toggle_night_mode
Hujjat 21.08.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son hamda “Urgut”, Gʻijduvon”, Qoʻqon” va Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-son farmonlarini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasini 1-ilovaga muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Boshqaruv xodimlari soni 4 nafardan va 5-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmaga ega boʻlgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda Direksiyalar deb ataladi) davlat unitar korxonalari tashkil etilsin.
Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashiga Direksiyalarning tasdiqlangan tuzilmasiga va xodimlari soniga investitsiyalar hajmi va erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirilgan investitsiya loyihalari soniga bogʻliqlik asosida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlari ushbu qarorga 6 — 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari:
erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarining mustaqil budjetlari mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi;
erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashining qabul qilingan qarorlariga muvofiq erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
investorlar bilan erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiyalar qoʻyish toʻgʻrisida bitimlar, erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bilan erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashining qarorlariga muvofiq davlat mulkini “nul” xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlar bilan ishlab chiqadilar va ularni izlaydilar;
belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilishini tizimli nazorat qiladilar, keyinchalik natijalarni erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashiga taqdim etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini operativ boshqarishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2017 — 2018-yillar davrida Direksiyalarni taʼminlash uchun, keyingi yillarda ularning oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga oʻtishi sharti bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratsin.
7. Quyidagilar:
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Samarqand viloyati, Urgut tumani, Urgut shahri, Navoiy shohkoʻchasi, 104-uy manziliga;
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani, Mustaqillik maydoni, 2-uy manziliga;
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Turon koʻchasi, 1-uy manziliga;
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, E. Gayazov koʻchasi, 32-uy manziliga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari Direksiyalarni koʻrsatib oʻtilgan manzillarda bepul foydalanish huquqi bilan xizmat xonalari bilan taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Gʻ.I. Ibragimov, Bosh vazirning oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov, Bosh vazirning oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev ushbu qaror talablariga muvofiq “Urgut”, “Gʻijduvon”, Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari faoliyati tashkil etilishining samaradorligi yuzasidan amaliy nazoratni taʼminlasinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 10-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 11-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Gʻ.I. Ibragimov, Bosh vazirning oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov, Bosh vazirning oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-aprel,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
1-ILOVA
“Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalariga kiruvchi
hududlar
I. “Urgut” EIZga kiruvchi hududlar roʻyxati:
1. Samarqand viloyati Urgut tumani “Mirzaqishloq” qishloq fuqarolar yigʻini hududidagi yer maydonlari:
a) “Mergancha” massividagi (“Bogʻishamol” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punktlaridan tashqari) yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimol tomondan — 500 kV yuqori kuchlanishli Janubi-gʻarbiy magistral elektr taʼminoti tarmogʻi;
sharqiy tomondan — 4R-246 “Samarqand — Urgut” avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻli;
janubiy tomondan — 4R-47 “Qoratepa –Urgut” avtomobil yoʻli;
b) “Mergancha” massividagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — 220 kV yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi;
sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — “Akramov Zuvay Fattoyevich” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Mergancha” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punktlari;
v) “Mergancha” massividagi yer maydonlari, quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yoʻli;
janubi-sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻlining Kamangaron koʻchasi bilan tutashgan joyidan 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yoʻli bilan tutashgan joyigacha;
sharqiy tomondan — “Kamangaron — Urgut” avtomobil yoʻli;
g) “Mergancha” massividagi yer maydonlari, quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Akramobod Zamini Baxori” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;
sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — “Kamangaroncha uzumzorlari” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Begzod Quruqsoy” fermer xoʻjaligi yer maydonlari.
2. Urgut tumani “Sariqtepa” qishloq fuqarolar yigʻini hududidagi yer maydonlar, quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Sariqtepa” qishloq fuqarolar yigʻini aholi punktlari va “Urgut YAM-1” kanali va “Sariqtepa soyli suvlari”, “Marhabo Mirshikor bogʻlari” va “Barakali bogʻlar nur yogʻdusi” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;
sharqiy tomondan — “Rashidov-Yu”, “Komil Karim saxovat dalasi” va “Beshbuloq zamini” fermer xoʻjaliklari yer maydonlari;
gʻarbiy tomondan — “Shahnoza Dilorom Sanjar bogʻi” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Boyqishloq” qishloq fuqarolar yigʻini aholi punktlari va “Abduqodir Mahmud dalasi”, “Aliyev Sadriddin”, “Sanaqulov Ismoil”, “Nafosatli Urgut jilosi” va “Moʻminov Hakim Amin sodiq” fermer xoʻjaliklari yer maydonlari.
3. Pastdargʻom tumani “Doʻstlik” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Dargʻom” kanali yer maydoni himoya hududi;
sharqiy tomondan — “Samarqandkimyo” AJ superfosfat zavodi chegarasi;
janubiy tomondan — “Eski Anhor” kanali;
gʻarbiy tomondan — sanoat zonasi qurish uchun ajratilgan yer maydoni;
4. Nurobod tumani “Sazagʻon” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Sazagʻon” mahalla fuqarolar yigʻini yer maydoni;
shimoliy tomondan — Pastdargʻom tumani chegarasi;
janubiy tomondan — A-378 “Samarqand-Qarshi” avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — “Sazagʻon” mahalla fuqarolar yigʻini yer maydonlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. “Gʻijduvon” EIZga kiruvchi hudud:
Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi Gʻijduvon shahri.
Keyingi tahrirga qarang.
III. “Qoʻqon” EIZga kiruvchi hududlar roʻyxati:
1. Uchkoʻprik tumani “Qaqir” massivi yer maydonlarini ichiga oluvchi A sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Toshkent–Andijon” temir yoʻli;
janubiy tomondan — 4r-44b “A-373 Qoʻqon-Jizzax avtomobil yoʻlini 4r-112 Fargʻona halqa avtomobil yoʻli bilan bogʻlovchi yoʻl” xamda “Qoʻqonspirt”AJ tindirgichi;
sharqiy tomondan — 4r-44b “A-373 Qoʻqon-Jizzax avtomobil yoʻlini 4r-112 Fargʻona halqa avtomobil yoʻli bilan bogʻlovchi yoʻl”;
gʻarbiy tomondan — “Zuxriddin Sar zamini” fermer xoʻjaligi yer maydoni.
2. Qoʻqon shahri massivini ichiga oluvchi B sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Qoʻqon halqa avtomobil yoʻli Shohruxobod koʻchasi boʻylab;
janubiy tomondan — aholi punktlari;
sharqiy tomondan — aholi punktlari;
gʻarbiy tomondan — “Qoʻqon-Yaypan” avtomobil yoʻli (Davronbek koʻchasi).
3. Uchkoʻprik tumani “Qaqir” massivi yer maydonlarini oʻz ichiga oluvchi V sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan::
