Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-sonli “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-aprel,
173-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 173-son qaroriga ILOVA
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-band “oʻrta maxsus” soʻzlaridan keyin “, kasb-hunar” soʻzi bilan toʻldirilsin.
“6. Xorijiy davlatlarning umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarning toʻliq oʻrta (toʻliqsiz oʻrta, oʻrta) maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan xorijiy davlatlarning oʻrta taʼlim muassasalarida 10, 11, 12 va undan yuqori sinflarda taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi baholar tabeli (maʼlumotnoma) yoki shahodatnomaga asosan tan olinadi va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) boʻyicha tegishli xulosa qabul qilinadi. Bunda 10 va 11-sinf bitiruvchisining maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlari tegishli ravishda akademik litseyning 1 va 2-bosqichini tugatganligiga hamda 12 va undan yuqori sinf bitiruvchisining hujjatlari oʻrta maxsus maʼlumotga tenglashtiriladi.
Xorijiy davlatlarning umumiy oʻrta taʼlim va toʻliq oʻrta (toʻliqsiz oʻrta, oʻrta) maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish tegishli komissiyalar tomonidan ariza va maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi, uning notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi asosida murojaat qilingan kundan boshlab eng koʻpi bilan ikki hafta muddatda amalga oshiriladi.
Komissiya xulosasi Boshqarmaga yuboriladi va uch kun muddat ichida tegishli qaror qabul qilishga asos boʻladi. Komissiyalar butun oʻquv yili davomida faoliyat koʻrsatadi va oʻz ishi haqida Boshqarmaga hisobot beradi.
7. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) quyidagi hollarda toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va bayonnomalari asosida xorijiy davlatlarda taʼlim olgan;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritishiga ruxsat etilgan xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan;
mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar)ga muvofiq tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning yoʻllanmalari asosida taʼlim olgan;
xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 500 talik roʻyxatiga kiritilgan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat test markazining qoʻshma qarori bilan har yili roʻyxati tasdiqlanadigan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan bitiruvchilarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlari.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat test markazi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tegishli xorijiy davlatlarning davlat roʻyxatida turgan (legalizatsiya yoki akkreditatsiya qilingan) oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni oldindan tayyorlab qoʻyishlari lozim. Buning uchun yuqorida nomlari qayd etilgan idoralar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda elchixonalar va vakolatxonalarga murojaat qilishlari mumkin.
9. Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqidagi 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va uning ilovasining asl nusxasi (oʻtilgan oʻquv kurslari va ularning hajmi, yakuniy baholar, amaliyot, kurs va bitiruv malaka ishlari roʻyxati, oʻquv jarayonining boshqa bajarilgan talablari koʻrsatilishi lozim);
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va uning ilovasining Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ariza qabul qilingandan keyin maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat va uning ilovasining asli hujjat egasiga qaytariladi”.
“13. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish talablari:
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni bergan taʼlim muassasasi oʻzi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tan olingan boʻlishi;
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berilgan davlatda tan olingan boʻlishi;
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat Oʻzbekiston Respublikasida amalda mavjud boʻlgan taʼlim shaklida oʻqib olingan boʻlishi;
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatning tan olinishi Oʻzbekiston Respublikasi bilan davlatlararo bitimlarda koʻzda tutilgan (mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno) boʻlishi zarur.
Mazkur bandda belgilangan talablarga mos kelmaslik xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olmaslikka asos boʻladi”.
birinchi xatboshidagi “qabul qilinishi mumkin” soʻzlari “qabul qilinadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“muayyan (ijtimoiy soha, pedagogika, tarix va huquq) taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, oʻzlashtirilgan oʻquv fanlari hajmi va dars soatlari miqdori Oʻzbekiston Respublikasining davlat taʼlim standartlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejaning 55 foizidan kam qismini tashkil qilsa”.
5. “Boshqarmaga taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish tartibi” boʻlimi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Hujjat egasi yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega boʻlgan qonuniy vakili yoki manfaatdor tashkilot ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq Boshqarmaga taqdim etadi.
