1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2222-3]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respubliksi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-iyuldagi 87, 62, 24, 21-qq, 15 va 01-02/5-49-sonli “Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2222-5, 06.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 30-martdagi 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-son qarori (roʻyxat raqami 2222, 2011-yil 30-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 18-son, 183-modda) bilan tasdiqlangan Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
27-son
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
7-son
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
8-son
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari K. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
2-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
37-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
01-02/5-13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 13-martdagi 27, 7, 8, 2, 37 va 01-02/5-13-son qaroriga ILOVA
Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
“d) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududiy kengashlari raislarining birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari hamda fuqarolar yigʻinlari va mahallalarning raislariga;”;
quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
“j) Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining barcha xodimlariga.”.
2. I bob quyidagi mazmundagi 22-band bilan toʻldirilsin:
“22. 2017-yil 1-apreldan boshlab quyidagi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari;
harbiy-akademik litseylar rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari va oʻqituvchilari, shuningdek respublika akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining boshlangʻich harbiy tayyorgarlik boʻyicha rahbarlari;
harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilariga;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining:
Milliy xavfsizlik xizmati instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi, Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti, aholi va rahbar xodimlarni tayyorlash hududiy markazlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa oliy harbiy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari;
respublika akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari va tarbiyachilari;
harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlariga.
Pensiyalarni toʻlash toʻliq miqdorda, agar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan faoliyat harbiy pensionerning yagona ish joyi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.”.