sharqiy tomondan — 4K-887 “Uchkoʻprik-Qaqir stansiyasi-Tojik” avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — 4K-925b “Qoʻqon-asfalt-beton zavodiga kirish” avtomobil yoʻli;
shimoliy tomondan — 4R-446 “A-373 Qoʻqon-Jizzax avtomobil yoʻlini 4r-112 Fargʻona halqa avtomobil yoʻli bilan bogʻlovchi yoʻl”;
janubiy tomondan — “Tojik” gaz boʻluv stansiyasi hududi va ichki xoʻjalik yoʻli.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. “Hazorasp” EIZga kiruvchi hududlar roʻyxati:
1. 1-blok. Hazorasp tumani, Pitnak qishlogʻi, “Mirzo Ulugʻbek” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Pitnak-Urganch” temir yoʻlining 1 km uzunlikdagi qismi;
sharqiy tomondan — “Toshsoqqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi ichki xoʻjalik drenaji;
janubi-gʻarbiy tomondan — Xorazm melioratsiya ekspeditsiyasi “Pitnak arna” kanali;
gʻarbiy tomondan — “Hazorasp lochin servis” DUK yer maydoni;
2. 2-blok. Hazorasp tumani, Pitnak qishlogʻi, “Yu.Sherjon” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ Xorazm filiali yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Hazorasp-Pitnak” avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — Pitnak shahri “Obod” mahallasi;
shimoliy tomondan — Pitnak shahri “Obod” mahallasida qurilgan namunaviy uy-joylar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi yer uchastkalari:
a) Pitnak shahri “Muhabbat” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Muhabbat” mahalla fuqarolar yigʻini yer maydoni;
janubiy tomondan — “Pitnak — Urganch” temir yoʻl uchastkasi;
gʻarbiy tomondan — “Muhabbat” mahalla fuqarolar yigʻinining aholi yashash punkti;
shimoliy tomondan — “Chap magistral kanal” kanali;
b) “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻinining aholi yashash punkti;
sharqiy tomondan — “Xorazm” koʻchasidagi xoʻjaliklararo avtomobil yoʻli;
janubiy tomondan — “Hazorasp-Pitnak” avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “Sadulla Iskandarov” fermer xoʻjaligi;
v) “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi yer maydoni quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Pitnak xizmatlar va axborot texnologiyalari kolleji hududi;
sharqiy tomondan — “Mustaqillik” koʻchasidagi xoʻjaliklararo avtomobil yoʻli;
janubiy tomondan — “Fayz baraka” MCHJning qandolatchilik sexi hududi;
gʻarbiy tomondan — “Ruza Nafis” xususiy korxonasi supermarketi hududi;
4. Hazorasp tumani “Bogʻdor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — Xorazm viloyati mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hududi;
janubiy tomondan — avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish “Sultonova Zulfiya” XK hududi;
gʻarbiy tomondan — “Bogʻdor” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punkti;
shimoliy tomondan — “Bogʻdor” mahalla fuqarolari yigʻini aholi punkti.
5. Hazorasp tumanidagi “Amudaryo” mahalla fuqarolar yigʻini yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — 1200 mm diametrli “Buxoro-Ural” gaz quvurining himoya zonasi;
janubiy tomondan — “Amudaryo” mahalla fuqarolar yigʻini yer uchastkasi;
gʻarbiy tomondan — “Doniyerbek Elyorbek Shaxriyor” fermer xoʻjaligi yer uchastkasi;
shimoliy tomondan — “Amudaryo” mahalla fuqarolari yigʻini yer uchastkasi.
6. Urganch tumanidagi Gaybu qishlogʻi “Tandirchi” mahalla fuqarolar yigʻini yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy-gʻarbiy tomondan — avtomobilnoy dorogoy 4K 931 “Urganch shahri Chatkupir k.-Shovot shahri” avtomobil yoʻli;
sharqiy tomondan — 4R 162 “Urganch shahri xalqa yoʻli”ning 5-kilometridagi yoʻl oʻtkazgich bilan;
janubiy tomondan — “Urganch-Shovot” temir yoʻli uchastkasi bilan;
gʻarbiy tomondan — “Urganch oil” MCHJ avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyasi hududi bilan.
7. Urganch tumani Chatkupir qishlogʻi hududidagi sanoat zonasidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Xidoyat” mahalla fuqarolari yigʻini yer uchastkasi;
sharqiy tomondan — “Dilmurod mebel servis” XK mebel ishlab chiqarish sexi hududi;
janubiy tomondan — “Zafar kristall” MCHJ neft zaxirasi ombori hududi;
gʻarbiy tomondan — “Xorazm don mahsulotlari” AJ hududi.
8. Bogʻot tumani Beshariq qishlogʻidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Madamin Masharip” fermer xoʻjaligi yer uchastkasi;
sharqiy tomondan — Bogʻot tumani “Gulshan” mahalla yigʻinidagi namunaviy loyihalar boʻyicha qurilgan turar joy imoratlari bilan;
janubiy tomondan — “Madamin Masharip” fermer xoʻjaligi yer uchastkasi;
gʻarbiy tomondan — kollektor.
9. Xiva tumani Zaungur posyolkasidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Urganchtransgaz” shuʼba korxonasi oʻquv kombinati;
sharqiy tomondan — Xiva “Xorazm koʻmir yetkazuvchi” unitar korxonasi hududi;
janubiy tomondan — “Xivaneftgazqurilish” unitar korxonasi hududi;
gʻarbiy tomondan — Xorazm viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi yer uchastkasi.
(3 — 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-avgustdagi 623-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 856-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
2-ILOVA
Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom erkin iqtisodiy zonalar faoliyat koʻrsatishining huquqiy asoslarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
erkin iqtisodiy zona (EIZ) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori bilan chegaralari belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi hududining bir qismi;
erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi (Maʼmuriy kengash) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan tuziladigan kollegial organ;
erkin iqtisodiy zona Direksiyasi (Direksiya) — EIZ faoliyatini tezkor boshqarish uchun tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs;
EIZ investori — belgilangan tartibda tanlovdan oʻtgan hamda EIZ hududida investitsiyalashni amalga oshiradigan investitsiya faoliyati subyekti;
EIZ hududida investitsiyalar — Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan tadbirkorlik faoliyati obyektlariga EIZ qatnashchisi tomonidan kiritiladigan moddiy va nomoddiy neʼmatlar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.
EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim (Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim) — Direksiya bilan investor (investorlar) oʻrtasida tuziladigan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan bitim;
EIZ xoʻjalik faoliyati qatnashchisi (EIZ qatnashchisi) — belgilangan tartibda EIZ hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan va Direksiya tomonidan EIZ qatnashchilari reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
yer uchastkasidan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma — tegishli hokimliklar bilan EIZ qatnashchisi oʻrtasida tuziladigan EIZ hududida yer uchastkasidan muddatli foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma;
EIZ hududidagi faoliyat — EIZ qatnashchisining EIZ hududi doirasida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, shuningdek ularni sotish boʻyicha tadbirkorlik faoliyati.
3. EIZ hududida davlat organlarining faoliyati va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlarida va ularni ijro etish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda, investitsiyalash toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarda, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
4. EIZ hududida shaharsozlik faoliyati qurishning dastlabki rejasiga yoki EIZni rivojlantirish bosh rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
5. EIZ hududidagi yer uchastkalari toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli viloyat hokimliklarining tasarrufida boʻladi va ular tomonidan qatnashchilarga Maʼmuriy kengashning qaroriga koʻra belgilangan tartibda beriladi.
EIZ Direksiyasi Maʼmuriy kengashi qarori va ishlab chiqilgan bosh reja asosida maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirishni amalga oshiradi.
6. EIZ faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi, ushbu muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan uzaytirilishi mumkin.
