLARI BOʻYIChA TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) SUDI. JINOYAT IShLARI BOʻYIChA TUMAN (ShAHAR) SUDI. TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) IQTISODIY SUDI. TUMAN (ShAHAR) MAʼMURIY SUDI”;
“36-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman(shahar) maʼmuriy sudining tarkibi
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.
Tuman (shahar) maʼmuriy sudi rais va sudyadan iborat boʻladi”;
“37-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining vakolatlari”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Tuman (shahar) maʼmuriy sudi davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, shuningdek ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar boʻyicha maʼmuriy nizolarni hamda qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi”;
“38-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining raisi
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining raisi:
sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining raisi yoʻqligida uning vakolatlari sudyalarning tegishli malaka hayʼati qaroriga koʻra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
39-modda. Harbiy sudlar tizimi
Oʻzbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iborat.
40-modda. Harbiy sudlarning tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqida ish olib boradi hamda rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqida ish olib boradi va rais, xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi”;
26) 41-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “umumiy yurisdiksiya sudlari” degan soʻzlar “sudlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
28) 61-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻttiz yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha kamida oʻn yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar belgilangan tartibda oʻqishi va stajirovkani oʻtashi shart. Oʻquv va stajirovkani oʻtash davrida ular asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda oʻz mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilinadi”;
29) 63-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais oʻrinbosarlari, sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan saylanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi”;
30) quyidagi mazmundagi 631 va 632-moddalar bilan toʻldirilsin:
“631-modda. Sudyaning vakolat muddati va uni hisoblash tartibi
Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi.
Sudya oʻz vakolati muddati davomida harbiy sudning, viloyat va Toshkent shahar sudining sudyasi, tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan qayta tayinlanishi mumkin. Bunda bir sudning oʻzida sudyalik lavozimida boʻlish muddati ikki yildan kam boʻlmasligi kerak.
Sudyaning qayta tayinlanishi masalasi uning arizasiga asosan Sudyalar oliy malaka hayʼatining tavsiyasiga binoan kiritiladi.
Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat yuritgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
632-modda. Sud raislarining vakolat muddati
Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir shaxs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.
Sud raisining rais sifatidagi vakolat muddati tugagach, u oʻzining faoliyatini oʻz roziligi bilan shu sudda sudyalik lavozimida davom ettiradi yoxud qolgan vakolat muddatiga oʻz roziligi bilan boshqa sudyalik lavozimiga saylanadi yoki tayinlanadi”;
31) 64-modda uchinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari –Qoraqalpogʻiston Respublikasining tegishli sudlari rayosati majlisida”;
32) 66-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalar oʻz vakolatlari doirasida ishlarni koʻrish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga soʻzsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashi, begʻaraz va adolatli boʻlishi shart”;
33) quyidagi mazmundagi 661-modda bilan toʻldirilsin:
“661-modda. Sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari uchun sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni, boshqa sudlarning sudyalari uchun oltmish besh yoshni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa sudlarning sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi sudyaning roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Sudya pensiya yoshiga yetganda yoki pensiyaga chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslari mavjud boʻlgan taqdirda, pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi”;
“Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas”;
“Tumanlararo, tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir”;
35) 71-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalarning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori bilan quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin, agar”;
36) 72-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
1) sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;
2) yozma ariza bergan taqdirda;
3) sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari toʻxtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanishni davom ettiravergan taqdirda;
4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
5) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
7) vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
8) sogʻligʻining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda;
9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga oʻtishga rozilik bermasa.
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raisining va rais oʻrinbosarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyasining, tumanlararo,tuman (shahar) sudlari raisining va sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yoʻl qoʻyiladi.
Sudya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudyalarning malaka hayʼati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 9-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan asoslar mustasno”;
“Sudyalarning malaka hayʼatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga koʻmaklashadi.
Sudyalar oliy malaka hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga saylanadi”;
39) 77-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud apparati xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtadi”;
40) 78-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining tuzilmasi va shtat birligining soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Sudlarning shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi zarur boʻlgan hollarda sudlarning shtatlar jadvaliga shtat birligi va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi”;
41) 79-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarni moliyalashtirish, ularning moddiy-texnika va oʻzga xil taʼminoti, binolarini qoʻriqlash va saqlab turish respublika budjetining hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ajratiladigan mablagʻlarning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ajratilgan mablagʻlarni taqsimlash:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir sud alohida bino, qoʻriqlash va avtotransport bilan taʼminlanadi”;
“80-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi oʻz matbuot organlariga ega.
81-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida maslahat organi boʻlgan va jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-maslahat kengashi tuziladi. Uning vazifasiga qonun hujjatlarini qoʻllash yuzasidan sud amaliyotida kelib chiqadigan masalalar boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish kiradi”;
Sud binosida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtariladi va Davlat gerbining tasviri oʻrnatiladi, sud zallarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri oʻrnatiladi”;
44) 85-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisiga, rais oʻrinbosariga va sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 477–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova; 2001-yil, № 1–2, 11-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 4, 185-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 332-modda; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 335-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 21-modda bilan toʻldirilsin:
“21-modda. Maʼmuriy sudlarda sud ishlarini yuritish
Maʼmuriy sudlarda sud ishlarini yuritish fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga binoan amalga oshiriladi”;
2) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga quyidagi ishlar taalluqli:
1) taraflardan hech boʻlmaganda bittasi fuqaro boʻlgan nizolarga doir ishlar, bundan qonunda bunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshirilgan hollar mustasno;
2) ushbu Kodeksning 279-moddasida sanab oʻtilgan alohida tartibda koʻriladigan ishlar;
3) qonun bilan ularning vakolatiga berilgan boshqa ishlar.