21. Boshqarma tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) jarayoni uchun barcha zarur hujjatlar mavjudligini aniqlaydi va ushbu materiallarni tegishli ekspert komissiyasiga yuboradi.
Ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi arizani koʻrib chiqishni rad etish uchun asos boʻladi va hujjatlar ariza beruvchiga qaytariladi.
22. Ekspert komissiyalari Boshqarma tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)lari boʻyicha tashkil etiladi. Ushbu komissiyalar tarkibiga yetuk olimlar va mutaxassislar kiradi. Komissiyalar faoliyatiga Boshqarma rahbarlik qiladi.
23. Ekspertiza davlat taʼlim standartlari, taʼlim muassasasini oʻzlari joylashgan davlatlarda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish haqidagi hujjat, koʻrsatib oʻtilgan taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)lari boʻyicha oʻquv rejalari, oʻqitilgan oʻquv fanlarining dasturlari, malaka tavsifnomalari va Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan boshqa talablar asosida amalga oshiriladi.
24. Ekspert komissiyasi nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun taqdim etilgan taʼlim hujjatini ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq maxsus ekspertizadan oʻtkazish natijasiga koʻra xulosa tayyorlaydi.
Ekspert komissiyasi xulosasida ariza beruvchining xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjati belgilangan talablarga javob berishi va u maxsus sinovlarga (test, yozma ish, suhbat) tavsiya etilishi yoki xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjati belgilangan talablarga javob bermasligi sababli nostrifikatsiyalashga tavsiya etilmasligi toʻgʻrisida tavsiyasi bayon etiladi.
25. Ekspert komissiyasining xulosasi ariza beruvchiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Ijobiy xulosa olgan (maxsus sinovlarni topshirishga tavsiya etilgan) ariza beruvchi maxsus sinovdan oʻtish uchun Davlat test markaziga kamida oʻn kun oldin yozma ravishda murojaat qilishi kerak. Maxsus sinovlardan oʻtish muddati ariza beruvchining roziligi bilan belgilanadi.
26. Maxsus sinovlar ekspert komissiyasi yoki uning vakili ishtirokida oʻtkaziladi.
Maxsus sinovlar ariza beruvchining diplom ilovasida mavjud boʻlgan 3 tadan koʻp boʻlmagan mutaxassislik fanlari boʻyicha, huquq va pedagogika yoʻnalishlarida esa qoʻshimcha ravishda tarix va ijtimoiy fanlardan oʻtkaziladi.
27. Maxsus sinov natijasiga koʻra 55 foiz va undan kam ball toʻplagan ariza beruvchining taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlari nostrifikatsiyalashga (ekvivalentligini qayd etishga) tavsiya etilmaydi.
28. Maxsus sinovlar natijasidan norozi boʻlgan ariza beruvchi sinov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida shikoyat bilan Davlat test markaziga murojaat qilishi mumkin.
Maxsus sinovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha shikoyatlar sinov oʻtkazilgan kuni berilishi lozim.
Maxsus sinovlar natijasi boʻyicha tushgan shikoyat Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan ikki hafta ichida koʻrib chiqiladi va yozma ravishda muallifga javob yuboriladi.
Ekspert komissiyasi qaroriga muvofiq maxsus sinovlar natijasiga koʻra hujjatlari nostrifikatsiyalashga tavsiya etilmagan ariza beruvchilar belgilangan tartibda maxsus sinovlarni topshirish uchun qayta murojaat qilishlari mumkin.
29. Ekspert komissiyasi xorijiy davlatlarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarini oʻrganib chiqish va ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq oʻtkaziladigan maxsus sinovlar natijasiga koʻra tegishli yakuniy xulosa tayyorlaydi va uni Boshqarmaga taqdim etadi.
30. Boshqarma ekspert komissiyasining xulosasini koʻrib chiqib, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) yoki uni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
31. Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning ekvivalent ekanligini qayd etilganligi haqidagi qaror hujjatning egasiga maxsus guvohnoma berish toʻgʻrisida Davlat test markazining tegishli buyrugʻi chiqarilishiga asos boʻladi.