7. EIZ qatnashchilarining boshqa sohalardagi faoliyatini tartibga solish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2–bob. Erkin iqtisodiy zonalarning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
8. Quyidagilar erkin iqtisodiy zonalarning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan va importning oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish;
respublika hududlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash;
meva-sabzavot va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, toʻqimachilik, gilam toʻqish, poyabzal va charm-galantereya, ekologiya jihatidan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yoʻnalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari oʻrtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada eʼtirof etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
EIZ hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlash.
3-bob. EIZning boshqaruv tuzilmasi va budjeti
9. EIZ faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan tartibga solish funksiyasi Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
10. EIZ faoliyatini tezkor boshqarish Direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
11. Direksiya:
Maʼmuriy kengashning qabul qilingan qarorlariga muvofiq EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
EIZning Maʼmuriy kengashi qarorlariga muvofiq investorlar bilan EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, davlat mulkini nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida EIZ qatnashchilari bilan shartnomalar tuzadi;
EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidiradi va jalb etadi;
ishlab chiqilgan EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtiradi;
Direksiyada “yagona darcha” tamoyili asosida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur boʻlgan barcha ruxsatnomalarni berishni tashkil etadi;
belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan oʻz zimmalariga qabul qilingan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilishini tizimli nazorat qiladi, keyinchalik natijalarni Maʼmuriy kengashga taqdim etadi;
EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini oʻziga berilgan vakolatlar doirasida boshqaradi;
ekologik holatning yaxshilanishi ustidan nazoratni taʼminlaydi, shuningdek EIZ hududida joylashgan tarixiy-madaniy boyliklarning but saqlanishi uchun javob beradi;
EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili tegishli moliyaviy yil uchun EIZning mustaqil budjeti loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Maʼmuriy kengashga taqdim etadi.
EIZning mustaqil budjeti:
davlat mulki boʻlgan va EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlar;
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
EIZ qatnashchilarining Maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalari;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida nazarda tutilgan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
13. EIZ budjeti mablagʻlaridan:
mablagʻlari EIZ infratuzilmasini rivojlantirishga va uning faoliyat koʻrsatishi samaradorligini oshirishga yoʻnaltiriladigan EIZni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish;
belgilangan tartibda Direksiya taʼminoti;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining EIZ tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
14. Direksiyaning shtat jadvali va xarajatlari smetasi Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. EIZ hududida xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish
15. EIZ hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom bilan tartibga solinadi.
16. EIZ qatnashchisiga beriladigan guvohnoma uning EIZ hududidagi faoliyatiga nisbatan uning alohida soliq rejimi va bojxona imtiyozlarini qoʻllash huquqlarining tasdigʻi hisoblanadi.
17. EIZ qatnashchisiga, u belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin EIZ hududidagi faoliyatga tegishli qismi yuzasidan investitsiyalash toʻgʻrisidagi tegishli bitimda mustahkamlangan majburiyatlar yuklanadi.
EIZ qatnashchisi investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga berishga haqli emas.
18. EIZ qatnashchisi boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar EIZ hududida faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish huquqiga ega.
19. EIZ qatnashchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida EIZ hududidan tashqarida oʻz filiallarini tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etishga EIZ Maʼmuriy kengashining qarori bilan yoki sud tartibida yoʻl qoʻyiladi.
21. EIZ hududidagi faoliyat bilan bogʻliq nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq hal etiladi.
5-bob. EIZ faoliyatini tugatish
22. EIZ faoliyati uni tashkil etishning belgilangan muddati tamom boʻlgandan keyin tugatilishi mumkin.
23. EIZ faoliyatining muddatidan oldin tugatilishiga Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash zarur boʻlganda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda yoʻl qoʻyiladi.
24. EIZ faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
3-ILOVA
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Erkin iqtisodiy zonalarida (keyinchalik EIZ deb ataladi) soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 3-bandiga muvofiq EIZ ishtirokchilari:
yer soligʻi, foyda soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari umumtaʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha chetdan olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiya hajmiga bogʻliq ravishda 3 yildan 10 yil muddatgacha beriladi, shu jumladan ekvivalentda:
300 ming AQSH dollaridan 3 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritilganda — 3 yil muddatga;
3 mln AQSH dollaridan 5 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritilganda — 5 yil muddatga;
5 mln AQSH dollaridan 10 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritilganda — 7 yil muddatga;
10 mln AQSH dollari va undan ortiq investitsiya kiritilganda — 10 yil muddatga, keyingi 5 yil mobaynida foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi stavkalari amaldagi stavkalardan 50 foiz past miqdorda qoʻllanilgan holda beriladi.
4. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish” toʻgʻrisida 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonining 4-bandiga muvofiq EIZda roʻyxatga olingan xoʻjalik yurituvchi subyektlar chetdan olib kelinadigan uskunalar, shuningdek EIZ faoliyatining butun davrida mahsulotlarni eksport qilish uchun mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 5-bandiga muvofiq “Angren” EIZ va “Jizzax” EIZ ishtirokchilari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyati davrida chetdan olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadilar (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish” toʻgʻrisida” 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-son Farmonining 6-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 5-bandi qoidalari “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZ ishtirokchilariga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ushbu Nizomning 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlar faqat EIZ ishtirokchisining investor (investorlar) va erkin iqtisodiy zona Direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) oʻrtasida tuzilgan Erkin iqtisodiy zona hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi shartnomada (keyingi oʻrinlarda Investitsiyalash uchun bitim deb ataladi) nazarda tutilgan faoliyat turiga tatbiq qilinadi.
6. Bojxona va soliq imtiyozlarini qoʻllash muddati EIZ ishtirokchisiga beriladigan EIZ ishtirokchisi guvohnomasi berilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. EIZ ishtirokchisi tomonidan oldin berilgan imtiyozlar muddatidan uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqi qoʻllaniladigan hajmga yetuvchi investitsiyalar miqdori oshirilgan taqdirda, imtiyozlarni qoʻllash muddati uzoqroq muddatga uzaytiriladi.