Maʼmuriy sudlarga davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, shuningdek ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar boʻyicha ishlar taalluqlidir”;
3) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir-biri bilan bogʻliq boʻlib, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa, iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan bir qancha talablar birlashtirilganida, bu talablarning hammasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi kerak.
Bir-biri bilan bogʻliq boʻlib, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa, maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir qancha talablar birlashtirilganida, bu talablarning hammasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi kerak”;
4) 264-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organlarining va boshqa organlarning, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar boʻyicha ishlarga quyidagilar kiradi:
1) jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlar va qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar;
2) saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar;
3) notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlarining harakatlarni bajarishni rad etganligi yoxud ularni notoʻgʻri bajarganligi ustidan berilgan shikoyatlar;
4) prokurorning huquqiy hujjatni gʻayriqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi arizasi;
5) vakolatli organning jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab berilgan arizalari;
6) davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar”;
“jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqlari va erkinliklari buzilishiga;
jismoniy yoki yuridik shaxsning oʻz huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishi yoʻlida toʻsqinliklar vujudga kelishiga;
jismoniy yoki yuridik shaxs zimmasiga birorta gʻayriqonuniy majburiyat yuklatilishiga yoki uning gʻayriqonuniy ravishda biror-bir javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlgan xatti-harakatlari (qarorlari) sudga shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlar jumlasiga kiradi”;
6) 267-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy yoki yuridik shaxsning shikoyati davlat organi va boshqa organ joylashgan yoxud mansabdor shaxsning ish joyi joylashgan hududdagi sudga beriladi.
Ushbu Kodeksning 26 — 29-boblariga muvofiq sudlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini buzadigan har qanday xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan berilgan shikoyatlarni koʻradi, bundan qonunga muvofiq shikoyat qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan beriladigan shikoyatlar mustasno”;
7) 268-moddaning 2-bandidagi “fuqaroning” degan soʻz “tarafning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 27-bobning nomidagi “Fuqarolarning” degan soʻz “Jismoniy va yuridik shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Jismoniy yoki yuridik shaxs oʻzining huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Boʻysunuv tartibidagi yuqori turuvchi organlar, mansabdor shaxslar shikoyatni bir oy muddat ichida koʻrib chiqishi shart. Agar jismoniy yoki yuridik shaxsning shikoyatiga rad javobi berilsa yoki u shikoyat bergan kundan eʼtiboran bir oy ichida javob olmasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Shikoyat huquqlari va erkinliklari buzilgan jismoniy yoki yuridik shaxs yoxud uning vakili, shuningdek jismoniy shaxsning iltimosiga binoan tegishli ravishda vakolat berilgan jamoat birlashmasining, mehnat jamoasining vakili tomonidan berilishi mumkin”;
10) 270-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudga shikoyat bilan murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
jismoniy yoki yuridik shaxsga oʻzining huquqlari va erkinliklari buzilganligi maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran uch oy;
jismoniy yoki yuridik shaxs yuqori turuvchi organdan, mansabdor shaxsdan shikoyatini qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma maʼlumot olgan kundan eʼtiboran bir oy yoki shaxs oʻzining shikoyatiga yozma javob olmagan boʻlsa, shikoyat berilgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgandan keyin”;
“Sud shikoyatning asosli ekanligini aniqlasa, shikoyatga sabab boʻlgan xatti-harakatni (qarorni) gʻayriqonuniy deb topadi, jismoniy yoki yuridik shaxsning talabini qanoatlantirish vazifasini yuklaydi, unga nisbatan qoʻllangan javobgarlik choralarini bekor qiladi yoki uning buzilgan huquqlari va erkinliklarini boshqa yoʻllar bilan tiklaydi.
Agar sud shikoyatga sabab boʻlgan xatti-harakatni (qarorni) qonuniy, jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqlari va erkinliklari buzilmagan deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi”.
Har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni soʻrab iqtisodiy sudga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Iqtisodiy sudga murojaat qilish ushbu Kodeksda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar iqtisodiy sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Xoʻjalik sudlarining ushbu Kodeksda belgilangan barcha vakolatlari iqtisodiy sudlar tomonidan amalga oshiriladi”;
2) 15-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir necha talab birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar iqtisodiy sudda koʻrilishi kerak”;
4) 24-modda birinchi qismining 9-bandi chiqarib tashlansin;
5) 26-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiy sudga taalluqli ishlar tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tomonidan koʻriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno.