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar tan olinganda va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) amalga oshirilganda quyidagi davlat namunasidagi guvohnomalar rasmiylashtiriladi:
umumiy oʻrta maʼlumot toʻgʻrisidagi shahodatnomani nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq;
10, 11, 12 va undan yuqori sinf baholar tabeli (maʼlumotnoma) yoki shahodatnomani nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq;
oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq;
oliy maʼlumot (diplomli mutaxassis, bakalavr va magistr) toʻgʻrisidagi diplomini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq.
Hujjat egasining xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjati davlat namunasidagi guvohnoma bilan birgalikda taqdim etilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga ega boʻladi.
32. Ariza beruvchining hujjatlarini koʻrib chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va qaror qabul qilish muddati ariza qabul qilingan kundan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.
Taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat bergan taʼlim muassasasi, mahalliy va xorijiy tashkilotlardan aniqlashtiruvchi hujjatlarni olish talab etilgan hollarda ekspertizadan oʻtkazish va qaror qabul qilish muddati aniqlashtiruvchi hujjatlar olingan kundan boshlab hisoblanadi.
Maxsus sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun talab etiladigan vaqt mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddatga kirmaydi.
33. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqidagi guvohnoma shaxsan ariza beruvchiga yoki notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega boʻlgan qonuniy vakiliga beriladi.
34. Oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun amaldagi belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorida toʻlov undiriladi.
35. Diplom (shahodatnoma yoki baholar tabeli) va mazkur Nizomga 3 — 6-ilovalariga muvofiq ekvivalentligini qayd etish toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi guvohnoma uning egasiga Oʻzbekiston Respublikasidagi taʼlim muassasasida navbatdagi bosqichda oʻqishni davom ettirish yoki kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beradi.
36. Tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) natijalari yuzasidan shikoyat va arizalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi”.
6. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga A R I Z A _____________________________________________________________________ ga (hujjat egasining familiyasi, ismi, otasining ismi) ___________________________________________________________________ ning (xorijiy davlat nomi) ____________________________________________________________________ dan (maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatni bergan taʼlim muassasasining nomi) __________________________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha _________________________________________________________ berilgan (berilgan vaqti va joyi)
______________________ oʻqish shakli _________-qayd raqami bilan roʻyxatga olingan (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofali)
______seriyali, _________________-raqamli diplomning tan olinishini va ekvivalent ekanligini qayd etish (nostrifikatsiyalash) boʻyicha tegishli hujjatlarimni qabul qilishingizni soʻrayman. Xorijiy davlatda oʻqigan taʼlim muassasasi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar:
Arizaga quyidagilarni ilova qilaman: 1. Pasport nusxasi. 2. ____________________________________________da _______ — _______ yillarda ________________shaklda oʻqib, “___________________________” mutaxassisligi boʻyicha _______ yilda berilgan _______- qayd raqami bilan roʻyxatga olingan ___seriyali ____________________-raqamli diplom va uning ilovasining asl nusxasi. 3. 2-bandda qayd etilgan diplom va uning ilovasining Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi. 4. Toʻlov toʻlanganligi haqida hujjat. Ariza beruvchi: ___________________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
____________________________ (ariza berilgan sana)
“Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Umumiy oʻrta maʼlumot toʻgʻrisidagi shahodatnomani nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma TAVSIFI
Umumiy oʻrta maʼlumot toʻgʻrisidagi shahodatnomani nostrifikatsiyalash haqida davlat namunasidagi guvohnomaning muqovasi tomonlari 105x145 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan jigar rang koʻrinishga ega. Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida GUVONNOMA soʻzi yozilgan.
Guvohnomaning ichki qismi qalin oq qogʻozda ofset bosma usulida toʻrt xil: matn uchun qora, tasviriy elementlar uchun yashil, och sariq, havorangda bosiladi.
Sahifa markazida 60 mm diametrli Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi sakkiz burchakli figura ichida joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och sariq rangdagi fondan iborat.
Guvohnomaning yuqori qismida lotin yozuvida “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzi aks etttiriladi. Undan pastroqda UOʼ lotin harfi va olti xonadan iborat boʻlgan raqam bosiladi.