Bunda, agar investitsiyalar hajmi oldin berilgan imtiyozlar muddati tugaganidan keyin koʻpaytirilsa, bojxona imtiyozlari uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqini beruvchi miqdordagi investitsiya kiritilgan kundan, soliq imtiyozlari esa — uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqi yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-kunidan eʼtiboran qoʻllaniladi.
Imtiyozlarni qoʻllash muddati imtiyozlar qoʻllash boshlangan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
8. Direksiya tegishli davlat soliq va bojxona organlarining soʻroviga muvofiq EIZ ishtirokchilari tomonidan Investitsiyalash toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan investitsiyalar miqdori haqidagi maʼlumotlarni taqdim qiladi.
9. Davlat statistika organlari davlat soliq va bojxona organlariga EIZ ishtirokchilari tomonidan elektron shaklda taqdim qilingan investitsiya miqdori koʻrsatkichlari bilan birgalikda tegishli davlat statistik hisobotlaridan foydalanish imkonini beradi.
10. EIZ ishtirokchilarining soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobotida aks ettirish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tartibga solinadi.
2-bob. Soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi
11. Direksiya xoʻjalik yurituvchi subyekt EIZ ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran bir kun mobaynida xabar tariqasida xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joy boʻyicha davlat soliq organlariga:
Maʼmuriy kengash qarorining nusxasini;
EIZ ishtirokchisi guvohnomasi nusxasini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Davlat soliq xizmati organlari EIZ ishtirokchilarining alohida hisobini yuritadi va tashkilotlar tomonidan davriy hisobotlar topshirilganda ular tomonidan olingan soliq imtiyozlarini hisobga oladi hamda har chorakda Maʼmuriy kengashning ishchi organiga yigʻma maʼlumotlarni taqdim etadi.
13. EIZ hududlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
EIZ ishtirokchisi tomonidan Investitsiya qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilmagan moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, Investitsiyalash toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan ishlab chiqarish faoliyati uchun alohida buxgalteriya hisoboti tatbiq etiladi.
14. Soliq majburiyatlariga ega boʻlgan soliqlar boʻyicha soliq hisoboti Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq EIZ ishtirokchilari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadi.
3-bob. Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar uchun bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi
15. Direksiya xoʻjalik yurituvchi subyekt EIZ ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran bir kun mobaynida xabar tariqasida xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joy boʻyicha davlat bojxona organlariga:
Maʼmuriy kengash protokol qarorining nusxasini;
EIZ ishtirokchisi guvohnomasining nusxasini yuboradi.
16. Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarga bojxona imtiyozlarini qoʻllashda EIZ ishtirokchisi davlat bojxona xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan va EIZ Direksiyasi bilan kelishilgan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxati;
EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan hamda bosh buxgalter va texnolog bilan kelishilgan ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar sarfi normasi.
17. Davlat bojxona xizmati organlari EIZ ishtirokchilarining alohida hisobini yuritadi va har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar davlat soliq xizmati organlariga chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar hamda EIZ ishtirokchilariga berilgan bojxona imtiyozlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qiladi.
18. EIZ ishtirokchilari har yili 25-yanvarga qadar davlat soliq va bojxona xizmati organlariga oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning ishlatilganligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha taqdim qiladilar.
19. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan bojxona imtiyozlari qoʻllanilgan holda olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar, ular olib kelingan kundan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki bepul berilgan taqdirda, bojxona toʻlovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq toʻliq miqdorda undiriladi.
4-bob. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida chetdan olib kelinadigan qurilish materiallariga bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi
20. Loyihalarni amalga oshirish doirasida chetdan olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari roʻyxati EIZ ishtirokchisi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari va qurilish materiallarini yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida shakllantiriladi.
21. Hukumat qarori loyihasini tayyorlash, kelishish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish EIZ ishtirokchisi faoliyat olib borayotgan tegishli tarmoqqa mutasaddilik qiluvchi tashkilot, tegishli viloyat hokimligi yoki EIZ Direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
22. Chetdan olib kelinayotgan qurilish materiallari respublikada ishlab chiqarilgan, biroq belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan davlat standartlari va texnik shartlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Hukumat qarori loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qurilish materiallarining texnik va fizik xususiyatlarini hisobga oluvchi xulosasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Eksportga yuboriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish yuzasidan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi buyumlarga bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi
23. Mahsulotni eksport qiluvchi EIZ ishtirokchisi davlat soliq xizmati organlariga:
eksportga yuboriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun chetdan olib kelinadigan xomashyo, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlarga bojxona toʻlovlarini qoʻllash uchun arizani;
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan va Direksiya bilan kelishilgan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan xomashyo, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlarning roʻyxatini;
EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan hamda bosh buxgalter va texnolog bilan kelishilgan ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar sarfi normasini taqdim etadi.
24. Davlat bojxona xizmati organlari eksportga yoʻnaltiriladigan mahsulotlar boʻyicha xomashyo, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlarni bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilgan holda “erkin muomala” rejimida chiqaradi.
25. Davlat bojxona xizmati organlari har chorakda chetdan olib kelingan xomashyo, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlarni EIZ ishtirokchisi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning amalda eksport qilinishi bilan taqqoslaydi va uning yakunlari boʻyicha bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilishining toʻgʻriligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. EIZ ishtirokchisi:
taqdim qilingan maʼlumotlar va materiallarning toʻgʻriligi;
chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi buyumlardan maqsadli foydalanishi;
Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona qonunchiligi buzilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
27. EIZ ishtirokchisi tomonidan imtiyozlar beriladigan muddatga mos keluvchi hajmdagi investitsiya kiritilmagan taqdirda, imtiyozlar berilganligi sababli ozod etilgan summa qonunda belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
28. Soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanishining toʻgʻriligi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq va bojxona xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun (EIZ ishtirokchisi nomi) chetdan olib
‎kelinadigan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning
‎ROʻYXATI