Respublika boshqaruv organlari bilan mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari oʻrtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan koʻriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni eʼtiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qoʻyish va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli”;
6) 43-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga daʼvo arizasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi”;
“157-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻruvchi sud
Apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari amalga oshiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) birinchi instansiyada hal qiluv qarorini qabul qilgan sud koʻradi”;
9) quyidagi mazmundagi 1571-modda bilan toʻldirilsin:
“1571-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻruvchi sudga hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻruvchi sudga ish bilan birga yuborishi shart”;
10) 173-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqlidir”;
“174-modda. Kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini tekshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati shu sud tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini tekshiradi”;
12) 175-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudga hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudga ish bilan birga yuborishi shart”;
13) 176-moddaning matnidagi “yoki apellatsiya instansiyasining qarori” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning tartib raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizo predmeti”;
ikkinchi qismidagi “hal qiluv qarori yoki qarorda” degan soʻzlar “hal qiluv qarorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 182-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli”;
16) 185-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ish bilan birga kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻriladi”;
17) 186-moddaning matnidagi “birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi” degan soʻzlar “birinchi instansiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“188-modda. Hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi, agar bu buzilish notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagi hollarda hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi:
1) ish sud tomonidan noqonuniy tarkibda koʻrilgan boʻlsa;
2) ish sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi, majlisning oʻtkazilish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan shaxslardan birontasining yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa;
3) ishni koʻrishda sud ishi yuritiladigan til toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan boʻlsa;
4) sud hal qiluv qarorini qabul qilishda qaysi qonun hujjatiga amal qilganligi hal qiluv qarorida koʻrsatilmagan boʻlsa;
5) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan boʻlsa;
6) hal qiluv qarori sudyalardan biri tomonidan imzolanmagan boʻlsa yoxud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolangan boʻlsa;
7) hal qiluv qarori ishni koʻrgan sud tarkibiga kirmagan sudyalar tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
8) ishda sud majlisining bayonnomasi boʻlmasa yoki u ushbu Kodeks 134-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan boʻlsa;
9) sud arz qilingan talab boʻyicha qaror qabul qilmagan boʻlsa”;
20) 189-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinib, u barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
Qarorda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
1) qarorni qabul qilgan sudning nomi, ishning tartib raqami va qaror qabul qilingan sana, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, majlisda hozir boʻlgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari;
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ishni birinchi instansiyada koʻrgan sudning nomi, ishning tartib raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyalari;
4) qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
5) hal qiluv qarorining qonuniyligini tekshirish toʻgʻrisida masala qoʻyilishiga sabab boʻlgan asoslar;
6) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan mulohazada bayon qilingan vajlar;
7) majlisda hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari;
8) sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslangan qonun hujjatlarini qoʻllamasligining sabablari, shuningdek sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari;
9) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini bekor qilganda yoki oʻzgartirganda kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining xulosalariga rozi boʻlmaganligining sabablari;
10) kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha xulosalar;
11) agar ish yangidan koʻrish uchun topshirilayotgan boʻlsa, ishda ishtirok etayotgan shaxslar va sud tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan harakatlar;
12) ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas”;
21) 191-moddaning ikkinchi qismidagi “va qarorlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
22) 192-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 193-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Protest keltirishga quyidagilar haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori — Oʻzbekiston Respublikasining har qanday iqtisodiy sudi qabul qilgan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlar ustidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining oʻrinbosarlari va Bosh prokurorining oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasining har qanday iqtisodiy sudi qabul qilgan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlar ustidan, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno”;
24) 194-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Oliy xoʻjalik sudi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“195-modda. Ishlarni protestlar boʻyicha nazorat tartibida koʻruvchi sud
Protestlar boʻyicha ishlarni nazorat tartibida quyidagilar koʻradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼati — barcha iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan protestlar boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati — barcha iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarorlari va qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatining nazorat tartibida chiqargan qarorlari ustidan keltirilgan protestlar boʻyicha”;
26) 197-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Rayosatiga” degan soʻzlar “ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 198-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sud protestni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ishning holatlari va protest vajlari toʻgʻrisidagi maʼruzasini eshitadi.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sud majlisiga tushuntirishlar berish uchun ishda ishtirok etuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin. Bunday holda ularga ishni nazorat tartibida koʻruvchi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnomalar yuboriladi. Ularning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsiq boʻlmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ishni nazorat tartibida koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ishtirok etib, oʻzi keltirgan protestni quvvatlaydi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi yoki uning oʻrinbosari keltirgan protest boʻyicha koʻrilayotgan ish yuzasidan xulosa beradi”;
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 201-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sud ishni nazorat tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi. Agar ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning hozir boʻlgan aʼzolaridan koʻpchiligi yoqlab ovoz bersa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning aʼzolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning qarori raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning qarori qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda amaldagi huquqni qoʻllash amaliyotini tanqidiy jihatdan tahlil qilish, keng jamoatchilik muhokamasining natijalari, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi loyihalarini 2017-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritsin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda.Ushbu Qonun 2017-yil 1-iyundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi, shuningdek sudyalarni saylash, tayinlash tartibi va ularning vakolatlari muddatlari haqidagi qoidalar ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 13-apreldagi 73 (6767)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-aprel,
OʻRQ-428-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 242-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)