Guvohnoma 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
3) har xil shakldagi rastr setkalaridan foydalanish;
4) har xil shakldagi rastr setkalarini tushirish natijasida yangi rang hosil qilish;
5) maxsus qogʻoz ishlatish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbini och havorang boʻyoqda tasvirlash;
7) olti shaklli oʻzgaradigan raqamdan foydalanish.
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
10, 11, 12 va undan yuqori sinf baholar tabeli (maʼlumotnoma) yoki shahodatnomani nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma TAVSIFI
10, 11, 12 va undan yuqori sinf baholar tabeli (maʼlumotnoma) yoki shahodatnomani nostrifikatsiyalash haqidagi davlat namunasidagi guvohnoma muqovasi tomonlari 105x145 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan jigar rang koʻrinishga ega. Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida GUVONNOMA soʻzi yozilgan.
Guvohnomaning ichki qismi qalin oq qogʻozda ofset bosma usulida toʻrt xil: matn uchun qora, tasviriy elementlar uchun yashil, och sariq, havorangda bosiladi.
Sahifa markazida 60 mm diametrli Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi sakkiz burchakli figura ichida joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och sariq rangdagi fondan iborat.
Guvohnomaning yuqori qismida lotin yozuvida “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzi aks etttiriladi. Undan pastroqda TOʼM lotin harfi va olti xonadan iborat boʻlgan raqam bosiladi.
Guvohnoma 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
3) har xil shakldagi rastr setkalaridan foydalanish;
4) har xil shakldagi rastr setkalarini tushirish natijasida yangi rang hosil qilish;
5) maxsus qogʻoz ishlatish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbini och havorang boʻyoqda tasvirlash;
7) olti shaklli oʻzgaradigan raqamdan foydalanish.
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma TAVSIFI
Oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti darajasidagi diplom nostrifikatsiyasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi guvohnomaning muqovasi tomonlari 210x145 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan yashil rang bumvinildan tayyorlangan koʻrinishga ega. Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida GUVONNOMA soʻzi yozilgan.
Guvohnomaning ichki qismi qalin oq qogʻozda ofset bosma usulida toʻrt xil: matn uchun qora, tasviriy elementlar uchun yashil, och sariq, qizil rangda bosiladi.
Sahifa markazida 60 mm diametrli Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi sakkiz burchakli figura ichida joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och sariq rangdagi fondan iborat.
Guvohnomaning yuqori qismida lotin yozuvida “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzi aks etttiriladi. Undan pastroqda OʼMK lotin harfi va olti xonadan iborat boʻlgan raqam bosiladi. Guvohnomaning ikkinchi sahifasida barcha yozuvlar ingliz tilida takrorlanadi.
Guvohnoma 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
3) har xil shakldagi rastr setkalaridan foydalanish;
4) har xil shakldagi rastr setkalarini tushirish natijasida yangi rang hosil qilish;
5) maxsus qogʻoz ishlatish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbini och havorang boʻyoqda tasvirlash;
7) olti shaklli oʻzgaradigan raqamdan foydalanish.
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Oliy maʼlumot (diplomli mutaxassis, bakalavr va magistr) darajasidagi diplomini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma TAVSIFI
Oliy maʼlumot (diplomli mutaxassis, bakalavr va magistr) darajasidagi diplomni nostrifikatsiyalash haqidagi davlat namunasidagi guvohnomaning muqovasi tomonlari 210x145 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan koʻk rang bumvinildan tayyorlangan koʻrinishga ega. Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida GUVONNOMA soʻzi yozilgan.
Guvohnomaning ichki qismi qalin oq qogʻozda ofset bosma usulida toʻrt xil: matn uchun qora, tasviriy elementlar uchun yashil, och sariq, qizil rangda bosiladi.
Sahifa markazida 60 mm diametrli Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi sakkiz burchakli figura ichida joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och sariq rangdagi fondan iborat.
Guvohnomaning yuqori qismida lotin yozuvida “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzi aks etttiriladi. Undan pastroqda O lotin harfi va olti xonadan iborat boʻlgan raqam bosiladi. Guvohnomaning ikkinchi sahifasida barcha yozuvlar ingliz tilida takrorlanadi.
Guvohnoma 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;