T/r

‎‎Mahsulotning nomi

‎‎Mahsulotning TIF TN kodi (2012-yil versiyasi)

‎‎Oʻlchov birligi

‎‎Tovarning miqdori

‎‎eksport uchun

‎‎ichki bozor uchun

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎EIZ ishtirokchisi rahbarining
‎F.I.O.

‎_____________________________________
‎(imzo, muhr (mavjud boʻlsa))
‎20___ yil “___” ____________



‎EIZ Direksiyasi direktori
‎F.I.O.
‎_______________________________
‎(imzo, muhr)
‎20___ yil “___” _____________‎

‎‎EIZ ishtirokchisining ishlab chiqarish
‎uchun masʼul xodimi
‎F.I.O.
‎_____________________________________
‎(imzo, muhr (mavjud boʻlsa))
‎20___ yil “___” _______________

Keyingi tahrirga qarang.
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelingan asbob-uskunalar,
‎xom ashyo va butlovchi buyumlarning ishlatilganligi toʻgʻrisida
‎DEKLARATSIYA

‎20__ yil “____” ___________________

1. EIZ ishtirokchisining nomi: __________________________________________________________________
‎2. EIZ ishtirokchisi joylashgan joy (pochta manzili):
‎__________________________________________________________
‎3. EIZ ishtirokchisi guvohnomasining raqami va olingan sanasi: ______________________
‎4. Chetdan olib kelinadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning nomi va miqdori:
‎____________________________________________________________________________________________

‎Erkin iqtisodiy zonalar hududlarida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bajarish yuzasidan
‎20__ yil “___” __________dagi ___-son kontrakt boʻyicha olingan ruxsatnoma asosida _____________________
‎_______________________________________________________________________________ olinganligini
‎‎20___ yil “___” ___________dagi holatiga koʻra ____________________________________________________
‎foydalanilganligini bayon qilaman.
‎Olib kelingan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning qoldigʻi: _________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎Olib kelingan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar quyidagi tarzda foydalanildi:___________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎Rahbar ________________

‎‎__________________________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎Bosh buxgalter _______________

‎‎__________________________________________

M.Oʻ. (mavjud boʻlganda)‎‏

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Texnolog _____________

‎‎__________________________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
4-ILOVA
Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom erkin iqtisodiy zonalar (keyingi oʻrinlarda EIZ deb ataladi) hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. EIZda amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi ishchi organiga (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) va EIZ Direksiyasiga (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) yuklanadi.
2-bob. Investitsiya loyihalarini tanlab olish uchun EIZ Direksiyasiga hujjatlarni topshirish tartibi
3. EIZ hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Tanlab olishning birinchi bosqichida investor Direksiyaga EIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish yuzasidan, EIZ Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha toʻldirilgan investitsiya buyurtmanomasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya buyurtmanomasi deb ataladi) taqdim etadi, unga quyidagilar ilova qilinadi:
yuridik shaxsning (investorning) roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot yoki ushbu investorning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
tavsiya qilinayotgan investitsiya loyihasining biznes-rejasi;
investorning tegishli sohadagi va/yoki shunga oʻxshash loyihalarni amalga oshirishdagi ish tajribasi mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumot;
investorning oxirgi uch yilda moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Barcha hujjatlar investor tomonidan Direksiyaga davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilingan holda taqdim etiladi. Investor taqdim etilayotgan maʼlumotlar va hujjatlarning ishonchliligi yuzasidan javob beradi.
5. Tegishli sohada va shunga oʻxshash loyihalarni amalga oshirishda ish tajribasi mavjud boʻlmagan taqdirda, investor Direksiyaga investitsiya loyihasini amalga oshirishda jalb etiladigan texnologik hamkorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi.
Agar investitsiya buyurtmanomasini topshirish vaqtida investor:
1 yildan 3 yilgacha xoʻjalik faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, investor Direksiyaga oʻzining haqiqatda faoliyat yuritgan davri uchun moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi;
moliya-xoʻjalik faoliyatini yuritmagan yoki bir yildan kam yuritgan boʻlsa, investor Direksiyaga investorning bittadan kam boʻlmagan muassisining moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
6. Direksiyaga taqdim etilayotgan biznes-rejada quyidagi asosiy holatlar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, hajmlari va turi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning moʻljallanayotgan narxlari va sotish bozorlari, mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlari;
taklif etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan infratuzilma va muhandislik inshootlari;
ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun EIZ hududidagi uchastkaning moʻljallanayotgan oʻlchamlari;
asosiy ishlab chiqarish sexi, uskuna va texnologik liniyalar, maʼmuriy-maishiy, ombor va boshqa yordamchi binolarning joylashishi koʻrsatilgan ishlab chiqarishni joylashtirishning dastlabki chizmasi;
xomashyo bazasining mavjudligi hamda loyihani amalga oshirish davrida xomashyo va materiallar bilan taʼminlashning kafolatlangan imkoniyati;
moʻljallanayotgan ishlab chiqarish texnologiyasining ekologik talablar hisobga olingan holdagi tavsifi;
foydalanilishi moʻljallanayotgan savdo markasi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
iqtisodiy samaradorlikning hisob-kitoblari, shuningdek investitsiya loyihasini amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimi;
moʻljallanayotgan investitsiyalarning hajmi, turi va muddatlari, moliyalashtirish manbalari va qarz mablagʻlari jalb etilgan taqdirda moʻljallanayotgan garov taʼminoti;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi va dastlabki 4 ta belgilardan biri darajasida boshlangʻich xomashyoga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi (TIF TN kodi 2012-yil tahriri) boʻyicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining oʻzgarishi;
ishlab chiqarishda foydalanilishi moʻljallanayotgan texnologik asbob-uskunalarning xususiyati, ularning zamonaviy texnologik talablarga muvofiqligi, investitsiya loyihasida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan menejment tizimining joriy etilishi;
tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni;
tashkil etiladigan tashkilotning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 90 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan toʻldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan oʻtish imkoniyatini berish.
7. Direksiya taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 4 va 6-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan 2 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.
8. Ushbu Nizomning 4 va 6-bandlari talablari buzilgan holda taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari kamchiliklari koʻrsatilgan holda koʻrib chiqilmasdan investorga qaytariladi.
9. Investor tomonidan taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari va hujjatlar Direksiya tomonidan Maʼmuriy kengashning ishchi organiga 2 ish kuni mobaynida beriladi, ularga hujjatlar toʻplamining, shu jumladan biznes-rejaning ushbu Nizomning 4 va 6-bandlari talablariga muvofiqligi yuzasidan Direksiya direktori imzolagan tegishli xulosa ilova qilinadi.
3-bob. Investitsiya buyurtmanomalarini Maʼmuriy kengash tomonidan koʻrib chiqish
10. Ishchi organ investitsiya buyurtmanomalarini Maʼmuriy kengashga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi.
11. EIZ hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihasini tanlab olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda Maʼmuriy kengash quyidagilarni koʻrib chiqadi:
strategik tabiiy xomashyo resurslarini qazib olish va dastlabki qayta ishlash boʻyicha korxonalarni qoʻshmagan holda, faoliyat sohasining EIZning asosiy vazifalariga muvofiqligi;
eng avvalo, mahalliy mineral xomashyo resurslarini va mahalliy xodimlardan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash boʻyicha yuqori texnologiyali uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi zamonaviy ishlab chiqarishlar tashkil etish yoki ishlayotganlarini chuqur modernizatsiyalash boʻyicha investorning majburiyatlari;
talab katta boʻlgan eksportga moʻljallangan va/yoki importning oʻrnini bosadigan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha texnologik izchillikni bosqichma-bosqich shakllantirish;
tavsiya etilayotgan ishlab chiqarishning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi;
muassislarning oʻz mablagʻlari va ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kafolatisiz jalb etilgan kreditlar hisobiga investitsiyalarning amalga oshirilishi;
investorning moliyaviy barqarorligi va texnik va texnologik bazaga egaligi;
loyihaning umumiy iqtisodiy samaradorligi va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi (ishlab chiqarish quvvatlarining maqbul joylashtirilishi, tashkil etiladigan ish oʻrinlari, tarmoqdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlarga taʼsiri, ishlayotgan quvvatlardan foydalanilishi, zarur xomashyo, materiallar va infratuzilmaning mavjudligi);
tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorda sotish imkoniyati va istiqbollari;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi, dastlabki 4 ta belgilardan biri darajasida boshlangʻich xomashyoga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi (TIF TN kodi 2012-yil tahriri) boʻyicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining oʻzgarishi;
texnologik uskunalarning zamonaviy texnologik talablarga muvofiqligi, investitsiya loyihasida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan boshqarish tizimining mavjudligi;
investitsiyalar kiritish hajmi, turi va muddatlari;
tashkil etiladigan tashkilotning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 90 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan toʻldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan oʻtish imkoniyatini berish.
Investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqishda EIZ hududida tayyor mahsulot ishlab chiqarishda xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni bosqichma-bosqich texnologik qayta ishlashni koʻzda tutuvchi, eksportga moʻljallangan va/yoki import oʻrnini bosadigan va raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishning toʻliq sikli taʼminlanishini nazarda tutadigan, shuningdek yangi ishchi oʻrinlarini tashkil etuvchi loyihalarga ustunlik beriladi.
12. Maʼmuriy kengash investitsiya buyurtmanomalarini ishchi organ tomonidan Maʼmuriy kengash aʼzolariga yuborilgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va:
EIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning mumkinligi;
aniq va asoslangan mulohazalar hamda kamchiliklarni koʻrsatgan holda taqdim etilgan hujjatlarni puxtalashtirishning zarurligi;
EIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
13. Maʼmuriy kengash aʼzolari yoki ularning lavozim boʻyicha oʻrinbosarlari 5 ish kun mobaynida ishchi organga:
EIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning mumkinligi;
aniq va asoslangan mulohazalar hamda kamchiliklarni koʻrsatgan holda taqdim etilgan hujjatlarni puxtalashtirishning zarurligi;
EIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa berishi mumkin.
14. Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish jarayonida Maʼmuriy kengash aʼzolari tomonidan investorning oʻzi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlansa, uning investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish toʻxtatiladi va investorga asoslangan xulosa yuboriladi.
Maʼmuriy kengash aʼzolari, ishchi organ va Direksiya investor (investorlar) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotning maxfiyligini oshkor qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
15. Maʼmuriy kengash aʼzolari koʻrib chiqishi natijasida aniqlangan mulohazalar hamda kamchiliklar asosida puxtalashtirilgan investitsiya buyurtmanomalari Maʼmuriy kengashga koʻrib chiqish uchun takroran kiritiladi.
Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish muddati 3 ish kunidan oshmaydi.
16. Maʼmuriy kengashning investitsiya buyurtmanomasi boʻyicha ijobiy qarori Maʼmuriy kengash majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi hamda Direksiya va investor (investorlar) oʻrtasida EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻgʻrisida bitim deb ataladi) tuzish uchun asos hisoblanadi.
17. Maʼmuriy kengash majlisi protokolidan koʻchirma protokolni Maʼmuriy kengash tasdiqlagan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida ishchi organ tomonidan investorga yoki uning vakolatli shaxsiga yuboriladi.
4-bob. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish va EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
18. Ikkinchi bosqichda investitsiya loyihalarini tanlab olish natijalari boʻyicha Direksiya va investor (investorlar) oʻrtasida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim tuziladi, investor (investorlar) tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektni yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan hamda EIZ qatnashchilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi.
19. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
obyekt, investitsiyalar kiritish hajmi, turi va muddatlari, EIZ hududida amalga oshiriladigan faoliyat turlari;
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatlari va shartlari;
investorning huquqlari va majburiyatlari;
Direksiyaning huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan investitsiya loyihasini amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasi amalga oshirilishi yuzasidan texnik nazorat toʻgʻrisidagi axborotni olish tartibiga oid huquqlari;
investor (investorlar) tomonidan uning majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
tomonlarning investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga rioya etilmaganligi yuzasidan javobgarligi;
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimni toʻxtatish tartibi;
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimdan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi va koʻrib chiqish joyi.
20. Investorning investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladigan huquqlari, burchi va majburiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
moʻljallanayotgan investitsiyalarning hajmi, turi va muddatlari, moliyalashtirish manbalari va qarz mablagʻlari jalb etilgan taqdirda moʻljallanayotgan garov taʼminoti;
investitsiya loyihasini amalga oshirish jadvali;
moʻljallanayotgan ishlab chiqarish texnologiyasining tavsifi;
energiya jihatidan samarali va ekologik norma talablariga muvofiq keluvchi zamonaviy uskuna va texnologiyalarni oʻrnatish;
foydalanilishi moʻljallanayotgan savdo markasi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
ishlab chiqarishda foydalanilishi moʻljallanayotgan texnologik asbob-uskunalarning xususiyati, ularning zamonaviy texnologik talablarga muvofiqligi, investitsiya loyihasida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan boshqarish tizimining joriy etilishi;
ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, hajmlari va turi;
rejalashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish hajmi;
tavsiya etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan infratuzilma va muhandislik inshootlari;
investor (investorlar) tomonidan uning majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
tomonlarning investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga rioya etilmaganligi yuzasidan javobgarligi;
ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun EIZ hududidagi uchastkaning moʻljallanayotgan oʻlchamlari;
asosiy ishlab chiqarish sexi, uskuna va texnologik liniyalar, maʼmuriy-maishiy, ombor va boshqa yordamchi binolarning joylashishi koʻrsatilgan ishlab chiqarishni joylashtirishning dastlabki chizmasi;
xomashyo bazasining mavjudligi hamda loyihani amalga oshirish davrida xomashyo va materiallar bilan taʼminlanishning kafolatlangan imkoniyati;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi, dastlabki 4 ta belgilarning biri darajasida boshlangʻich xomashyoga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi (TIF TN kodi 2012-yil tahriri) boʻyicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining oʻzgarishi;
tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni;
tashkil etiladigan tashkilotning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 90 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan toʻldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan oʻtish imkoniyatini berish.
21. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda investitsiya loyihasining xususiyatiga koʻra boshqa shartlar ham mavjud boʻlishi mumkin.
22. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi Maʼmuriy kengashning investitsiya buyurtmanomasi maʼqullanganligi boʻyicha protokoli olingandan boshlab Direksiya tomonidan investorga 3 ish kuni mobaynida taqdim etiladi.
23. Zarurat boʻlganda, investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim qoidalarini kelishish maqsadida Direksiya va investor (investorlar) oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilishi mumkin.
24. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim EIZning faoliyat koʻrsatish muddatidan oshmaydigan muddatga tuziladi.
25. Investor (investorlar) va Direksiya oʻrtasidagi investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim ushbu Nizomning 31-bandiga muvofiq investor (investorlar) tomonidan tashkil etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt EIZ qatnashchisi sifatida xoʻjalik roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
26. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi:
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan muddat tamom boʻlgach;
xoʻjalik yurituvchi subyekt EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilganda;
EIZ muddatidan oldin tugatilganda;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda toʻxtatiladi.
27. Agar investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, u imzolangan kundan boshlab 10 ish kunidan kechikmay investor roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi yuridik shaxs sifatida tashkil etgan xoʻjalik yurituvchi subyektni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki uni qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni taqdim etadi.
28. EIZ hududida joylashtirish uchun investor tomonidan yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
29. Xoʻjalik yurituvchi subyektni yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash investorning soʻroviga koʻra, shartnoma asosida Direksiya tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
30. Xoʻjalik yurituvchi subyekt yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin investor tomonidan Direksiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
EIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza;
xoʻjalik yurituvchi subyekt yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjudligi haqidagi maʼlumot;
EIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadigan miqdorda toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
yer uchastkasi ajratish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar.
31. Direksiya ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlar olingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektni EIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazadi va ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha EIZ qatnashchisi guvohnomasini beradi.
32. Direksiya xoʻjalik yurituvchi subyekt MIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir kun mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joydagi davlat soliq va bojxona xizmati organlarini xabardor qiladi.
5-bob. Direksiyaning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorligi
33. Direksiya xoʻjalik yurituvchi subyekt EIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida barcha zarur hujjatlarni xoʻjalik yurituvchi subyektga yer uchastkasi ajratish uchun tegishli viloyat hokimligiga beradi.
34. EIZ qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida qaror bilan tartibga solinadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
35. Investorlar tomonidan investitsiya buyurtmanomasi taqdim etilishi va uning Direksiya va Maʼmuriy kengash tomonidan koʻrib chiqilishi tartibi elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
36. Xoʻjalik yurituvchi subyektni EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum qilishga ixtiyoriy tartibda yoki sud tartibida yoʻl qoʻyiladi hamda bu investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi toʻxtatilishiga olib keladi.
37. Xoʻjalik yurituvchi subyektni EIZ qatnashchisi maqomidan ixtiyoriy tartibda mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror xoʻjalik yurituvchi subyektning uni bunday maqomdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra yoxud u Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tugatilgan taqdirda Maʼmuriy kengash tomonidan qabul qilinishi mumkin.
EIZ qatnashchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va (yoki) investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim buzilishi yuzasidan nizo mavjud boʻlganda xoʻjalik yurituvchi subyektni EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etish Maʼmuriy kengashning qarori asosida Direksiyaning arizasi boʻyicha sud tartibida amalga oshiriladi.
Direksiya EIZ qatnashchilari reyestriga xoʻjalik yurituvchi subyektning qatnashchi maqomidan mahrum etilganligi toʻgʻrisidagi sudning qarori kuchga kirgan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektning EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritadi.
38. Direksiya EIZ qatnashchilari reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida davlat soliq va bojxona xizmati organlarini xoʻjalik yurituvchi subyektning EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan xabardor qiladi.
Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ilova
Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish
sxemasi
Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎

‎‎“EIZ nomi”
erkin iqtisodiy zonalar Direksiyasi” davlat unitar korxonasi

‎GUVOHNOMA

‎‎Tartib raqami: № ________________

‎‎“____________” ERKIN IQTISODIY ZONASI
‎QATNASHCHISI SIFATIDA

‎‎__________________________________________________________________________________ ga berildi.

‎‎(guvohnoma berilgan tashkilotning nomi)




‎‎‎Berilgan sana: _____________________________________________
‎‎
‎‎Asos: _______________________________________________________________________________________

‎‎(Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashining qarori sanasi va raqami)

‎‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR kodi) _______________________________________________
‎‎

‎Direktor: _____________________________________



‎‎‎__________________________________

‎‎(F.I.O.)

(imzo, sana)‎
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
5-ILOVA
Erkin iqtisodiy zona Direksiyasining namunaviy
tuzilmasi*
* Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar soni koʻpayishiga va investitsiyalar hajmining oshishiga qarab Direksiya tomonidan tasdiqlangan tuzilmaga va xodimlar soniga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
6-ILOVA
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Urgut” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Urgut” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Urgut”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Urgut”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Urgut”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Urgut”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Samarqand viloyati, Urgut tumani, Urgut shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 104-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Urgut” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda “Urgut” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Urgut” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Urgut” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Urgut” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Urgut” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Urgut” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Urgut” EIZ hududida “Urgut” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Urgut” EIZning Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Urgut” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, “Urgut” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Urgut” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Urgut” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Urgut” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Urgut” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Urgut” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Urgut” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlikni va nazoratni, shuningdek “Urgut” EIZning mustaqil budjeti hamda “Urgut” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Maʼmuriy kengash vakolatiga quyidagilar kiradi:
“Urgut” EIZni rivojlantirish boʻyicha Direksiyaning strategik vazifalarini va faoliyati yoʻnalishlarini belgilash hamda “Urgut” EIZni rivojlantirishning tegishli oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
“Urgut” EIZning samarali faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy-texnik tadbirlarni tasdiqlash, shuningdek ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil etish;
har chorakda Direksiya faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash toʻgʻrisida mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish va bekor qilish;
Direksiyaning boshqaruv apparati tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar roʻyxatini va xarajatlari smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengash tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Urgut” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis va Maʼmuriy kengash oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Urgut” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Urgut” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Urgut” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11 –– 15-moddalari.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Urgut” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Aksiyadorlik birlashmalari faoliyatini samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ajratmalar toʻlangandan keyin Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Muassis oʻz qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
7-ILOVA
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Gʻijduvon” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Gijduvan”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Gijduvan”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Gijduvan”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Gijduvan”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani, Mustaqillik maydoni, 2-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Gʻijduvon” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda “Gʻijduvon” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Gʻijduvon” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Gʻijduvon” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Gʻijduvon” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Gʻijduvon” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Gʻijduvon” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Gʻijduvon” EIZ hududida “Gʻijduvon” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Gʻijduvon” EIZning Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Gʻijduvon” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, “Gʻijduvon” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan turgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Gʻijduvon” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Gʻijduvon” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Gʻijduvon” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Gʻijduvon” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Gʻijduvon” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Gʻijduvon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlikni va nazoratni, shuningdek “Gʻijduvon” EIZning mustaqil budjeti hamda “Gʻijduvon” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Maʼmuriy kengash vakolatiga quyidagilar kiradi:
“Gʻijduvon” EIZni rivojlantirish boʻyicha Direksiyaning strategik vazifalarini va faoliyati yoʻnalishlarini belgilash hamda “Gʻijduvon” EIZni rivojlantirishning tegishli oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
“Gʻijduvon” EIZning samarali faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy-texnik tadbirlarni tasdiqlash, shuningdek ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil etish;
har chorakda Direksiya faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash toʻgʻrisida mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish va bekor qilish;
Direksiyaning boshqaruv apparati tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar roʻyxatini va xarajatlari smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengash tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Gʻijduvon” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis va Maʼmuriy kengash oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Gʻijduvon” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Gʻijduvon” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Gʻijduvon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Gʻijduvon” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Aksiyadorlik birlashmalari faoliyatini samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ajratmalar toʻlangandan keyin Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Muassis oʻz qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
8-ILOVA
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Qo'qon” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Qo'qon” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Kokand”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Kokand”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Kokand”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Kokand”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Turon koʻchasi, 1-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Qoʻqon” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda “Qoʻqon” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Qoʻqon” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Qoʻqon” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Qoʻqon” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Qoʻqon” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Qoʻqon” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Qoʻqon” EIZ hududida “Qoʻqon” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Qoʻqon” EIZning Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Qoʻqon” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, “Qoʻqon” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Qoʻqon” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Qoʻqon” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Qoʻqon” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Qoʻqon” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Qoʻqon” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Qoʻqon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlikni va nazoratni, shuningdek “Qoʻqon” EIZning mustaqil budjeti hamda “Qoʻqon” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Maʼmuriy kengash vakolatiga quyidagilar kiradi:
“Qoʻqon” EIZni rivojlantirish boʻyicha Direksiyaning strategik vazifalarini va faoliyati yoʻnalishlarini belgilash hamda “Qoʻqon” EIZni rivojlantirishning tegishli oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
“Qoʻqon” EIZning samarali faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy-texnik tadbirlarni tasdiqlash, shuningdek ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil etish;
har chorakda Direksiya faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash toʻgʻrisida mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish va bekor qilish;
Direksiyaning boshqaruv apparati tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar roʻyxatini va xarajatlari smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengash tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Qoʻqon” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis va Maʼmuriy kengash oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Qoʻqon” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Qoʻqon” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Qoʻqon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Qoʻqon” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Aksiyadorlik birlashmalari faoliyatini samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ajratmalar toʻlangandan keyin Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Muassis oʻz qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
9-ILOVA
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Nazorasp” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Nazorasp” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Xazarasp”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Xazarasp”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Nazarasp”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Nazarasp”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, E.Gayazov koʻchasi, 32-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Hazorasp” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda “Hazorasp” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Hazorasp” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Hazorasp” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Hazorasp” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Hazorasp” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Hazorasp” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Hazorasp” EIZ hududida “Hazorasp” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Hazorasp” EIZning Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Hazorasp” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, “Hazorasp” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Hazorasp” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Hazorasp” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Hazorasp” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Hazorasp” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Hazorasp” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Hazorasp” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlikni va nazoratni, shuningdek “Hazorasp” EIZning mustaqil budjeti hamda “Hazorasp” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Maʼmuriy kengash vakolatiga quyidagilar kiradi:
“Hazorasp” EIZni rivojlantirish boʻyicha Direksiyaning strategik vazifalarini va faoliyati yoʻnalishlarini belgilash hamda “Hazorasp” EIZni rivojlantirishning tegishli oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
“Hazorasp” EIZning samarali faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy-texnik tadbirlarni tasdiqlash, shuningdek ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil etish;
har chorakda Direksiya faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash toʻgʻrisida mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish va bekor qilish;
Direksiyaning boshqaruv apparati tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar roʻyxatini va xarajatlari smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengash tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Hazorasp” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis va Maʼmuriy kengash oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Hazorasp” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Hazorasp” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Hazorasp” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Hazorasp” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Aksiyadorlik birlashmalari faoliyatini samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ajratmalar toʻlangandan keyin Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Muassis oʻz qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-fevraldagi 48-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y.. 2-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona direksiyasi” Davlat unitar korxonasining Ustavida:
a) 5-banddagi “210100, Navoiy shahri, A. Temur koʻchasi, 4-uy” soʻzlari “210609, Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b)11-bandga quyidagi mazmundagi 11.41 .va 11.42 . kichik bandlar qoʻshilsin:
“11.41 . “Navoiy” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish;
11.42. Maʼmuriy kengash qarorlari va “Navoiy” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi boʻyicha maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan “Angren” erkin iqtisodiy zona direksiyasi” davlat unitar korxonasi Ustavining 11-bandiga quyidagi mazmundagi 41 va 42 bandlar qoʻshilsin:
“41) “Angren” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish;
42) Maʼmuriy kengash qarorlari va “Angren” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi boʻyicha maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 15-maydagi 130-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y.. 5-son, 30-modda):
a) 1-banddagi ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovaning 11-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Jizzax” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish;
Maʼmuriy kengash qarorlari va “Jizzax” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi boʻyicha maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish”.
oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi-oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 1 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Angren” yoki “Jizzax” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalarida import oʻrnini qoplaydigan va eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 110-son qaroriga 2-ilova 8-pozitsiyasining “Tijorat banki nomi” ustunidagi “Agrobank” ATB” soʻzlari “Asaka” ATB, “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 27-yanvardagi 21-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y.. 1-son, 5-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u yerda boʻlishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 9-apreldagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 27-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin-industrial iqtisodiy zonasi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 9-apreldagi 105-son qarorining 1-bandi, shuningdek qarorga 2 va 3-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 28-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 17-noyabrdagi 307-son qaroriga 2-ilovaning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 90-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-maydagi 146-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 35-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son Farmoni)” 2012-yil 31-iyuldagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 59-modda) ilovaning 8-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tanlab olish va “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 3-oktabrdagi 282-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 72-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 252-modda, 33-son, 856-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son, 21.05.2018-y., 09/18/365/1235-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 08.08.2018-y., 09/18/628/1634-son; 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 14.08.2019-y., 09/19/671/3553-son; 14.03.2021-y., 09/21/133/0204-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 29.11.2023-y., 07/23/378/0902-son; 29.11.2023-y., 07/23/379/0903-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son; 05.08.2025-y., 07/25/243/0693-son)